His ettir,
Ovozing boricha baqir,
O'zingni isbotla, takror va takror.
Quyoshni olib tush osmonni qulat,
Yulduzni terib qo'y bir safga qator.
Hammasi bekor.
Iymonsiz tanadan sachragan uchqun,
Lovullab olovdek ketmaydi yonib.
Duo qil,
shukr ayt manfaatlarsiz,
Va keyin havodan nafas ol qonib.
Ketmagin tonib.
O'zingga kel dema,
O'zimga kel de,
O'zgalar gapirsa bo'lmasin ishing.
O'zingni o'nglab ol, soatga qara,
Qahri qattiq bo'lar doimo qishning.
Og'risa tishing.
Kimlardir ustingdan kulsa jilmaygin,
Jim bo'lgin so'zlarni qilmagin isrof.
Kimlardir seni deb kuysa, jilmayib
Ko'nglingdan chiqarib aylagin izhor.
O'chmas izi bor.
©Abdulaziz Ibrohimov
Ovozing boricha baqir,
O'zingni isbotla, takror va takror.
Quyoshni olib tush osmonni qulat,
Yulduzni terib qo'y bir safga qator.
Hammasi bekor.
Iymonsiz tanadan sachragan uchqun,
Lovullab olovdek ketmaydi yonib.
Duo qil,
shukr ayt manfaatlarsiz,
Va keyin havodan nafas ol qonib.
Ketmagin tonib.
O'zingga kel dema,
O'zimga kel de,
O'zgalar gapirsa bo'lmasin ishing.
O'zingni o'nglab ol, soatga qara,
Qahri qattiq bo'lar doimo qishning.
Og'risa tishing.
Kimlardir ustingdan kulsa jilmaygin,
Jim bo'lgin so'zlarni qilmagin isrof.
Kimlardir seni deb kuysa, jilmayib
Ko'nglingdan chiqarib aylagin izhor.
O'chmas izi bor.
©Abdulaziz Ibrohimov
100❤35❤🔥20🕊10
Inson ruhida ham qiyomatlar bor,
Og'ir sinovlar bor, sinoatlar bor.
Muhabbat sal chalg'ib turgan mahalda,
Sezilmasdan o'tgan xiyonatlar bor.
Mehr berolmasang, qiynoqqa ko'ndim,
Diydor berolmasang, firoqqa ko'ndim.
Sen meni boshqaga berma, iltimos
Boshqaning qo'lida kelmaydi o'lgim.
Ularda boshqacha itoatlar bor.
Menga o'xshamasin mehribonlaring,
O’rnimni bosmasin qadrdonlaring.
Chiqib ketamanku unda yodingdan,
Mensiz o'taverar ming bir oylaring,
Menda g'alat-g'alat shikoyatlar bor.
Men shirin sog'inchni Xudoga aytdim,
Sendan boshladim-da senda tugatdim.
Ko'nglini kul bosgan kimsalargamas,
Bog'dan yelib kelgan saboga aytdim,
Xudoga aytdim men, Xudoga aytdim,
Shu sabab duoda ijobatlar bor.
Inson ruhida ham qiyomatlar bor!!!
©️Rislig‘oy Hotamova
Og'ir sinovlar bor, sinoatlar bor.
Muhabbat sal chalg'ib turgan mahalda,
Sezilmasdan o'tgan xiyonatlar bor.
Mehr berolmasang, qiynoqqa ko'ndim,
Diydor berolmasang, firoqqa ko'ndim.
Sen meni boshqaga berma, iltimos
Boshqaning qo'lida kelmaydi o'lgim.
Ularda boshqacha itoatlar bor.
Menga o'xshamasin mehribonlaring,
O’rnimni bosmasin qadrdonlaring.
Chiqib ketamanku unda yodingdan,
Mensiz o'taverar ming bir oylaring,
Menda g'alat-g'alat shikoyatlar bor.
Men shirin sog'inchni Xudoga aytdim,
Sendan boshladim-da senda tugatdim.
Ko'nglini kul bosgan kimsalargamas,
Bog'dan yelib kelgan saboga aytdim,
Xudoga aytdim men, Xudoga aytdim,
Shu sabab duoda ijobatlar bor.
Inson ruhida ham qiyomatlar bor!!!
©️Rislig‘oy Hotamova
2❤46❤🔥31💔15
Lahzada tark etar miyangni o’ylov,
Mezon nafasini tuyasan tuyqus.
Bostirib kelmoqda bir quchoq olov –
Sen qaydan bu qadar sokinsan, Avgust?
Qachon tazarruga kelding butunlay?
Iymonli shoirga do’nibsan barvaqt.
Kuz senga bag’rini ochgandi atay –
Hislari yetilgan ayoldek sarmast.
Bormading, bormading, Kuzga bormading,
Mushtoq mevalarin uzmading, qiziq.
Siringni sotmading, ko’ngil yormading,
Muqaddas ontingni buzmading, qiziq.
Mag’rur mag’lub bo’lding, isyonlar tindi,
Sevgi o’yinida kim bo’lgan g’olib?
Qilinmagan gunoh tinch qo’ysin endi,
Do’zax yonib ketsin Kuzga qo’shilib.
©Mehrinoz Abbosova
Mezon nafasini tuyasan tuyqus.
Bostirib kelmoqda bir quchoq olov –
Sen qaydan bu qadar sokinsan, Avgust?
Qachon tazarruga kelding butunlay?
Iymonli shoirga do’nibsan barvaqt.
Kuz senga bag’rini ochgandi atay –
Hislari yetilgan ayoldek sarmast.
Bormading, bormading, Kuzga bormading,
Mushtoq mevalarin uzmading, qiziq.
Siringni sotmading, ko’ngil yormading,
Muqaddas ontingni buzmading, qiziq.
Mag’rur mag’lub bo’lding, isyonlar tindi,
Sevgi o’yinida kim bo’lgan g’olib?
Qilinmagan gunoh tinch qo’ysin endi,
Do’zax yonib ketsin Kuzga qo’shilib.
©Mehrinoz Abbosova
1💔37❤🔥30❤23
Menga toʻrt fasl ham farqsizdir butkul,
Menga begonadir qonun va mezon.
Xohlasam kuz chogʻi yozib qoʻyib gul,
Xohlasam bahorda boʻlaman xazon...
Men shunday devona, telba bir nasim,
Sogʻinish, sevishdan yot tashvishim yoʻq.
Oʻzganing men bilan ishi boʻlmasin,
Oʻzgalar bilan-da mening ishim yoʻq...
Men uchun dunyoni suv bossa ne gʻam,
Barchasi bir boʻlib yoʻq boʻlmaydimi...
Ming asr ichinda toʻlmagan bir kam,
Koʻz yosh bilan boʻlsin, bir toʻlmaydimi!
Hurlarning labida tutgan bolidan,
Lazzat topolmagan inson – haykaldir.
Kimlarning ayshi-yu gul visolidan,
Kimningdir hijroni menga afzaldir.
Bor-u yoʻqligini unutgan tushkun
Darveshlar tengiman, ulardan-da xor.
Baribir bu hayot oddiy bir tush-ku,
Xudojon, kel meni uygʻotib yubor!
©Nurmuhammad Abduzoir
Menga begonadir qonun va mezon.
Xohlasam kuz chogʻi yozib qoʻyib gul,
Xohlasam bahorda boʻlaman xazon...
Men shunday devona, telba bir nasim,
Sogʻinish, sevishdan yot tashvishim yoʻq.
Oʻzganing men bilan ishi boʻlmasin,
Oʻzgalar bilan-da mening ishim yoʻq...
Men uchun dunyoni suv bossa ne gʻam,
Barchasi bir boʻlib yoʻq boʻlmaydimi...
Ming asr ichinda toʻlmagan bir kam,
Koʻz yosh bilan boʻlsin, bir toʻlmaydimi!
Hurlarning labida tutgan bolidan,
Lazzat topolmagan inson – haykaldir.
Kimlarning ayshi-yu gul visolidan,
Kimningdir hijroni menga afzaldir.
Bor-u yoʻqligini unutgan tushkun
Darveshlar tengiman, ulardan-da xor.
Baribir bu hayot oddiy bir tush-ku,
Xudojon, kel meni uygʻotib yubor!
©Nurmuhammad Abduzoir
❤46❤🔥22🕊19
Begona
Afsus, sen Homerni o‘qimagansan...
Nima uchun kuchlar bir-biriga ters?
Nima uchun qalbing bo‘lmas namoyon?
Sendan menga qadar – hammasi sirli,
Mendan senga qadar – hammasi ayon.
Sochlaring rangiday qora tuyg‘ular,
Rangin kunlarimga qilar ibodat.
Soatni pullayman sariq chaqaga,
Har bir chaqa sen va mendan iborat!
Qarashlar – jinoyat, izhorlar – gunoh,
Gunohga botganman avval boshidan.
Ko‘zlarim qalbingda umrbod mahkum,
Sug‘ording ularni ko‘zing yoshida.
Endi boshimizga yog‘maydi yomg‘ir,
Quyosh yo‘qlamaydi bizlarni birrov.
Garchi Medeyaning qarg‘ishi urgan,
Ishqimiz – Prometey keltirgan olov.
Kipriging – Apallon o‘lim nayzasi,
Bilki, Afina ham bo‘lolmas raqib.
Men esa qo‘rqmasdan boraveraman,
Olimp xudolari qilsada ta’qib.
Men Ahill emasman, ruhim jangchimas,
Isming esa o‘tkir, yirtar bo‘g‘zimni.
Maydonga chaqirgim kelar hayqirib,
Soyanga berkinib olgan o‘zimni.
Ayriliq uydirma, vidolar soxta,
Ig‘volar yuzini yolg‘onga artgan.
Bizlarni miflar-u ertaklar emas,
Muhabbat loyidan osmon yaratgan.
Taqdir bitigiga peshonam ko‘nmas,
Sen – ta’qiq mevasi, sen – sirli kuysan.
Baribir uzaman, kuylayman seni,
Roziman toabad do‘zaxda kuysam.
Lekin, sen Homerni o‘qimagansan...
©Shoxruh Najot
Afsus, sen Homerni o‘qimagansan...
Nima uchun kuchlar bir-biriga ters?
Nima uchun qalbing bo‘lmas namoyon?
Sendan menga qadar – hammasi sirli,
Mendan senga qadar – hammasi ayon.
Sochlaring rangiday qora tuyg‘ular,
Rangin kunlarimga qilar ibodat.
Soatni pullayman sariq chaqaga,
Har bir chaqa sen va mendan iborat!
Qarashlar – jinoyat, izhorlar – gunoh,
Gunohga botganman avval boshidan.
Ko‘zlarim qalbingda umrbod mahkum,
Sug‘ording ularni ko‘zing yoshida.
Endi boshimizga yog‘maydi yomg‘ir,
Quyosh yo‘qlamaydi bizlarni birrov.
Garchi Medeyaning qarg‘ishi urgan,
Ishqimiz – Prometey keltirgan olov.
Kipriging – Apallon o‘lim nayzasi,
Bilki, Afina ham bo‘lolmas raqib.
Men esa qo‘rqmasdan boraveraman,
Olimp xudolari qilsada ta’qib.
Men Ahill emasman, ruhim jangchimas,
Isming esa o‘tkir, yirtar bo‘g‘zimni.
Maydonga chaqirgim kelar hayqirib,
Soyanga berkinib olgan o‘zimni.
Ayriliq uydirma, vidolar soxta,
Ig‘volar yuzini yolg‘onga artgan.
Bizlarni miflar-u ertaklar emas,
Muhabbat loyidan osmon yaratgan.
Taqdir bitigiga peshonam ko‘nmas,
Sen – ta’qiq mevasi, sen – sirli kuysan.
Baribir uzaman, kuylayman seni,
Roziman toabad do‘zaxda kuysam.
Lekin, sen Homerni o‘qimagansan...
©Shoxruh Najot
*Afsus, men Homerni oʻqimaganman...
❤🔥42❤25🕊19
KELSANG...
Kel sheʼrlar yozamiz dardni qoʻshmasdan,
Bunda kuylab faqat eng sof ishqlarni.
Hanuz bir izhorni tilga eshmasdan,
Yana oʻtkazurmiz qancha qishlarni?
Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Yoki taʼbingdek bir choy damlab beray?
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Istasang, sheʼrlarim ismingga bogʻlay...
Yo tanho nigohni aylay armugʻon,
Termulsami faqat koʻzim koʻzingga?
Soʻzsiz uchsakmikan sevgida giryon,
Bogʻlanib qolsammi bitta oʻzingga?
Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Eng suygan sheʼringni oʻqib beraman.
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Ehtimol, bir kuy ham kuylab beraman...
Tomosha qilarmiz quyoshni yoki,
Qushlarni tinglarmiz, balki, indamay?
Birimizdan sado chiqquncha toki,
Kim yura olarkan bitta soʻz demay?
Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Sevgan manzilimga olib boraman.
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Boʻlsa, ayt-chi, mayli, olib beraman.
Kelsang, senga mendan suhbatlar tortiq...
©Orzugul
Kel sheʼrlar yozamiz dardni qoʻshmasdan,
Bunda kuylab faqat eng sof ishqlarni.
Hanuz bir izhorni tilga eshmasdan,
Yana oʻtkazurmiz qancha qishlarni?
Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Yoki taʼbingdek bir choy damlab beray?
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Istasang, sheʼrlarim ismingga bogʻlay...
Yo tanho nigohni aylay armugʻon,
Termulsami faqat koʻzim koʻzingga?
Soʻzsiz uchsakmikan sevgida giryon,
Bogʻlanib qolsammi bitta oʻzingga?
Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Eng suygan sheʼringni oʻqib beraman.
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Ehtimol, bir kuy ham kuylab beraman...
Tomosha qilarmiz quyoshni yoki,
Qushlarni tinglarmiz, balki, indamay?
Birimizdan sado chiqquncha toki,
Kim yura olarkan bitta soʻz demay?
Kelsang, balki, mendan suhbatlar tortiq,
Sevgan manzilimga olib boraman.
Oʻzgacha baxt bormi yo bundan ortiq?
Boʻlsa, ayt-chi, mayli, olib beraman.
Kelsang, senga mendan suhbatlar tortiq...
©Orzugul
1❤68❤🔥22🕊21
She'riyatda ''Sog'inganman'' deyilmaydi. Uning o'rniga:
Ertaga kelaman deysan hotirjam,
Ertaga mumkinmish quvonishimiz.
Ish qilib aniqmi bugun uxlasak,
Azizim, ertalab uyg'onishimiz?!
Hayot bizdan ishqni qizg'onar tag'in
Birlashtirmay qayta yo'llarimizni.
Aytchi, qanday xafa qilmoqlik mumkin,
Yoshi kiprigida turar bir qizni?!
Kel desam, kel shartta, barini tashlab,
Quvonch-u g'amimga nozir bo'l, jonim.
Kuttirma,
Kutmagin. Axir bizlarda
Erta yo'q.
Birgina hozir bor, jonim)
©Muxtasar Axmadjonova
Ertaga kelaman deysan hotirjam,
Ertaga mumkinmish quvonishimiz.
Ish qilib aniqmi bugun uxlasak,
Azizim, ertalab uyg'onishimiz?!
Hayot bizdan ishqni qizg'onar tag'in
Birlashtirmay qayta yo'llarimizni.
Aytchi, qanday xafa qilmoqlik mumkin,
Yoshi kiprigida turar bir qizni?!
Kel desam, kel shartta, barini tashlab,
Quvonch-u g'amimga nozir bo'l, jonim.
Kuttirma,
Kutmagin. Axir bizlarda
Erta yo'q.
Birgina hozir bor, jonim)
©Muxtasar Axmadjonova
❤🔥47❤45🕊20