INFOPYTHON.UZ | Python dasturlash tili asoslarini o'rganamiz
50 subscribers
90 photos
12 videos
2 files
27 links
Python dasturlash tili asoslarini o'rganamiz.
Download Telegram
❗️Switch-Case endi Pythonda.

Python 3.10.0
versiyasi deyarli toyyor bo'lgani Documentationda aytilmoqda. Pythonning yangi versiyasida yangi operator qo'shilgan, New operator: match-case.
Bu operatorni hozircha oldindan ko'rish uchun taqdim etilgan, uni IDE lar da ishlatish tavsiya etilmaydi.

Endi Pythonda ham if elif qilmasdan match dan foydalansak bo'ladi.

Tez kunda bu haqida ma'lumot beramiz.

📌 @infopython
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SUN'IY INTELLEKT

Dunyoga mashxur Boston Dynamics kompaniyasining sun'iy intellekt asosida ishlaydigan robotlari.

Qaysi dastulash tillaridan foydalanilgan, albatta Python.

📌 @infopython
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUN'IY INTELLEKT

Boston Dynamics robotlari murakkab to'siqlardan ham bexato o'tadigan darajaga chiqarildi.

📌
@infopython
SUN'IY INTELLEKT

Avvalo "sun'iy intellekt" tushunchasining o‘zi haqida. "Sun'iy" so‘zining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy bo‘lmagan narsani, ya'ni, inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi.

"Intellekt" so‘zini esa bundayin oson ta'riflashning imkoni yo‘q. Lug‘atlarda uning ma'nosi juda xilma-xil beriladi. Masalan, intellektni "qaror qabul qila olish qobiliyati", "anglash qobiliyati" kabi qisqa va lo‘nda ta'riflaridan tashqari, "bilish, idrok qilish va tahlil asosida, hamda, yig‘ilgan tajriba hamda ko‘nikmalar vositasida yangi vaziyatlarga moslasha olish" kabi uzundan uzoq ta'riflari ham bor. Ilmiy atama holidagi "sun'iy intellekt" tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda, Stenford universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda inglizcha "artificial intelligence" (AI) tarzida ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida mustahkam o‘rnashib qoldi.

📌 @infopython
SUN'IY INTELLEKT (davomi...)

Sun'iy intellekt borasidagi jiddiy munozaralar ilk EHMlarning paydo bo‘lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada teranroq nazar tashlasak, intellektual masalalarni hal qilish vazifasini insondan boshqa obyetklarga yuklashga qaratilgan urinishlar ancha avvalroq - Paskal va Leybnitslar davridan boshlangan. Chunonchi Leybnits 1672-yilda mashhur golland olimi Gyugens huzurida mehmonda bo‘ladi va uning kun tartibining katta qismini, ilmiy tadqiqotlarning faqat matematik jihatiga tegishli bo‘lgan murakkab hisob-kitoblarni qo‘lda bajarish amaliyoti band qilayotganini ko‘radi.

Leybnits Gyugensga achinish bilan shunday yozgan edi: "Bu shunday ajoyib odamlarga nomunosib holat; U boshqalarga, masalan, mashinaga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan hisoblash ishlarini xuddi qullar kabi, o‘zi bajarmoqda...".

📌 @infopython
SUN'IY INTELLEKT (davomi...)

Leybnits tez orada - 1694-yilda "arifometr" deb nomlangan o‘zining mexanik hisoblash mashinasini tayyorladi va uni ilm-fan namoyondalariga havola etdi. Shu tarzda, Paskal va Leybnits mashinalari mohiyatan intellektual masalalarni hal etishga qodir ilk sun'iy vositalar o‘laroq tarixga kirdi. Lekin ularni sun'iy intellektga ega mashinalar deb bo‘lmasdi. Chunki ular eng sodda arifmetik amallarni bajara olardi xolos. Ammo nima bo‘lganda ham, inson shu choqqacha istisnosiz ravishda faqat o‘zigagina xos bo‘lgan ongi, bilimi va tafakkuriga tayanib hal qilib kelgan intellektual masalalarni endilikda o‘zidan boshqa "birovga" - mashinaga topshirish uchun ilk qadamlar tashlangandi...

📌 @infopython
SUN'IY INTELLEKT (davomi...)

Ta'kidlanganidek, sun'iy intellekt haqida ilk haqiqiy jiddiy bahs-munozaralar elektron hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishi bilan maydonga chiqa boshlagan. Mashinaning intellektga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi ilk jiddiy ilmiy tadqiqotlar esa, zamonaviy informatika fanlarining asoschisi sanaladigan inson - Britan fizigi va matematigi Alan Tyuring nomi bilan bog‘liq. Tyuring sun'iy intellektning amalda imkonli yoki, imkonsiz ekanligini isbotlash uchun o‘z nomi bilan ataladigan (Tyuring testi) test taklif qiladi.

Tyuring shunday deydi: agar mashina o‘zini har jihatdan fikrlaydigan mavjudotdek tutsa, u intellektga ega bo‘lishi kerak.

Tyring testi quyidagicha o‘tkaziladi: inson va u bilan "suhbatlashishi" kerak bo‘lgan mashina (ya'ni, kompyuter), boshqa-boshqa xonalarga joylashtiriladi va ular bir-birini ko‘rmaydi (to‘g‘rirog‘i - inson kompyuterni ko‘rmaydi, zero, kompyuter shundoq ham insonni ko‘rish xossasiga ega emas). Ular orasida darchada monitor joylashtitladi. Inson o‘zi o‘tirgan xonadagi klaviaturadan, o‘zi istagan bir necha savollarni kompyuterga matn ko‘rinishida terib kiritadi va javob talab qila boshlaydi. Lekin u, aytganimizdek, devor ortida kompyuter yolg‘iz ekanini bilmaydi va savollarini narigi tarafda ham o‘zi kabi boshqa bir inson o‘qib javob qaytaradi deb o‘ylashi mumkin. Biroq, u kiritgan savollarga kompyuterning o‘zi, o‘ziga avvaldan yuklangan dastur-algoritmalriga ko‘ra javob qaytaradi.

Tyuring testining mohiyati juda oddiy. Agar xonadagi inson, o‘zi bergan savollarga olgan javoblardan shubhalanmay, o‘zi bilan inson gaplashyapti deb hisoblasa, demak unga javob qaytargan mashinani sun'iy intellektga ega deb hisoblash mumkin.

Muallif tomonidan 1950-yilda fanga taklif qilingan ushbu test, ilmiy jamoatchilik va ayniqsa faylasuflar orasida keskin shov-shuvga sabab bo‘ldi. Tanqidchilarning asosiy e'tirozi shunda ediki, mashina faqat savollarga to‘g‘ri javob bergani uchungina intellektga ega bo‘lib qolmaydi. Balki, intellekt boshqa o‘ziga xos jihatlarni - mulohaza, idrok va shunga o‘xshash ongli ravishda bajariladigan neyrofiziologik-ruhiy jarayonlar to‘plamini ham o‘z ichiga olish kerak. Sevinish, achinish, g‘azab va qo‘rquv singari insoniy hissiyotlarning mashinada ham bo‘lishi mumkinligi haqida esa, gap ham bo‘lishi mumkin emas.

📌 @infopython
SUN'IY INTELLEKT (davomi...)

Inttellektning sun'iy turi haqidagi bahslarning avj olishiga sabab bo‘lgan yana bir narsa - mashina hamda inson o‘rtasida yuksak intellektual salohiyatni taqozo etuvchi o‘yinlarni tashkil qilish, xususan kompyuter va grossmeyster o‘rtasida shaxmatni bahsini o‘tkazish g‘oyasi bo‘lgan. Shaxmat matematikada mumtoz kombinatorikaga oid murakkab masala sifatida qaraladi hamda, ilk EHMlarning paydo bo‘lishi bilanoq, barcha zamonlardagi dasturchilar orasida, shaxmat o‘yinini avtomatlashtirish borasida uncha-muncha urinishlar muttasil bo‘lib kelgan. Biroq shunga qaramay, uzoq vaqtgacha (hozir ham) kompyuterga oddiy inson shaxmatchini yengishga qodir intellktual uslublar tizimini yuklashga bo‘lgan urinishlar samarasiz ketmoqda. Tasavvur qiling, kompyuter dasturiga biz shaxmat o‘yini qoidalarini algoritmini kiritdik. Kompyuter esa, shaxmatda yuzaga keladigan har bir vaziyatdan eng optimal yurishni tanlashi kerak. Shaxmatdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yurishlar miqdori esa 10123 taribli raqam, boshqacha aytganda, bu butun koinotdagi elektronlar sonidan ham ziyod raqam deb qaraladi. Ya'ni, barcha ehtimoliy yurishlar variantlarini xotirada saqlay olishi uchun, kompyuter xotirasi koinotdek katta bo‘lishi kerak! Bu esa mutlaqo imkonsiz narsadir. Ko‘rinib turibdiki, Xitoycha xona yoki, Tyuring testidan farqli o‘laroq, shaxmat borasidagi intellktual uslublarni mexanik vositada - kompyuterda immitartsiya qilishning imkoni yo‘q. Balkim siz kompyuter tomonidan jahonning eng yetakchi grossmeysteri - jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lub etilganini eshitgandirsiz va shu asosga ko‘ra, kompyuterning shaxmat salohiyatini yuqorida pasaytirib yuborganimizni aytmoqchi bo‘larsiz. Gap shundaki, o‘shanda (1996 yil) istisnosiz ravishda faqat shaxmat o‘yini uchun dasturlangan Deep Blue superkomyuteri (!) avvaliga oltita partiyadan to‘rttasida Kasparovga yutqazgan (4:2)! Insonga qarshi, soniyasiga 100 millionta yurishni tahlil qila oladigan va eng maqbul variantni tanlay oladigan mashina qarshi chiqqan edi. Shunda ham Kasparov g‘olib chiqdi! Keyin esa Kasparovga qarshi, Deep Bluening yanada kuchaytirilgan, soniyasiga 200 million yurishnu tahlil qilib, eng maqbulini tanlay oladigan modifikatsiyasi qarshi qo‘yildi. Bu safar esa mashina g‘olib keldi. Lekin Kasparov piyodani qurbon qilish orqali qarshi hujumga o‘tishni rejalashtirgan holatda, kompyuter dasturi o‘rniga biror inson aralashib yurishni amalga oshirgan degan shubha mavjud. Zero kompyuter har qancha kuchli bo‘lmasin, bu kabi "ayyorona yurish"larning mohiyatini anglashi mumkin emas deb hisoblardi Kasparov. O‘yin yakunida u e'tirozini IBM kompaniyasiga ma'lum qilganida, kompaniya vakillari kompyuterning o‘yin davomida qilgan barcha yurishlari va uni mashina bosqichida bajarilishiga javob beruvchi barcha algoritmlarni chop etib, xolis ekspertlar guruhiga havola qilishga va'da berishgan edi. Lekin oradan mana qariyb 20 yil muddat o‘tsa hamki, IBM o‘sha o‘yin natijasinining algoritmik hisobotini yashirib, sir saqlab kelmoqda. Bu esa, itellektual o‘yinga g‘irromlik aralashgani haqidagi shubhalarni asosli deb qaralishini taqozo etadi. Ya'ni, insonni sun'iy intellekt emas, baribir, o‘zi singari insonning aralashuvi mag‘lub etgan bo‘lib chiqmoqda.

📌 @infopython
Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari ikki yo‘nalishda rivojlanmoqda:

1. Pastga (semiotik). U nutq, fikrlash va his-tuyg‘u kabi yuqori darajadagi ruhiy jarayonlarni bildiruvchi yangi tizimlar ishlanmalari va bilim asoslarini taqdim etadi.

2. Yuqoriga (biologik). Bu yondashuv biologik jarayonlar nuqtai nazaridan aqlli xatti-harakatlar modellarini yaratuvchi neyron tarmoqlar sohasida tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi. Bu yo‘nalish bazasini neyrokompyuterlar tashkil qiladi.

📌 @infopython
AI va Python: Nima uchun?

Biz sun'iy intellekt uchun Pythonni tanlashimiz kerak?

Python boshqalar orasida eng kam kodni taklif qiladi va aslida boshqa OOP tillari bilan taqqoslaganda 1/5 raqamni tashkil qiladi. Bugungi kunda bu bozorda eng mashhurlaridan biri ekanligi ajablanarli emas.

- Pythonda ilmiy hisoblash uchun Numpy, rivojlangan hisoblash uchun Scipy va mashinani o'rganish uchun Pybrain (Python Machine Learning) kabi prebuilt kutubxonalari mavjud bo'lib, uni sun'iy intellekt uchun eng yaxshi tillardan biriga aylantiradi.

- Dunyo bo'ylab Python dasturchilari forumlar va o'quv qo'llanmalari orqali keng qamrovli qo'llab-quvvatlash va yordam berishadi, bu koderning ishini boshqa mashhur tillarga qaraganda osonlashtiradi.

- Python Mustaqil platformadir va shuning uchun turli xil platformalar va texnologiyalarda foydalanish uchun eng moslashuvchan va ommabop tanlovlardan biri hisoblanadi asosiy kodlashda eng kam o'zgarishlarga ega.

- Python - bu OOP-larga yondashuv va skriptlarni tanlash variantlari bilan ajralib turadigan boshqalar qatori. Ko'pgina kodlarni tekshirish uchun IDE-dan o'zi ham foydalanishingiz mumkin va bu turli algoritmlar bilan kurashayotgan ishlab chiquvchilar uchun foydali narsadir.

📌 @infopython
n! - n faktorialni hisoblash dasturi

Misol:
1 dan n gacha bo'lgan sonlarning ko'paytmasini hisoblovchi dastur.

n=int(input('Sonni kiriting: '))
i=1
p=1
while i<=n:
p=p*i
i+=1
print(p)

Ulanish: 📌 @infopython
Misol: S=1*2+3*4+5*6+...+99*100 ifodani hisoblash dasturi.

i=1
s=0
while i<=99:
s=s+i*(i+1)
i+=2
print(s)

Ulanish: 📌 @infopython