Abdulaziz Ahmad | Blog
1.2K subscribers
2.57K photos
497 videos
88 files
2K links
26 yosh yigitning kamtarona hayot yo‘li...

• Filolog
• Jurnalist
• SMM menejeri
• Baliqchi oshpaz
• Mahdining dadasi... :)

🇹🇷 Oilam bilan Ankaradaman. Turkiyada oila bo‘lib yashash, ishlash, biznes qilish... xullas, “tirik qolish” haqida yozaman!
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tengdoshim, akam, ukam, eng so‘nggi imkoniyatdan foydalanib bo‘lsa ham dunyo kezishga, dunyoqarashingizni kengaytirishga harakat qiling...

Oilangiz bilan ketsangiz, nur ustiga a’lo nur. Bu siz va siz yashayotgan mamlakatga faqatgina foyda keltiradi.

Bor-budingizni tikib, qarz-havola qilib bo‘lsa ham dunyoni ko‘rishga intiling, aslo afsuslanmaysiz, Xudo xohlasa!

Bizdan misol, halittan qancha go‘zal xotiralarimiz bor, ayolim farzandlarimizga ertak emas o‘zimiz bosib o‘tgan hayotimizni hikoya qilib beradi, nasib bo‘lsa!

Ha, qiynalasiz, oson bo‘ladi deb hech kim va’da bermayapti. Lekin bu qiyinchiliklar vaqti kelib sizga qancha xulosa, tajriba berishini tasavvur ham qilolmaysiz...

Qo‘rqmang, mehnatdan hech kim o‘lmagan, bir yo‘l ko‘rsatadi O‘zi, qiyin vaziyatlarda qanday yechim topishni o‘rganasiz hech bo‘lmasa, to‘g‘ri niyat bilan harakat qilsangiz bas, eng yorug‘ kunlaringiz hali oldinda...

Muhimi, dunyoni ko‘lmakdan iborat deb o‘ylaydigan oltin baliqchaga aylanib qolmang...

@Ijoddardi
Chiroyli kunlarning birida oilang bilan nonushta qilib boʻlgach, ishga otlanasan

@Ijoddardi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun biroz kayfiyatim yo‘q, oshxonada bir narsalar qilib yuribman...

Bir tarafda idish-tovoqlarning taraq-turuqlari, bir tomoni buyurtma kelyapti, baliq pishiryapmiz, ish endi boshlanyapti...

Birdan xayolimga she’r o‘qish kelib qoldi va shartta diktofonni yoqib, ovozimni yozib, montaj qilib tashladim :)

Shovqinlarga rozi bo‘lasiz, eshitib ko‘ringlarchi qani😁

@Ijoddardi
Tanishing, bu restoranda yagona bo‘lgan soat efendi :)

Ataylab qilganday, oshxonaga o‘rnatilganda, peshanamizda turadi, qiladigan ishi yo‘q, yonboshlab olib, bir maromda yurib tursa bo‘lgani...

Bir o‘zi butun ishchilarni boshqaradi, hamma unga qarab ishga keladi, unga qarab uyiga qaytadi. Tunov kun bittasi telefonidagi noto‘g‘ri soatga qarab ishdan chiqib ketgan ekan, o‘lmich gap eshitdi...

O‘ta tanbal, vaqtni hech yurgizay demaydi, ish yoqmagan paytlarda shartta to‘xtaydi-da uyquni bervoradi, keyin bechora boshliqlar unga mos keladigan batareyka qidirib halak 😅

Bu hayotda kim bo‘lsangiz ham, soat bo‘lmasangiz bo‘ldi. Insonlarning ish vaqti tugasa, itgayam, bitgayam keragingiz bo‘lmay qoladi, o‘zingiz bir burchakda qolib ketasiz :)

@Ijoddardi
Og‘zi yopiq baliqni hech kim qarmoqqa tushira olmaydi...

P.s. Gap baliq haqida emas!

@Ijoddardi
Furkan bugun mototsikl olibdi, 1600$ ga, tushunadiganlar bormi bu matohni, arziydimi :)

Otasi Murad usta navbatdagi miya operatsiyasi uchun pul yig‘ib yurgan ekan, o‘g‘li hol-joniga qo‘yavermagach, nihoyat olib beribdi...

Yana qancha umrim bor, bilmayman, shu operatsiya bir gap bo‘lar, o‘g‘limning orzusini amalga oshirdim, deydi.

Yigitning og‘zi qulog‘ida, instagram sahifasida tinimsiz istoriya va post ulashmoqda, bo‘sh qoldi deguncha mototsikli yonida girdikapalak :)

Ustaga halol bo‘lsin, o‘zining operatsiyasi uchun yig‘gan puliga farzandining orzusini amalga oshirish chindan ham qahramonlikdir!

Furkan haqida esa boshqa aytadigan gapim yo‘q...

@Ijoddardi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Romantika bu - o‘g‘lingiz va ayolingiz marketga borib, ko‘ngli tusagan narsasini bemalol xarid qilolishiga sharoit yaratishingizdir...

Stol atrofiga sochilgan atirgul yaproqlariyu shamlar haqidagi yolg‘on ertaklarga tupuring!

@Ijoddardi
Forwarded from Mavluda Satiyeva
Bilasizlarmi, “Hayot senga mandarinlar berganda” koreyscha serialini koʻrayotgandim.

Hozir shu postni oʻqidim-u, oʻsha filmdagi juftlikning oʻzbekcha versiyasi ekanliklaringizni his qildim)

Sitora, Abdulaziz, oilangizga koʻz tegmasin, chin dildan bundanda ulkan baxtlar tilayman!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hayot senga mandarin berganida” serialini bir kishi tavsiya qilgandi, vaqt bo‘lganida ko‘ryapmiz, to‘g‘risi, shokdaman...

Voqealar rivoji 99% o‘zimizning hayotimizga o‘xshash, qahramonlarning dardlari, orzu-umidlari, quvonch-tashvishlari... hammasi bizga judayam yaqin.

O‘ylab qarasam, anchadan beri sizlarga nimadir tavsiya qilmay qo‘ygan ekanman, marhamat, dam olish kunlari shu serialni ko‘ringizlar, bizda esa hafta oxiri ish portlaydi, faol bo‘lishga harakat qilaman...

Keyin bitta kitobli o‘yin tashkil qilishni o‘ylab yuribman, tez orada sizlarga turkcha kitob tarqataman😊

Serialga havola: https://uzmovi.tv/serialar/7182-hayot-senga-mandarin-berganida-bersa-berganda-yangi-koreys-serial-barcha-qismlari-uzbek-ozbek-tilida/episode/22646/12.html

@Ijoddardi
Kursdoshlar guruhimizga talabalikdagi rasmlarni ulashishibdi...

Atigi bir donasida men borman, uyam bo‘lsa, ahvolni qarang, uxlab o‘tiribman😂

Ko‘p ustozlarning meni ko‘rishga ko‘zi, otishga o‘qi bo‘lmasdi. To‘g‘risi, zo‘r o‘qiganman deb maqtana olmayman :)

Kunduzi ishim bo‘lardi, undan tashqari onlayn topshiriqlarni bajarardim, kechasi esa xususiy nashriyotda kitob yig‘ib o‘tirardim.

Hozir men bilan birga o‘qigan ko‘pchilik kazo-kazo yerlarda ishlashadi, eng kamida maktabda o‘qituvchilik qilishyapti.

Kim bilsin, balki namunali o‘qib, jamoatchilik tadbirlarida faol qatnashganimda, hozir hayotimiz boshqacha bo‘larmidi...

“Za to” talabalikdan eng katta esdaligim yonimda, eng a’lochi kursdoshim bilan oila qurganman, qolganiga nasib bo‘lsa erishamiz hali...

Hammasi Allohdan, har bir holatimizga hamd, rasm esa talabalikdan esdalik bo‘lib shu yerda turishini xohladim :)

@Ijoddardi
Tashqarida qaynaydi hayot:
Uchoq, taksi, metro, avtobus...
Men toʻqqizdan oʻn birga qadar
Ishxonaga qamalgan “mahbus”.

Mixlanadi devorga koʻzim,
Xuddi jonim unga ilganday.
Dunyodagi eng tanbal soat
Ishxonamga oʻrnatilganday...


Kunlar oʻgʻlim bilan ulgʻayar,
Ishxonada sargʻayar sogʻinch.
Soat-soat vaqtni oʻldirib,
Shoshilaman uyimga har kech.


Hayot obdan toblaydi diydam,
Pishiradi misoli tandir.
Kech uxlayman... bilmadim, balki
Yashash menga yoqib qolgandir...


©Abdulaziz AHMAD,
Anqara, “Doğan et-balık” restorani.
27.05.2024-yil


P.s. Shu shig‘irimni hozirgi kayfiyat bilan qayta o‘qidim va boshqacha bo‘lib ketdim. Mana, ta’sirli nimadir yozish qo‘limdan kelarkanku, e’jodimga omad, “zor” ketyapman...

@Ijoddardi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otam tirikchilik uchun shanba kuni ham bozorga chiqyaptimi, yakshanba kuni dam olish menga xarom boʻlsin! :)

@Ijoddardi
Bir amallab ishni tugatib, o‘zingga bo‘ysunib-bo‘ysunmayotgan oyog‘ingni sudrab ketayotgan joyingda cho‘ntagingdan bir juft qand chiqadi...

Ertalab Mahdi bilan ayasi kissamga konfet solib qo‘yishgan ekan. Uni til tagiga tashlab, uyga tanga topgan tentakday uchib ketyapman :)

Baxt - oddiylikda, o‘zimiz murakkablashtirib yubormasak bo‘lgani...

@Ijoddardi
Volkanik shirinligini tayyorlash uchun sherigim ikkimiz 5 fleykadan tuxum chaqib o‘tirsak, ishchilar so‘rashyapti:

- Bugun tushlikda restoran xodimlariga tuxum qovuryapsizlarmi?

Sho‘xligim tutdimi, hazil qilgim keldi va:

- Ha, 1 oy muddati o‘tgan tuxumlar bor ekan, ishchilarga beringlar deyishdi.

Bular mendan battar gapga usta emasmi, joyida “yedirishdi”:

- Bizga 1 yil “srogi” o‘tgan baliqlarni yedirib yubordinglarku, 1 oyga eskirgan tuxum nima bo‘libdi, qovuringlar, o‘lmaymiz, bir oshqozonni yuvdirib yuborsak, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi... :)

@Ijoddardi
Bugun bir o‘zim chuchvara (barak) pishirdim ishxonada😁

Erman bey o‘zbek ovqatlariga qiziqib qolgan. Menga hamma ovqatingdan bir porsiondan pishirib kel degandi, qo‘limiz tegmayapti ob kelishga...

Bugun bozorlik qilib yurganida, yonidan muzlatilgan chuchvara chiqibdi. Bu nima deb so‘rasa, o‘zbeklar ovqati, turk mantisining kattasi, deyishibdi.

Birdan xayolimga sen kelding, deydi, shartta olib kelibdi, pishir, yeyman deb qoldi. Xudo deb boshladimda, suratdagiday servis qilib berdim.

Suvni qaynatib, “knor” tovuq bulyonidan soldimda, chuchvaralarni pishirdim. Endi o‘tsa-qaytsa kaminaga rahmat aytib yuribdi, yana olib kelaman hali, maza qilib yedim, to‘ymadim, deydi.

Muhimi, uddaladim, hech bir o‘zim, hech kim o‘rgat(ol)maydigan sharoitda mustaqil pishirib ko‘rmagandim, “ellerime, emeklerime sağlık!” :)

@Ijoddardi
Forwarded from Dilibo
Buni o'qigan Sitora opa:
Shuyam ish bo'ldimiii
(Hazil)😁
Boshlig‘imiz marketing tilida aytganda, xodimlar portretini chizayapti:

Hammaga qiziqishlaring nima, nega ishlayapsan, hayoting davomida eng esda qoladigan voqea nima bo‘lgan va hokazo savollarni berib yuribdi.

Navbat menga yetgandi, “Oylik berilgan kunlar xotiramda muhrlangan, maosh olishning gashti boshqacha!” deya jilmayib qo‘ydim :)

P.s. O‘zi tilingni qitiqlaydi-da, gapirsang xafa bo‘lib qoladigan odamlar ham bor masalan 😂

@Ijoddardi