IHMA Samarqand viloyati
3.9K subscribers
2.57K photos
420 videos
11 files
1.09K links
Murujaatlar uchun:

Boshqarma boshlig‘ining telegram messenjeri - +998 77 066 06 46

@IHMASamarqand_bot

Boshqarmaning ishonch telefoni - +998 66 240 81 63
Download Telegram
🥹"Besh tashabbus paralimpiada"si doirasida Urgut tuman bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

☺️ Viloyat bo‘ylab ommaviy sportga aholi qamrovini oshirish, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga jalb etish va ularning jismoniy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalari Urgut tumanida oʻtkazildi.

👫Sog‘lom turmush tarziga chorlovchi musobaqa jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini oshirish, ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda reabilitatsiya qilishni ko‘zda tutadi. 

🏃Musobaqada 300 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar para stol tennisi, para armrestling, para yengil atletika, para badminton, para shaxmat va para shashka sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib borib, g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

🏆Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlarga musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etadi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Профессия и молодёжь»

- под таким названием Самаркандское областное управление Национального агентства социальной защиты населения провело День открытых дверей в Самаркандском специализированном техникуме.

Подробнее: 👉https://sv.zarnews.uz/post/mpj7

Подписывайтесь на наш канал:

@samvest
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman.

Bugun biz birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdik.

Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo’shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!



Искренне рада приветствовать в Узбекистане уважаемую Огулджахан Гурбангулыевну Атабаеву — дорогую гостью из братского Туркменистана.

Сегодня мы вместе посетили центр социальных услуг «Инсон» и инклюзивный образовательный центр в Самарканде, где ознакомились с практиками поддержки уязвимых категорий населения и создания условий для равного доступа к образованию.

Уверена, что эта встреча станет хорошей основой для развития совместных инициатив в поддержку детей и семей!
Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga imtiyozlar beriladi

❗️ Xabaringiz bor, "Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-50, 19.03.2025 y.) qabul qilingan.

🖋 Farmonga ko‘ra, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda – 34 foizga, eksportda – 34 foizga va aholi bandligini ta’minlashda 75 – foizga yetkazish;

🔸kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;

🔸100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik sub’yektlari sonini 4 mingga yetkazish.

📅 2025-yil 1-maydan:

1️⃣ o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YATT yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;

2️⃣ o‘z faoliyatini tegishincha YATT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida – 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;

3️⃣ o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlarga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasida:

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida yangidan tashkil etilgan va hisob raqamida yetarli mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ularning garov ta’minotidan kelib chiqib kredit ajratishga ruxsat beriladi;

kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini tashkil qilgan sub’yektlarga 100 million so‘mgacha 3-yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM