Test_baza
288 subscribers
1.37K photos
63 videos
276 files
82 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boysunning togʻli joylari.
Hordiq chiqaradigan joylar.
Kanalda surxondaryoliklar bormi?📆
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰1👏1
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️❤️❤️

💚💚💚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ruxsatnomalar e'lon qilindi
Esse koʻp foydalaniladigan sinonim soʻzlar.


🔴Odamlar-insonlar, fuqarolar, faollar, kimsalar, shaxslar, aholi, vakillar.
🔴Baʼzilar- ayrimlar, qolganlar, boshqalar, aholini bir qatlami, birinchi tomon vakillari, ikkinchi tomon vakillari.
🔴 Davlat - vatan, jamiyat, hukumat, xalq, hokimiyat.
🔴 Koʻrsatmoq- namoyish etmoq, ayon qilmoq, isbot qilmoq, taqdim etmoq.
🔴 universitet- oliy oʻquv yurti, oliygoh, oliy taʼlim.
🔴 Xususiy - nodavlat
🔴 Aytmoq- bayon qilmoq, taʼkidlamoq, ifoda etmoq, tilga olmoq, eʼtirof etmoq.
🔴 Taraqqiyot- yuksalish, rivojlanish, ilgarilash, oʻsish.
🔴 Televizor- televideniye, zangori ekran, telekanal, telekoʻrsatuv.
🔴 Internet - ijtimoiy tarmoq , ommaviy axborot vositalari, oʻrgimchak toʻri.
🔴 Qatnashish- aralashish- faol boʻlish, ishtirok etish.
🔴 Foydali- samarali, manfaatli, unumli, nafi tegadigan, qulay, ijobiy, maʼqul, afzal .
🔴 Toʻgʻri- oʻrinli, haqli.
🔴 Telefon- smartfon, uyali aloqa vositasi.
🔴 Osmon - samo, falak, fazo, kosmos.
🔴 Dunyo- olam, iqlim, zamin.
🔴 Muammo- masala, muhitdagi ziddiyat, muayyan holat, qiyinchilik, toʻsiq.
🔴 Muhim- asosiy, dolzarb , zarur, katta ahamiyatga ega, hal qiluvchi, eʼtiborga loyiq.
🔴 Zamonaviy - bugungi kunda talabga javob beradigan, hozirgi davrga mos, ilgʻor.
🔴 Yomon- salbiy, zararli, notoʻgʻri, noxush, nomaqbul, maqsadsiz.
🔴Qiyin- murakkab, ogʻir, tang, mushkul, yengib boʻlmas.
👍3❤‍🔥1
Esseni ushbu qolip asosida yozsangiz, ko'plab xatoliklardan holi bo'lgan bo'lasiz.

📌ESSE QOLIPI📌

Kirish:
Bugungi rivojlanib borayotgan hayotimizda/bugungi globallashuv zamonda (x va y)  dolzarb masalalardan/muammolardan biridir va bunda yoki bu jarayonda insonlarda turli xil qarashlar mavjudligini koʻrishimiz mumkin. Ayrimlar (x)ni afzal deb hisoblashsa, boshqalar  (y)ni ustun tanlov sifatida bilishadi.

  Xoʻsh, aslida , qaysi biri manfaatliroq?

Asosiy qism:

   Bir tomondan olib qaraganda, (x)ni ma'qul koʻruvcilarning bu qarorga kelishlariga yetarli asoslari mavjud. Birinchidan,...
........
........
........
" Maqol " qabilada ish koʻruvchilar uchun ayni muddao.
 

Shunga qaramay, bir qator sabablarga koʻra  (y)ni ustun koʻruvchilar ham topiladi. Masalan, (faqat y ning + tomonlari)
................ . Qolaversa, ..........
......
......
......

   Menimcha/mening fikrincha, (x) (y)dan koʻra ancha samaraliroq/foydaliroq. Fikrimning isboti sifatida shuni aytishim mumkinki,  (x ning +tomoni va shunga mos y ning - tomoni kamida 2tadan)

Xulosa:
   Xulosa qilib aytganda, (umumiy maqsad va 2 tomon aytib oʻtiladi) Biroq ikkisidan birini tanlayotganda, yuqoridagi jihatlarni inobatga olib qaror chiqarish maqsadga muvofiq. Zero, xalqimiz: "Yetti oʻlchab bir kes", - deb bejizga aytmagan.
👍21
Yaxshi yashash yaxshidir.

Ushbu gapning sintaktik tahlili toʻgʻri berilgan qatorni aniqlang.
Anonymous Quiz
44%
A) aniqlovchi, ega, kesim
6%
B) aniqlovchi, kesim, aniqlovchi
16%
C) hol, kesim, aniqlovchi
34%
D) hol, ega, kesim
Doim boshlash uchun senda imkon boʻlgan faqat sen buni anglamagansan. Qachondir tushunasan ammo kech boʻlmasa boʻlgani.

