Informatika va AT
8.9K subscribers
1.07K photos
591 videos
603 files
1.49K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
⚙️ Qanday kompyuterga, qanday ta'minot bloki (блок питания) kerak?

Kompyuteringizni kuchaytirish uchun nimalarni almashtirish lozim? degan savolga, ko'pchilikning fikri bir joydan chiqadi: protsessor, tezkor xotira, SSD disk.

Ha, bu javoblar to'g'ri, lekin bularni ishlashiga zamin yaratib beradigan, tok bilan ta'minlab turadigan ta'minot bloki har doim esdan chiqadi.
Ta'minot bloki, kompyuteringizni tez ishlatmaydi, lekin yetarlicha tok berilmasa kompyuter qurilmalari yoki sekin ishlaydi yoki umuman ishlamaydi.

Misol uchun, qattiq disk(HDD)da joy qolmadi, siz yana bitta HDD olib kelib o'rnatasiz va joyingiz kengayadi, lekin shu ikkinchi HDD'ga sizning ta'minot blokingiz yetarlicha tok beraoladimi? shuni hisobga olmaysiz.

Yangi kompyuter sotib olayotganda, uning tashkil etuvchilari(CPU, HDD, RAM) qanday bo'lishini shartta-shartta aytasiz, lekin blok pitaniyaga kelganda, sotuvchiga "a o'ziz tanlab beravering" deysiz.

Demak, siz tanlagan kompyuterga qanday ta'minot bloki kerakligini aniqlaymiz.
1. Power Supply Calculate saytiga kiramiz.
2. Basic bo'limini tanlaymiz.
3. Kompyuteringiz nimalardan tashkil topganini kiritib chiqamiz va Calculate tugmasini bosamiz.
4. Sizga tanlagan kompyuterga tavsiya etilgan ta'minot bloki quvvati chiqadi, misol uchun 450W. Shu raqam asosida ta'minot bloki sotib olasiz.

Sayt inglizcha bo'lgani uchun, ba'zi atamalarni yozib o'taman:
Motherboard - plata, agar oddiy kompyuter bo'lsa Desktop tanlaysiz.
CPU - protsessor, yadroni ahamiyati yo'q, odatda kompyuterlarda 1 ta protsessor bo'ladi.
Memory - tezkor xotira, soni va hajmini tanlaysiz.
Video Cards - video karta.
Storage - qattiq disk, ya'ni HDD

👉 @informatika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Microsoft Word matn muharririda kerakli so'zlarni bir qatorga yozish
#lifehack

Hozirgi paytda Word dasturi bilan ko'pchilik ishlaydi, rasmiy xujjatlardan tortib, dissertatsiyalar, diplomlar hattoki oddiy ta'tilga chiqish uchun yoziladigan arizalar ham shu dastur orqali yozilmoqda, shu sababli bu dasturdan to'g'ri foydalanish bo'yicha ham postlar yozib turaman.

Ko'pchilik, xat yoki biror xujjat yozayotganda, bir qatorda yozilishi kerak bo'lgan so'zlarni, ikki qator qilib yozib yuboradi, chunki qator oxiriga kelganda, Word probeldan keyin keladigan so'zni keyingi qatorga o'tkazadi, bizga esa, birinchi qator oxiridagi so'z va keyingi qatordagi birinchi so'z bir qatorda yozilishi kerak.
Misol uchun, familiya ism yozayotganda yoki biror ajratilib yozilishi xunuk ko'rinadigan so'zlarda (va hakazo).

Kimgadur bu imkoniyat oddiy tuyulishi mumkin, lekin ko'pchilik shu imkoniyatdan foydalanmaydi va xujjatlarni savodsiz ko'rinishda yozadi.

Yuqoridagi holat bo'lmasligi uchun, kerakli so'zdan so'ng, probel emas, balki CTRL+Shift+probel tugmalari bosish kifoyda qiladi.
Shunda, bu tugmalar bosilishidan oldingi kelgan so'z va keyin keladigan so'z, keyingi qatorga o'tib, bir qatorda yoziladi(agar tushunarsiz bo'lsa, ilovadagi rasmga qarang).

☝️Kompyuterni o'rganishni Word dasturidan boshlang, zero hozirda istalgan ishga kirishda bu dasturni bilish muhim!

👉 @informatika
​​Kimga qanday monitor kerak?
#monitor #instruction

Xarakteristikalarini to'liq yozib o'tirmagan holda(boshilarni oritmaslik uchun), do'konga borib tayyor aytiladigan holda, soha bo'yicha qanday monitor olish kerakligi haqida maslahat berib o'tmoqdaman. Xarakteristikalarini to'liq alohida post qilib yozish niyat bor.

Uyda ishlash va o'ynash uchun monitor xarakteristikasi:
📌 Matritsa: IPS.
📌 O'lchami(diagonal): eng optimal variant  27 dyum.
📌 Razresheniya: WQHD 2560x1440, mablag' kamroq bo'lsa, FullHD 1920x1080.
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 75Hz.
📌 "Время отклика": 3 yoki 5 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9.

Office ishlari uchun:
📌 Matritsa: TN.
📌 O'lchami(diagonal): 24 dyum va undan past.
📌 Razresheniya: FullHD 1920x1080  bundan kattalarni olsangiz ham farqini unchalik sezmaysiz, agar monitor 24 dyum va undan kichik bo'lsa.
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 60 Hz.
📌 "Время отклика": 5 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional o'yinchilar uchun(geymerlar)
📌 Matritsa: VA.
📌 O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland.
📌 Razresheniya: WQHD 2560x1440, cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160.
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 144 Hz.
📌 "Время отклика": 1,2 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional video, audio, tasvir montajchilari uchun:
📌 Matritsa: IPS.
📌 O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland(32 dyum optimal).
📌 Razresheniya: WQHD 2560x1440, agar cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160 (video karta ham qo'llab quvvatlash kerak)
📌 Ekran o'zgarish chastotasi: 120 Hz.
📌 "Время отклика": 3 ms.
📌 Tomonlar o'lchami: 16:9, ulta kenglik bo'lsa 21:9.

Bu tayyor qo'llanma, asosiysi mablag'ingizga bog'liq, lekin bitta olingan monitor ancha xizmat qiladi.

👉 @informatika
Forwarded from Temurbek Adhamov
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

🤩 Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

📌 «Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

🔖 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

📞 78-888-9-888
O'zbek tilida ilovalar kerakmi? Foydali mobil ilovalar haqida ma'lumotlarchi? Katta loyihalarga qiziqasizmi? Sayohatlargachi? Unda marhamat

t.me/nursaidovuz
Mobil dasturlashni bepul o'rganish uchun

t.me/flutterdasturchi
​​Kompyuterni o'chirganingizda qanday jarayonlar sodir bo'ladi 🤔 #nazariya

Kompyuter yonish/o'chishi o'z ichiga bir nechta jarayonlarni oladi.

Demak, Windows tizimida kompyuterni o'chirish buyrug'ini berganingizdan so'ng, quyidagi ketma-ketliklar sodir bo'ladi:

1. Dastlab, shutdown.exe utilitasi ishga tushadi, bu utilita kompyuter o'chishiga javob beradi.
2. Agar ishlayotgan dasturlar bo'lsa, sizdan bu dasturlarni nima qilishni so'raydi: dasturlarni darhol o'chiraymi yoki kompyuterni o'chirishni to'xtatib, o'zingiz o'chirishingiz uchun imkoniyat beraymi. Bu bosqichda kompyuterni o'chirishni to'xtatish mumkin.
3. Keyin, Windows fon rejimida ishlaydigan barcha dasturlarni, hamda tizimda ishlayotgan xizmatlarni(DNS, DHCP, EFS,...) o'chiradi.
4. Kompyuterga ulangan qattiq disklar uziladi, USB orqali ulangan fleshkalar ham shu bosqichda uziladi.
5. Oxirida, kompyuteri tezkor xotirasidagi barcha ma'lumotlar o'chiriladi.

Bundan kelib chiqadiki, ishlayotgan dastur, utilita, xizmatlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha kompyuter sekin o'chadi.

☝️Agar kompyuterni tugma orqali darhol o'chirsangiz, shuncha jarayon bo'lmaydi yoki chala bo'lib, keyingi yoqilishida muammolar bo'lishi mumkin. Akmal Xudoyberganov

👉 @informatika
Forwarded from Nursaidov.uz
Android.exe
51.4 MB
Androidlar uchun kitob tayyorlovchi dasturni o’rnatib beruvchi o’zbekcha kompyuter dasturi

Android tizimlari uchun kitob tayyorlovchi dastur haqida bilsangiz kerak. Lekin bu dastur pullik bo’lgani uchun yoki o’rnatishdagi muammlolar sabab juda ko’pchilik bu dasturdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi.

Ushbu dastur nima uchun kerak:

1. Bu dastur orqali o’zingiz maqolalaringizni joylashitirib sotish imkoniyatini beradi.
2. Agar she’r yozsangiz, she’rlaringizni elektron kitob ko’rinishida tayyorlab do’stlaringizga sov’ga qilish imkoniyati;
3. Dastur orqali hikoya, qissa, roman va boshqa matnlarni android tizimlari uchun kitob holatida tayyorlash imkoniyatini beradi va hokazo…

Diqqat: Dasturni ketma-ketligi bo'yicha o'rnating.

👉 @Nursaidovuz- o'zimizning dasturlar
Forwarded from Xizmatlar AI
ChatGPT_@XizmatlarAI.msi
6 MB
💻 ChatGPT`ning kompyuter dasturi

Ushbu dasturni o'rnating va tezlikni his qiling.

👉 @XizmatlarAI - Siz uchun harakatda
2022-2023 yillarda o‘qituvchilarning maoshi eng yuqori bo‘lgan dunyo mamlakatlari reytingi:

1. 🇨🇭 Shveysariya 6240$ (O'rtacha moshina narxi: 3.000$)
2. 🇩🇰 Daniya 6190$ (O'rtacha moshina narxi: 2.500$)
3. 🇱🇺 Lyuksemburg 5850$ (O'rtacha moshina narxi: 4.000$)
4. 🇳🇴 Norvegiya 5450$ (O'rtacha moshina narxi: 3.500$)
5. 🇮🇸 Islandiya 5430$ (O'rtacha moshina narxi: 3.500$)
6. 🇩🇪 Germaniya 4390$ (O'rtacha moshina narxi: 2.500$)
7. 🇯🇵 Yaponiya 3990$ (O'rtacha moshina narxi: 3.000$)
8. 🇧🇪 Belgiya 3900$ (O'rtacha moshina narxi: 2.500$)
9. 🇺🇸 AQSH 3900$ (O'rtacha moshina narxi: 4.000$)
10. 🇫🇮 Finlyandiya 3900$ (O'rtacha moshina narxi: 3.000$)

———————————-

178.🇺🇿 O'zbekiston 250$ (O'rtacha moshina narxi: 15.000$)

👉 Kanal: meniki, seniki, bizniki: @informatika
​​Kompyuter tezkor xotira(RAM)si haqida nimalarni bilish zarur

1.
Bu xotira protsessor bilan qattiq disk(HDD) ortasida ma'lumot tashuvchi hisoblanadi.
2. Energiyaga bog'liq bo'lgan xotira turi.
3. Har hil ko'rinishi mavjud: Statik(SRAM), dinamik(DRAM).
4. Har hil ulanish turlari bor DRAM uchun: DDR2, DDR3, DDR4. SRAM ko'rinishi esa sxema ko'rinishida plataga qotirilgan bo'ladi.
4.1 DDR turlarini o'rniga o'rni almashtirib bo'lmaydi, ulanishlari har xil.
5. Hajmi qancha katta bo'lsa, shuncha kompyuter tezkorroq ishlaydi(albatta ulanish turlari va chastotalarini hisobga olgan holda), chunki ko'roq ma'lumot sekin ishlaydigan qattiq diskda emas, tezkor xotirada saqlanadi.
6. Kompyuter "Гибернация" rejimiga o'tganda, tezkor xotiradagi ma'lumotlar yo'qolmasligi uchun, qattiq diskka tashlanadi.
7. Statsionar kompyuter uchun DIMM modul, notebooklar uchun SO-DIMM modul deyiladi, bir biriga tushmaydi.

Hozirda DDR5 ham 2021-yil oxiridan beri sotuvda bor.

DDR5
- SDRAM deb ham ataladigan ikki tomonlama ma'lumot tezligi sinxron dinamik tasodifiy kirish xotirasining 5-avlodi.

👉 @informatika
​​Serverlarni, biz ishlatayotgan kompyuterlardan nima farqi bor?
#foydali

Ko'p eshitib qolamiz: Sayt serverini buzishibdi, terminal ishlamayapti server bilan aloqa yo'q ekan, sizning to'lovingiz bizning serverga tushmadi(ayniqsa kommunal to'lovlarda) vahakazo.

Server o'zi nima?
Server ham, siz ishlatayotgan kompyuterga o'xshash temir, uning ham o'z qattiq disklari(HDD), tezkor xotiralari(RAM), protsessorlari(CPU) mavjud. Unga ham Windows, Linux tizimlarini o'rnatishingiz, office dasturlari bilan ishlashingiz, hattoki o'yinlar o'ynashingiz ham mumkin.

Shu yergacha, demak server ham oddiy kompyuter ekan degan xulosaga keldingiz, to'g'rimi?

Davom etamiz, shunday ekan, ular nega kompyuter deyilmasdan aynan server deyiladi, oddiy kompyuterdan nima farqi bor? shu savollarga quyida qisqa-qisqa qilib javob berib o'taman.

Serverlarni, oddiy kompyuterlardan quyidagi asosiy farqlari mavjud:
1.Ko'p protsessorli. Serverlarga bir nechta protsessorlar o'rnatish mumkin, ularning chastotasi, yadrosi, sovutish tizimi oddiy kompyuterlarga qaraganda kattaroq va chidamliroq.
2. Tezkor xotiralar(RAM) soni va sifati ancha yaxshi. Ulanish plankalari 16, 24 ta va undan ko'p bo'lishi mumkin, undan tashqari, server tezkor xotiralari o'z-o'zini to'g'irlash, bufferizatsiya kabi qo'shimcha funksiyalarga ega bo'ladi, ular ancha ishonchli hisoblanadi.
3. Qattiq disklar soni va sifati. Bitta serverga har xil turdagi qattiq disklar ulash mumkin, misol uchun:SATA, SAS, SSD vahakazo. Ularning soni server hajmiga bog'liq bo'ladi: 16,24,48...
4. Blok pitaniya. Serverlar uzoq vaqt o'chmasdan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab, ularga bir nechta blok pitaniyalar o'rnatiladi, biri buzilsa ikkinchisi ishlayveradi.
5. Tashqi tuzilishi. Serverlar hajm jihatidan kattaroq va pishiqroq bo'ladi. Chunki uning ichiga ancha-muncha resurslarni joylash lozim.
6. Sovutish tizimi. Tinimsiz ishlaganligi sababli, serverlarda acha-muncha kullerlar bo'ladi, men ko'rgan serverlarda 8-10 ta kullerlar mavjud edi.
7. RAID Controller. Serverdagi ma'lumotlar juda kerakli bo'lgani uchun, qattiq disklarni nusxalash talab etiladi, bu ishni qilishda serverlardagi RAID kontroller degan mikrosxema yordam beradi.
8. Xizmat ko'rsatish. Serverlarni to'xtatmaslik uchun, ularga ishlab turganda xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilgan, misol uchun: buzilgan blok pitaniyani almashtirish, ishdan chiqqan vinchesterlarni serverni o'chirmasdan almashtirish vahakazo.
9. Boshqarish. Serverlar sovuq xonalarga joylashtirilganligi uchun, ularni o'sha honalarda boshqarmaslik maqsadida, masofadan turib boshqarish imkoniyatlari mavjud.
10. Tarmoq uchun katta imkoniyat. Serverlar bir nechta tarmoqlar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab ularga bir nechta tarmoq kartalari, optik kartalar ulanadi.

Bu farqlar asosiylari, ulardan tashqari boshqa kichik-kichik farqlari ham bor. Narxlarini o'zingiz tassavur qilavering: 2 ta protsessor, 16 ta tezkor xotira, 24 ta qattiq disk, 8 ta kuller, 2 ta blok pitaniya...

☝️Bu yerda serverlarni umumiy tarzda, biroz bo'lsa ham tushuncha bo'lishi uchun qisqa qilib yozib o'tdim. Qiziq bo'lsa, keyinroq shu mavzuni yana yoritaman.

👉 @informatika
​​Notebook qattiq qizisa yoki o'chib qolaversa nima qilish kerak?

Notebook odatda, qattiq qizishi natijasida o'chib qoladi. Bu holat o'zini-o'zi himoyalash funksiyasi asosida amalga oshadi. Bu hususiyat, ya'ni qattiq qiziganda o'zidan o'zi ochib qolish, zamonaviy, sifatli texnikalarda bo'ladi. Bu orqali texnika tashkil etuvchilari, erib ketishdan saqlanilinadi.
Hattoki, ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari(ЦОД)dagi serverlarda ham shu hususiyat mavjud, demak bu normal va to'g'ri o'ylangan texnologiya.

Notebook nima sababdan qiziydi?
Savolga javob bitta, ishlash intensivligi oshishi bilan qizishni boshlaydi, bu intensivlik qachon oshadi? qachonki notebookka yuklama tushsa. Odatda, quyidagi hollarda qattiq yuklama tushishni boshlaydi:
● Ko'p resurs talab qiladigan o'yinlar o'ynaganda.
● Qattiq disk yuklama bilan ishlaganda, misol uchun torrent texnologiyasida, ham ko'chirish, ham tarqatish rejimi ishlaganda(HDD qiziydi yaxshigina).
● Virus biror resursni(protsessor, tezkor xotira) 90-100% ishlatishni boshlaganda.
● Issiq honalarda foydalanilganda(ayniqsa hozirgi paytda, notebookka biroz yuklama bersangiz qizishni boshlaydi).

Notebook ixcham ishlab chiqarilganligi sababli, sovutish tizimiga sharoit qilib bermasangiz, u qiynaladi. Bu texnikada sovutishda asosiy rolni ventilyator va notebook cheti va quyi qismidagi tirqishlar bajaradi. Tirqishlar orqali ventilyator haydayotgan issuq havo chiqib ketadi.

Demak, sovutish tizimi qanday ishlashini bilib oldik, endi bu tizim to'g'ri ishlashiga sharoit qilib beramiz.
1. Hech qachon notebookni yumshoq tekislikka quymang(yostiq, ko'rpa), bu orqali siz qurilmani quyi qismida joylashgan teshiklarni yopib quyasiz. Agar yotvolib film tomosha qilgingiz kelsa, krovatlar uchun mo'ljallangan maxsus moslama sotib oling(rasmi quyida ko'rsatilgan).

