IMRS Research
2.72K subscribers
2.36K photos
983 videos
3 files
3.61K links
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: press@imrs.uz

Sayt: https://imrs.uz/
Download Telegram
🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) в июне 2024 года провели очередной мониторинг цен на продовольственную продукцию по 21 позиции в крупнейших сетях супермаркетов г. Ташкента.

🟢 Результаты мониторинга показали, что по 16 позициям минимальные цены снизились в сравнении с предыдущим месяцем*. Наибольшее снижение цен отмечено на капусту (снижение на 59,4%), помидор (-51,7%) и огурец (-51,7%).

🟡 По 2 позициям минимальные цены остались без изменений. Среди них мясо курицы (филе) и молоко.

🔴 По 3 позициям цены возросли. Лидером роста цен является картофель. Краткосрочное повышение цены на картофель связано с временными рыночными факторами, изменениями в предложении и спросе.

*анализ выполнен по данным мониторинга, проведенного 2 мая и 13 июня.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) Sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish loyihasi bosh mutaxassisi Elvira Bikeyeva 60 yoshni qarshi oldi.

E.Bikeyeva Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutidagi ko‘pyillik faoliyati mobaynida turli yo‘nalishlar, xususan, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va investitsiyalarni jalb qilish, yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni olib bordi va ularda mamlakatimizni iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar tahlil qilindi. Institut jamoasi E.Bikeyevaning mehnatsevarligi va mas’uliyatni chuqur his etishini yuqori baholaydi.

Hurmatli Elvira Ravkatovna! Sizga barqaror va mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz. Bundan keyin ham shunday tashabbuskor va serg‘ayrat, quvnoq va samimiy bo‘lib qolavering!

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari hududlarning 2017-2023 yillardagi iqtisodiy faollik barometrini (IFB) baholadi.

📊 Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning barqaror o‘sishi (2017-2023 yillarda 1,4 barobarga oshdi) bilan tavsiflanadi. YaIMning yiliga o‘rtacha 5,4 foiz o‘sishiga asosan xizmat ko‘rsatish (2,4 foiz) va sanoat (1,5 foiz) tarmoqlari salmoqli hissa qo‘shdi.

⚖️ IFBga ko‘ra, mamlakatimizning 6 ta hududi (Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Xorazm, Andijon, Toshkent viloyatlari) izchil rivojlanayotgan hududlar guruhidan joy oldi (85 ball ≤ IFB ≤ 100 ball).

Ma’lumot uchun: IFBni baholashda ishlab chiqarish, tadbirkorlik faolligi hamda hududlarning jozibadorligini aks ettiruvchi 3 ta blok va 13 ta ko‘rsatkichdan foydalaniladi. 100 balli baholash usuli asosida hududlarning faollik darajasi yuqori (85 ball ≤ IFB ≤ 100 ball), o‘rtacha (71 ≤ IFB < 85 ball) va past (IFB < 71 ball) bo'lgan guruhlarga ajratiladi.

🔎 Rivojlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida iqtisodiy faollik asosan sanoat (1,6 barobar), qurilish (2,1 barobardan ortiq), xizmatlar (1,8-2,4 barobar), investitsiyalarni jalb qilish (1,9 barobar) kabi sohalardagi o‘sish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (KBS) sonining (2,2 barobar) ortishi hisobiga ta’minlandi. Buning natijasida mazkur hududlarning YaIMdagi mavqei mustahkamlandi (YaHMning YaIMdagi ulushi 2017-yildagi 25 foizdan 2023-yilda 27,2 foizga oshdi);

🔎Rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lgan Jizzax va Xorazm viloyatlarida esa sanoat (o‘sish 1,6 barobardan ortiq), qurilish va xizmatlar (2 barobar), investitsiyalarni jalb qilish (3,5 barobardan ortiq), tovar va xizmatlar eksporti (2,4-3,3 barobar), ro‘yxatga olingan (2,4 barobar) va yangi tashkil etilgan (2,6 barobardan ortiq) KBSning ortishi iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili bo‘ldi;

🔎 IFBning 2 ta ko‘rsatkichi (faoliyat ko‘rsatmayotgan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan KBS sonining ko‘payishi) bo‘yicha salbiy tendensiya qayd etilganiga qaramay, Jizzax va Xorazm viloyatlarining rivojlanish dinamikasi yetakchi pozitsiyalar bo‘yicha jadal o‘sish kuzatilgan ko‘rsatkichlarning ko‘pligi (mos ravishda 8 ta va 10 ta) bilan ahamiyatlidir. Natijada ushbu hududlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM ko‘rsatkichining YaIM ko‘rsatkichiga biroz yaqinlashishi kuzatildi. Masalan, YaIM va Jizzax viloyatida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM o‘rtasidagi farq 2017-yildagi 1,8 barobardan (12-o‘rin) 2023-yilda 1,3 barobarga (6-o‘rin) kamaydi.

