Ilmligim_pgg🌸💐
108 subscribers
62 photos
38 videos
9 links
📖Ilm - sizni kutmaydi
📖Ilm - sizga muxtoj emas
📖Ilm - siz ila yuksalmaydi
🥰Siz - ilmga intilasiz
Download Telegram
40 Hadisiy qudsiy 📖

#Hadis_4
📚DUNYO G’AM CHEKISHGA ARZIMAS


📖«Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech qachon tugamaydigan g‘am solib qo‘yadi. Shunday mashg‘ulotga band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha olmaydi. Orzular berib qo‘yadiki, doimo o‘sha orzular bilan band bo‘lib qoladi.
Ey Odam farzandi! Har kuni o‘zing bilmagan holda umringdan qisqartirasan. Har kuni rizqingni keltirishadi, sen esa hamd aytmaysan. Na oziga qanoat qilasan, na ko‘piga to‘yasan.
Ey Odam farzandi! Biror kun yo‘qki, huzurimdan senga rizqing borib turmagan bo‘lsin! Biror kecha yo‘qki, farishtalar sen tomondan bir buzuq amalni olib kelmagan bo‘lsin. Rizqimni yeb, Menga osiylik qilasan. Holbuki, sen Menga duo qilib (so‘raganingda) duolaringni ijobat etaman. Yaxshiligim senga tushguvchidir, yomonliging Menga yetguvchi. Bas, Men senga qanchalar yaxshi Xojaman! Sen Menga qanchalar yomon bandasan! Sening ketma-ket sodir etgan yomon, sharmandali ishlaringni yopaman. Men sendan hayo qilaman, sen esa Mendan hayo qilmaysan. Mendan boshqasini eslaysan-u, Meni unutasan. Odamlardan qo‘rqasan-u, Mendan xotirjam yurasan. Odamlarning nafratidan hayiqib, Mening g‘azabimdan (go‘yo) omonlik topgansan».

@ilmligim_pgg