IHMA Samarqand viloyati
3.92K subscribers
2.54K photos
416 videos
11 files
1.08K links
Murujaatlar uchun:

Boshqarma boshlig‘ining telegram messenjeri - +998 77 066 06 46

@IHMASamarqand_bot

Boshqarmaning ishonch telefoni - +998 66 240 81 63
Download Telegram
Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga imtiyozlar beriladi

❗️ Xabaringiz bor, "Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-50, 19.03.2025 y.) qabul qilingan.

🖋 Farmonga ko‘ra, 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔸kichik va o‘rta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda – 34 foizga, eksportda – 34 foizga va aholi bandligini ta’minlashda 75 – foizga yetkazish;

🔸kamida 600 nafar kichik va o‘rta biznes sub’yektlarining yiriklashishiga ko‘maklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;

🔸100 nafardan ko‘p ishchisi bor tadbirkorlik sub’yektlari sonini 4 mingga yetkazish.

📅 2025-yil 1-maydan:

1️⃣ o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar YATT yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, davlat boji undirilmaydi;

2️⃣ o‘z faoliyatini tegishincha YATT, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va tadbirkorlarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million so‘mgacha, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida – 150 million so‘mgacha garovsiz kreditlar beriladi;

3️⃣ o‘z faoliyatini tegishincha o‘rta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlarga – 1 yil davomida QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 7 kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasida:

oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida yangidan tashkil etilgan va hisob raqamida yetarli mablag‘lar aylanmasiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ularning garov ta’minotidan kelib chiqib kredit ajratishga ruxsat beriladi;

kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlagan kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish o‘rniga qo‘shimcha ravishda 10 million so‘mdan, 10 va undan ko‘p bunday ish o‘rinlarini tashkil qilgan sub’yektlarga 100 million so‘mgacha 3-yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda

“Ma’naviyat soati” boʻlib oʻtmoqda.

🖋 Ayni damda haftaning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida “Ma’naviyat soati” bo'lib o'tmoqda.

🎬 Unda ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, tuman va shaharlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari ham ishtirok etishmoqda.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning Nurobod tuman bosqichi yakunlandi.

Nurobod tumanida adaptiv sport turlari bo'yicha “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqasi tuman bosqichi o'tkazildi. Musoboqaning tantanali o'tgan ochilish marosimida tuman hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Nurobod tuman bo'limi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman bolalar sport maktabi hamda sportsevar yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar o'tkazilayotgan bu kabi sport musobaqalari jamiyatimizda mehr-oqibat va birdamlik tuyg'ularini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, jismoniy imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini oshirish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda reabilitatsiya qilishda muhim o'rin tutishini alohida ta'kidlashdi.

Ushbu musobaqada sportning 6 turi: para stol tennisi, para armrestling, para yengil atletika, para badminton, para shaxmat va para shashka bo'yicha tuman mahallalarida yashovchi 200 nafardan ortiq imkoniyati cheklangan fuqarolar o'zaro raqobatga kirishishdi.

Qizg'in va yuqori ruhda o'tgan musobaqa yakunida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi hamda musobaqaning keyingi – viloyat bosqichi yo'llanmalariga ega bo'lishdi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Samarqand viloyati, Ishtixon tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, psixolog Qandolat G'aniyeva bilan do'stona suhbat.

🎬 Ajoyib suhbatni ko‘rishni tavsiya etamiz. 📣

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹Murojaatlarga tezkor yechim topish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining rasmiy telegram boti @IHMASamarqand_bot ishga tushirilganligini eslatib o‘tamiz.

🔮Endilikda fuqarolar va xodimlar:

Fuqarolar tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi va mahalladagi ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar yuzaga kelgan muammolari bo‘yicha ushbu botga murojaatlarni yo‘llashi mumkin. Kelib tushgan murojaatlarning ijrosi qat'iy nazoratga olinib, qonun doirasida o‘rganib chiqiladi.

☺️ Shuningdek, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatiga oid murojaat, taklif yoki savollaringizni boshqarma boshlig‘ining
+998 77 066 06 46
raqamiga telegram messenjeri orqali yoki boshqarmaning ishonch telefoni - +998 66 240 81 63 ga yo‘llashingiz mumkin.

❗️ Kelib tushgan barcha murojaatlar va ular mualliflarining shaxsi oshkor qilinmaydi.

😊 Viloyatimizdagi tuman/shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari manzillari 👇👇👇

https://t.me/ihma_samarqandviloyati/525

🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝 telegram | 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Inson uchun — 2025
📢 DIQQAT E'LON!!!

II an'anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasiga taklif etamiz!

📍2025-yilning 1–2 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar namoyish qilingan an’anaviy “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

🤝 Mazkur tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.

😯 2025-yilgi ko’rgazma doirasida yanada keng ko‘lamli ishtirok, tijorat salohiyatiga ega loyihalar va yangi hamkorlik tashabbuslari taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://eventadmin.ihma.uz/register/uz

🗣Bizni kuzatishda davom eting

😎Telegram 😎 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolani vasiylikka yoki homiylikka olishni xohlaysizmi?

Endilikda bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga (vasiylik, homiylik, patronat) olishni istagan shaxslardan YAIDXP (my.gov.uz) platformasi orqali arizalar qabul qilinadi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatishning har bir bosqichida arizalar ko‘rib chiqilishi va jarayonni onlayn kuzatib borish tartibi joriy etildi.

Agar siz bolani vasiylikka, homiylikka yoki patronatga olishni istasangiz, quyidagilar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

- yashash hududingizdagi mahalla ijtimoiy xodimi;
- tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari;
- my.ihma.uz platformasi;
- my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
______

Хотите взять ребёнка под опеку или попечительство?

Теперь лица, желающие принять ребёнка в альтернативные формы семейного устройства (опека, попечительство, патронат), могут подать заявку через Единую интерактивную государственную платформу (my.gov.uz). Также введён порядок онлайн-отслеживания рассмотрения заявок на каждом этапе оказания услуги.

Если вы хотите взять ребёнка под опеку, попечительство или патронат, вы можете обратиться:

- к социальному работнику в вашей махалле;
- в районные (городские) Центры социальных услуг “Inson”;
- через платформу my.ihma.uz;
- через портал my.gov.uz.


📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM