Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir shirinlik izidan
Uylanishning faqat yaxshi tomonlarini ko‘rsatyapsiz, deb yozg‘irgandi ayrim bo‘ydoq qadrdonlar. Mana bu videoni ko‘ring :)
Shirinlikni O‘zbekistonga qaytgach yeymiz endi. Nailoj, bu yerdan topolmadik. Lekin uni qidirishdagi jarayon qiziq, buning gashti boshqacha...
@Ijoddardi

❤🔥19👏6🔥3🤩3⚡2❤2💯1🏆1
Yaxshi ota bo‘lishga maksimal harakat qilyapman...
Toki Mahdi va Safina hozir ham, ulg‘aygach ham orqasida dadasi borligini hamisha his qilib tursin.
Ko‘p turklar bilan aynan oila mavzusida uzoq gaplashdim, eng nozik nuqtasi bu ularning. Xulosalarim, fikrlarim yetarlicha bu mavzuda. Ulardek baxtsiz o‘smirlar yetishtirishdan doim O‘zi asrasin!
Mayli, qariganimda meni boqmasin, ayasi ikkimizni hajga jo‘natmasin, sovg‘a-salomlar qilmasin. Ammo ota-onasidan rozi, hayotda o‘z yo‘lini topgan, bolaligi go‘zal xotiralarga boy baxtli insonlar bo‘lishsin ilohim.
Har qanday vaziyat va sharoitda o‘g‘il-qizlarim bilan g‘ururlanaman, faxrlanaman va buni baralla aytaman. Xudodan oxiridan suyuntirishini qayta-qayta so‘rayman, porloq kelajagiga ishonaman...
Sitor, agar qaysidir tongda men mangu uyquga ketib, faqat sen uyg‘onsang, birinchi vazifang, farzandlarimga otasini unuttirma. Kiyimim doim eshik orqasiga ilinib tursin. Bolalar nimadir istashsa, dadangning cho‘ntagidan ol deysan, tamam mı?

😭38❤🔥17🙏5🐳3😐3❤2⚡2👏2😁2💊2🏆1
Forwarded from Sitora Qarshiyeva | Blog
Ta ki seni bulana kadar
Olanlar oldu
Eserin oldum
Kaderim buymuş benim!😊
Nihoyat, topdik mevali shirinliklarni. Qachondan beri instagramimda chiqaverganidan yegim kelib yurgandim. Ertalab dadamiz topib kelibdi.
Umuman boshqacha ekan-a ta’mi?
Masalan, men uchun yangilik bo’ldi.
@sitoraqarshiyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20❤🔥9😁6⚡4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ertalab ishga kelishdan oldin ro‘zg‘orga u-bu narsa olgani chiqib, shirinlikni olib keldim
Uyimiz yonidagi “Fırın”da tayyorlab boshlabdi. Kechqurun ishdan qaytishda ko‘rib qolgandim, yonimda pulim kamligi uchun qarz so‘rasam berishmagandi.
Tongda uyg‘onishim bilan borib olib keldim. Sitora umuman kutmagandi, reaksiyasi videoda :)

❤33❤🔥14👏6🔥3🤩2🏆2⚡1💊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bozorga bormaganimga ancha bo‘ldi, supermarket ham yaqin, ham chegirmali narxlar, ham eskirib qolmagan toza narsalarni saralab olasiz...
Bozordagi sotuvchining qosh-qovog‘iga qarab, ezilgan pomidor qo‘shmang, chirigan kartoshka-piyoz solmang deb “pachakilashib” o‘tirgandan shunisi qulay bizga.
Yana bozor tiqilinch, odam ko‘p, narsalar joylashuvi pala-partish... u yerdagi shovqinni yomon ko‘raman. Supermarketdan qo‘ymasin...
Yaqinda “CedGo” bolalar maydonchasini kashf etdik o‘zimiz uchun. Bu ham juda qulay ekan biz kabi yosh bolasi bor ota-onalarga. Batafsil videoda aytib berganman...

🔥11❤7👍3🤩3👏2🏆2⚡1❤🔥1💊1
Forwarded from Sitora Qarshiyeva | Blog
Oila boshlig’i bo’lgan Ali Kapitan turmush o’rtog’i Jemilega sevib uylangan bo’lsa ham, yillar o’tib gollandiyalik bankir Karolinga oshiq bo’lib qoladi. O’sha ayolni deb xotini va 4 ta bolasini ko’chaga haydaydi. Lekin o’zi o’ylagandek baxtli yashay olmaydi, xiyonat bilan sinalganida o’z oilasi qadrini anglab yetadi…
Serial judayam jonli olingan, aktyor-aktrisalar rollarini mahorat bilan o’ynab qo’yishgan. Men eng hurmat qiladigan Aras Bulut İynemli va Farah Zeynep Abdullah ham serialning asosiy obrazlarida. Serialga homiylik qilgan korxona va firmalar nomini ko’rib, “kino sanoati” atamasini ham yaxshigina tushundim.
Serialdan olgan o’zimning va turmush o’rtog’imning ham asosiy xulosamiz — oila boshliqlari, erkaklarning, o’ylab qadam bosishlari kerakligi, chunki birgina xato butun farzandlar taqdirida aks ta’sir ko’rsatishi mumkin ekan.
Xullas, tomosha qilishingizni tavsiya qilaman!
@sitoraqarshiyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥13❤11🔥7
Abdulaziz Ahmad | Blog
Mening xulosam unaqa emasdi lekin... Hamayli, yuqoridagi gaplarga qo‘shilaman :) @Ijoddardi
Bo‘ldi adashibman, men ham xuddi shunday xulosa qilgan ekanman, Sitora aytdi :)
🤣64😁5🔥2👏2🌚1💯1🏆1😎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hazil o‘z yo‘ligakuya, lekin eski rasmlarimni ko‘rsam yuragim siqiladi...
Talabaman, ishim bor edi, yaxshi ko‘rgan kasbimdaman, go‘yo orzularimda yashayotgandim o‘sha kezlarda. Lekin...
Kecha oilasi bilan Amerikada yashaydigan ukam, do‘st va hamkasbim, “Mard o‘g‘lon” mukofoti sohibi Murodjon eski rasmlarni jo‘natib qoldi. Biroz dardlashdik...
Menimcha, bizning “pokoleniya”dan faqat ikkimiz ayni karyera qilib, yangi marralarni zabt etadigan pallada chet elga chiqib ketganmiz.
Garchi qora ishdaman, 12 soat ishlayman, yaqinlarimdan uzoqda musofir bo‘lib yuribman. Ammo hayotimizda halovat bordek, bugungi kunlarimizdan ko‘nglim to‘ladi, Anqaraga ilk kelganimdagi postlarimni o‘qib faxr hissi tuyaman, “uddaladik”, “uddalayapmiz” degan bir taskin bor ichimda.
Xudoning rejalari boshqacha, hayot har doim ham kutganimizni beravermaydi. Lekin vaqti kelib, o‘ylaganimizdan ming marta ziyodasi bilan siylarkan...
Har bir holimizga Alhamdulillah, yursak yo‘limiz, ichsak choyimiz bor, baxtlimiz...

❤🔥25❤14🤣9🔥8👏2😁1🎉1💯1🏆1💊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dadamning nigohlaridek og‘ir jazoni ko‘rmadim shu kungacha...
O‘g‘li bilan faxr tuygan paytlarda tuyg‘ularini ochiq aytolmasdan jilmayib qo‘yishi, bag‘riga bosganidagi quvonchimni ham topolmadim boshqa joylardan...
Dadam bilan o‘rtamizda ayam elchi edi har doim. Dardimni qo‘rqa-pisa ayam orqali yetkazardim. Va hech bir zamon ayam dadamning javobini menga keltirguncha yuragim hapqiradigan darajada o‘takam yorilmadi...
Boshimga ishq savdosi tushib, ichimga qamalib yurgan kunlarim, umrimda ilk va so‘nggi marta dadam bilan “erkakchasiga” gaplashganmiz.
Mashinaga gaz quyib kelamiz, deb uydan olib chiqdi, ikki tarafi qator tutzor bo‘lgan uzun yo‘lning chekkasida to‘xtadik, eshiklar qulflandi, “Chindan ham yaxshi ko‘rasanmi u qizni?!” dedi to‘satdan. U kungacha hech bir savol qarshisida bunchalik kalovlanmagandim...
Ota-onasining roziligini olmagunimizcha ayangni ostonalariga jo‘natishga tayyorman. Ja bo‘lmasa, olib qochib kelamiz kelinimni. Lekin vaqt o‘tib “kelisholmadim”, “ajrashaman”, “adashgan ekanman” desang, o‘zim tilingdan osaman...
Bugungacha mening baxtli bo‘lishim yo‘lida aytilgan bunchalik go‘zal va qo‘rqinchli “tahdid”ni qaytib hech bir yerda eshitmadim. Otalar - faylasuf, otalar - daho, borligining o‘zi eng katta boyligimizdir...

❤54❤🔥24🔥15⚡8🏆2
Bolaligimda ayam sochimizni qaychilar, dadam esa ustarada qirardi...
Sartaroshga kam borardik. Har sochimiz olinishidan oldin yangi kepka olardik bozordan. Qaychi izlari yoki kalligimizni yashirish uchun.
O‘tgan kun ishdan qaytsam, Sitora Mahdining sochini olibdi. Ancha o‘sgandi, sartaroshdan qo‘rqqani uchun hadeganda boravermaymiz, borsak ham baqirib yig‘lagani uchun qo‘l uchida sal-sal kaltartirayotgandik...
Ayolim “istasangiz, sizning ham sochingizni olib qo‘yaman, you tube'dan o‘rgandim, oson ekan” deydi kamiga kallasi qiyshayib :)
Kuni kecha o‘zim qaychilangan boshimni kepka bilan yashirib yurardim, bugun o‘g‘lim shu kunlarni yashayapti. Umr daryo, vaqt ko‘z oldimda oqib ketyapti...

😁46❤🔥8👏5😢5❤3🤩2💊2🏆1
Kecha uyda Mahdi bilan futbol o‘ynadik, shunchalar berilib ketdimki... ota-bola oynani sindirdik
Sitora yugurib keldi, Mahdiga to‘nkadim, u buni sezdi, kap-katta ikki bolali ota uyda to‘p o‘ynashga nima bor, dedi. Ammo u bilmadiki, ichimdagi bolakay erkinlikka chiqqandi...
Mahdi, garchi ayang uyda futbol o‘ynashimizni taqiqlagan bo‘lsa ham, bu “xato”ni qayta-qayta takrorlagim keladi. Ko‘zlaringga qarab o‘zimni ko‘raman.
Kun kelib ulg‘ayasan, Turkiya, O‘zbekiston, balki yana boshqa davlatlar bilan bog‘liq bir dunyo shirin xotiralari bor katta odamga aylanasan. Dunyo bo‘ylab yaqinlaring, do‘stlaring bo‘ladi...
O‘shanda men 70-80, 100 yoshda bo‘larman, bilmadim. Xohlaymanki, oilang bilan yashagan onlaring hech qachon esingdan chiqmasin, har qanday go‘zal xotirangdan ustun bo‘lsin. Hech kim senga bizdan-da yaqin do‘st bo‘lolmasin...
Sen hamisha men uchun 6 oylik Mahdi bo‘lib qolasan. Va ayni rasmdagi 6 oylik “yosh bola” dadang har doim sen bilan. Buni bil va faqat gaziga bos, o‘g‘lim...

❤42❤🔥27😁9😎5⚡3👍2🎉2🐳2
Hamsini qirol baliq deyishadi, u Qora dengizning oltinidir...
Turkiyada eng ko‘p va xo‘p iste’mol qilinadi. Ayniqsa, Qora dengiz taraflarda hamsi har kuni, hatto non o‘rniga ham yeyiladi. Ham hamyonbop, ham sog‘lik uchun foydali...
Turkiyada har yili hamsi festivallari o‘tkaziladi va tonnalab hamsi balig‘i pishiriladi. Odamlarga bepul tarqatishadi...
Toshkentda ham ayrim premium restoranlar Turkiyadan keltirilgan hamsi sotishayotgandi. 100 grammi 1 million so‘mdan qimmat edi...

❤20🤩18👍7😍6🏆3
Forwarded from Sitora Qarshiyeva | Blog
Tong otyapti. Uxlayapsizlar. Men uxlolmadim. Dadang bilan ko’rayotgan serialimizni tugatdik. Oxirgi qismi juda ta’sirli ekan, yig’ladim. Keyin birga o’tirib qornimizni to’ydirib oldik. Meni bo’lsa nimadir yozgim keldi, shu kunlardan esdalik qolishi uchun.
Rasmdagi xona Anqaradagi ijara uyimizning “salon”i. Kunlarimizni shu xonada o’tkazamiz: kitob o’qiymiz, o’ynaymiz, ba’zida o’zim bolalikda ko’rgan multfilmlarni ko’ramiz…
Xonada ba’zi narsalar qanday qolgan bo’lsa shunday rasmga oldim: yoyilgan ko’rpa Safina uchun. Hali o’tirolmaysan, osmonga qarab yotarding oldin, endi aylanishni o’rgangansan. Ba’zida qorning og’rib qolib joyingga qaytolmay qolasan. Ko’p takrorlanaverganda yoningga aynan shu to’qilgan yostiqchani qo’yib qo’yaman. Keyin yana zerikasan, yig’laysan, shiqirloq oq-qora kitobingni beraman. Biroz chalg’iysan.
Yerdagi kitobning nomi “Biricik”. Mahdining eng sevimlisi. Kitob o’qiymizmi deganimda birinchi bo’lib shu kitobini ko’tarib kelasan. Skuter ham seniki. Hozir zo’r surishni o’rgangansan. Uzoqdan teeez kelasan-da, divanning men o’tirgan joyiga kelib urasan, men yolg’ondan qo’rqib ketaman. Sen esa qiqirlab kulib yana va yana takrorlayverasan. Skuter ham “avariya” joyida qolgan.
Divandagi sochiq ham Mahdiniki. Dadang bilan qoldirib ketgansizlar, bugun ust-boshingni shira qilib tarvuz yeganding, dadang yuvintirib, sochiqqa o’rab olib chiqqan. Shu yerda kiyimlaringni kiydirib, ota-bola o’zlaringdan iz qoldirib, voqea joyidan qochgansizlar. Men esa har doimgidek sizlardan qolgan narsalarni joylashtirib yuraman.
Serialdan vaqtning juda tez o’tib ketishi, bugun ko’tarishga eringan kichkintoy jussalaringni hademay to’yib-to’yib quchoqlay
Doim sizlarni yaxshi ko’rishini aytishdan charchamaydigan Ayangiz!
@sitoraqarshiyeva
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥22❤16⚡5👏2😐2