Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy kanali
525 subscribers
3.1K photos
226 videos
28 files
478 links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Bo‘ston tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
www.facebook.com/groups/1454295814982198
www.youtube.com/channel/UCRW8JwVqvQOBY
Download Telegram
📚 KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI!

📖 Bo‘ston tumani ixtisoslashtirilgan maktabida an’anaviy “Yosh kitobxon” va “Kitobxon sinf” ko‘rik-tanlovlari izchil davom etmoqda.

🔹 Bu galgi bellashuvda o‘quvchilarimiz sevimli adibimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari yuzasidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro bellashdilar. Ishtirokchilar asar mazmuni, qahramonlar hayoti va voqealar rivoji bo‘yicha bilimlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldilar.

✨ Bunday tanlovlar o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

📚 Kitob o‘qigan — yuksaladi, mutolaa qilgan — kamol topadi!

#YoshKitobxon #KitobxonSinf #Kitobxonlik
🔥4🤝3👍2❤1
📚 CHSB TEST SINOVLARI O‘TKAZILMOQDA

Bo‘ston tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash maqsadida CHSB (Choraklik summativ baholash) test sinovlari tashkil etilmoqda.

Test jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, shaffof hamda xolisona o‘tkazilmoqda.

Barcha o‘quvchilarimizga test sinovlarida omad va yuqori natijalar tilaymiz! 🍀
❤2🔥2👏1
📚 HAFTA YAKUNI YUZASIDAN UMUMIY SAFLANISH MAJLISI

Bugun Bo‘ston tumani ixtisoslashtirilgan maktabida hafta yakuni munosabati bilan o‘quvchilar ishtirokida umumiy saflanish majlisi tashkil etildi.

Majlis davomida o‘quvchilarning maktab ichki tartib-intizom qoidalariga rioya qilishi, mobil telefonlardan foydalanish madaniyati, maktab formasiga amal qilish hamda yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarga mazkur yo‘nalishlarda zarur tushuntirish va tavsiyalar berilib, odob-axloq, mas’uliyat, intizom va maktab madaniyatiga rioya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Zero, yuksak bilim va tarbiya, avvalo, mustahkam intizomdan boshlanadi!
1👍5❤1🔥1👌1
📚 “KELAJAK SOATI” — MA’NAVIY-MA’RIFIY MASHG‘ULOTLAR

Bo‘ston tumani ixtisoslashtirilgan maktabida dushanba kuni barcha sinflarda an’anaviy “Kelajak soati” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga haftalik mavzular doirasida tushunchalar berilib, ularning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, vatanparvarlik va insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday mashg‘ulotlar yosh avlodning barkamol, bilimli va mas’uliyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelajagimiz — bilimli va tarbiyali yoshlar qo‘lida! 🇺🇿
1❤4🔥4🎉2🏆2
#Oʻquv_seminari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-sentyabrdagi "Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta'minlash mexanizmlarini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi 518-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Boʻston tumani ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquv seminari tashkil etildi.
1🤝5🎉4👏3❤2
Forwarded from Sevara Shakirova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning bir-biridan asosiy farqi nimada? Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligining bugungi kunda mamlakat ta’lim tizimidagi drayverlik roli nimada namoyon bölmoqda?


🎥 Ayni damda "Yangi Özbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari boş muharriri Salim Doniyorovning ta’lim sohasiga oid dolzarb savollariga javob berib, özaro fikr almaşmoqdamiz, muhim masalalar yuzasidan mulohaza yuritmoqdamiz.

🔹 Jonli efirni Facebook platformasida körişingiz mumkin: https://www.facebook.com/share/v/1QaHD6YXTk/?mibextid=wwXIfr

Bizni kuzatişda davom eting...
_______________________
#Live

What is the main difference between Presidential, creative, and specialized schools? What is the driving role of the Agency for Specialized Educational Institutions in the country's education system today?


🎥 Currently, we are answering pressing questions from the editor-in-chief of the "Yangi O'zbekiston" and "Pravda Vostoka" newspapers, Salim Doniyorov, regarding the field of education, exchanging views, and discussing important issues.

🔹 You can watch the live broadcast on the Facebook platform: https://www.facebook.com/share/v/1QaHD6YXTk/?mibextid=wwXIfr

Keep following us...

✅Rasmiy sahifalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🎉1