Forwarded from Mavluda Satiyeva
Bilasizlarmi, “Hayot senga mandarinlar berganda” koreyscha serialini koʻrayotgandim.
Hozir shu postni oʻqidim-u, oʻsha filmdagi juftlikning oʻzbekcha versiyasi ekanliklaringizni his qildim)
Sitora, Abdulaziz, oilangizga koʻz tegmasin, chin dildan bundanda ulkan baxtlar tilayman!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hayot senga mandarin berganida” serialini bir kishi tavsiya qilgandi, vaqt bo‘lganida ko‘ryapmiz, to‘g‘risi, shokdaman...
Voqealar rivoji 99% o‘zimizning hayotimizga o‘xshash, qahramonlarning dardlari, orzu-umidlari, quvonch-tashvishlari... hammasi bizga judayam yaqin.
O‘ylab qarasam, anchadan beri sizlarga nimadir tavsiya qilmay qo‘ygan ekanman, marhamat, dam olish kunlari shu serialni ko‘ringizlar, bizda esa hafta oxiri ish portlaydi, faol bo‘lishga harakat qilaman...
Keyin bitta kitobli o‘yin tashkil qilishni o‘ylab yuribman, tez orada sizlarga turkcha kitob tarqataman😊
Serialga havola: https://uzmovi.tv/serialar/7182-hayot-senga-mandarin-berganida-bersa-berganda-yangi-koreys-serial-barcha-qismlari-uzbek-ozbek-tilida/episode/22646/12.html
@Ijoddardi

Kursdoshlar guruhimizga talabalikdagi rasmlarni ulashishibdi...
Atigi bir donasida men borman, uyam bo‘lsa, ahvolni qarang, uxlab o‘tiribman😂
Ko‘p ustozlarning meni ko‘rishga ko‘zi, otishga o‘qi bo‘lmasdi. To‘g‘risi, zo‘r o‘qiganman deb maqtana olmayman :)
Kunduzi ishim bo‘lardi, undan tashqari onlayn topshiriqlarni bajarardim, kechasi esa xususiy nashriyotda kitob yig‘ib o‘tirardim.
Hozir men bilan birga o‘qigan ko‘pchilik kazo-kazo yerlarda ishlashadi, eng kamida maktabda o‘qituvchilik qilishyapti.
Kim bilsin, balki namunali o‘qib, jamoatchilik tadbirlarida faol qatnashganimda, hozir hayotimiz boshqacha bo‘larmidi...
“Za to” talabalikdan eng katta esdaligim yonimda, eng a’lochi kursdoshim bilan oila qurganman, qolganiga nasib bo‘lsa erishamiz hali...
Hammasi Allohdan, har bir holatimizga hamd, rasm esa talabalikdan esdalik bo‘lib shu yerda turishini xohladim :)

Tashqarida qaynaydi hayot:
Uchoq, taksi, metro, avtobus...
Men toʻqqizdan oʻn birga qadar
Ishxonaga qamalgan “mahbus”.
Mixlanadi devorga koʻzim,
Xuddi jonim unga ilganday.
Dunyodagi eng tanbal soat
Ishxonamga oʻrnatilganday...
Kunlar oʻgʻlim bilan ulgʻayar,
Ishxonada sargʻayar sogʻinch.
Soat-soat vaqtni oʻldirib,
Shoshilaman uyimga har kech.
Hayot obdan toblaydi diydam,
Pishiradi misoli tandir.
Kech uxlayman... bilmadim, balki
Yashash menga yoqib qolgandir...
©Abdulaziz AHMAD,
Anqara, “Doğan et-balık” restorani.
27.05.2024-yil
P.s. Shu shig‘irimni hozirgi kayfiyat bilan qayta o‘qidim va boshqacha bo‘lib ketdim. Mana, ta’sirli nimadir yozish qo‘limdan kelarkanku, e’jodimga omad, “zor” ketyapman...

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otam tirikchilik uchun shanba kuni ham bozorga chiqyaptimi, yakshanba kuni dam olish menga xarom boʻlsin! :)
@Ijoddardi
@Ijoddardi
Bir amallab ishni tugatib, o‘zingga bo‘ysunib-bo‘ysunmayotgan oyog‘ingni sudrab ketayotgan joyingda cho‘ntagingdan bir juft qand chiqadi...
Ertalab Mahdi bilan ayasi kissamga konfet solib qo‘yishgan ekan. Uni til tagiga tashlab, uyga tanga topgan tentakday uchib ketyapman :)
Baxt - oddiylikda, o‘zimiz murakkablashtirib yubormasak bo‘lgani...

Volkanik shirinligini tayyorlash uchun sherigim ikkimiz 5 fleykadan tuxum chaqib o‘tirsak, ishchilar so‘rashyapti:
- Bugun tushlikda restoran xodimlariga tuxum qovuryapsizlarmi?
Sho‘xligim tutdimi, hazil qilgim keldi va:
- Ha, 1 oy muddati o‘tgan tuxumlar bor ekan, ishchilarga beringlar deyishdi.
Bular mendan battar gapga usta emasmi, joyida “yedirishdi”:
- Bizga 1 yil “srogi” o‘tgan baliqlarni yedirib yubordinglarku, 1 oyga eskirgan tuxum nima bo‘libdi, qovuringlar, o‘lmaymiz, bir oshqozonni yuvdirib yuborsak, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi... :)

Bugun bir o‘zim chuchvara (barak) pishirdim ishxonada😁
Erman bey o‘zbek ovqatlariga qiziqib qolgan. Menga hamma ovqatingdan bir porsiondan pishirib kel degandi, qo‘limiz tegmayapti ob kelishga...
Bugun bozorlik qilib yurganida, yonidan muzlatilgan chuchvara chiqibdi. Bu nima deb so‘rasa, o‘zbeklar ovqati, turk mantisining kattasi, deyishibdi.
Birdan xayolimga sen kelding, deydi, shartta olib kelibdi, pishir, yeyman deb qoldi. Xudo deb boshladimda, suratdagiday servis qilib berdim.
Suvni qaynatib, “knor” tovuq bulyonidan soldimda, chuchvaralarni pishirdim. Endi o‘tsa-qaytsa kaminaga rahmat aytib yuribdi, yana olib kelaman hali, maza qilib yedim, to‘ymadim, deydi.
Muhimi, uddaladim, hech bir o‘zim, hech kim o‘rgat(ol)maydigan sharoitda mustaqil pishirib ko‘rmagandim, “ellerime, emeklerime sağlık!” :)

Forwarded from Dilibo
Buni o'qigan Sitora opa:
Shuyam ish bo'ldimiii
(Hazil)😁
Shuyam ish bo'ldimiii
(Hazil)😁
Boshlig‘imiz marketing tilida aytganda, xodimlar portretini chizayapti:
Hammaga qiziqishlaring nima, nega ishlayapsan, hayoting davomida eng esda qoladigan voqea nima bo‘lgan va hokazo savollarni berib yuribdi.
Navbat menga yetgandi, “Oylik berilgan kunlar xotiramda muhrlangan, maosh olishning gashti boshqacha!” deya jilmayib qo‘ydim :)
P.s. O‘zi tilingni qitiqlaydi-da, gapirsang xafa bo‘lib qoladigan odamlar ham bor masalan 😂

Furkan ertalabdan beri siqilib yuribdi, bir quti sigaretni chekib bo‘ladi hozir...
Ha desam, mototsiklni pastga tushirayotib, “podyezd”da qo‘lidan tushirib yuboribdi. Bir joylari singan, ustalar tuzatishga falon pul so‘rayotgan ekan.
Tinchgina hayoting bor edi, nima kerak senga bu boshog‘riq, maza qilib yashab yurmaysanmi, dedim, sen buni tushunmaysan-da, deb yigit battar siqilib qoldi.
O‘ziga o‘zi muammo yaratib olib, o‘zicha ezilib yuradiganlarga havas qilaman, aslida hayotida hammasi yaxshiyu, e’tibor tortish uchunmi bilmayman, yo‘q yerdan “prablema sozdavat” qilib yurishadi :)

Shu vijdon qurg‘ur birov bilan urushsam, uyg‘onib qolishi yomon-da...
Baliq uchun 1-2 kosa un kerak bo‘ldi. Nonchilardan so‘radim, tugagan ekan, odatda doim ulardan olardik. Ortga burilib ketayotsam, u yerda xuddi menga o‘xshagan shogird kurd yigit yerto‘lada bor, deb qoldi.
Miyamga chiqib ketdi, qarasam ustalari bilan tirjayib turibdi. Bu gap xuddi kerak bo‘lsa o‘zing olib chiq, deganday eshitildi...
Yoniga bordim, yoqama yoqa bo‘ldik, bola bechora tinmay kalaka qilmadim aka, deb takrorlardi.
Endi bo‘lsa, ustalari kelib, bekor qilding, u o‘zi bir kasal bola bo‘lsa, hastaneda yuradi faqat, mazasi yo‘q, birovni kalaka qiladigan holi yo‘q, deb vijdonimni azoblayapti.
Ustalar bo‘lsa, shundan beri senga bir ish aytsam, jahling chiqmaydimi, yo‘qsa o‘zim qilib qo‘yaveraman, deb ehtiyotkorlik bilan muomala qilib yurishibdi.
Seyfullaga bugun bir volkanik ikram qildim, baliq pishirib bersam, yemadi. Xullas, ko‘nglini ololmay yuribman endi...
Urushmanglar, ayniqsa chap ko‘ksingizda yurak degan bir parcha go‘sht bilan vijdoningiz uyg‘oq bo‘lsa, tinchgina yuring, yo‘qsa o‘zingiz qiynalasiz... :)

Kitobli o‘yin qilmaganimizga ham ancha bo‘libdi a?
2-3 kun ichida vaqt topib, turkcha kitob tarqatsam, nima deysiz? Oramizda o‘yinlarda qatnashganlar va u atmosferani sog‘inganlar bormi? Fikrlaringizni yozingchi qani...
Reaksiyani yondirib turingizlar, men shartlarini tayyorlayapman...

Sizlarga kitob sovg‘a qilmoqchiman!
Avval sizdan kichkina yordam so‘ramoqchiman. Safimizni ozgina kengaytiraylik, o‘yinlar yanayam qiziq o‘tadi, Xudo xohlasa!
Shu post izohiga “Kitob” deb yozing, har biringizga alohida link beraman, o‘sha havola bilan yaqinlaringizni safimizga taklif etasiz.
Kanalga eng ko‘p odam qo‘shgan 3 kishiga Viktor Gyugoning “Bir İdam Mahkümunun Son Günü” kitobini hadya qilaman. Kitoblar O‘zbekistonda, o‘z egasini kutmoqda...
Tanlovni tugatib olgach, tug‘ilgan kunim arafasida kitobli o‘yin ham tashkil etamiz, juda oson va arzimagan shartlar bilan sizlarga kitob hadya qilaman, Xudo xohlasa!
Tayyormisizlar? Unda harakatga kirishing, vaqt ketdi!
❗️ Muddat 24-aprel 23:59 gacha!
P.s. O‘zim “nakrutka” urishni juda yaxshi bilaman, unday “xitristik” yo‘llardan foydalanmang, kanalimga bitta nakrutka kiritsangiz, 100 baravar qilib qaytaraman, qattiq xafalashamiz!

Xo‘o‘p, yangi kelganlar uchun bir tanishtiruv posti ham qilib qo‘yay a?!
Ismim Turdiali, yaqinlarim erkalab Abdulaziz deb chaqirishadi. Hademay tug‘ilgan kunim, g‘irt bo‘ydoqman.Sitor, bu marketing “fishka”si, uylangan odamning kanaliga ko‘pchilik qiziqmaydi, Mahdi bilan jim bo‘lib turinglar xo‘p :)
Turkiya poytaxti Anqarada yashayman, kichkina baliq restoranim bor, bo‘sh vaqtlarim shu yerda idish-tovoq yuvib turaman, mehnatning aybi yo‘q...
Qo‘lim tekkanida oilali, yosh bolasi bor talaba qizlarga yordam berib, darsga kirishganida farzandini o‘ynatib turaman. Hozircha faqat Sitora ismli talabamiz bilan bu ish bo‘yicha shartnoma qilganmiz, Mahdiga qarab yuraman :)
Blogda asosan boy bo‘lish sirlari haqida postlar qo‘yaman. Qadamba qadam boylik orttirishni o‘rgataman, boshimdan o‘tgan, samara beruvchi usullarni bo‘lishaman :)
Qolganini kuzatuvchilarimiz gapirishsin, juda kamtarman, o‘zimni o‘zim maqtashni yomon ko‘raman
@Ijoddardi
Ismim Turdiali, yaqinlarim erkalab Abdulaziz deb chaqirishadi. Hademay tug‘ilgan kunim, g‘irt bo‘ydoqman.
Turkiya poytaxti Anqarada yashayman, kichkina baliq restoranim bor, bo‘sh vaqtlarim shu yerda idish-tovoq yuvib turaman, mehnatning aybi yo‘q...
Qo‘lim tekkanida oilali, yosh bolasi bor talaba qizlarga yordam berib, darsga kirishganida farzandini o‘ynatib turaman. Hozircha faqat Sitora ismli talabamiz bilan bu ish bo‘yicha shartnoma qilganmiz, Mahdiga qarab yuraman :)
Blogda asosan boy bo‘lish sirlari haqida postlar qo‘yaman. Qadamba qadam boylik orttirishni o‘rgataman, boshimdan o‘tgan, samara beruvchi usullarni bo‘lishaman :)
Qolganini kuzatuvchilarimiz gapirishsin, juda kamtarman, o‘zimni o‘zim maqtashni yomon ko‘raman
@Ijoddardi
Mahir usta 5 yildan berish shu yerda ishlaydi, xo‘randalarni tanib qolgan, nima yeyishlarini yoddan biladi...
Bugun bir juftlik keldi-da, mezgit balig‘i aytishdi. Tizdim, tavaga yog‘ to‘kdim. Usta bo‘lsa, g‘o‘dranib pishira boshladi.
Nima bo‘ldi degan nigoh bilan qarasam, bu yaramas xotinboz bir hijobli ayol bilan kelardi, somon balig‘i yeyishardi doim, endi mezgit yeydiganidan topibdi, deydi😁
Turkiyada oila masalasi judayam og‘riqli. Farzandlar tarbiyasi alohida mavzu bo‘lsa, oilani saqlab qolish ham juda qiyin.
Qariya turk erkaklari krosovka kiyib, sochini bo‘yab, uchrashuvga kelishadi, ko‘pi 2-3 marta uylangan, nikohsiz yashab yurgani qancha...
Balki tanishidir, deb ustaga taskin berdim. Bo‘lmasa balig‘ini kuydirib jo‘natmoqchi edi!
P.s. Kuygan taom yeyishni istamasangiz, doim ovqatlanishga boradigan oshxonangizga o‘ynashingiz bilan bora ko‘rmang!

Abdulaziz Ahmad | Blog
Xo‘o‘p, yangi kelganlar uchun bir tanishtiruv posti ham qilib qo‘yay a?! Ismim Turdiali, yaqinlarim erkalab Abdulaziz deb chaqirishadi. Hademay tug‘ilgan kunim, g‘irt bo‘ydoqman. Sitor, bu marketing “fishka”si, uylangan odamning kanaliga ko‘pchilik qiziqmaydi…
Tarqalamiz, tanishtiruv postimni xotinim o‘qib qolibdi, oramizda sotqin bor! :)
Doğan amca'ga qanchalik qiyinligini endi tushundim, oson emas ekan a bahona topib berish😂
Endi blogni rivojlantirib, reklama olish darajasiga chiqmasam bo‘lmaydi, qo‘rqqanimdan Sitora bilan Mahdiga sovg‘a olib beraman, deb qo‘ydim 🤦♂
Kechga amallab uyga kirib olsam bo‘ldi, ey Xudo, o‘zing mehribon bo‘l :)

Qishloqda bir duradgor amaki bor, qachon qarama qulog‘iga sigaret qistirib yurardi
Turkiyaga kelib, ilk marta xotin-qizlarning shunday yurishiga ko‘zim tushdi. O‘rganib ham qoldim hatto :)
Suratdagi opa ofitsiantlar boshlig‘i, o‘ta chaqqon, gapga chechan. Doim ishga kelishdan oldin 2 quti sigaret oladi, kechgacha bitiradi.
Boya 1 soat sigaretini qidiribdi, hech qayerda yo‘q. Keyin qulog‘iga qistirilgan ekan, o‘zi ahvoliga kulib yuribdi. Hatto salonda, xo‘randalar yonida ham shu holda yurgan boyaqish...
Sigaretga bo‘lgan sevgi bor... :)