IHMA Samarqand viloyati
3.92K subscribers
2.54K photos
417 videos
11 files
1.08K links
Murujaatlar uchun:

Boshqarma boshlig‘ining telegram messenjeri - +998 77 066 06 46

@IHMASamarqand_bot

Boshqarmaning ishonch telefoni - +998 66 240 81 63
Download Telegram
🥹 Bugundan respublika bo‘ylab paralimpiada musobaqalariga start berildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari - Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi - Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev, Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova hamda O‘zbekiston Sport tashkilotlari faxriylar kengashi raisi Baxodir Maxsitovlar tomonidan ochib berildi.

Unda barcha viloyatlar videokonferensiya orqali ishtirok etib, musobaqalarga sportchi yoshlar tayyor ekani ta‘kidlandi va barcha yoshlarga omad tilandi. Jarayonda samarqandlik paralimpiadachi yigit-qizlar va viloyat mas‘ullari ham ishtirok etdi. Ta’kidlash kerakki, “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning ushbu mavsumida 79 ming nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etish uchun ariza topshirgan.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O’rganganlarimizni albatta amaliyotda qo’llaymiz.”

Habibov Parviz - Samarqand viloyati Samarqand shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi supervayzeri, trening ishtirokchisi.

🤩 Telegram 🤩 Facebook
🤩 Instagram 🤩 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥹Para sport musobaqalarining Bulung'ur tuman bosqichi o'tkazildi

🔮“Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida o'tkazilgan bahslarda Bulung'ur tumanida istiqomat qiluvchi jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan 250 nafar yoshlar ishtirik etishdi.

👫 Ushbu sport musoboqasida yoshlar “Para yengil atletika”, “Para shaxmat”, “Para shashka”, “Para stol tennis”, "Armresling" va “Para Badminton” sport turlari bo‘yicha bellashdilar.

🏃 G'oliblar joriy yilning may oyida bo'lib o'tadigan viloyat bahslarida ishtirok uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda “PROM PRO EXPO 2025” hududiy sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Joriy yilning 17-18-aprel kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan “SOF EXPO Samarkand” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida “PROM PRO EXPO 2025” hududiy sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

👩‍👩‍👧‍👦Yarmarka asosan avtomobilsozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat, mebelsozlik, gilam va poyabzal ishlab chiqarish, korxona va tashkilotlarda xizmat faoliyatida foydalaniladigan kiyimlar hamda turizm sohalariga ixtisoslashgan.

Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi sanoat korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat olib borayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ham yarmarkada namoyish etilib, keng targ‘ib qilindi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

📝telegram | 🎖ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda ilk bor nogironligi mavjud boʻlgan yoshlar oʻrtasida
“Imkoniyatlar olimpiadasi” kasblar bellashuvi boʻlib oʻtadi


"Imkoniyatlar olimpiadasi"ni tashkil etishdan maqsad — nogironligi boʻlgan shaxslarni oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishini qoʻllab-quvvatlash, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish va mehnat bozorida ularning oʻrnini mustahkamlashdan iborat.

Joriy yilda “Imkoniyatlar olimpiadasi” ishtirokchilari 10 ta kasblar boʻyicha oʻzaro bellashadilar, bular:
• fotografiya;
• AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari);
• mobilografiya;
• rassomchilik;
• kashtachilik;
• kulolchilik;
• qandolatchilik;
• tornachilik;
• duradgorlik;
• quruq qurilish ishlari.

Tanlovda 389 nafar nogironligi boʻlgan shaxs ishtirok etish istagida maxsus platformada roʻyxatdan oʻtgan.

“Imkoniyatlar olimpiadasi” 2025-yil 21-apreldan 1-mayga qadar Toshkent shahrida oʻtkaziladi. Yakuniy bosqichi va taqdirlash marosimi 1-2-may kunlari “OʻZEKSPOMARKAZ”da oʻtkaziladigan “Inson uchun” respublika yarmarkasi doirasida boʻlib oʻtadi.

↗️ Batafsil ma'lumot veb-saytda.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM