Forwarded from Munira Safarovaa
Yaqinda bahorgi bir ustki kiyim choʻntagidan chiqib qolgandi,shunday esimga keldi-yu xonamga yugurdim.Ulgurmadim😞.Bechora ustki kiyim esa meni nima aybim bor edi deb divanda yotibdi😅😄
Forwarded from Xusrav
Karta rasmini tashasayam boʻladimi
Abdulaziz Ahmad | Blog
Photo
Yana bu o‘yin boylar uchun deysizlarey...
Abdulaziz Ahmad | Blog
Voice message
Ihm ihm...
Akang kuchaydi uje!
Abedgacha dam olish, abeddan keyin vixodnoy endi bizga, xayr, Baliqchi Dog‘an!😂

5-o‘yin | 1 nafar g‘olib | “İnsanlığımı Yitirerken” kitobi hadya!
Shartlar ketma ketligini diqqat bilan oʻqing.
Ushbu post izohlariga kim birinchi bo‘lib ismimning bosh harfiga familiyamning uchinchi harfini qo‘shib, unga ayolim ismining bosh harfini qo‘shib, harflarni bir qog‘ozga ruchka bilan yozib, keyin unga o‘g‘lim ismining bosh harfini qo‘shib, oxirida esa hammasini unutib, izohga birinchi bo‘lib bitta olovli yurakcha yuborgan kishi gʻolib!
O‘yin bosh homiysi @Bookexpress_uz turkcha kitoblar do‘koni, hadyalar uchun ayolimga rahmat! :)
@Ijoddardi

Forwarded from Sanjarbek Qobulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nafisa Abdurahmonova
Bu nohaqlik!
Qunt bilan o‘qiyotgandim,balki chalkashmasdan,eng yaxshi tushunganga berilarmikan deb.
Motivatsiyamniyam o‘ldirvordinglar!)

Forwarded from Xasanova Sevinch, Laziz qizi
G'oliblar,bu muvaffaqiyatingizni formulasi nimada??
Abdulaziz Ahmad | Blog
G'oliblar,bu muvaffaqiyatingizni formulasi nimada??
Tanishlarim hammasi )))
Kayfiyat, faollik va cheksiz ishonch uchun barchaga tashakkur!
Ish portlab qolsa bo‘ladimi, bir xayol o‘yinni qoldirib tursammiyam dedim, lekin Xudoga shukr, eplay oldim hammasini.
G‘oliblar bilan tez orada bog‘lanaman, kitobingizni bu yerdan jo‘natamiz Xudo xohlasa.
Bunday o‘yinlar hali ko‘p bo‘ladi, tez-tez tashkillashtiramiz, nasib qilsa.
G‘olib bo‘lolmaganlar, qalban birgamiz, mana, men ham hech narsa yutolmadimku, kamiga ishda o‘tiribman 😁
Endi bugungi postlardan keyin amallab uyga kirib olsam bo‘lgani, “Chyotta” Sitora izoh yozmayapti, shaxsiydan ham javob bermayapti, Mahdini ovqatlantiryapti, degan yaxshi gumonda bo‘lamiz... :)

Kecha “rabochiy” kiyimlarimni uyga olib kelib, yuvdirgandim...
Ertalab Sitor toza va dazmollangan ust-boshlarimni ryugzagga solib berdi, ishga ketdim.
Ishdan chiqdim, kechki payt metroda odam kamroq ekan, o‘tirsam, ryugzagda nimadir belimga botdi. Qarasam, sumkaning ikki yon kissasiga nok bilan olma solib qo‘ygan ekan...
Endi shunaqa shirin ketyapti bular, ta’riflashga ojizman!

Kecha koʻpchilik meni koʻchada qoldi, deb oʻylagan ekan 😏
Uyga qaytgach, eshikni bir tepib ochdim va magʻrur turib, koʻksimni kergan holda “Bu uyda kim xoʻjayin?” deya ayolimga doʻq urdim. Soʻng…
Sitora chuchvara buktirdi, ofitsiant qizimiz haqqiga koʻp-koʻp “duolar” qildi, Oʻzbekistonga borishi shart emas, uyga olib kelmabsiz-da, oʻzim yaxshilab koʻniktirardim, deb uni uyimizga ham taklif qildi…
Men chuchvara bukdim, Sitora esa meni. Orada chimchilab-chimchilab olganini hisobga olmaganda, men yaxshiman. “Za to” koʻchada qolganim yoʻq, gap eshitib, hech kim oʻlmagan, toʻgʻrimi?

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘g‘lim, yangiliklar va yangilanishlardan aslo cho‘chima, onang ikkimizning hayotimiz bu borada tirik misol bo‘lsin...
Komfort zonangdan chiqib tur, atrofingdagi konservativ (yangilanishdan qo‘rqadigan) odamlar nima desa desin, yuraging buyurgan ishni qil. Hayotingni o‘zgacha yo‘ldan qayta boshlashdan aslo qo‘rqma!
Mehnatdan qochma, har zamonda kibringni sindirib, nafsingni qiynab tursang, zarar qilmaydi.
O‘qi, o‘zing qiziqqan, yaxshi ko‘rgan sohada doim eng birinchi bo‘l, imkonsiz tuyulgan vaziyatlarda yosh bolasi bilan o‘qishga borib kelayotgan ayang va qora mehnatda yurib ham o‘z sohasi, hobby'sini davom ettirib yurgan dadang esingga kelsin...
Senga tirgak bo‘lishga, har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimizni bil, o‘rganishdan hech qachon to‘xtama!
Ichma, chekma, Xudodan qo‘rq, eng muhimi, hayotingning todini chiqarib, baxtli yasha. Senga ishonamiz va har qanday vaziyatda yaxshi ko‘ramiz...

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchi erning magistr ayoliga aytganlari...
Sitor, Bryus Li aytganidek, suv kabi bo‘l, piyolaga tushsang, piyolaga, choynakka quyishsa, choynakka aylan... Boshqa nimayam derdim, men senchalik ko‘p o‘qimaganman :)
Bilaman, orzularing bir olam, sezaman, o‘qishga borib-kelishga, Mahdi bilan dars tayyorlashga qiynalasan, tushunaman, xarakterim ozgina og‘ir...
Nima bo‘lganida ham, sabring uchun, tushunganing, ishonching, yelkama-yelka kelayotganing uchun tashakkur!
Gohida qaraaab turib, Mahdi uchun qilgan eng katta yaxshiligim seni tanlaganim, deb o‘ylab qolaman. O‘zimga qarab esa, yaxshiyam senday qiz yonimda deya hamd aytaman...
Ovqat pishirasanmi, nimadir to‘qiysanmi yoki uy tozalash, har bir ishni maromiga yetkazib, eng mayda detallarigacha e’tiborli bajarishingga qoyil qolaman.
To‘g‘ri, menga tekkan payting jurnalist edim, kichkinagina mansabim ham bor edi, hozir esa oliy ma’lumotli baliqchi, restoranning hammoliman...
Har qanday holatimda muomalang o‘zgarmagani, o‘sha-o‘sha hurmat va mehr-e’tiborni saqlab kelayotganing uchun rahmat, bu ham bir sinov, hali hammasi yaxshi bo‘ladi, eng yorug‘ kunlarimiz oldinda...

Ufff, bunisi kim bo‘ldi endi, ofitsiant qiz mashmashasi tugaganida bu boshog‘riq qayerdan paydo bo‘ldi???
O‘zi bu dunyoda odalat yo‘q umuman, kambag‘alni tuyaning ustida ham it qopadi, deganlari to‘g‘ri ekan, yooo falak!
Bugundan boshlab har kecha Anqaraning tungi ko‘chalarida boshpanasiz jon saqlash bo‘yicha master-klass'lar bilan bo‘lishaman. Ahil bo‘linglar!
To‘g‘ri, yolg‘onni xuddi ona tilimday gapiraman, lekin o‘lay agar tanimayman buni 😂