Bugun ko'rishaylik yomg'irni, qara:
Suvga bo'kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram.
Ko'ngil tashrifiga yo'q dema, faqat.
Bugun ko'rishaylik xiyobonni, qo'y.
Soyabon ko'tarib yurish ham mahol.
Yo'qsil peshonamga g'aribgina uy,
Unga ikki olam sig'ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyishqonidan.
Xo'mray, taqiqlarga yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman senga termulib.
Bugun ko'rishaylik, ikkilanma hech.
Urinma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo'lga tush, avtolar sotqin.
Nozik badaninga chippa yopishgan,
Jiqqa ho'l libosda ko'zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay.
Yomg'irda ivigan qaro sochlaring,
Uchidan chakillab tomguncha sharbat.
Dildirab uyga kir, dod iforingdan.
Shilq etib yiqilay, sarxush-u sarmast.
Kel, kel, hozir ko'ksimning ichi to'la ganj.
Yor, uni yor! Uni yorug' nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg'ir to'xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.
Bugun ko'rishaylik yomg'irni, qara.
©Jontemir
Suvga bo'kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram.
Ko'ngil tashrifiga yo'q dema, faqat.
Bugun ko'rishaylik xiyobonni, qo'y.
Soyabon ko'tarib yurish ham mahol.
Yo'qsil peshonamga g'aribgina uy,
Unga ikki olam sig'ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyishqonidan.
Xo'mray, taqiqlarga yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman senga termulib.
Bugun ko'rishaylik, ikkilanma hech.
Urinma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo'lga tush, avtolar sotqin.
Nozik badaninga chippa yopishgan,
Jiqqa ho'l libosda ko'zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay.
Yomg'irda ivigan qaro sochlaring,
Uchidan chakillab tomguncha sharbat.
Dildirab uyga kir, dod iforingdan.
Shilq etib yiqilay, sarxush-u sarmast.
Kel, kel, hozir ko'ksimning ichi to'la ganj.
Yor, uni yor! Uni yorug' nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg'ir to'xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.
Bugun ko'rishaylik yomg'irni, qara.
©Jontemir
1❤43❤🔥27🕊15
Yomgʻirmiding hali yer koʻrmay,
Yanogʻimni silab oʻtgan his.
Ixtiyorsiz, oʻzimdan soʻrmay,
Dimogʻimni tamom tutgan is.
Kuz edingmi, tillarang yaproq?..
Xazonga tong qoʻngan qirovmi,
Yo tuygʻumi, tanimda titroq,
Yoʻlmi yiroq, yo yoʻlga gʻovmi?
Nima eding yoki kim eding,
Meni mendan begona qilgan,
Javob bermay, hanuz jim eding.
Savolchini devona bilgan...
Tanidim, men sen bir sanamsan,
(Xudo desam hiqildogʻimda)
Oʻzim ruhman, sen-chi tanamsan,
Bandi yoʻldosh men quchogʻingda.
©Diyor Rahmon
Yanogʻimni silab oʻtgan his.
Ixtiyorsiz, oʻzimdan soʻrmay,
Dimogʻimni tamom tutgan is.
Kuz edingmi, tillarang yaproq?..
Xazonga tong qoʻngan qirovmi,
Yo tuygʻumi, tanimda titroq,
Yoʻlmi yiroq, yo yoʻlga gʻovmi?
Nima eding yoki kim eding,
Meni mendan begona qilgan,
Javob bermay, hanuz jim eding.
Savolchini devona bilgan...
Tanidim, men sen bir sanamsan,
(Xudo desam hiqildogʻimda)
Oʻzim ruhman, sen-chi tanamsan,
Bandi yoʻldosh men quchogʻingda.
©Diyor Rahmon
1❤35❤🔥20🕊18
Baxt nima? Ming bo'lakka bo'lib dunyoni,
Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo'llaridan tutib ro'yoni,
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas, zoring.
Kimdir seni sog'insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir sevib, sog'inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog'ing bilan,
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda baxtlaring sochiq,
Bahorlardan go'zallik yiqqan.
Baxt emasmi? Ko'zlaring ochiq
Osmonga boq, ko'kka oy chiqqan.
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki baxt - yelib tolmoqlik.
Hammaga ham nasib etmaydi,
Tongda turib nafas olmoqlik!
©Erkin Vohidov
Tug'ilgandan baxtni izlaymiz.
Qo'llaridan tutib ro'yoni,
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas, zoring.
Kimdir seni sog'insa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!
Kimlarnidir sevib, sog'inib,
Intizor-la uni kutganing.
Baxt aslida tomog'ing bilan,
Shu bir qultum suvni yutganing!
Hamma yerda baxtlaring sochiq,
Bahorlardan go'zallik yiqqan.
Baxt emasmi? Ko'zlaring ochiq
Osmonga boq, ko'kka oy chiqqan.
Senga yana nima yetmaydi?
Hattoki baxt - yelib tolmoqlik.
Hammaga ham nasib etmaydi,
Tongda turib nafas olmoqlik!
©Erkin Vohidov
1❤55❤🔥35🕊24
Koʻrganmanda seni qaydadir,
Iforlaring biroz tanishdek.
Sezmay qoldim shekilli, aytgin
Qachon, qanday qilib tanishdik?
Koʻzlaringda yonib turibman,
Doʻst edikmi yoki avvaldan?
Yoki meni izlab saro-sar,
Tortiqmisan buyuk qadardan?
Yoki niyat ijobat boʻlib,
Aziz boʻlib kelding Xudodan.
To sengacha ichikib kutib,
Gullab bordim har bir duodan.
Endi sensiz emasman toʻkis,
Qoʻlim qoʻyib yuborma faqat.
Yaqindirsan qalbimga juda
Kimdirimga oʻxshaysanda baxt.
Menikiga oʻxshaysanda baxt…
©Durdona Inomjonova
Iforlaring biroz tanishdek.
Sezmay qoldim shekilli, aytgin
Qachon, qanday qilib tanishdik?
Koʻzlaringda yonib turibman,
Doʻst edikmi yoki avvaldan?
Yoki meni izlab saro-sar,
Tortiqmisan buyuk qadardan?
Yoki niyat ijobat boʻlib,
Aziz boʻlib kelding Xudodan.
To sengacha ichikib kutib,
Gullab bordim har bir duodan.
Endi sensiz emasman toʻkis,
Qoʻlim qoʻyib yuborma faqat.
Yaqindirsan qalbimga juda
Kimdirimga oʻxshaysanda baxt.
Menikiga oʻxshaysanda baxt…
©Durdona Inomjonova
1❤37❤🔥22🕊16
Qovurg’angni sanamay qo’ydim,
So’qmog’ingdan yig’dim xayolni.
Yuragimning tunlari oydin.
Tosh shaharga monanddir toshqalb,
Ko’zlarimda o’sgan savolni
silkitmayman, to’kmayman boshqa.
Allaqachon olmay qo’ydim zavq,
Yengildimu, ko’tardim qo’lni.
Boshqa o’yin topib bersin Haq.
Yangi og’riq, yangi hayajon
to’lg’og’ida ingransin ko’ngil.
Qari hislar yotar chalajon.
Munkillading bunchalar, g’ussam.
Ont ichaman har nafas: sevmam,
Istaymanki, buzilsin qasam.
Eski “men”ga tilayman o’lim,
Bandasiga yetib bitmasin
Xudo bilan boshlangan yo’lim.
©Mehrinoz Abbosova
So’qmog’ingdan yig’dim xayolni.
Yuragimning tunlari oydin.
Tosh shaharga monanddir toshqalb,
Ko’zlarimda o’sgan savolni
silkitmayman, to’kmayman boshqa.
Allaqachon olmay qo’ydim zavq,
Yengildimu, ko’tardim qo’lni.
Boshqa o’yin topib bersin Haq.
Yangi og’riq, yangi hayajon
to’lg’og’ida ingransin ko’ngil.
Qari hislar yotar chalajon.
Munkillading bunchalar, g’ussam.
Ont ichaman har nafas: sevmam,
Istaymanki, buzilsin qasam.
Eski “men”ga tilayman o’lim,
Bandasiga yetib bitmasin
Xudo bilan boshlangan yo’lim.
©Mehrinoz Abbosova
1❤30❤🔥16🕊13
Va, yana to'satdan yog'adi yomg'ir,
Sevgidan panaga qochib ketasan.
Qadamlaring og'ir, kipriklar og'ir,
Yurak ishq deb ursa, aytgin,
Netasan?
Har tomchi muhabbat, har tomchi bir jon,
Ich-iching limmo-lim, darding to'kasan..
Ruhingda kechadi, tinmay qo'zg'olon,
"Nahot tomchilarni sevmay o'tasan?"
Odimlaring xasta, tuyg'ular mudroq,
Qalbing oynasini asta chertasan..
Balkim, sevging tirik,
Balkim u uyg'oq,
Yana, takror-takror inkor etasan..
Yana boshlab qolar yig'isin osmon,
Yana bu shaharda yog'adi yomg'ir..
Har tomchi muhabbat, har tomchida jon,
Yomg'irni kutadi, sen uchun kimdir..
- sening sevging uyg'oq, hozircha jimdir..
©Rayhon
Sevgidan panaga qochib ketasan.
Qadamlaring og'ir, kipriklar og'ir,
Yurak ishq deb ursa, aytgin,
Netasan?
Har tomchi muhabbat, har tomchi bir jon,
Ich-iching limmo-lim, darding to'kasan..
Ruhingda kechadi, tinmay qo'zg'olon,
"Nahot tomchilarni sevmay o'tasan?"
Odimlaring xasta, tuyg'ular mudroq,
Qalbing oynasini asta chertasan..
Balkim, sevging tirik,
Balkim u uyg'oq,
Yana, takror-takror inkor etasan..
Yana boshlab qolar yig'isin osmon,
Yana bu shaharda yog'adi yomg'ir..
Har tomchi muhabbat, har tomchida jon,
Yomg'irni kutadi, sen uchun kimdir..
- sening sevging uyg'oq, hozircha jimdir..
©Rayhon
1❤35🕊15❤🔥14
“Ehtiyot bo’l, oyga qoqilma,
Yulduzlarga ketma urilib.
Ay, shamolqiz, yonimdan jilma,
Ko’z o’ngimda turgil ko’rinib”.
Shunday deysan, ko’nglingda hadik,
Himoyaga chog’lanib har on.
Tushmi-o’ngmi, qachon uchrashdik? –
Nigohimda yiltirar savol.
Sayr qilamiz tunni tush kabi
Oxirini bilmaymiz yo’lning.
Nechun chiqdim quyoshga raqib,
Tong otdi-yu… sen g’oyib bo’lding?
©Mehrinoz Abbosova
Yulduzlarga ketma urilib.
Ay, shamolqiz, yonimdan jilma,
Ko’z o’ngimda turgil ko’rinib”.
Shunday deysan, ko’nglingda hadik,
Himoyaga chog’lanib har on.
Tushmi-o’ngmi, qachon uchrashdik? –
Nigohimda yiltirar savol.
Sayr qilamiz tunni tush kabi
Oxirini bilmaymiz yo’lning.
Nechun chiqdim quyoshga raqib,
Tong otdi-yu… sen g’oyib bo’lding?
©Mehrinoz Abbosova
1❤38🕊17❤🔥12
Azizim,
Ne uchun maysa emasmiz,
Yellar o‘pganida suykalib o‘tgan.
Ne uchun, ne uchun daraxt bo‘lmadik,
Ildizi, shoxlari chirmashib ketgan..
Ariqlar bo‘yida giyohdek o‘ssak,
Suvlarda tushimiz eshilarmidi?
Adirlar ortida shamol bo‘lsaydik,
Ko‘klarda ruhimiz qo‘shilarmidi?..
Nechun mavjudmizu, nechun yo‘qdaymiz?
Barmoqlar uchida nozik bir titroq.
Nafaslar qo‘shilib turganda, nechun
Olovlar ichida jim kutib turmoq..
Nechun pichoqlarga tiralar ko‘zim
Ko‘kka suyanganday suyanolmayman.
Nechun qo‘lingizda loladek uxlab,
Ko‘ksingizda tongdek uyg‘onolmayman..
Ne uchun hayotim bu qadar sahro,
Nechun yuragimda bu qadar zorlik,
Qarshimda shovullab oqar bir daryo,
Bir tomchi suv so‘rab o‘tinolmayman..
Azizim,
Ne uchun inson yaraldik,
Ko‘nglimiz sig‘masa yeru samoga?
Oh, endi shu qadar muhabbat bilan
Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?..
Biz nechun yaraldik yolg‘on dunyoda?
Azizim, ne uchun maysa emasmiz?..
©Zebo Mirzo
Ne uchun maysa emasmiz,
Yellar o‘pganida suykalib o‘tgan.
Ne uchun, ne uchun daraxt bo‘lmadik,
Ildizi, shoxlari chirmashib ketgan..
Ariqlar bo‘yida giyohdek o‘ssak,
Suvlarda tushimiz eshilarmidi?
Adirlar ortida shamol bo‘lsaydik,
Ko‘klarda ruhimiz qo‘shilarmidi?..
Nechun mavjudmizu, nechun yo‘qdaymiz?
Barmoqlar uchida nozik bir titroq.
Nafaslar qo‘shilib turganda, nechun
Olovlar ichida jim kutib turmoq..
Nechun pichoqlarga tiralar ko‘zim
Ko‘kka suyanganday suyanolmayman.
Nechun qo‘lingizda loladek uxlab,
Ko‘ksingizda tongdek uyg‘onolmayman..
Ne uchun hayotim bu qadar sahro,
Nechun yuragimda bu qadar zorlik,
Qarshimda shovullab oqar bir daryo,
Bir tomchi suv so‘rab o‘tinolmayman..
Azizim,
Ne uchun inson yaraldik,
Ko‘nglimiz sig‘masa yeru samoga?
Oh, endi shu qadar muhabbat bilan
Biz qanday yashaymiz bu tor dunyoda?..
Biz nechun yaraldik yolg‘on dunyoda?
Azizim, ne uchun maysa emasmiz?..
©Zebo Mirzo
3❤28❤🔥13🕊11
Sen baxtlisan, har doimgidek,
Ko'zlaring quvonchdan porlagan.
Ta'rifing yozmoq ham mushkuldir,
Axir seni Xudo yorlagan.
Qoshlaring qaddini ko'targan,
Ko'zlaring g'amlarga botmaydi.
Men ila eng yomon suhbat qur,
So'zlaring og'ir ham botmaydi.
Baxt berkingan kipriklaringni
Ko'zoynak-la to'sib olgin, yor.
Senga ishqim balandligini
She'rlarimdan bilib olgin, yor.
Bir yoqadan boshni chiqarib,
Kel Ishq uchun bosaylik qadam.
Odamlarni ko'ngliga emas,
Ikkimizga yoqaylik har dam.
©Botir Bannop
Ko'zlaring quvonchdan porlagan.
Ta'rifing yozmoq ham mushkuldir,
Axir seni Xudo yorlagan.
Qoshlaring qaddini ko'targan,
Ko'zlaring g'amlarga botmaydi.
Men ila eng yomon suhbat qur,
So'zlaring og'ir ham botmaydi.
Baxt berkingan kipriklaringni
Ko'zoynak-la to'sib olgin, yor.
Senga ishqim balandligini
She'rlarimdan bilib olgin, yor.
Bir yoqadan boshni chiqarib,
Kel Ishq uchun bosaylik qadam.
Odamlarni ko'ngliga emas,
Ikkimizga yoqaylik har dam.
©Botir Bannop
1❤32🕊16❤🔥15