Hidoyat yo’li
21 subscribers
45 photos
7 videos
1 link
Download Telegram
Qalbimdagi muhabbatni taqdirimga emas, avval Robbimga topshirdim. Agar hayrli bo‘lsa, yaqinlashtirar, bo‘lmasa qalbimni undan ham go‘zalroq narsa bilan to‘ldirar.
31
Sabr bilan kutilgan muhabbatning oxiri afsus emas, baraka bo‘ladi.❤️
31
Bir lahza o'ylab ko'ring... Oddiygina tuxum. Tashqaridan qaralsa, hech qanday harakat yo'q. Ammo uning ichida Allohning buyuk mo'jizasi sodir bo'lmoqda. 21 kun davomida qorong'ulik ichida bir jon shakllanadi. U yerda na oshxona bor, na suv, na yordam beradigan inson. Shunday bo'lsa ham jo'ja kun sayin o'sadi, yuragi uradi, ko'zlari paydo bo'ladi va vaqti kelganda tuxumni yorib dunyoga chiqadi. Uni kim oziqlantirdi? Kim himoya qildi? Kim unga hayot berdi? Albatta, Alloh taolo. Allohning qudrati oldida eng katta mo'jizalar ham oddiydir. Shunday ekan, bizni ham onamiz qornida boqib, bugungi kungacha asrab kelgan Zotga hamdlar bo'lsin. 🤲🐣

Tuxum ichidagi jo'jani 21 kun boqgan Alloh, seni ham unutmaydi. Tavakkal qil, sabr qil va Robbingga ishongin. 🤍
111
Аллох буйукдир.
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2
Ba’zi duolar ovoz chiqarib aytilmaydi, ular sajdada ko’z yosh bilan Allohga topshiriladi.

Qalbimni tinchlantiradigan eng go’zal narsa — namoz. Chunki bilaman, insonlar tushunmasa ham, Alloh har bir duoni eshitadi.

Har sajdamda bitta tilak bor:
Ey Robbim, agar u dunyoyim va oxiratim uchun xayrli bo’lsa, qalblarimizni halol yo’l bilan birlashtir. Sabrimni chiroyli qil, niyatimni pok saqla.

Ba’zan ism ham duoga aylanadi…. Bu ismda Balki Alloh biladigan yana bir hikmat bordir.

Men esa shoshilmayman. Chunki taqdirni inson emas, Alloh yozadi. Agar yozilgan bo’lsa, hech kim ajrata olmaydi. Agar yozilmagan bo’lsa, majburlab ham bo’lmaydi.

Shuning uchun bugun ham duodaman.
Bugun ham sajdadaman.
Bugun ham tavakkaldaman.

“Robbim, qalbimdagi eng go’zal niyatni O’zing eng go’zal tarzda amalga oshir.”
21
Muhabbat nafsdan ustun kelganini qachon bildim, bilasizmi? Qachonki ko’chada minglab yuzlar o’tsa ham, ko’zim hech biriga qiziqmay qo’ydi. Ochiq kiyinganlar ham, chiroyini ko’z-ko’z qilganlar ham qalbimni bir lahza ham o’ziga tortmadi. Chunki qalbim allaqachon bitta insonga joy bergan edi.

Endi hech kim bilan o’zimni taqqoslamayman, hech kimni izlamayman. Men uchun go’zallik faqat tashqi ko’rinish emas. Meni o’ziga tortgan narsa — hayo, hijob, odob, fitrat, aql va qalbning pokligi.

Ba’zi insonlarning ovozi ham qalbga xotirjamlik beradi… Uni eshitsang, go’yo yuraging shovqindan emas, sokinlikdan to’ladi.

Men muhabbatni nafs bilan emas, niyat bilan sevishni o’rgandim.

Ey Alloh, agar qalbimdagi bu inson men uchun xayrli bo’lsa, uni menga halol qil. Agar hali vaqti kelmagan bo’lsa, sabr ber. Chunki men qalbimni har kimga emas, faqat bir insonga bog’ladim.

Qolganlari esa shunchaki odamlar…
22
Zaif musulmondan ko’ra kuchli musulmon afzalroqdir ☝🏿🦾
2
Инсон севади лекин уни билдира олмайди лекин Аллох хамма нарсани билгувчи сезгувчи зот дир яни инсонни бу бир инсонга юрак куйишидан максад нима еканлигини билади тушунади сабр килсанг унга ериштиради хам 😅
2221😭1
Тунларимни безаб турган нарса тахажжуд, қалбимни безаб турган нарса эса дуодир. Ҳа, қалбимда бир инсон бор:) Аммо мен уни одамларга эмас, ҳар кеча Роббимга омонат қилганман.

Чунки ҳақиқий севги шов-шув эмас, дуодир. Ҳақиқий муҳаббат ҳаромга етакламайди, аксинча, инсонни Аллоҳга яқинлаштиради.

Тахажжудда тўкилган кўз ёшлар, айтилган дуолар ва Аллоҳга бўлган таваккал… Мана шу муҳаббатнинг энг пок кўриниши. Яна валлоху а’лам❤️
3
Subhanalloh… Birgina qushni kuzatsangiz ham Allohning qudrati va rahmatini his qilasiz. U ertangi rizqini yig’ib qo’ymaydi, ombor qurmaydi, xavotir bilan umr o’tkazmaydi. Shunga qaramay, har tong rizqi bilan uyg’onadi. Chunki uning rizqini beruvchi Allohdir.

Biz esa ba’zan rizqni sababdan, insonlardan yoki o’z kuchimizdan deb o’ylab qolamiz. Aslida esa sabablarni yaratgan ham, rizqni yetkazgan ham Allohning O’zidir. Rizq faqat mol-dunyo emas — sog’lik, xotirjamlik, mehr, ilm, solih farzand va qalbdagi iymon ham ulug’ rizqdir.

Kim Allohga chin dildan tavakkal qilsa, U Zot uni hech qachon yolg’iz qoldirmaydi. Har bir jonzotning rizqiga Kafolat bergan Robbimiz bandalarini ham O’z rahmatidan mahrum qilmaydi.

Ey Rabbim, bizni rizq ortidan yuguradigan emas, Rizq Beruvchiga suyanadigan bandalaringdan qil. Qalblarimizni tavakkal, shukr va qanoat bilan ziynatla. ❤️
2111
Идеал эркак қандай бўлишини билмайман, бугунги кўпчиликнинг мезони ҳам менга қизиқ эмас. Аммо оилани елкасида кўтара оладиган, рашки ор-номусидан келадиган, жисмонан бақувват, ҳайбатли, беш вақт намозида собит, иймони ва илми билан ўсишдан тўхтамайдиган, диний бўлсин ёки дунёвий — илмнинг қадрини биладиган, ҳалол ризқи билан ота-онаси ва оиласини муносиб таъминлайдиган, қўлидан хамма иш келадиган, муҳаббати сўзда эмас, амалда билинадиган инсонни мен ҳақиқий эркак деб биламан.
11111
Инсон ҳаётидаги ҳар бир синов бежиз эмас. Аллоҳ ҳеч кимга тоқатидан ортиқ юкламайди. Агар ҳаётингизда қийинчиликлар, ташвишлар ва машаққатлар кўпайган бўлса, балки бу Аллоҳнинг сизга бўлган муҳаббати ва сизни Ўзига яқинлаштириш истагидир. Синовлар бизни синдириш учун эмас, балки тарбиялаш, гуноҳларимизни кечирилишига сабаб бўлиш ва даражамизни юксалтириш учун берилади. Роббимизга суянайлик, сабр қилайлик ва доимо яхшиликдан умид узмайлик. Албатта, ҳар бир қийинчилик билан бирга енгиллик ҳам бор.
3221
Dunyoda hamma har xil gunoh qildi hech kim be gunoh emas lekin Alloh sevgan inson gunohini tushunib Allohga tovba qilib bu gunohni boshqa qilmagan insondir hamma xar xil tushunadi balkim bizni har bir qadamimiz xato dir balki Alloh bu qilgan har bir xatomizdan bizga dars beradi lekin buni tushunishga bizni aqlimiz yetmaydi Ey Alloh uzinga tavakkal qildim uzing bilguvchi uzing sezguvchi uzing tushunuvchi uzing ulug’ uzing hamma gunohlarni kechiradigan mexribon zot san hammani uzini niyatiga yetkaz tugri halol yul bilan umr utqazib u dunyoda paygambarimiz Muhammad s.a.v. Oldilarida yuzimizni yorug’ qil hamma gunohlarimizni kechir va eng yaxshini nassib qil
😭11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM