INFORMATIKA ATTESTATSIYA
3.2K subscribers
567 photos
664 videos
1.35K files
2.24K links
Informatika va AT fanidan birgalikda tayyorlanamiz! 😊

Murojaat uchun:👇👇👇👇👇
@informatika_attestatsiya_bot


Muhokamalar uchun guruhimiz:
👇👇👇👇👇👇
@akt_attestatsiya

https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
Download Telegram
❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Ustama tayinlash uchun qilinayotgan ishlar 1-iyulga qadar yakunlanishi kerak.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarorining 12-bandida ustama tayinlash uchun ishchi guruh har yili 1-iyulga qadar qaror qilishi kerakligi haqida yozilgan. Demak, 30-iyun qaror chiqarishning oxirgi kuni bo‘ladi.

Eslatma: Ustama tayinlash haqidagi ishchi guruh qarori asosida maktab direktorining buyrug‘i ham chiqariladi.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
1
⚡️Informatika o‘qituvchilariga IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikati uchun ustama berish rejalashtirilmoqda

Yangi e'lon qilingan qo‘shma qaror loyihasida informatika fani o‘qituvchilariga ustama to‘lashda Microsoft Certified Educator (MCE) sertifikatini ro‘yxatdan chiqarish hamda IC3 Digital Literacy Certification xalqaro sertifikatini ro‘yxatga kiritish taklif etilmoqda.

Ustama olish uchun pedagoglarning natijasi IC3 Digital Literacy Certificationda har bir modul boʻyicha (jami 3 ta modul) 700 ball yoki undan yuqori boʻlishi lozim.

Mazkur qaror kuchga kirgunga olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar qoʻllaniladi.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
IC3 Digital Literacy Certification (IC3 – Internet and Computing Core Certification) raqamli savodxonlik bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatdir. Bu sertifikat dunyo bo‘ylab ish beruvchilar va ta’lim muassasalari tomonidan tan olinadi.
Quyida ushbu sertifikat haqida asosiy ma’lumotlarni keltiraman:
🌐 IC3 Digital Literacy Certification nima?
IC3 – bu raqamli savodxonlik (kompyuter va internetdan foydalanish) darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat bo‘lib, Certiport (Pearson VUE kompaniyasi) tomonidan beriladi. U foydalanuvchilarning asosiy texnologiyalar va internetdan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholaydi.
📚 IC3 imtihon tarkibi
IC3 imtihoni odatda 3 asosiy bo‘limdan iborat:
Computing Fundamentals – Kompyuter asoslari
Kompyuter arxitekturasi
Operatsion tizimlar (Windows, macOS)
Dasturiy ta'minotlar va ularning ishlashi
Key Applications – Asosiy ilovalar
Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint)
Matn muharrirlari, jadvallar, prezentatsiyalar
Mahsuldorlikka oid dasturlar
Living Online – Internet va onlayn hayot
Veb-brauzerlardan foydalanish
Elektron pochta, onlayn xavfsizlik
Axborot izlash va axloqiy me'yorlar
Imtihonlar ingliz tilida bo‘ladi, lekin ayrim hollarda tarjimalari ham mavjud bo'lishi mumkin (rus yoki o‘zbek tillarida ham bo‘lishi ehtimoli bor, bu markazga bog‘liq).

🧑‍💻 Kimlar uchun mos?
O‘quvchilar va talabalar
O‘qituvchilar
Ish qidirayotganlar
Kompyuter bilimlarini rasmiy tasdiqlamoqchi bo‘lganlar
🏆 Sertifikatning afzalliklari
Xalqaro tan olinuvchanlik
Raqamli ko‘nikmalarni tasdiqlovchi hujjat
Ishga joylashishda yoki chet elda o‘qishda foydali
Kompyuterda ishlash ko‘nikmalaringizni mustahkamlash imkoniyati
📍 IC3 sertifikatini qayerda olish mumkin?
IC3 imtihonlarini topshirish uchun Certiport Authorized Testing Center (CATC) bo‘lishi kerak. O‘zbekistonda ba’zi ta’lim markazlari va universitetlar bu xizmatni taklif qiladi.

Misol: TATU, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabi, IT Parkdagi o‘quv markazlari va boshqalar.

💰 Narxi qancha?
Narxlar imtihon markaziga qarab o‘zgaradi. Odatda har bir modul uchun 15-40 AQSH dollari atrofida bo‘ladi. Ba’zida to‘liq kurs va imtihon paketi ham taklif qilinadi.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
3
IC3 sertifikati (Internet and Computing Core Certification) haqida batafsil ma’lumot beramiz:

🔷 IC3 Sertifikati nima?

IC3 (Internet and Computing Core Certification) – bu Certiport tomonidan taqdim etiladigan xalqaro darajadagi sertifikat bo‘lib, raqamli savodxonlik va kompyuter asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlaydi. U kompyuter va internetdan foydalana olish, dasturiy ta’minotlardan foydalanish, hamda axborot xavfsizligi kabi sohalarni qamrab oladi.


🔷 IC3 sertifikatining asosiy maqsadi nima?

Zamonaviy texnologiyalarni tushunish va ulardan foydalanish bo‘yicha asosiy bilimlarni baholash.

Ish beruvchilar va ta’lim muassasalari uchun nomzodning raqamli ko‘nikmalarini isbotlash.

O‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar va ishchilarning axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasini aniqlash.


🔷 IC3 Global Standard 6 (GS6) versiyasi

Hozirgi vaqtda eng ommabop versiya – IC3 GS6 (Global Standard 6). Bu versiyada quyidagi 3 ta asosiy modul mavjud:

1. Computing Fundamentals (Kompyuter asoslari)

Kompyuter komponentlari (apparat va dasturiy ta’minot)

Operatsion tizimlar (Windows, MacOS asoslari)

Fayl boshqaruvi, saqlash qurilmalari


2. Key Applications (Asosiy dasturlar)

Microsoft Word, Excel, PowerPoint

Dasturlarni muvofiqlashtirish va integratsiya

Matn tahrirlash, jadval va grafiklar yaratish


3. Living Online (Internetdan foydalanish)

Internet, e-mail, bulutli texnologiyalar

Ijtimoiy tarmoqlar, onlayn xavfsizlik

Axborotni izlash, baholash va almashish


🔷 Imtihon haqida ma'lumot

Bo‘lim va Tavsifi

Test tili Ingliz, rus, ispan va boshqa tillarda mavjud.

Savol turilari:
• Test (multiple choice),
• drag-and-drop,
• amaliy mashqlar

Muddat Har bir modul uchun 50-60 daqiqa
Ball tizimi 1000 ballik tizim, o‘tish balli: taxminan 700

🔷 Qanday tayyorlanish mumkin?

1. Certiport rasmiy sayti orqali o‘quv materiallari:

www.certiport.com/IC3

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
3
‼️‼️‼️
Endi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 130-son qarori bilan pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi takomillashtirildi.

Endilikda, (oliy ma’lumotli bo‘lmagan yoki mutaxassis lavozimidagi) pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilmasa, pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan ikki marta jalb etiladi.

Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.

🔑 Shuningdek, attestatsiyadan o‘ta olmagan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlarni ketma-ket ikki marta navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etishga pedagog kadr faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar etib belgilandi.

🔴 Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr faqat o‘z xohishi bilan navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

🟡 Barcha o'qituvchilari bilan xabarni ulashing.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
2
Ҳозир мактабларимизда 19 минг 500 нафар информатика ўқитувчиси бор.

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги Массачусетс технология институтининг сунъий интеллект таълим дастури асосида ўқув дастурларини янгилайди.

Ҳар бир вилоятдан 100 нафар информатика ўқитувчиси жорий йилда Янги Ўзбекистон университетида ушбу дастурга ўқитилади. Ушбу ментор ўқитувчилар ўз ҳудудидаги қолган информатика ўқитувчиларини икки йил давомида каскад усулида тайёрлайди.

Бу орқали беш йилда барча мактаб битирувчилари сунъий интеллект бўйича етарли билим олади.

“Рақамли авлод қизлари” танловида таълим, сунъий интеллект, “яшил” иқтисодиёт, иқлим ўзгариши каби соҳаларда 7 минг ўқувчи ва талабанинг 120 та стартап лойиҳаси танлаб олинди.

Бу йил камида 50 минг нафар қизлар “Рақамли авлод қизлари” лойиҳаси билан қамраб олинади.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
#Диққат

‼️1 августдан педагоглар қуйидагича оширилган миқдорда ойлик маош оладилар

Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида»ги 02.06.2025 йилдаги ПФ-91-сон фармонига мувофиқ, 2025 йил 1 августдан бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори 10 фоизга оширилди.

Фармонга мувофиқ, педагоглар 2025 йил 1 августдан қуйидагича оширилган миқдорда ойлик маош оладилар:

Мактаб директори:
• 5 млн 166 минг 485 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 516 минг 559 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 849 минг 691 сўм (881-1600 ўқувчигача);
• 6 млн 187 минг 933 сўм (1600дан ортиқ);
Директор ўринбосарлари: (ММИБДЎ, ЎТИБДЎ)  
• 4 млн 825 минг 345 сўм (400 ўқувчигача);
• 5 млн 166 минг 485 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 5 млн 516 минг 559 сўм  (881 -1600 ўқувчигача);
• 5 млн 849 минг 691 сўм (1600дан ортиқ);
Директорнинг хўжалик ишлари бўйича ўринбосари:
• 1 млн 957 минг 858 сўм (400 ўқувчигача);
• 2 млн 233 минг 302 сўм (401-880 ўқувчигача);
• 2 млн 322 минг 127 сўм (881 -1600 ўқувчигача);
• 2 млн 515 минг 091 сўм (1600дан ортиқ);
Психологлар:
• Олий маълумотли психолог – 3 млн 356 минг 916 сўм;
• Иккинчи тоифали психолог – 3 млн 594 минг 851 сўм;
• Биринчи тоифали психолог – 3 млн 838 минг 851 сўм;
• Олий тоифали психолог – 4 млн 72 минг 508 сўм;

Ўқитувчилар:
• Ўрта махсус маълумотли ўқитувчи – 3 млн 468 минг 585 сўм;
• Олий маълумотли ўқитувчи – 3 млн 729 минг 906 сўм;
• Иккинчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 175 минг 834 сўм;
• Биринчи тоифали ўқитувчи – 4 млн 653 минг 151 сўм;
• Олий тоифали ўқитувчи – 5 млн 142 минг 053 сўм;
Кадрлар бўйича менежер:
1 млн 758 минг 372 сўм
Кутубхона мудири:
• Ўрта махсус маълумотли – 2 млн 349 минг 447 сўм;
• Олий маълумотли – 2 млн 563 минг 442 сом

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
1
Buyruq ma'naviy-marifiy tadbirlar.pdf
56.8 KB
⚡️RASMAN: JUMA KUNI O'TKAZILADIGAN SINF SOATI DARSLARI ENDI DUSHANBA KUNI "KELAJAK SOATI" SIFATIDA O'QITILADI

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida har haftaning juma kuni
oʻtkazib kelinayotgan “Sinf soatlari” 2025-2026 oʻquv yili davomida har haftaning dushanba kuni birinchi soatida “Kelajak soati” darslari sifatida oʻqitiladi.

Asos:
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug'i

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
1
Psixolog rejasi O'qituvchiga hujjat.pdf
221.1 KB
⚡️PSIXOLOGLARNING NA'MUNAVIY YILLIK ISH REJASI

Asos:
MMTVning 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug'i

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
Kelajak soati rejasi O'qituvchiga hujjat.pdf
149.1 KB
⚡️HAR DUSHANBA KUNI BO'LADIGON "KELAJAK SOATI" DARSLARINING REJASI

Asos:
MMTVning 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug'i

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
Tadbirlar rejasi. O'qituvchiga hujjat.pdf
313.4 KB
⚡️2025-2026 O'QUV YILIDA O'TKAZILADIGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR REJASI

Asos:
MMTVning 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug'i

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
O'z kuchini yo'qotgan O'qituvchiga hujjat.pdf
90.8 KB
⚡️MMTVning 2024-yil 23-avgustdagi 273-sonli hamda 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyruqlarining ayrim bandlariga o'zgartirish kiritish bo'yicha.

Asos:
MMTVning 2025-yil 25-avgustdagi 308-sonli buyrug'i

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
⚡️RASMAN 2025/2026 O‘QUV YILI 2-SENTABRDAN BOSHLANADI.

©Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta'lim maktablarida yangi – 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentabridan (seshanba kuni) boshlanadi.

Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o'tkaziladi.

Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
⚡️PEDKENGASH BAYONNOMALARI QUYIDAGICHA YURITILADI.

Xalq ta’limi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrug‘i (Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 9-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2799)  va MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘iga asoslanib soddaroq qilib tushintiramiz.

☝️Pedkengash yig‘ilishi bayonnomalari elektron holda, kopyuterda yoziladi, qog’ozga chiqariladi, tasdiqlanib restr papkaga tikib qo’yiladi.

☝️Pedkengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish uchun mahsus daftar yuritiladi. Unga bayonnoma yozilmaydi, faqatgina pedagogik kengash o’tkazilgan sana, pedkengash soni, ko’rilgan masalalar ro’yxati yozib boriladi.


Pedkengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim👇

🔹umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom
🔹pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi
🔹pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari
🔹pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari (elektron holda yig‘majildlar reyestrda tikib boriladi)
🔹pedagogik kengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar


╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
Ўзбекистонда мактаб ўқувчиларининг сумкаси неча килограмм бўлиши керак?

Оғир сумка мактаб ўқувчиларининг ўсиши ва ривожланишига жиддий таъсир қилади, деб огоҳлантирди Санэпид қўмитанинг Тошкент шаҳар бошқармаси.

Ёшликда узоқ вақт оғир сумка кўтариб юриш сколиозга, умуртқа поғонасининг эгрилигига ва оёқларнинг қийшайиб ривожланишига олиб келади.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
❗️«СИНФ СОАТИ» ёки «КЕЛАЖАК СОАТИ» учун ишланмаларни сотиб олишга ҳожат йўқ!

Эндиликда мактабларда илгари ўтилган Синф соатлари ўрнига Келажак соати машғулотлари жорий этилганини биласиз.

Шуни алоҳида таъкидлаймизки, Келажак соати учун ишланмаларни сотиб олишга ҳожат йўқ!

Milliytarbiya.uz расмий платформасида бу машғулотларга доир ишланмалар Вазирлик томонидан бепул ва мунтазам эълон қилинмоқда.

Афсуски, баъзи шахслар ишланмаларни «тайёр дарс ишланмалари» номи остида пуллик тарзда тарқатишмоқда. Аммо бу материаллар:

👉 Вазирлик талабларига жавоб бермайди;

👉 Аксарият ҳолларда эски синф соатларига оид бўлади;

👉 Мазмунан юзаки ёки нотўғри бўлиши мумкин.

❗️Пул тўлаб нотўғри материал сотиб олиш ўрнига — расмий манбалардан фойдаланинг.

Сизга керакли барча материаллар очиқ ва бепул:

👉 www.milliytarbiya.uz

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#долзарб

‼️⚠️ Сунъий интеллект “болангизни ўғирлаб” қўймасин


Ота-оналар фарзандлари билан вақт ўтказмагани учун болалар интернетдан яхши ота-она, меҳрибон ака, ғамхўр опа қидирмоқда.

Келажакда афсусланмаслик учун болангизга меҳр беринг

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
❗️"Биринчи қўнғироқ" тадбирлари 45 дақиқа давом этади

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги умумтаълим муассасаларида "Биринчи қўнғироқ" тадбирлари ҳамда "Мустақиллик дарс"ларини ўтказиш бўйича тавсиялар ишлаб чиқди.

Унга кўра, мактабларда "Биринчи қўнғироқ" тадбирлари 2-сентябрь "Ватан учун, миллат учун, халқ учун!" шиори остида ўтказилади.

1-синф ўқувчиларига "Президент совға"лари маҳаллий ҳокимликлар ва фаол жамоатчилик вакиллари ҳамда ота-оналар иштирокида топширилади.

Тадбирга фахрий устозлар, нуронийлар, ота-оналар, давлат хизматчилари, депутатлар ва фаол жамоатчилик вакиллари таклиф этилади.

Бундан ташқари, таълим ташкилотларида “Мустақиллик” (“Келажак соати”) дарсларини ўтказиш, бунда тарғибот материаллари учун “milliytarbiya.uz” платформасидан фойдаланилади.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Диққат #Тарқатинг

Озодбек Назарбековдан янги клип!

🎬 🎶 "Мендирман ўша" клипидан кейин мухлисларни ҳайратда қолдирадиган клиплардан бири бўлибди

🇺🇿 Кўринг ва дўстларингиз билан улашинг


╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
4
📱13 ёшга тўлмаган болага телефон олиб берилса, унда ёлғизлик ва хавотир ҳисси кучаяди

163 та давлатдан йиғилган 100 мингдан ортиқ одам иштирок этган йирик халқаро тадқиқотни олиб борган муаллифлар шундай хулосага келди: 13 ёшга тўлмаган болага смартфон олиб берилса, у улғайганида хавотир, ёлғизлик ҳисси ва ҳатто ўз жонига қасд қилиш ҳақида ўйлаш эҳтимоли сезиларли даражада ортади.

📌Қатъий тартиб керак
Тадқиқот муаллифлари худди алкоголь ва тамаки маҳсулотлари савдоси каби қонун доирасида қатъий тартиб белгилашни ҳамда қуйидаги чора-тадбирларни жорий этишни таклиф қилмоқда:
— мактаб дастурига рақамли гигиена бўйича мажбурий таълимни киритиш;
— фойдаланувчиларнинг ёшини қатъий аниқлаш механизмларини жорий қилиш;
— 13 ёшгача бўлган болаларга ижтимоий тармоқларга киришни тўлиқ тақиқлаш;
— интернет ва ижтимоий тармоқларга уланган функцияларсиз, болалар учун махсус телефонлар ишлаб чиқарилишини йўлга қўйиш.

📵Айрим давлатлар чеклов қўйишни бошлаган
— Францияда смартфонлардан фойдаланиш бошланғич ва ўрта мактабларда тақиқланган.
— Хитойда болалар экран қаршисида ўтказадиган вақтга қатъий чекловлар жорий қилинган.
— АҚШнинг бир неча штатларида эса фойдаланувчиларнинг ёшини тасдиқлаш ва платформаларда жойлаштирилган контент учун компанияларнинг жавобгарлигини кучайтирувчи қонун лойиҳалари муҳокама қилинмоқда.

🚫Агар тизимли ёндашув жорий этилмаса...
Илмий хулосага кўра, агар тизимли ёндашув жорий этилмаса ва болалар келажаги фақат ота-она гарданига ташлаб қўйилса, кейинги авлод руҳан ва ижтимоий жиҳатдан заиф ҳолда вояга етиши мумкин.

╔════════════╗
@informatika_attestatsiya
https://t.me/joinchat/AAAAAFPADt0Hl8rr9jmPCw
╚════════════╝
😁1