IIV Samarqand akademik litseyi
2.01K subscribers
2.93K photos
192 videos
18 files
451 links
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!
Download Telegram
“TARIXCHI OLIM BILAN UCHRASHUV”

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi “Huquqiy va Ijtimoiy-gumnitar fanlar” kafedrasi “Jahon tarixi” fan oyligi doirasida joriy yilning 24-yanvar kuni “Jahon tarixini o‘qitishning zamonaviy yondoshuv sivilizatsiyalar tarixida yangicha yondashuv” mavzusida SamDU tarix fanlari proffesori O.T.Ergashev bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tarixchi olim bilan uchrashuvda jahon sivilizatsiyasiga yangicha yondashuvlar, keyingi tadqiqotlar natijalari asosida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quvchi yoshlarni qiziqtirgan savollarga tarixchi olim tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Forwarded from Samarqand sadosi
26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni!

Bojxona xizmati organlari xodimlarini ushbu kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
  Sizlarga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, oilaviy xotirjamlik va sharafli ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Kasb bayramingiz muborak bo'lsin, aziz bojxona xizmati organlari xodimlari!

Hurmat bilan,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi jamoasi


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
"SPORT SOG'LIQ GAROVI"


Samarqand viloyati sport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 25-26 yanvar kunlari sportning “QO‘L JANGI” turi  bo‘yicha bolalar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Samarqand viloyati chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi 101-guruh o‘quvchisi Djurakulova Xolida 53+ kg vazn toifasida qatnashib faxrli 2-o‘rinni egalladi va Respublika bosqichda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Djurakulova Xolidaga Respublika bosqichida ham omadlar tilab qolamiz!.
📚“ZAKOVAT ZUKKOLAR O‘YINI ” 📚

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qarorining 6-bandi ijrosini ta’minlash hamda "Jahon tarixi fani oyligi”  doirasida joriy yilning 27-yanvar kuni IIV Samarqand akademik litseyida “Zakovat” intellektual oʻyini bo‘lib o‘tdi.
“Zakovat” intellektual oʻyinida 1-bosqich guruhlaridan tuzilgan 9 ta jamoa faol ishtirok etdi. Vatanimiz hamda jahon tarixi, adabiyot, milliy qadriyatlarimiz va fanlarning turli sohalariga oid qiziqarli, mantiqiy savollardan iborat oʻyin murosasiz kurashlarga, qizgʻin baxslarga boy boʻldi. Yakuniy natijalarga koʻra 
🥇o‘rin – 101-guruh,
🥈o‘rin – 102-guruh
🥉o‘rin – 104-guruh oʻquvchi-yoshlari qo‘lga kiritdi. G‘olib bo‘lgan jamoalar litsey rahbariyatining faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 30-yanvar, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan sana. Agar Islom Abdug’aniyevich hayot bo’lganida, bugun 87 yoshga to’lgan bo’lar edi.

Joylari jannatdan bo‘lsin, Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.


👉 @xushnudbek 👈