Ignabarg*
1.02K subscribers
112 photos
3 links
Reklama: @ignabarg_rek 🌻

Poklanib olgani Nur kerak menga,
Shaytonning qoʻlida chirmanda qilma.
Xudoyim, eng goʻzal sheʼr kerak menga,
Tonglarning qoshida sharmanda qilma!🪽
Download Telegram
Menga toʻrt fasl ham farqsizdir butkul,
Menga begonadir qonun va mezon.
Xohlasam kuz chogʻi yozib qoʻyib gul,
Xohlasam bahorda boʻlaman xazon...


Men shunday devona, telba bir nasim,
Sogʻinish, sevishdan yot tashvishim yoʻq.
Oʻzganing men bilan ishi boʻlmasin,
Oʻzgalar bilan-da mening ishim yoʻq...

Men uchun dunyoni suv bossa ne gʻam,
Barchasi bir boʻlib yoʻq boʻlmaydimi...
Ming asr ichinda toʻlmagan bir kam,
Koʻz yosh bilan boʻlsin, bir toʻlmaydimi!

Hurlarning labida tutgan bolidan,
Lazzat topolmagan inson – haykaldir.
Kimlarning ayshi-yu gul visolidan,
Kimningdir hijroni menga afzaldir.

Bor-u yoʻqligini unutgan tushkun
Darveshlar tengiman, ulardan-da xor.
Baribir bu hayot oddiy bir tush-ku,
Xudojon, kel meni uygʻotib yubor!


©Nurmuhammad Abduzoir
46❤‍🔥22🕊19
Begona

Afsus, sen Homerni o‘qimagansan...


Nima uchun kuchlar bir-biriga ters?
Nima uchun qalbing bo‘lmas namoyon?
Sendan menga qadar – hammasi sirli,
Mendan senga qadar – hammasi ayon.

Sochlaring rangiday qora tuyg‘ular,
Rangin kunlarimga qilar ibodat.

Soatni pullayman sariq chaqaga,
Har bir chaqa sen va mendan iborat!

Qarashlar – jinoyat, izhorlar – gunoh,
Gunohga botganman avval boshidan.
Ko‘zlarim qalbingda umrbod mahkum,
Sug‘ording ularni ko‘zing yoshida.


Endi boshimizga yog‘maydi yomg‘ir,
Quyosh yo‘qlamaydi bizlarni birrov.

Garchi Medeyaning qarg‘ishi urgan,
Ishqimiz – Prometey keltirgan olov.

Kipriging – Apallon o‘lim nayzasi,
Bilki, Afina ham bo‘lolmas raqib.
Men esa qo‘rqmasdan boraveraman,
Olimp xudolari qilsada ta’qib.

Men Ahill emasman, ruhim jangchimas,
Isming esa o‘tkir, yirtar bo‘g‘zimni.
Maydonga chaqirgim kelar hayqirib,
Soyanga berkinib olgan o‘zimni.


Ayriliq uydirma, vidolar soxta,
Ig‘volar yuzini yolg‘onga artgan.
Bizlarni miflar-u ertaklar emas,
Muhabbat loyidan osmon yaratgan.


Taqdir bitigiga peshonam ko‘nmas,
Sen – ta’qiq mevasi, sen – sirli kuysan.
Baribir uzaman, kuylayman seni,
Roziman toabad do‘zaxda kuysam.

Lekin, sen Homerni o‘qimagansan...

©Shoxruh Najot

*Afsus, men Homerni oʻqimaganman...
❤‍🔥4225🕊19
Qahvaga suv aralashib qolgandek boʻlardi, u qahvarang koʻzlari bilan kimdandir xafa boʻlsa..)
166❤‍🔥42💔34
KELSANG...

Kel sheʼrlar yozamiz dardni qoʻshmasdan,
Bunda kuylab faqat eng sof ishqlarni.
Hanuz bir izhorni tilga eshmasdan,
Yana oʻtkazurmiz qancha qishlarni?

Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Yoki taʼbingdek bir choy damlab beray?
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Istasang, sheʼrlarim ismingga bogʻlay...

Yo tanho nigohni aylay armugʻon,
Termulsami faqat koʻzim koʻzingga?
Soʻzsiz uchsakmikan sevgida giryon,
Bogʻlanib qolsammi bitta oʻzingga?

Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Eng suygan sheʼringni oʻqib beraman.
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Ehtimol, bir kuy ham kuylab beraman...

Tomosha qilarmiz quyoshni yoki,
Qushlarni tinglarmiz, balki, indamay?
Birimizdan sado chiqquncha toki,
Kim yura olarkan bitta soʻz demay?

Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Sevgan manzilimga olib boraman.
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Boʻlsa, ayt-chi, mayli, olib beraman.

Kelsang, senga mendan suhbatlar tortiq...

©Orzugul
168❤‍🔥22🕊22
Barcha bo'laklarni bir joyga yig'dim,
Jamladim qaydadir qolgan zarramni.
Bir bo'lak yetmadi nima ham qildim,
Butun bo'lolmagan bitta menmanmi?


©Laziza Inomqulova
50❤‍🔥24💔24
Yana jimlik, yana sukunat,
To'lib ketar hech narsadan dil.
Hech narsadan boshlanadi gap,
Hech narsani so'zlar yana til.

Qichqiradi bezabon xulyo,
Sukunatda qiynaladi jon. 
Hech narsani tan olmas go'yo
Hech narsadan boshlangan jahon.


©Rauf Parfi
❤‍🔥30💔18🕊16
Ichingga chiroq yoqsa yorishmas, baʼzan..
💔35❤‍🔥2724
Olomon orasida sizni tanlagan odam, yo‘lda sizdan boshqa hech kimni topa olmagan odamdan farq qiladi...

*nusxalandi
❤‍🔥4242🕊22
She'riyatda ''Sog'inganman'' deyilmaydi. Uning o'rniga:

Ertaga kelaman deysan hotirjam,
Ertaga mumkinmish quvonishimiz.
Ish qilib aniqmi bugun uxlasak,
Azizim, ertalab uyg'onishimiz?!

Hayot bizdan ishqni qizg'onar tag'in
Birlashtirmay qayta yo'llarimizni.
Aytchi, qanday xafa qilmoqlik mumkin,
Yoshi kiprigida turar bir qizni?!


Kel desam, kel shartta, barini tashlab,
Quvonch-u g'amimga nozir bo'l, jonim.
Kuttirma,
Kutmagin. Axir bizlarda
Erta yo'q.
Birgina hozir bor, jonim)


©Muxtasar Axmadjonova
❤‍🔥4845🕊20
44❤‍🔥25🕊2
Sog‘inganda

Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga,
Ey, qalbimning dilbari, shoir!
Qancha bo‘ldi birga o‘ltirib,
So‘zlashmadik dillarga doir.

Dil-chi, dilim unutib bo‘lmas
Ishq qo‘shig‘i yozilgan kitob.
Xayol xiyol chertib o‘tdimi –
Topib ber deb qiladi xitob.

Ikkimizga ma’lum bir qudrat
Yillar o‘ta senga tortadi.
Unutayin deyman-u, faqat
Dilda uning o‘ti ortadi.

Ham tabiat, ham do‘st, ham raqib,
Barchasini qoldirib dog‘da,
Ko‘rishsag-u, yana tirilsa,
O‘sha o‘lgan bo‘sa dudoqda.

Yuragimning shohi deb seni,
Mayli, bu gal o‘zim tiz cho‘ksam.
Huzuringda baxtdan tebranib,
Ishq va sog‘inch yoshini to‘ksam.


©Zulfiya
❤‍🔥18🕊86