2. Ventiyator va notebook ichki qismini changlardan tozalab turing. Bu muammoli ish emas, ehtiyotkorlik bilan ichini ochasiz va birror mato bilan artib chiqasiz yoki kam quvvatli ventilyatordan foydalanishingiz mumkin.

3. Ventilyator ovoziga ahamiyat bering, agar juda qattiq va g'alati ovoz chiqarsa, uning biror qismi sinib qolgan bo'lishi ham mumkin. Uni yamashga harakat qilmang, albatta almashtiring.

4. Agar ventilyator shovqin bilan ishlasa va hech qayeri sinmagan bo'lsa, unda ventilyator parraklarini aylantiradigan podshevnikni moylash zarur, bu ham o'zingizning qo'lingizdan keladi(lekin ba'zi ventilyatorlarning ichi ochilmaydi, bir marttalik bo'ladi).

5. Iloji bo'lsa, protsessordagi termopasta(issuqlik o'tkazuvchi qorishma)ni yilda 1marotaba almasahtirib turing.

Asosiy ahamiyat beradigan narsalar shular, texnikangizga qancha ko'p e'tibor bersangiz u shuncha uzoq vaqt sizga xizmat qiladi.

☝️Agar mablag'ingiz bo'lsa, notebookni sovutish uchun mo'ljallangan "подставки-вентилятора"dan foydalaning.

👉 @informatika
SSD disk o'rnatganlar uchun foydali funksiya - TRIM nima?
#foydali

TRIM - SSD disklar ishlash davomiyligi va tezligini oshirish funksiyasi. Bu funksiya yoqilgan bo'lsa, xotira yacheykalaridagi ma'lumotlar o'chiriladi va bo'sh yacheykaga yozish tezlashadi,

Odatda qanday bo'ladi? siz biror faylni diskka yozganingizda, shu fayl qismlarga bo'linadi va yacheykalarga yoziladi. Bu yacheykalar haqidagi axborot(qaysi yacheykada qaysi fayl qismlari joylashgan) MFT(Master File Table) degan jadvalga yoziladi. Agar siz biror faylni o'chirsangiz, o'sha MFT jadvaldagi yozuv o'chadi, lekin yacheykadagi fayl qolib ketadi. Boshqa fayl yozish kerak bo'lsa, o'sha eski fayl yozilgan yacheyka tozalanadi, so'ng usha yerga yozilishi mumkin bo'ladi.

TRIM funksiyasi, faylni o'chirganda MFT jadval va yacheykadan birdaniga o'chiradi va keyingi fayl yozish tezligi ortadi, lekin o'chgan fayllarni qayta tiklay olmasligi mumkin.

TRIM funksiyasi yoqilganini tekshiramiz:

1. Win+Rcmd va Enter.
2. Qora oynaga ushbu buyruq yoziladi:
fsutil behavior query disabledeletenotify

Natija quyidagicha bo'lishi mumkin:
0 - TRIM funskiyasi yoqilgan;
1 - TRIm funksiyasi o'chiq.

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
AnyDesk.exe
3 MB
#dastur #kompyuter

Masofadan turib kompyuterni kuzatish dasturi:

AnyDesk
Manba

👉
@informatika
Switch_Off_Rus_Setup.exe
240.2 KB
#dastur #kompyuter

Kompyuterni vaqt bo'yicha boshqarish dasturi:

Switch_OFF
Manba

👉 @informatika
Forwarded from Informatika va AT
Total commander dasturi orqali Kompyuter ishga tushganda avtomatik ishga tushadigan keraksiz dasturlani olib tashlaymiz

Ushbu ishimiz kompyuter yuklanishining tezlashishi va yaxshi ishlashiga sabab bo'ladi

👉 Video: https://youtu.be/GbWHGtJ1wCM
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bonus #excel #video_dars

Microsoft Excel dasturida krossword yaratish

Dars
davomiyligi: 10 daqiqa

Muallif: Rasul Atamuratov

👉🏻 @informatika