Islom_Ilhom🍋
23 subscribers
489 photos
54 videos
5 links
#Eslatma❗️
Kanaldagi postlar sizga ma'qul kelsa so'ramasdan olishingiz mumkin.
Men roziman!
Zero, barcha mulk Alloh subhanahu va taolonikidir!

Admin: @Islomjon_1712
Download Telegram
Falon futbol o'yinida mundoq bo'ldi, pismadonchi qo'shiqchi
bundoq bo'ldi, deb vaqt o'tkazgandan ko'ra, men otaman, otalik vazifalarim
nimalardan iborat o'zi deb o'ylash zarur.

Bu millat farzandlari bilan shug'ullanishi kerak. Aks holda kun kelib bolalar otalarining xatosini ‘‘Islom''dan ko'radigan bo'lib qoladi.

©Amina Shenliko'g'li
Men bu yilni hech kim bilan yomon munosabatda tugatishni istamayman.
Hali ham vaqt bor, kechirim so'rang. Balki kechirarman...
#nazm

Chin shoirlar bari otilgan,
Qolganlari bari sotilgan,
Mard so'zim shu – hammasi qo'rqoq!
O'zim kimman? So'ramang biroq.
Men ismimni aytmasman zinhor,
Zamon nozik, bola-chaqam bor.

©Erkin Vohidov
Bu hikoya so'ngida tuproqqa qorishamiz,
Bizga tuhmat qilganlar, mahsharda ko'rishamiz!

©Abror Muxtor Aliy
Etagini yopmagan ayoldan elini himoya qiladigan o'g'il tug'ilmaydi.

©Togolok Moldo
Ayol - temir buyum emas, ayol bamisoli gul. U iliq-issiq gaplarni xush ko'radi. Uning uchun umri bo'yi yelkangizni yag'ir qilib ishlaganingizdan ko'ra har kuni uch-to'rt og'iz shirin so'z aytganingiz ming marta afzal.

©Erix Mariya Remark
"Uch og'ayni"📚
#nazm

Sen ham tosh emassan axir
azizim
Senda ham bir yurak, bir ruh,
bir tandir,
Ba’zan sen yelka tut, men bosh qo’yaman
Ba’zan mening yelkam senga Vatandir…!

©Mahliyo Karimova
— Agar kuzni yaxshi ko'rsang –
Men kuzman...
Bahor desang - ko'klam,
Qish desang - qorman...
Suyganing bo'lgani borimni berib,
O'shal suyganlaring ichida borman.
Lekin...
Ketsang agar
Va qaytsang agar,
Va desang: ‘‘Osmonim, men keldim, kechir,
Bahoring bo'lishga berilgan so'zman!''
Deyman: ‘‘Endi bari uzrlar hechdir,
Men endi hamisha kuzman...''

• O'zlashtirma❗️

©Abdurrohman Toshqandiy
#Bismillah🫀

#Ishq

• Ishqning dushanba, seshanbasi bo'lmayadi.
Ishq har doim Jumadir!🫀

• Ummati Muhammadga Juma muborak bo'lsin!🌙

©Hulkar Vafo
#nazm

Mening muhabbatim nimaga arzir,
Nimaga arzirdi yonib-kuyganim.
Mehr bu sunnatdir, mehr bu farzdir,
Seni Xudo suysin, mening suyganim.

©Eshqobil Shukur
#Toifa

Odatda, yigitlar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi toifa yigitlar uchun sevgi muammosi, ya'ni qizlar bilan tanishish, ularga muhabbat izhor qilish muammosi umuman yo‘q, ular qizlar bilan oson tanishib, osongina, iztirobsizgina ajrashib ham ketaverishadi. Ikkinchi toifa yigitlar uchun bir narsa nihoyatda qiyin muammo bo‘lib tuyuladi, bolalikda qizlar davrasida kam bo‘lgan, tabiatan tortinchoq, hatto qizlarga yaqinlashishni "uyat" deb tushunadigan bu toifa yigitlar, er yetganda ham qiz zotidan iymanib, ularga yaqinlashishdan cho‘chib, dovdirab, qisinib yurishadi. Lekin bu toifa yigitlar bir tanishgan qizga qattiq ko‘ngil qo‘yib, qattiq sevib qolishadi. Shu sabab, ular uchun judolik ham katta iztirobga aylanadi.

 ©O.Yoqubov
‘‘Billur qandillar📚''
#Uyat❗️

Erkaklar uchun uyda oʻtirib, qozon-tovoqqa qarash qanchalik uyatli boʻlsa, ayollar uchun ham bola-chaqa boqaman deb jigari ezilib ishlash shunchalik uyatli...