INIKO Studio
18 subscribers
9 photos
1 video
12 links
IN'IKO Raqamli Ijod Studiyasining rasmiy kanali.

Vebsayt: https://iniko.uz
Murojaat uchun: @iniko_uz
Download Telegram
INIKO – bu Sizning biznesingizni ilgari surish, samarali natijalarga erishish va minimal xarajatlar bilan biznesingizni yetakchi mavqega ko‘tarish uchun marketing strategiyasi va harakat rejasini ishlab chiqadigan va ularni amalga oshiradigan yosh mutaxassislar jamoasi.

INIKO quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

- Vebsayt Yaratish
- UX/UI Dizayn
- Media Xizmatlari
- Grafik Dizayn
- Mobil ilova yaratish
- SEO Optimizatsiya
- SMM Marketing
- Email jo‘natmalar

Barchasi haqida https://iniko.uz/ saytida batafsil bilib oling! Saytdan o‘zbek, ingliz va rus tillarida foydalanishingiz mumkin.

#INIKO #Start #Launch
​Biznesingiz COVID-19 pandemiyasi davrida zarar ko‘rmoqdami?

Unda, biznesingizni internetga ko‘chirishning ayni vaqti! Biz kichik va o‘rta biznes vakillaridan to yirik brendlargacha elektron tijorat yechimlarini ishlab chiqamiz. Savdoyingizni vebsayt orqali davom ettirishingiz mumkin bo‘ladi.

Biz xizmatlarimizni munosib narxlaymiz.

Keling, loyihangizni muhokama qilamiz: +998977364575

Vebsayt yaratish bo‘yicha xizmatlarimiz haqida batafsil bilib oling: https://iniko.uz/web-development/

Vebsayt Dizayni: Kuchli dizayn nafaqat diqqatni jalb qiladi, balki foydalanuvchilar bilan o‘zaro ta'sirlashadi.

Moslashuvchan va Tezkor: Moslashuvchan veb dizayn har bir ekran va qurilmada jozibador ko‘rinadi. To‘g‘ri tanlangan kesh (cache) texnologiyasi esa vebsayt yuklanishini yanada tezlashtiradi.

Vebsaytni Dasturlash: Hatto eng yaxshi rejalar ham to‘g‘ri tatbiq qilinmasligi ortidan muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Shuning uchun biz bosh maqsadingizga xizmat qiladigan yuqori funksional vebsaytlarni ishlab chiqamiz.

#INIKO #vebsayt #covid19
​O‘z biznesingizning brendi hamda vebsaytingiz qamrovini oshirishning samarali usulini izlayapsizmi?

Unda Siz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishingiz kerak.
Marhamat, bizning xizmatlarimizdan foydalaning!

- Monitoring
- Media boshqaruvi
- Unikal dizayn asosidagi profillarni sozlash
- Tanlovlar uyushtirish

Batafsil: https://iniko.uz/social-media-marketing/

#INIKO #SMM
Hamma birinchi sahifada bo‘lishni xohlaydi, lekin hamma ham u yerda bo‘lishga loyiq emas. Sizning biznesingiz, brendingiz va vebsaytingiz bu huquqni qo‘lga kiritishi kerak.

Bizning vebsaytlarni qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish (SEO) xizmatlarimiz maqsadi Sizning vebsaytingizga yuqori sifatli trafikni yetkazish uchun algoritmik ("tabiiy", "organik" yoki "bepul") qidiruv natijalari ichidagi yuqori o‘rinlarda ko‘rinish ko‘rsatkichini oshirishga qaratilgan.

Bizning barcha ishlarimiz individual yondashuv asosida bajariladi. Organik strategiyamizda hech qanday sun'iy bot, spam yoki pestitsidlar yo‘q va biz qiladigan har bir SEO kampaniya Sizning sanoatingiz, biznesingiz va jamoangiz istaklari asosida yuritiladi.

Batafsil: https://iniko.uz/search-engine-optimization/

Sizga SEO maqsadlaringizni aniqlashda va Siz bilan haqiqiy strategiyani ishlab chiqishda o‘z yordamimizni beramiz. Sizda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ichki marketing jamoangiz bo‘lishi mumkin yoki biz Sizning to‘liq SEO jamoangizga aylanishimiz mumkin. Biz ikkala usulda ham eng yaxshi strategiyalar bo‘yicha ishlaymiz.

#SEO #INIKO
Visol – bu Toshkent shahrida joylashgan ajoyib restoran uchun unikal dizayn asosida ishlab chiqilgan konseptual vebsayt.

U yerda jahon oshxonasi taomlari, milliy taomlar va to‘ylarni nishonlash uchun ko‘plab xizmatlar va chiroyli muhitni topish mumkin.

Batafsil: https://iniko.uz/project/visol-restaurant/

Mazkur vebsaytdan foydalangan holda, mijozlar va barcha qiziqqan odamlar restoran taqdim etadigan barcha xizmatlar haqida batafsil ma’lumot olgan holda turli xarid paketlari bilan tanishib chiqishlari mumkin. Bundan tashqari, buyurtma qilish xizmati orqali to‘y kuniga buyurtma berishlari, to‘y menyusini o‘zgacha qilish, zallarni bezatish va boshqa qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

#INIKO #portfolio #ux #ui #vebsayt
FLUTTERGA KIRISH. O‘ZBEK TILIDA

Flutter – bu Google tomonidan yaratilgan ochiq manbali dasturiy ta’minotni ishlab chiqish to‘plami. U bitta kod bazasidan Android, iOS, Windows, Mac, Linux, Google Fuchsia va Internet uchun dasturlarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi.

Nega 2020-yilda Flutterni o‘rganishingiz kerakligini, Flutter SDK ni qanday o‘rnatishni va boshqa ko‘nikmalarni bilib oling: https://iniko.uz/flutter/

Video-dars Flutterga ixtisoslashgan mobil ilovalar dasturchisi Muhammadjon Yorqinov tomonidan Windromac.uz loyihasi doirasida taqdim etilgan.
Twitter ijtimoiy tarmogʻi oʻz tarixidagi eng yirik kiber hujumga uchradi. Yirik kompaniyalar va mashhur shaxslarning hisoblarida birin-ketin scam xabarlar tarqala boshladi.

Ularning barchasida bitkoin manzili keltirilib, odamlar oʻsha manzilga bitkoin mablagʻ oʻtkazsalar, ikki barobar qilib qaytarilishi aytilgan. Hujumga uchragan sahifalar orasida Ilon Mask, Barak Obama, Jef Bezos, Bill Geyts, Apple kompaniyasi va boshqa koʻplab mashhur nomlarni uchratish mumkin.

Twitterdagi hisoblaringizni tekshirib qoʻying va scam xabarlarga aldanmang!

👉 @inikouz

#Twitter #hacked #news
Bundan roppa-rosa bir yil avval – 2019-yilning 19-iyul kuni "HAYRAT" (@hayratuz) ijodiy loyihasi o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Biz bu loyiha uchun maxsus logotip, o‘ziga xos funksional va dizaynga ega vebsayt yaratish hamda uni video, matn, rasm va boshqa turdagi materiallar bilan to‘ldirish, qolaversa, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa va kanallarini boshqarish bilan ko‘mak berganmiz.

Batafsil bu yerda o‘qing: https://iniko.uz/project/hayratuz/
Masofaviy ta'lim samarali boʻlishi uchun 5 MASLAHAT

Bu roʻyxatga yana qanday maslahatlarni qoʻshgan boʻlar edingiz? Izohlarda qoldiring!

https://iniko.uz/masofaviy-talim/

👉 @inikouz
Aziz doʻstlar, Hayit ayyomi muborak boʻlsin!

Sizga mustahkam sogʻliq, baxt, omad va farovonlik tilaymiz!

Ibodat va ezgu tilaklaringiz ijobat boʻlsin!

Hurmat bilan @INIKOuz
Forwarded from Retseptlar.uz
Retseptlar.uz sayti ishga tushgani va mazali taom pishirish hamda uni tanavvul qilish ixlosmandlariga ajoyib imkoniyatlar yaratganiga roppa-rosa 1 oy boʻldi.

Saytdagi food-bloggerlar jamoasi va ajoyib retseptlar bazasi kundan-kun kengayib bormoqda.

Siz ham jamoaga aʼzo boʻling va sayt imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalaning!

👉 https://retseptlar.uz/register

@retseptlaruzb
Forwarded from Retseptlar.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saytimizda Facebook va Google orqali kirish imkoniyati yaratildi!

Retseptlar.uz – bu retsept yozish, baholash, taomnomalar yuritish, masalliqlar bo'yicha retsept qidirish kabi bir qator funksiyalarga ega bo'lgan o'zbek tilidagi sayt.
Oʻz / En / Ру

Kirib kelayotgan 2021-yil muborak boʻlsin! Ish faoliyatingiz hamda oilaviy hayotingizda omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!

Happy New Year! We wish You good luck and success in your professional and personal life!

С Новым Годом! Удачи и успехов в работе и семейной жизни!

@inikouz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
On November 30, 2021, the "6th Belt and Road Initiative Conference" was held at Inha University in Tashkent. This event was organized in cooperation with the Ministry for the Development of Information Technologies and Communications of the Republic of Uzbekistan, Ocean College, Zhejiang University (China), and the Jungseok Research Institute of International Logistics and Trade (Republic of Korea).

We were happy to support the conference with our web development services: https://iniko.uz/en/project/bri-conference/