#Toifa
Odatda, yigitlar ikki toifaga bo‘linadi. Birinchi toifa yigitlar uchun sevgi muammosi, ya'ni qizlar bilan tanishish, ularga muhabbat izhor qilish muammosi umuman yo‘q, ular qizlar bilan oson tanishib, osongina, iztirobsizgina ajrashib ham ketaverishadi. Ikkinchi toifa yigitlar uchun bir narsa nihoyatda qiyin muammo bo‘lib tuyuladi, bolalikda qizlar davrasida kam bo‘lgan, tabiatan tortinchoq, hatto qizlarga yaqinlashishni "uyat" deb tushunadigan bu toifa yigitlar, er yetganda ham qiz zotidan iymanib, ularga yaqinlashishdan cho‘chib, dovdirab, qisinib yurishadi. Lekin bu toifa yigitlar bir tanishgan qizga qattiq ko‘ngil qo‘yib, qattiq sevib qolishadi. Shu sabab, ular uchun judolik ham katta iztirobga aylanadi.
©O.Yoqubov
‘‘Billur qandillar📚''

#Uyat❗️
Erkaklar uchun uyda oʻtirib, qozon-tovoqqa qarash qanchalik uyatli boʻlsa, ayollar uchun ham bola-chaqa boqaman deb jigari ezilib ishlash shunchalik uyatli...
Erkaklar uchun uyda oʻtirib, qozon-tovoqqa qarash qanchalik uyatli boʻlsa, ayollar uchun ham bola-chaqa boqaman deb jigari ezilib ishlash shunchalik uyatli...
#nazm
Sen kelguncha yuragimni yutib turaman,
Koʻzim yumib koʻz yoshimni tutib turaman...
Aldab suldab chalgʻitaman, oʻzimni oʻzim
Sen kelguncha yashamayman, kutib turaman.
Sen kelguncha yuragimni yutib turaman,
Koʻzim yumib koʻz yoshimni tutib turaman...
Aldab suldab chalgʻitaman, oʻzimni oʻzim
Sen kelguncha yashamayman, kutib turaman.
Bir tamonlama muhabbatni uddalay olganlarni hurmat qilishga majbursiz.
Chunki ular ba'zan ikki kishiga og'irlik qiladigan tuyg'ularning yukini yelklarida, og'rig'ini qalblarida saqlay olishgan.
©️Islom_Ilhom_o'g'li
Chunki ular ba'zan ikki kishiga og'irlik qiladigan tuyg'ularning yukini yelklarida, og'rig'ini qalblarida saqlay olishgan.
©️Islom_Ilhom_o'g'li
#nazm
Balki farishta ham asramas meni,
Yomonman-ku, balki urmas meni jin.
Lekin, iltimosim, hech qachon aytma,
Mensiz ham hayoting chiroyliligin.
©️Guljamol Asqarova
Balki farishta ham asramas meni,
Yomonman-ku, balki urmas meni jin.
Lekin, iltimosim, hech qachon aytma,
Mensiz ham hayoting chiroyliligin.
©️Guljamol Asqarova
#nazm
Baxt bu – sensan,
Baxtsizlik bu – men.
Ketmoqdaman, qochoqqa yo'yma.
Men o'zimni topib kelguncha,
Sen o'zingni yo'qotib qo'yma!
©Vohid Luqmon
Baxt bu – sensan,
Baxtsizlik bu – men.
Ketmoqdaman, qochoqqa yo'yma.
Men o'zimni topib kelguncha,
Sen o'zingni yo'qotib qo'yma!
©Vohid Luqmon
#nazm
Bir yor topsak edik jondan kechgulik,
Eng so'lim, eng oppoq tongdan kechgulik.
To'rtta tomoningni qibla etsa ham,
‘‘Bor-ey" deb shu to'rtta yondan kechgulik.
Bir yor topsak edik jondan kechgulik...
Bir yor topsak edik jondan kechgulik,
Eng so'lim, eng oppoq tongdan kechgulik.
To'rtta tomoningni qibla etsa ham,
‘‘Bor-ey" deb shu to'rtta yondan kechgulik.
Bir yor topsak edik jondan kechgulik...
#Aprel
Men charchab senga suyandim, haqiqat.
Soat bong urmoqda,
Gaplashaylik, kel.
Qo'rqma,
O'tib ketdi bir kunlik dahshat,
Bugun 2-aprel,
Haqiqat,
2-aprel...
Usmon Azim
Men charchab senga suyandim, haqiqat.
Soat bong urmoqda,
Gaplashaylik, kel.
Qo'rqma,
O'tib ketdi bir kunlik dahshat,
Bugun 2-aprel,
Haqiqat,
2-aprel...
Usmon Azim
Sen ketding.
Va lekin ketaring oldi -
Deding: «Bo'ldi. Tamom! Nuqta qo'ying, bas!»
Ortiq savollarga na o'rin qoldi...
Bildikki, taqdirning hukmi o'yinmas.
Men qotdim.
Osonmas alvido demoq,
Ortingdan termulib, ko'zim yoshlandi.
«...Nuqta qo'ying, tamom!» deding-u biroq -
Men uchun hammasi... keyin boshlandi!
©Orif To'xtash

Robbim! Mag'firating bilmas nihoya,
Garchi avfing bizga – mangu himoya,
Bandang gunohidan xabardorliging
O'zi kifoyadir, o'zi kifoya!
©Mirzo Kenjabek
Robbim! Mag'firating bilmas nihoya,
Garchi avfing bizga – mangu himoya,
Bandang gunohidan xabardorliging
O'zi kifoyadir, o'zi kifoya!
©Mirzo Kenjabek
Kitob do'konidaman. Kassa ancha ichlarida. Na nazoratchi na kamera bor. Devorda esa shu yozuv:
«Kim aldasa bizdan emas»
(Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam)
• Bilgan uchun kifoya!
«Kim aldasa bizdan emas»
(Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam)
• Bilgan uchun kifoya!
#nazm
Holim ne bo'larkin bir kuni o'lsam,
Har igna so'zlarim olsa nishonlar?!
Siz meni kechiring ranjitgan bo'lsam,
Men sizni kechirdim allaqachonlar.
©Xayrulla Hamidov
Holim ne bo'larkin bir kuni o'lsam,
Har igna so'zlarim olsa nishonlar?!
Siz meni kechiring ranjitgan bo'lsam,
Men sizni kechirdim allaqachonlar.
©Xayrulla Hamidov
#Tabassum🙃
– Sen tengilarni bolasi maktabga boryapti... Sen qachon..?
– Men tengilarni buvisi... Siz qachon..?
–😏😒 ?
– Sen tengilarni bolasi maktabga boryapti... Sen qachon..?
– Men tengilarni buvisi... Siz qachon..?
–😏😒 ?
* * *
Men Xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermog'ing javob.
O'zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do'zaxda chekyapman azob.
Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men Xudo emasman,
Menga baribir.
(1974-yil)
©Anvar Obidjon
Men Xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermog'ing javob.
O'zim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan do'zaxda chekyapman azob.
Balki ko'p dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar o'zing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men Xudo emasman,
Menga baribir.
(1974-yil)
©Anvar Obidjon
Aprel shunday oyki, ertalab salqin bo'lganligi uchun egningga kiygan qalinroq kiyimingni kechgacha ko'tarib yurishga majbursan!
©Zuhra Akrom
©Zuhra Akrom