Informatika va AT
8.43K subscribers
1.15K photos
610 videos
600 files
1.55K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.me/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Hozirda Oliy ta’lim vaziri bo‘lib ishlayotgan Kongratbay Sharipov ustoz rahbarligida 2021- yilda ishlab chiqilgan va faoliyat yuritgan ebook.tsue.uz elektron kutubxonasi Iqtisodiyot universiteti xodimlari tomonidan o‘chirib yuborildi. Ushbu elektron kutubxonaga kunlik tashrif buyuruvchilar soni 20 000 dan oshiq edi. Bu, albatta, juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Hurmatli ustoz Kongratboy Sharipovga bergan va’damiz ijobiy natija berganidan so‘ng, ushbu elektron kutubxona bo‘yicha alohida buyruq chiqarilib, uning qonuniy maqomi va mualliflik huquqlari rasmiy ravishda tasdiqlangan edi.

Hatto Google’da yoki sun’iy intellekt (AI) tizimlari orqali kitob qidirilganida ham, birinchi natijalar ichida aynan bizning kutubxonamiz chiqib kelar edi.

Endi esa savol tug‘iladi: shuncha yirik va foydali ishni o‘chirib yuborish kimga kerak bo‘ldi va nima uchun?
🤬10🔥5😢4
Ebook.tsue.uz platformasi Iqtisodiyot universiteti xodimlari tomonidan faoliyati tiklandi. Katta rahmat.

Foydalanish to'liq ochiq!
👍9🔥3
Forwarded from Nursaidov.uz
Isroilning NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan josus dastur - Pegasus tizimining ishlash arxitekturasi (internetda yo'q)

Pegasus - bu Isroilning NSO Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ilg‘or josuslik dasturi bo‘lib, u mobil qurilmalarga yashirin ravishda kirib, foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, xabarlar, qo‘ng‘iroqlar, audio va video yozuvlar, geolokatsiya va boshqa turli axborotlarni masofadan boshqaruv serveriga yuborishga imkon beradi.

Pegasus kabi yuqori darajadagi, zamonaviy va ilg‘or APT (Advanced Persistent Threat) spyware arxitekturasini to‘liq ilmiy va texnik jihatdan o‘rganib, professional tahlil qilish - PhD va hatto DSc (Doktorlikdan keyingi ilmiy daraja) uchun to‘liq asos va material bo‘la oladi.

@Nursaidovuz
52🔥1🕊1🗿1
Forwarded from Nursaidov.uz
Sizlarga pdf fayllardan kerakli sahifalarni ajratib olish imkoniyatini beruvchi yangi tizimni taqdim etmoqchiman. Ushbu tizimning asosiy xususiyatlari:

Foydalanuvchilar uchun qulay interfeys, o‘zbek tilida yaratilgan.
Pdf fayllardan kerakli sahifalarni tezda ajratib olish imkoniyati.
Sahifalarni tanlash, tartiblash va saqlash.

Faylni yuklab, kerakli sahifa raqamlarini kiriting va "Ajratib olish" tugmasini bosing va sizga kerakli sahifalar tayyor bo‘ladi!

Ushbu tizimdan foydalanib, maqolalaringizni, kerakli ma'lumotlarni tez va oson ajratib oling.

O'rganing: https://youtu.be/ROT6irGBKmU

Foydalaning: https://nursaidov.uz/pdf/

@Nursaidovuz
👍4