Gapda soʻzlarning mazmun va grammatik jihatdan toʻgʻri bogʻlangan qatorni belgilang
Anonymous Quiz
10%
A) senda boʻlgan ,boshlash uchun
10%
B) buni anglamoq, sen boshlash
15%
C) kech boʻlmasa , doim tushunasan
65%
D) sen anglamagansan, senda boʻlgan
⤵️✏️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#esse

Bugungi kunda texnologiya va ta’lim uyg‘unligi masalasi bahs markazida:
- ayrimlar zamonaviy texnologiyalar yoshlarni bilimdan uzoqlashtiradi, deb hisoblaydi;
- boshqalar esa ular o‘rganishni tez va samarali qiladi, deb ta’kidlaydi.

25-aprel 1-smenaga tushgan esse mavzusi
👍21
2-smena esse mavzusi:

Ayrimlar tarixiy obidalarni qayta tiklash va shunga o'xshash narsalarga mablag' sarflashni yoqlaydi, ayrimlar ijtimoiy sohaga bu mablag'ni yo'naltirish kerak deb hisoblaydi.

Mazkur smenada shunaqa mazmunda esse tushibdi.

Manba: Davron Akbar.
26-aprel, 1-smena esse mavzusi

Yoshlarning kasb tanlash masalasi doimo dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Ayrimlar bu jarayonda yoshlar o‘z qiziqish va intilishlariga tayangan holda mustaqil qaror qabul qilishi kerak, deb hisoblaydi. Boshqalar esa hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ota-onaning tavsiyasi va yo‘l-yo‘rig‘i muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buning nimaligini bilasiz-a?
🔥6
26-aprel 2-smena

Badiiy asarlar:
"Oq kema"
"Kecha va kunduz"
"Yoʻl-yoʻl pijama kiygan bolakay"
"Maymun yetaklagan odam"
She'rlar...
👍2
26-APREL II smena esse mavzu:

Ba‘zilar bir kasbda muntazam ishlashni afzal koʻrishsa, ayrimlar zamonaviy dunyo ish oʻrinlarini tez-tez almashtirishini talab qiladi.
👍2
📖 Navoiy g'azali

⚜️ Jilvalar aylar qizil to'n birla har yon ul pari,
Yo magarkim lolazor ichra kezar kabki dari?

[ Qizil to'n kiyib har tomonni sayr etayotgan go'zal parimikin yoki sayroqi tog' kakligi lolazorda kezib yuribdimikin?]


⚜️Telbalar qatli qizil qilmish libosin, ohkim,
Bir yo'li devonalar qonig'a kirmish ul pari.

[ Telba oshiqlarni qatl qilganidan qonlar sachrab libosini qizil rangga bo'yabdi. Yo'q-yo'q bir yo'la devona oshiqlar qoniga kirib olibdi.]



⚜️Xullasin xunoblig' jon rishtasidin qildi charx,
Bo'ldi jonlar joni, vah-vah , ul parivash paykari.

[ Uning nozik kiyimini charxi falak qonli jon ipidan to'qibdi, shu bois ul pariga o'xshash go'zalning zebo qomati jonlarning ichida joylashgan.]


⚜️Orazing naqshimidur qonlig' ko'ngulda jilvagar,
Yo shafaqdin bo'ldi tole' oftobi xovariy.

[ Qonli ko'ngil ichida jilva qilayotgan yuzingning suratimi yoki sharqdan chiqayotgan oftob shafaq shu'lasi orasidan yuz ko'rsatdimi?]


⚜️Ich shafaqgun mayki, gardun qotiledurkim erur.
Yangi oy birla shafaq tig'u libosi axmariy.

[ Shafaq rangli ( qizil) may ich, chunki falak shunday bir jallodki, yangi oy( o'rog'i) va shafaq uning qilichi va qizil libosidir.]


⚜️ Qon uzra ko'nglum yuzing shavqidin andoq xastadur,
Kim erur gulgun xarir ollida oning bistari.

[ Qonagan ko'nglum yuzingning shavqidan shunday bemorki, uning gulday qizil nafis shohi libosi oldida uning to'shagi bor.]


⚜️ Ul pari la'lidin joning , ey Navoiy bo'ldi mahv,
La'lgun kisvatda mahv etgandek o'zni ul pari.

[ Ey Navoiy, xuddi ul pari la'l rangli libos ichida berkinib olganiday, joning uning la'li ( labi, so'zi) ichida yo'qoldi.]
👍1