Informatika fani o'qituvchilari
3.53K subscribers
2.36K photos
7.7K videos
17K files
11.8K links
Ushbu kanal orqali ta'lim tizimida bo'layotgan yangiliklar va informatika o'qituvchilari uchun yangi dasturlar va me'yoriy hujjatlardan namunalar berib boriladi.
Biz bilan bog'lanish uchun quyidagi manzilga bosing👉👉👉 @ulmasumarov
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Shaxs haqida infografika
#tavsiya

Namanganda yurgan paytlarim bir texnikumda shunday narsalarni koʻrgan edim.

Bu ijodni quyidagi narsalari yoqdi:
• "Fakt" soʻzi "haqiqat" soʻzi bilan almashtirilgani
• Tegishli inson haqida rasmlar bilan maʼlumot berilgani.

😉 Siz ham sinab koʻring

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Fizikadan elektron qo'llanmalar (.exe)
#dastur / #fizika

ℹ️ Adashmasam 2015-2016-yillarda bir fizika domlam ushbu fayllarni prezentatsiya qilib berishim uchun bergan edi. Arxivni titgan paytim chiqib qoldi :)

Kirill alifbosida o'zbek tilida matn, video + ovozli holatda .exe formatida (huddi alohida dasturdek) tayyorlangan. Fizikani o'rganuvchi/o'rgatuvchilar uchun foydasi tegar deb yuklayapman.

©️ Menimcha ushbu fayllarni TATU'ning Fizika kafedrasi 2011-yillarda tayyorlatgan. Kanalda tarqatishimga qarshi bo'lishmasa kerak (etirozlar bo'lsa @wmteam95 ga yozing).

😎 Barcha darslar quyidagi arxivda joylashgan, qaysi darslar borligi esa yuqoridagi rasmda berilgan. Omad!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Fizikadan elektron qo'llanma (.exe) @ka_rasmiy.zip
331.2 MB
Fizikadan elektron qo'llanmalar (.exe)
#dastur / #fizika

ℹ️ Kirill alifbosida o'zbek tilida matn, video + ovozli holatda .exe formatida (huddi alohida dasturdek) tayyorlangan.

Fizikani o'rganuvchi/o'rgatuvchilar uchun foydasi tegar deb yuklayapman.

💾: 331.1 MB (.zip)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
YouTube Shorts, Instagram va TikTok'dagi qisqa videolarni koʻrish miya uchun zararlimi?
#salomatlik / #ShR

🤨 Yuqoridagi savolga javobni tibbiyot fanlari doktori, professor ChatGPT javob beradilar.

👨‍⚕️ ChatGPT: Qisqa videolarni me'yorida tomosha qilish miya uchun "yomon" bo'lishi dargumon. Biroq, aksariyat harakatlar singari, qisqa videolarni haddan tashqari koʻp iste'mol qilish kognitiv salomatlik va farovonlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

🔸Bu yerda bir nechta fikrlar mavjud:

1️⃣ Diqqat oralig‘i: Doimiy qisqa videolarni tomosha qilish, ayniqsa, ular diqqatni tortuvchi va tez sur’atda bo‘lishi uchun yaratilgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan e’tiborning qisqarishiga hissa qo‘shishi mumkin. Bu diqqatni doimiy e'tibor talab qiladigan vazifalarga qaratishni qiyinlashtirishi mumkin.

2️⃣ Ekran vaqti: Iste'mol qilinadigan kontentdan qat'i nazar, ortiqcha ekran vaqti ko'zning zo'riqishiga, bosh og'rig'iga va uyqu rejimining buzilishiga olib kelishi mumkin, bularning barchasi miyaning umumiy sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

3️⃣ Kontent sifati: Kontent sifati muhim. Agar videolar ma'lumot beruvchi, ta'lim beruvchi yoki o'ylantiruvchi bo'lsa, ular miyani ijobiy tarzda rag'batlantirishi mumkin. Biroq, agar ular asosan aqlsiz o'yin-kulgi yoki sensatsion materiallardan iborat bo'lsa, ular katta ruhiy foyda keltirmasligi mumkin.

4️⃣ Ijtimoiy o‘zaro aloqa: Ekranda video tomosha qilish uchun juda ko‘p vaqt sarflash umumiy kognitiv salomatlik uchun muhim bo‘lgan real ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarni buzishi mumkin.

5️⃣ Ta'lim imkoniyatlari: Qisqa videolar tezkor ma'lumotni taqdim etishi mumkin bo'lsa-da, ular uzoqroq shakldagi kontent yoki kitob o'qish kabi boshqa faoliyatlar taqdim eta oladigan o'rganish tajribasining chuqurligi va murakkabligini taklif qilmasligi mumkin.

Oxir oqibat, hayotning ko'p jihatlari kabi, moderatsiya va muvozanat asosiy hisoblanadi. Video tomosha qilish uchun qancha vaqt sarflayotganingizni yodda tutishingiz va bu ish, munosabatlar va jismoniy faoliyat kabi hayotingizning boshqa muhim jihatlariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilish muhimdir.

Agar video tomosha qilish vaqtingizning katta qismini sarflayotganini yoki farovonligingizga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini aniqlasangiz, odatlaringizni qayta ko'rib chiqish va ba'zi o'zgarishlar kiritish haqida o'ylash foydali bo'lishi mumkin.

😎 Qisqa videolar zararligi haqida tibbiyot fanlari doktori, professor, sog'lom turmush tarzi tarafdori va h.k Valijon Maxmudovning fikrlarini ushbu postda keltirgan edim.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
7z v24.01 x64.exe
1.5 MB
WinRAR v6.24, 7zip v24.01
#dastur / #arxiv

🔄 Arxiv fayllar bilan ishlashda kerak bo'ladigan mashhur dasturlarni yangilangan versiyalari.

🔍 Arxiv nima, u bilan qanday ishlanadi kabi savollar bo'lsa kanaldan arxiv deb izlang.

😉 Shu dasturlarni @OfisDarsBot dan ham topishingiz mumkin: Dasturlar -> Arxiv bilan ishlash dasturlari

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Dasturlar -> Onlayn saytlar
#dastur / #manba / #ofis / #media

ℹ️ Yildan yilga kompyuterda biror vazifani bajaruvchi dastur o'rnatishni keragi bo'lmay qolyapti. Buning bir qancha yaxshi tomonlari mavjud:
- Kuchsiz kompyuterlarda ham og'ir ishlarni qilish mumkin;
- Bir amaliyotni bir qancha insonlar bajarishi mumkin (masalan, google docs da 4 kishi bir vaqtda maqola yozishi mumkin);
- Bir qancha qurilmalarda ishlarni davom etish va h.k

😎 Shunday holatlar uchun o'zim bilgan va topgan onlayn saytlarni quyida keltiraman.

🔹Ofis ishlari: Google Docs I Google Sheets I Google Slides I Microsoft Office Online

🟥 PDF hujjatlar bilan ishlash: PDFescape

🏢 Sayt tayyorlash: Weebly I Tilda

🖼 Grafika ishlari: Canva I Vista I Wepik I Photoshop I Figma I iPiccy

🦠 Xavfsizlik: VirusTotal

📹 Media bilan ishlash: Online-Convert I Clipchamp

📝 Rasmdan matnni ajratib olish: Yandex OCR

🤔 Siz yana nimalarni ro'yxatga qo'sholasiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
VMware Workstation 17.5.0 Player_full.exe
540.2 MB
VMware Workstation 17.5.0 Player (to'liq versiyasi)
#dastur / #vm

ℹ️ VMware Workstation - o'zim ham ishlatib ko'rgan virtual mashina dasturi.

💾: 540.1 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
VirtualBox-7.0.14-161095-Win.exe
106 MB
VirtualBox 7.0.14
#dastur / #vm

ℹ️ Yana bir mashhur virtual mashina dasturi.

💾: 106 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Virtual mashina nima? U nimaga kerak?
#atama / #mohirlik / #vm

ℹ️ Virtual mashina (VM) - bir kompyuter ichida boshqa kompyuterlarni ishlatishga ko'mak beruvchi dastur. Oddiy tilda aytganda Windows o'rnatilgan kompyuterda Linux ishlatishga ko'mak beradigan dastur.

Bunda asosiy operatsion tizim Windows, virtual mashinadagi operatsion tizim Linux bo'ladi. Linux'ni ishlatish uchun quyidagi virtual mashina dasturlari kerak bo'ladi:

🔽 Yuklash: VMware I VirtualBox

🎞 Ushbu dasturlarni qanday o'rnatish, ishlatish bo'yicha ushbu havolalardan kerakli videoni topishingiz mumkin:
Как установить и использовать virtualbox
Как установить и использовать vmware

📌 Mavzu bo'yicha savollaringizga javobni ushbu maqoladan ham olishingiz mumkin (rus tilini bilmasangiz sahifani tarjima qildiring).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Savollarga javob beradigan 3 ta sun'iy intellekt
#manba / #AI

ℹ️ Istalgan soha (tibbiyot va dindan tashqari) bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarni quyida keltirilgan sun'iy intellektlarga berishingiz va javob olishingiz mumkin. Ulardan o'zimga ham eng yoqadigani ChatGPT bo'lib, o'zbek tiliga ham ancha tili kelishib qolgan.

🤔 Sun'iy intellektlar qanday ishlaydi?
Ular o'zlari yangilangan vaqtgacha bo'lgan muddatdagi internetda mavjud ma'lumotlarni o'rganib chiqadi, tahlil qiladi va shularga asoslangan holatda savollar yoki buyruqlarga javob beradi. Internetda mavjud bo'lmagan narsa haqida ma'lumot berolmasligi tabiiy, aytaylik sizni itingizni ismini o'zizdan boshqa hech kim bilmasa ChatGPT'dan so'rasangiz u ham bilmayman deydi, chunki internetda sizni itingiz haqida ma'lumotni ko'rmagan.

©️OpenAI -> ChatGPT:
🌐 ChatGPT I 📲 ChatGPT

©️Google -> Gemini (oldingi Bard):
🌐 Gemini (oldingi Bard) I 📲 Gemini

©️Microsoft ->Copilot:
🌐 Copilot I 📲 Copilot

⚠️ Ushbu berilgan sayt va dasturlardan hozirda bemalol ro'yxatdan o'tish va foydalanish mumkin (ilgari ChatGPT'dan ro'yxatdan o'tish muammo edi). Agar dasturlarni ishlashida muammo bo'lsa joylashuv davlatini o'zgartirib ko'ring.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
barcha montaj dasturlarida.jpg
990.4 KB
Переход'lar bo'yicha kichik shpargalkalar
#videodars / #media / #videomontaj

📙 Video montajdagi "переход" larni qaday va qachon qo'llash, 10 ta eng mashhur переход'lar bo'yicha kichik shpargalkalarni yuklab oling

🎞 Videodarsni ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video montaj qilishda "переходлар" ni ahamiyati qanday? Tajribalarni bo'lishaman!
#videodars / #media / #videomontaj

ℹ️ Переход - ikki kadrni kerakli mazmunni bergan holatda bog'lashga xizmat qiladigan video montajning asosiy unsurlaridan biri. Ularni qo'llashda alohida qoidalar yo'q, har kim o'zining ehtiyojlaridan kelib chiqib keraklisini qo'llaydi.

😎 Ushbu videoda video montaj qilishda переход (o'tish) larni qo'llash bo'yicha imkon qadar tajribam bilan bo'lishishga harakat qildim.

📙 Video montajdagi "переход" larni qaday va qachon qo'llash, 10 ta eng mashhur переход'lar bo'yicha kichik shpargalkalarni yuklab oling.

▶️ YouTube'da ko'rish (FullHD)

: 07:36 💾 32.8MB (1080p)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Hujjatga QR kod qo'shish [2]
#mohirlik / #word / #QR

ℹ️ Word dasturida tayyorlangan hujjatlarga QR kodlar qo'shish uchun QR kod yaratish imkonini beruvchi qo'shimchalarni o'rnatishingiz ham mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Internetda sizni eng ko'p bezovta qiladigan 8 narsa va ulardan qutilish yo’llari
#mohirlik / #internet

ℹ️ Albatta bu narsalar qachondir sizni joningizga tekkani aniq. Bugun shulardan halos bo’lishni o’rganamiz.

📰 To'liq maqolani o'qish

😉 Menimcha bu mavzu bo'yicha video shart emas, o'zingiz bemalol uddalay olasiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
Bandicam.v7.0.2.2138 @ka_rasmiy.exe
28.7 MB
Movavi Video Editor 23.3.0 va Bandicam v7.0.2 (crack)
#dastur / #media

🎞 Videomontaj qilish: Movavi Video Editor

🖥 Kompyuter ekranini yozish: Bandicam

Ikkala dastur ham aktivatsiya qilingan, hech qanday cheklovlar mavjud emas.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok