IIV Samarqand akademik litseyi
1.65K subscribers
2.76K photos
171 videos
18 files
382 links
Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!
Download Telegram
Forwarded from Shodiyor Toshkuvatov IIV Sam AL yetakchi
📚« V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»📚

🏛 Joriy yilning 24-aparel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi o'quvchilari  bilan V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»  va “Ma'naviyat oyligi” doirasida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida "Qiziqarli kutubxonada" nomli ekskursiya tashkil etildi.
💁🏻♂️Mutaxassislar tomonidan kutubxonadagi sharoitlar, kitoblar va elektron ma‘lumot bazalari haqida qiziqarli ma‘lumotlarni taqdim etdilar. Ekskursiya davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, kutubxona faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Kanalimizga qo‘shiling 👇👇👇

https://t.me/IIVsamAl
Forwarded from Shodiyor Toshkuvatov IIV Sam AL yetakchi
⚡️Bilagi kuchga to‘lgan yoshlar uchun yana bir yangilik!

Mamlakatimizning mard va jasur o‘g‘lonlari, sizlarni jismoniy tayyorgarlik va intellektual salohiyatingizni sinovdan o‘tkazuvchi navbatdagi tanlov kutmoqda!

🇺🇿“Harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi”Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025-yildan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan yirik harbiy-sport va huquqiy tanlovlar jamlanmasi.

Spartakiada 10 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Unda 14-30-yosh toifasidagi mahalla yoshlari hamda maktab o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov Nizomi bilan tanishing

Hoziroq @YoshlarRegBot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z yo‘nalishingizni tanlang!

Har bir yo‘nalish g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi!

Kanalimizga qo‘shiling 👇👇👇

https://t.me/IIVsamAl
Forwarded from Shodiyor Toshkuvatov IIV Sam AL yetakchi
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyida "Aprel oyi Ingliz tili -fani oyligi" doirasida Rejaga asosan 23-aprel sanasida ingliz tili fani o’qituvchilari tomonidan Litsey O’quvchilar turar joyida “ Shakespeare night “ tadbiri o’tkazildi, bunda o’quvchilarga ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida turli xil “Action game” (harakatli o’yin) lardan foydalanildi.

Kanalimizga qo‘shiling 👇👇👇

https://t.me/IIVsamAl
Forwarded from Shodiyor Toshkuvatov IIV Sam AL yetakchi
“DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI”

Joriy yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Samarqand akademik litseyi direktori va 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Prezidentimizning 2025-yil 14-fevral kunidagi yoshlar bilan uchrashuvi, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvining mazmun- mohiyati o‘quvchilarga yetkazildi. Jumladan IIV Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan o‘quvchilarni fuqoralik oliy ta’lim muassasalariga to‘g‘ri yo‘naltirish va ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha ma’sullarga topshiriqlar berildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga asoslantirilgan javoblar berildi.

Kanalimizga qo‘shiling 👇👇👇

https://t.me/IIVsamAl
Forwarded from Shodiyor Toshkuvatov IIV Sam AL yetakchi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun (1954–2001)

Bor bisotim

Bor bisotim oldi yoshligim,
Yurak shunga ko‘ndi-yu ketdi.
Yodda shunday qoldi yoshligim: 
Qush daraxtga qo‘ndi-yu ketdi.

Demak, dunyo chindan tor ekan,
Demak, vido kuni bor ekan,
Tushib keldim oyning oldidan,
O‘t bir yonib so‘ndi-yu ketdi.

Dunyoda eng katta boy edim,
Gijinglagan asov toy edim, 
Sharqiragan toshqin soy edim,
Suvim sovib so‘ndi-yu ketdi.

Yetishmaydi menga ne jihat? 
Allaqayerlarimdur diqqat.
O‘sha qomat, o‘sha bo‘y, faqat 
Yurak chil-chil sindi-yu ketdi.

Do‘stlarim ko‘p edi, do‘slarim.
Keskir-keskir edi so‘zlarim,
 Xira tortib qoldi ko‘zlarim, 
Sochga qirov indi-yu ketdi.

Daraxtga qush qo‘ndi-yu ketdi...


Kanalimizga qo‘shiling 👇👇👇

https://t.me/IIVsamAl