🧰 Shu bilan birga, hududlarning iqtisodiy faolligini ta’minlashda ishbilarmonlik muhiti va tadbirkorlik faoliyatini yaxshilash masalalarini hal etish davr talabiga aylanib bormoqda.

🇺🇿 “O‘zbekiston-2030” strategiyasida “drayver” tarmoqlarni rivojlantirish va hududlar salohiyatidan to‘liq foydalanish, 2030-yilga borib, iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar” qatoriga kirish rejalashtirilgan. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan:

🔎 hududlarning ishlab chiqarish faolligini oshirishda – har bir hududda zamonaviy texnologik sanoat zonalarini tashkil etish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘ygan korxonalarni faol rag‘batlantirish tizimini joriy etish, aholi soni 300 ming nafardan ortiq bo‘lgan shahar va tumanlarda IT xizmatlari, ta’lim, tibbiy xizmatlar, turizm xizmatlari, mehmonxona boshqaruvi, ovqatlanish va transport xizmatlarini rivojlantirish;

🔎 hududlar jozibadorligini oshirishda – hududlarning investitsiya reytingini joriy etish, salohiyat va imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir hududning investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirish, kichik va o‘rta biznesni rag‘batlantirish, xalqaro bozorlarga olib chiqish imkoniyatlarini kengaytirish;

🔎 hududlarda tadbirkorlik faolligini oshirishda – tadbirkorlarga «tayyor biznes» shaklida bino berish mexanizmini keng joriy etish, soliq tizimini to‘liq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ilmiy-tadqiqotchilarni ishga taklif qiladi.

Batafsil

Aloqa:
☎️ +99855 520-00-17 (139)
📧 HR@imrs.uz

📲 "Telefon huquqiga" suyanmang, nomzodlar faqat meritokratiya tamoyillari asosida ko'rib chiqiladi. Yangi O'zbekistonni birgalikda quramiz!
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari gidrogel va suv tanqis bo'lgan hududlarda undan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qildi.

🧮 So‘nggi yillarda dunyo hamjamiyatini qurg‘oqchilik, suv tanqisligi, tuproq degradatsiyasi va cho‘llanish kabi muammolar tashvishga solmoqda. Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga borib, Tyan-Shan va Pomir tog‘ tizmalaridagi jami muzliklarning 30-50 foizgacha bo'lgan qismi erib ketishi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida suvga bo‘lgan talab 50 foizgacha oshishi kutilmoqda. Buning oqibatida O‘zbekistonda suv tanqisligi o‘rtacha 15-25 foizga, cho‘llanish darajasi esa 123 mln. kvadrat metrga yetishi mumkin.

💦 Suv taqchilligining ortishi uni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish zarurligini anglatadi. Germaniya, Yaponiya, Xitoy kabi mamlakatlarda o‘simliklarni parvarish qilishda turli xil noan’anaviy suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda.

🇯🇵 Misol uchun, Yaponiyada havo haroratiga qarab shaklini o‘zgartiruvchi gidrogel yaratilgan. U egiluvchan bo‘lib, suvni o‘ziga shimib olganda kengayadi va namlikni o‘simlik tomiriga beradi. So'ngra oldingi holatiga qaytadi va yana namlikni yig‘a boshlaydi. Shu bois u cho‘l-dasht hududlaridagi o‘simliklarni sug‘orishda juda qo‘l keladi.

🇨🇳 Xitoyda cho‘l hududidan o‘tuvchi 450 km magistral yo‘l bo‘yida gidrogel yordamida ihotalangan daraxtzor va yashil qoplam barpo etilgan.

📊 Gidrogel qishda yomg‘ir, qor suvlarida namlikni yoki yozda sug‘orishdagi suvni o‘ziga shimib, uzoq vaqt saqlaydi hamda o‘simliklar ildiziga nam berib turadi. U o‘z og‘irligidan 400-500 marotaba ko‘p yomg‘ir suvini, 200-400 marotaba ko‘p tuproq namligini yuta oladi.

⚖️ Bir gektar maydonga 35-50 kg gidrogel sarflanishi hisobiga taxminan 120-140 kub metr suv tejashga erishiladi. Tuvakda o‘stiriladigan o‘simliklar uchun 50-80 foiz, qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun 20-40 foiz suvni tejash imkoniyati yaratiladi. Dala sharoitidagi gidrogel o‘z xususiyatini 2-3 yil davomida yo‘qotmaydi. Eskirgan gidrogel qoldiqlari esa tuproq tarkibini buzmaydi va o‘simliklar tomonidan azotli o‘g‘it sifatida o‘zlashtiriladi.

💰 Gidrogel texnologiyasining iqtisodiy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

gidrogel texnologiyasini ommaviylashtirish natijasida sug‘orilmaydigan juda ko‘p yer resurslarini iqtisodiy faoliyatga kiritishda;
respublikamizning suv tanqis hududlari, tog‘ va tog‘oldi, lalmikor hamda dasht yerlarida, (bodom, pista, yong‘oq), Orolbo‘yi va cho‘l hududlarida (saksovul, yulg‘in va hokozo), magistral yo‘l bo‘ylarida ihota daraxtzorlar barpo etishda;
shaharsozlikni rivojlantirish, “Yashil makon”, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish va ko‘kalamzorlashtirishda (gazon, gul, manzarali daraxtlar), landshaft va dizaynda, istirohat bog‘larida;
cho‘l hududlarida chang-to‘zonning oldini oluvchi “Yashil qoplam” va ihotazorlar barpo qilish orqali ekologik holatni yaxshilashda.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
Давлатимиз раҳбари туман ва шаҳарларнинг мастер режаларини ишлаб чиқишга оид тақдимот билан танишди.

Глава нашего государства ознакомился с презентацией по разработке мастер-планов районов и городов.

#Mirziyoyev #taqdimot #hududlar #masterreja

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda MHTI mutaxassislarining Jahon banki, YETTB, OTB, BMT TD, KfW, JICA, USAID, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi, FAR kabi xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

✏️ Uchrashuvda mamlakatimizda mikro, kichik va o‘rta biznesni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq masala muhokama qilindi. Xalqaro moliyaviy institutlarning vakillari strategiya yo’nalishlari va komponentlari bo‘yicha fikr bildirishdi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Inson shonli tarix, ulug‘ g‘oya va ulkan maqsadlardan kuch va ilhom oladi. Shu jihatdan O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari biz uchun iftixor va g‘urur manbaidir. Ulardan biri - Davlat gerbi ham biz uchun muqaddas bo‘lgan timsollardan biri. Unda jonajon diyorimizning maftunkorligi, xalqimizning mehnatsevarligi va erksevarligi aks etgan bo‘lib, shu zaminda yashayotgan har bir fuqaro uchun daxldorlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Unga alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lish har birimiz uchun ezgu qadriyatdir.
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari kitob va mobil telefon o‘zbekistonlik 15 yoshli maktab o'quvchilarining akademik natijalariga qanday ta'sir qilishini ekonometrik tadqiqot asosida o'rgandi.

O'tkazilgan bir qancha xalqaro test natijalari o‘zbekistonlik o‘quvchilarning bilim darajasi nisbatan past ekanligini ko'rsatgandi.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan xalqaro PIRLS 2011 (Progress in International Reading Literacy Study - turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajasi sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimi) testida mahalliy o‘quvchilar dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich (500) dan past natija (437) olgan. 2022-yilda O‘zbekiston maktablari 15 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur – PISA testida ilk marta ishtirok etgandi. Sinov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik o'quvchilar 81 ta mamlakat vakillari orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi yo‘nalishlarida eng oxiridan bitta oldingi o‘rinni (80-o‘rin) egalladi.

📌 O'quv resurslarining mavjudligi: PISA 2022 so‘rovnoma tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 yoshli o‘quvchilarning 90 foizdan ortig'ining xonadonida kitob bor, biroq mobil telefoni bor o‘quvchilar ulushi bo'yicha hududlar o'rtasidagi farq katta (qishloq joylarda 61 foiz, katta shaharlarda 88,4 foiz).

📚 Tadqiqotda Moyillikni moslashtirish (Propensity-Score Matching), Eng yaqin qo‘shni bo‘yicha moslashtirish (Nearest-neighbor matching), Regressiyani tuzatib moslashtirish (Regression Adjustment) va Kengaytirilgan teskari ehtimollikni moslashtirish (Augmented inverse-probability weighting) usullaridan foydalanildi. Natijalar uyda kitoblarning borligi 15 yoshli o‘quvchilarning akademik yutuqlarini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishini ko'rsatdi:

ballar matematika bo'yicha 21,07 dan 29,41 gacha;

o‘qish bo'yicha 23,63 dan 33,67 gacha;

tabiiy fanlar bo'yicha 17,68 dan 29,81 gacha oshgan.

📱 Shu bilan birga, mobil telefon egasi bo‘lish ham yuqoriroq ball olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, lekin kitobning ta'siriga qaraganda ancha pastroq, ya’ni:

ballar matematika bo'yicha 5,344 dan 10,46 gacha;

o‘qish bo'yicha 4,837 dan 9,516 gacha;

tabiiy fanlar bo'yicha 3,438 dan 10,14 gacha oshadi.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn