Foydali ilm🌿|علم نافع
100 subscribers
2.28K photos
593 videos
99 files
217 links
Saviyasiz kontent
@Ilman_nafiian_bot
Download Telegram
#nazm
Aybdor axtardim qilib men zarda
Aybdor axtardi tinmasdan ko'zim
Bir kun shayton kelib tirjaygan holda
Kuzgu tutdi, ko'rdim o'zimni-o'zim
...
✔️Sizning maqsadingiz chiroylisini sevish emas, chiroyli sevish bo'lsin.

🌷 Ayolning go'zalligi uchun sevadigan erkaklar bor. Kechirasiz, erkak dedim, erkak jinsiga mansub bo'lganlar bor. Ko'zlari chiroyli bo'lsin, beli xipcha bo'lsin, burni kichkina bo'lsin, sochi jingalak bo'lsin deb, go'yo bozordan pomidor terayotgandek saralab, tashqi ko'rinishiga qarab birovni hayotiga kiritishga urinadiganlar bor. Men odamlarga tashqi ko'rinishiga qarab muomala qilishdek xunuk narsani bilmayman.

🌻Qanday ko'rkam ayollarni ko'rdim, qalbi qop-qora edi. Xunuk deb hisoblagan ayollarning esa qalbida moychechaklar o'sardi. Ayol jismi go'zal bo'lgani uchun sevilmaydi, mehr-muhabbatga to'la qalbi bo'lgani uchun seviladi. Ayolni beli xipcha bo'lgani uchun emas, choyni yaxshi damlagani uchun sevishadi. Ayol qoshlari kamon bo'lgani uchun sevilmaydi, hammaga bir xil munosabatda bo'lgan holda senga boshqacha va iliq munosabatda bo'lgani uchun seviladi.
🪐 Eng kichik sabab bilan sen tugatgan narsalarni u qayta tiklagani uchun seviladi. Ayol sabri uchun seviladi. Ayolni qomati go'zal bo'lgani uchun sevishning o'rniga ota mehrisiz ulg'aygani uchun, armon bo'lib qolgan bolaligi uchun seving. Otasi chala qoldirib ketgan yerdan seving. Ishoning. Bularning barchasini qilsangizgina erkak emas, haqiqiy erkak hisoblanasiz.

🔥 Ayol sevgisi erkaklardagi mardlikni ko'rgan joyidan boshlanadi.
🪐 "Men yoningdaman", deydiganlar bo'ladi. Quloq sol, ammo ishonma.
🔮 Insonning boshidan ko'p narsa o'tganidan so'ng panoh topadigan, bosh urib boradigan va shu nuqtadan keyin hech kimning oldiga osonlikcha bormaydigan, borolmaydigan bir joyi bor: o'zi...

O'zingga xush kelibsan 🎆
🌩 Turgenev aytganidek: "Shunday vaqt keladiki, ba'zi yo'llarning qaytishi, ba'zi xatolarning uzri, ba'zi insonlarning ma'nosi bo'lmaydi!"