Ijtimoiy ish: turli sohalar
188 subscribers
274 photos
36 videos
35 files
273 links
©Siz ushbu kanal orqali Ijtimoiy ishga
doir ma‘lumotlarni olishingiz mumkin.🔖
Download Telegram
❗️ Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish davrida ehtiyojmand aholi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

🤝 Mamlakatimizda yoqilgʼi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʼtkazish davrida aholini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash maqsadida:

📅 2025-yil 1-maydan 2027-yilning 1-apreliga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar hamda “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda mol-mulki bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, biroq oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga quyidagi yordam turlari joriy etildi. Bunda:

💡 elektr energiyasi iste’moli uchun – oyiga bazaviy me’yordan oshgan (200 kVt soat) 150 kVt soatgacha qismiga kompensatsiya shaklida qoplab beriladi. Аmaldagi tartibda ushbu norma faqat noyabr-fevral oylarida qoʼllanilgan.

🔥 tabiiy gaz iste’moli uchun – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan (500 kub metr) 250 kub metrgacha va boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan (100 kub) 150 kub metrgacha qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi. Аmaldagi tartibda ushbu norma faqat noyabr-fevral oylarida qoʼllanilgan.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 2025/2026 yilgi isitish mavsumi uchun joriy yilning noyabr oyida 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam to‘lab beriladi.

Mazkur bir martalik moddiy yordam:
Reyestrlarga kiritilgan oilalarga;
Reyestrlarga kiritilmagan, biroq kambag‘allikka tushish xavfi bo‘lgan oilalarga qo‘shimcha ravishda “mahalla yettiligi” xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

🖋 Bunda, qo‘shimcha ro‘yxatga kiritiladigan oilalar soni tegishli mahalladagi Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.

👮‍♂️ Qo‘shimcha ro‘yxat “Mahalla yettiligi” tomonidan shakllantiriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Tezkor #Xushxabar

🇺🇿 O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni" deb e’lon qilinadi – Prezident

Haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar ko‘p. Shu bois har oyning bitta shanba va yakshanbasi – “oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni", deb e’lon qilinadi.

Har yili ichki turizm targ‘ibotini kengaytirishga 20 milliard so‘m ajratiladi, dedi Prezident.

Endi ishxonalar har oyda o‘z xodimlarini Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz tomonlarga dam olgani yuborib turishadi.

❤️
https://t.me/ijtimoiyish
❤️
https://t.me/ijtimoiyish
❤️
https://t.me/ijtimoiyish
👍3
O‘zbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli ekanligi e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 37 mln 697 ming kishini tashkil qilmoqda.

Doimiy aholi sonining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:

👶 32,1% — 12,1 million nafar aholi hali mehnatga layoqatli yoshga yetmagan;

👨‍💼 56% — 21,1 million kishi hozirda mehnatga layoqatli hisoblanadi;

👴 11,9% — 4,46 million kishi esa mehnatga layoqatli yoshdan o‘tgan.


👉
@ijtimoiyish 👈
👍3
❗️O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar 🔴“qizil”, 🟡“sariq” va 🟢“yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.

🔴 “Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan (669 ming so‘m) kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

▪️ a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;

▪️ parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;

▪️ o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;

▪️ boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.

🟡 “Sariq” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan hamda a’zolari sog‘lig‘i holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan oilalar kiritiladi.

🟢 “Yashil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1 baravaridan 1,5 baravarigacha (669 ming so‘mdan 1 mln 3 ming 500 so‘mgacha) bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

▪️ oila “qizil” yoki “sariq” toifadan chiqarilgan bo‘lsa;

▪️ oilaning Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilishi ehtimoli yuqori bo‘lsa.
👍4👏1
Ijtimoiy ish: turli sohalar
❗️O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 15-maydan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar 🔴“qizil”, 🟡“sariq” va 🟢“yashil” toifalarga…
💰Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 1-iyundan boshlab 🔴 “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.

✔️ 1-sentyabrdan boshlab esa umumiy o‘rta ta’lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag‘al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to‘lovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalarning “a’lo” baholarga o‘qiydigan farzandlarining Kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog‘lomlashtirilishi xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
👍4👏21
🌀 Illuziya nima?

Illuziya — bu real mavjud bo‘lgan narsani ongimizda noto‘g‘ri tasavvur qilishdir. Ya’ni, inson sezgi organlari orqali olgan axborotni xato qabul qiladi. Narsa yoki hodisa haqiqiy bo‘lsa ham, uni noto‘g‘ri ko‘ramiz, eshitamiz yoki his qilamiz.

🔹 Optik illuziya — ko‘z bilan bog‘liq aldov. Masalan, bir xil uzunlikdagi chiziqlar turlicha ko‘rinadi.
🔹 Eshitish illuziyasi — real bo‘lmagan tovushlarni eshitgandek bo‘lish.
🔹 Taktik illuziya — nimagadir tegmaganimiz holda, u yerda nima bordek his qilish.

‼️Illuziya bilan gallyutsinatsiya farq qiladi:
Illuziya — narsa bor, lekin biz uni noto‘g‘ri qabul qilamiz.
Gallyutsinatsiya — umuman mavjud bo‘lmagan narsani “bor” deb his qilishdir.
👍51
🧘‍♂️ Autogen mashq nima?

Autogen mashq — bu insonning o‘zini o‘zi ruhiy jihatdan tinchlantirishi, bosh miyani dam oldirish orqali stressdan chiqib ketishga yordam beradigan psixoterapevtik usuldir.

U orqali inson:
✔️ Ichki a’zolar faoliyatini yaxshilaydi
✔️ Asab tizimini tinchlantiradi
✔️ O‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmasini rivojlantiradi
✔️ Ruhiy muvozanatni saqlaydi

📌 Bu usul birinchi bo‘lib nemis olimi Iogann Shults tomonidan ishlab chiqilgan.

🧠 Uzoq muddatli stress, xavotir va asabiylik holatlarida autogen trening samarali vosita hisoblanadi.
👍5
Eybilizm (Ableism)
Nogironligi bor shaxslarni inson sifatida to‘liq va teng deb hisoblamaslik, ularni kamsitish, yetarli imkoniyat va xizmatlarni rad etish, jismoniy yoki aqliy nogironliklari bor deb noto‘g‘ri fikr yuritish shaklidagi diskriminatsiyadir.

Bu nafaqat shaxsiy munosabatda, balki ta’lim, ish, sog‘liqni saqlash va jamoat joylarida ham ko‘rinadi.

🔎 Misollar:
– Poyezd yoki bino eshiklarida pandus (nogironlar uchun yo‘lak) yo‘qligi
– Nogironligi bor insonlarning fikrini inobatga olmaslik
– Ularga ish imkoniyatlarining bermasligi

📢 Eybilizmga qarshi kurash – inkluziv jamiyat sari muhim qadam!
🔥8👍1
🎯VIKTIM XULQ NIMA?
Odam nega doimiy jabrlanuvchiga aylanadi?

🧠 “Viktim xulq” — bu inson o‘zini ongli yoki ongsiz ravishda shunday tutadiki, u zo‘ravonlar uchun qulay nishonga aylanadi. Bu xulq unga bolalikdan, muhitdan yoki oldingi tajribalardan shakllanadi.



🔍 Viktim xulq belgilariga nimalar kiradi?

1️⃣Doim “ayb menda” deb o‘zini ayblash
2️⃣ Haddan ortiq itoatkorlik, bo‘ysunishga odatlanish
3️⃣ Zo‘ravonlikdan keyin ham kechira verish
4️⃣“Yaxshilab muomala qilsam, o‘zgaradi” degan umidga yopishib olish
5️⃣O‘z fikrini aytolmaslik, “yo‘q” deyolmaslik
6️⃣Doim o‘zini past baholash — “Men bunga loyiq emasman” 😔
7️⃣Zo‘ravonni oqlashga urinish — “Aslida u yaxshi odam, shunchaki g‘azablandi”



🚨 Nega bu xavfli?
Zo‘ravonlar ana shunday insonlarni osongina tanib olishadi. Ular zaif tomonlardan foydalanib, nazoratni qo‘lga oladi.
👉 Natijada, inson yana va yana zo’ravinlik qurboniga aylanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2
🎙 E’lon: “Tajribaga qadam” – stajirovka imkoniyati!

2025/2026-o‘quv yilidan boshlab “ijtimoiy ish”, “psixologiya” va “yurisprudensiya” yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarda stajirovka o‘tash imkoniyati yaratiladi.

Dasturdan ko‘zlangan maqsad:

Nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash
Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish
Agentlik uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish

👥 Ishtirok etish shartlari:
“Ijtimoiy ish”, “psixologiya” yoki “yurisprudensiya” yo‘nalishidagi 3 va 4-bosqich talabasi bo‘lish
O‘quv ko‘rsatkichlari – kamida 71%
(Afzallik) Chet tili sertifikatiga ega bo‘lish

🖋 Ariza topshirish muddati:
🖋 2025-yil 25-avgustgacha
🎖 Platforma: https://internship.ihma.uz

↗️ Tanlov bosqichlari:
1️⃣ Arizalarni saralash
2️⃣ Yakka tartibdagi suhbat (intervyu)

❗️ G‘oliblarga imkoniyatlar:
😯 Agentlik tizimida stajirovka o‘tash
😯 Maxsus sertifikat
😯 Ishga joylashish imkoniyati

↗️ Kelajagingiz sari birinchi qadamingizni tashlang!

📝 Ariza topshirish yo'riqnomasi quyidagi havola orqali.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligida UNICEF,GIZ,UNESCO, Jahon banki vakillari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida ta’lim berayotgan 17 ta oliy ta’lim muassasasi rektorlari hamda prorektorlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ijtimoiy ish sohasida kadrlar tayyorlash holati va istiqbollari, ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy himoya tizimi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda quyidagi amaliy takliflar ilgari surildi:
o‘quv dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;
turdosh soha mutaxassislarini qayta tayyorlash tizimini yaratish;
professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda superviziya tizimini joriy etish;
talabalar amaliyotini “Inson” markazlari va boshqa ijtimoiy xizmat muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etish;
“Ijtimoiy ish” yo‘nalishidagi iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya joriy etish.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
462 VMQ Saxovat va ko'mak (23.07.2025).doc
539 KB
📄 Yangi Hukumat Qarori: Ijtimoiy yordam tizimi takomillashtiriladi

🗓 2025-yil 23-iyul kuni Vazirlar Mahkamasining 462-sonli qarori qabul qilindi. Qaror “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

🔹 Yordamlar aniqligi va manzilliligi oshiriladi
🔹 Yordam ko‘rsatish mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi
🔹 Mahallalarda monitoring kuchaytiriladi

Qaror ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda yangi bosqichni boshlab beradi.

📎 Batafsil qaror matni bilan tanishing:
Forwarded from huquqplus.uz
🧑🏻‍🦯🦶🏻 “Faol hayotga qadam” dasturi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday xizmatlar va imkoniyatlarni taqdim qiladi?

🔹Dastur doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday ijtimoiy xizmatlar taqdim etiladi?
🔹Kimlar ushbu ijtimoiy xizmatlardan foydalana oladi?
🔹Xizmatlar bepulmi? Xarajatlarni kim to‘laydi?
🔹Ijtimoiy xizmatlar vaucheri qanday olinadi va undan qanday foydalaniladi?
🔹Xizmatlar qancha vaqt davomida ko‘rsatiladi?


💁🏻‍♀️ HuquqPlus.uz loyihasi huquqshunosi Sevaraxon Fatxullayeva tayyorlagan huquqiy maqolada barcha javoblarni topasiz.

Batafsil havolaga bosib o’qing:
👉 Batafsil 👈

🤖 Bepul huquqiy maslahat uchun:
https://t.me/huquqplus_bot

Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-portal

#ijtimoiyxizmatlar #vaucher