Ignabarg*
1.02K subscribers
112 photos
5 links
Reklama: @ignabarg_rek 🌻

Poklanib olgani Nur kerak menga,
Shaytonning qoʻlida chirmanda qilma.
Xudoyim, eng goʻzal sheʼr kerak menga,
Tonglarning qoshida sharmanda qilma!🪽
Download Telegram
Dunyo boshqa, dunyoyim boshqa. Men boshqaman, boshqalar boshqa...
148❤‍🔥38🕊24
– Aytilganidek emas, his qilganing qadar sevilasan.

©DI
135🕊27❤‍🔥24
Biram ijtimoiy boʻlib boryapman…
Biram hayollarim moddiy, husnsiz.
Yoʻqolib ketyapti oʻsha yosumon,
Pushti yomgʻirlarni orzulagan qiz…
151❤‍🔥36🕊22
Tushunmayman koʻnglimning istaklariga,
Nedandir yurakka toʻlaverar gʻam.
Hammasi yaxshidek tuyular lekin,
Yoki men ortiqcha, yoki kimdir kam...
1❤‍🔥33🕊2319
Koʻrganmanda seni qaydadir,
Iforlaring biroz tanishdek.
Sezmay qoldim shekilli, aytgin
Qachon, qanday qilib tanishdik?

Koʻzlaringda yonib turibman,
Doʻst edikmi yoki avvaldan?
Yoki meni izlab saro-sar,
Tortiqmisan buyuk qadardan?

Yoki niyat ijobat boʻlib,
Aziz boʻlib kelding Xudodan.
To sengacha ichikib kutib,
Gullab bordim har bir duodan.


Endi sensiz emasman toʻkis,
Qoʻlim qoʻyib yuborma faqat.
Yaqindirsan qalbimga juda
Kimdirimga oʻxshaysanda baxt.

Menikiga oʻxshaysanda baxt…

©Durdona Inomjonova
137❤‍🔥22🕊16
Qovurg’angni sanamay qo’ydim,
So’qmog’ingdan yig’dim xayolni.
Yuragimning tunlari oydin.

Tosh shaharga monanddir toshqalb,
Ko’zlarimda o’sgan savolni
silkitmayman, to’kmayman boshqa.

Allaqachon olmay qo’ydim zavq,
Yengildimu, ko’tardim qo’lni.
Boshqa o’yin topib bersin Haq.

Yangi og’riq, yangi hayajon
to’lg’og’ida ingransin ko’ngil.
Qari hislar yotar chalajon.

Munkillading bunchalar, g’ussam.
Ont ichaman har nafas: sevmam,
Istaymanki, buzilsin qasam.

Eski “men”ga tilayman o’lim,
Bandasiga yetib bitmasin
Xudo bilan boshlangan yo’lim.


©Mehrinoz Abbosova
130❤‍🔥16🕊13
Nigohlar qadaldi armonli hisga,
Va'dalar ne kerak qanotli qizga...🪽
157❤‍🔥31🕊22
“Odam qariganda sevishdan to‘xtaydi” –
Degan fikr g‘ippa-g‘irt yolg‘on.
Aksincha, sevishdan to‘xtagan payti –
Qarishni boshlaydi inson.

©Iqbol Mirzo
150❤‍🔥21🕊8
Va, yana to'satdan yog'adi yomg'ir,
Sevgidan panaga qochib ketasan.
Qadamlaring og'ir, kipriklar og'ir,
Yurak ishq deb ursa, aytgin,
Netasan?

Har tomchi muhabbat, har tomchi bir jon,
Ich-iching limmo-lim, darding to'kasan..

Ruhingda kechadi, tinmay qo'zg'olon,
"Nahot tomchilarni sevmay o'tasan?"

Odimlaring xasta, tuyg'ular mudroq,
Qalbing oynasini asta chertasan..
Balkim, sevging tirik,
Balkim u uyg'oq,
Yana, takror-takror inkor etasan..


Yana boshlab qolar yig'isin osmon,
Yana bu shaharda yog'adi yomg'ir..
Har tomchi muhabbat, har tomchida jon,
Yomg'irni kutadi, sen uchun kimdir..


- sening sevging uyg'oq, hozircha jimdir..


©Rayhon
135🕊15❤‍🔥14
Tagʻin yomgʻir yogʻdi, men yoʻq shaharda...
142❤‍🔥15🕊10
Ba’zi odamlar yomg‘irni his qiladi. Qolganlari esa shunchaki shalabbo bo‘ladi!”

©Bob Marli
133❤‍🔥20🕊7
“Ehtiyot bo’l, oyga qoqilma,
Yulduzlarga ketma urilib.
Ay, shamolqiz, yonimdan jilma,
Ko’z o’ngimda turgil ko’rinib”.

Shunday deysan, ko’nglingda hadik,
Himoyaga chog’lanib har on.
Tushmi-o’ngmi, qachon uchrashdik? –
Nigohimda yiltirar savol.

Sayr qilamiz tunni tush kabi
Oxirini bilmaymiz yo’lning.
Nechun chiqdim quyoshga raqib,
Tong otdi-yu… sen g’oyib bo’lding?


©Mehrinoz Abbosova
138🕊17❤‍🔥12
Kimga bosh egibdi osmondagi Oy,
Ishqimga tor kelar qalbingdagi joy.
Biroz adashibsan tanlashda qiyos,
Men asli hilolmas, Quyoshman, Quyosh...
153🕊18❤‍🔥17
Koʻp yigʻlama ogʻriydi boshing,
Axir, baxtli boʻlmogʻimiz shart.
Yomon bo'lar, agar, koʻz yoshing
Tugab qolsa kelgunicha baxt.

Koʻzyoshingni sochma tunlarga,
Asrab qoʻygin yaxshi kunlarga...

©Shavkat Rahmon
135❤‍🔥19🕊16
Azizim,
Ne uchun maysa emasmiz,
Yellar o‘pganida suykalib o‘tgan.
Ne uchun, ne uchun daraxt bo‘lmadik,
Ildizi, shoxlari chirmashib ketgan..

Ariqlar bo‘yida giyohdek o‘ssak,
Suvlarda tushimiz eshilarmidi?
Adirlar ortida shamol bo‘lsaydik,
Ko‘klarda ruhimiz qo‘shilarmidi?..

Nechun mavjudmizu, nechun yo‘qdaymiz?
Barmoqlar uchida nozik bir titroq.
Nafaslar qo‘shilib turganda, nechun
Olovlar ichida jim kutib turmoq..

Nechun pichoqlarga tiralar ko‘zim
Ko‘kka suyanganday suyanolmayman.
Nechun qo‘lingizda loladek uxlab,
Ko‘ksingizda tongdek uyg‘onolmayman..


Ne uchun hayotim bu qadar sahro,
Nechun yuragimda bu qadar zorlik,
Qarshimda shovullab oqar bir daryo,
Bir tomchi suv so‘rab o‘tinolmayman..


Azizim,
Ne uchun inson yaraldik,
Ko‘nglimiz sig‘masa yeru samoga?
Oh, endi shu qadar muhabbat bilan
Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?..


Biz nechun yaraldik yolg‘on dunyoda?
Azizim, ne uchun maysa emasmiz?..


©Zebo Mirzo
328❤‍🔥13🕊11
Sen baxtlisan, har doimgidek,
Ko'zlaring quvonchdan porlagan.
Ta'rifing yozmoq ham mushkuldir,
Axir seni Xudo yorlagan.

Qoshlaring qaddini ko'targan,
Ko'zlaring g'amlarga botmaydi.
Men ila eng yomon suhbat qur,
So'zlaring og'ir ham botmaydi.


Baxt berkingan kipriklaringni
Ko'zoynak-la to'sib olgin, yor.
Senga ishqim balandligini
She'rlarimdan bilib olgin, yor.

Bir yoqadan boshni chiqarib,
Kel Ishq uchun bosaylik qadam.
Odamlarni ko'ngliga emas,
Ikkimizga yoqaylik har dam.

©Botir Bannop
132🕊16❤‍🔥15
Qayta tugʻilgisi kelar odamning,
Baʼzan shu keladi xayol-hushingga.
Tartibni buzmoqchi boʻlasan gohi,
Uchib ham koʻrasan gohi tushingda.

Keyin soʻroqlarni haydaysan quvib,
Shu taxlit osmonga uzatasan qoʻl.
Bir yoʻl koʻrinadi "borsa-qaytmas"day,
Eng soʻnggi choraday koʻrinar bu yoʻl.

Ammo hammasidan kechgan lahzada,
Bir xayol ergashar qoʻlingdan tutib.
Ana shu xayol deb ketmaslik mumkin,
Oʻlmay turish mumkin kimnidir kutib.

Borligi qanchalar goʻzaldir uning,
Va buni his qilish naqadar lazzat.
Kechasan, ketasan, yetasan, ammo –
Birgina ishq uchun yashamoq shart!

Shart!

©️Dadaxon Muhammadiyev
1❤‍🔥2521🕊11
O’zingdan ketib qolganingda ham sendan ketib qolmaydigan birini topgan bo’lsang, baxtlisan…

©Mehrinoz Abbosova
1❤‍🔥3822🕊13
Deraza ortida,
Tanish qadamlar,
Sargardon hislar-u,
Nigohlar tanish..
Deraza ortidan,
Xo'rsinib boqar,
Ilhaq bitta yurak,
Xazonli taftish..

Bir burchda iymanib,
Yoshlab ko'zini,
Qimtinib, o'rtanib,
Yashaydi Avgust..
Azizim,
Befoyda, kelganing bilan,
Endi umrimizda,
O'ttizta kam Kuz..


©Rayhon
127❤‍🔥24💔10
Hamon og'riqlarim o'zimga ayon,
Hamon, yuragimni tirnovchi his bor.
Men toshga aylanib borayotgan jon,
Xudojon, sen meni gullatib yubor...
1❤‍🔥4227💔19
Oldimda kulganlar,
Ortimdan mahzun,
Qaysi gunoh uchun, aytib ber Xudo,
Yoki men yomonga aylanganmidim?
Yaxshi doʻstlarimni qaytib ber Xudo.


Yoki ishonmaslik kerakmidi-ya,
Yoki men yashashni bilmaganmidim?
Ertakdagi oʻsha chin doʻstliklarni
Sendan soʻrab duo qilmaganmidim?

Suyanib boʻlmasdi moʻrt daraxtlarga,
Koʻnglimni kimlarga yoray Xudojon.
Sendan oʻzga hamma-hammaga bordim,
Endi Senga qanday boray Xudojon…

Topganim
tashvish-u,
yoʻqotganim - men,
Oʻzimni oʻzimga aytib ber, Xudo.
Xayrsiz qalblardan uzoq qilgin-u,
Koʻnglimga nuringni qaytib ber Xudo…

Koʻnglimga nuringni qaytib ber Xudo.

©Durdona Inomjonova
128❤‍🔥14🕊9