IMRS Research
2.31K subscribers
2.09K photos
904 videos
3 files
3.4K links
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: press@imrs.uz

Sayt: https://imrs.uz/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Qo’ng’iroq huquqini birgalikda yengamiz!

📊 “Qo’ng’iroq huquqi” yoki uning nepotizm ko'rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to'sqinlik qilib, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir etadi. Marcello Perez-Alvarez и Holger Strulik (2020) o‘z tadqiqotida mehnat bozorida “Qo’ng’iroq huquqi” ga duch kelgan tashkilotlar inson kapitaliga sarmoya kiritishda zaif iqtisodiy motivatsiyaga ega ekanligini aniqladilar.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning iyul oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o'zgarishini ko'rib chiqdi.

🟢 Monitoring natijalari 12 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*. Narxlarning eng yuqori pasayishi pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarida qayd etildi.

🟡 9 nomdagi mahsulotning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, bug‘doy uni, shakar va boshqalar.

🔴 Tahlil qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari minimal narxining oshishi qayd etilmagan.

*tahlil 13-iyun va 11-iyul kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) в июле 2024 года провели очередной мониторинг цен на продовольственную продукцию по 21 позиции в крупнейших сетях супермаркетов г. Ташкента.

🟢 Результаты мониторинга показали, что по 12 позициям минимальные цены снизились в сравнении с предыдущим месяцем*. Наибольшее снижение цен отмечено на помидор (снижение на 64,3%), банан (-31,9%) и огурец (-31,1%).

🟡 По 9 позициям минимальные цены остались без изменений. Среди них рис, пшеничная мука, сахар и др.

🔴 Роста минимальных цен по анализируемым позициям не зафиксировано.

*анализ выполнен по данным мониторинга, проведенного 13 июня и 11 июля.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 IYUN oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini
quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2024-yilning 19-aprelidan "O'zbek tilida ekonometrika" nomli offlayn kurs yo'lga qo'yildi.

🌐 Ushbu kursning 2-darsidan boshlab videolavhalarni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.

🗂 Darslar:
1-dars. Ma'lumot turlari (6 ta video).
2-dars. Matematik statistika (9 ta video)
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) Tog‘-konchilik va energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihasi rahbari lavozimiga Bikeyeva Elvira Ravkatovna tayinlandi.

Bikeyeva Elvira Ravkatovna 1964-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

🎓 E. Bikeyeva 1987-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) sanoatni rejalashtirish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1999-yilda Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2010-yilda katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan.

💼 E. Bikeyeva ilk ish faoliyatini 1981-yili O‘zbekiston davlat rejalashtirish qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti laboranti vazifasida boshlagan va bugungi kunga qadar aynan iqtisodiy ilmiy-tadqiqot sohasida ilmiy xodim, sektor mudiri, guruh rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

🔎 E.Bikeyeva institutdagi mehnat faoliyati davomida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar va tahliliy axborotnomalarni mas’uliyat bilan tayyorlagan va ularning natijalari quyidagi materiallarda e’lon qilingan:
2016-2022- yillarda kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarining asosiy turlarini ishlab chiqarish dinamikasi;
2017-2023- yillarda O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar haqida;
2017-2023-yillarda O‘zbekistonda asosiy turdagi kimyo va gaz-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish;
2022-yilda sanoatning asosiy tarmoqlari faoliyatida qayd etilgan natijalar (Markaziy Osiyo mintaqasining ayrim mamlakatlarida qayd etilgan natijalar bilan taqqoslagan holda);
2023-yilning 9 oyi davomida sanoat ishlab chiqarishida erishilgan asosiy o‘sish omillarini tahlili;
Инновации в энергетике: мировые тенденсии и долгосрочные ориентиры;
Направления глобальныx теxнологическиx изменений и мировые тенденции внедрения ресурсосберегающиx теxнологий;
Перспективы создания общего энергетического рынка в странаx ЕАЭС;
Меxанизм углеродного регулирования: оценки влияния на экспортёров и задачи для Узбекистана.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудлар ва тармоқларда иқтисодий ўсиш суръатларини таъминлаш бўйича биринчи ярим йиллик таҳлили ҳамда йил якунига қадар устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание, посвященное анализу обеспечения темпов экономического роста в регионах и отраслях в первом полугодии, а также обсуждению приоритетных задач до конца года.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #vazifalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“O‘zbekiston Respublikasida kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

🟥 Маkroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (МHTI) ekspertlari tomonidan kreativ iqtisodiyot kontekstida hududiy brending ahamiyati o‘rganildi.

❇️Hududlar brendingida ijodkorlik muhim o'rin kasb etadi, sababi mavjud salohiyat rivojlantirish va targ'ibotga muhtoj.

🔹Mintaqaning mashhurligini oshirishga yordam bergan muvaffaqiyatli marketing kampaniyalariga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
✔️Rashmor tog'i - Janubiy Dakotadagi (AQSh) eng diqqatga sazovor manzillardan bo'lib, granit tog'ning bir tomonida to'rt AQSh prezidenti qiyofasi aks ettirilgan. Yodgorlik yiliga ikki milliondan ortiq sayohatchilarni jalb qiladi.
✔️ONLYLION kampaniyasi doirasida Lion (Fransiya) shahrining ramzi qilib sher ko'rsatilib, dron vositasida shaharning yuqoridan olingan videosi Yevropaning aeroportlari va turli ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilgan.
✔️Shimoliy Irlandiyada mashhur "Taxtlar o'yini" filmida suratga tushgan va bo'ron natijasida qulagan daraxtlardan o'nlab naqshdor eshiklar yasalib mamlakat bo'ylab o'rnatilgan va "Eshiklar sayohati" deb nomlangan yangi sayyohlik yo'nalishi yaratilgan.

🔸O‘zbekistonning qator hududlari ham dunyoda o‘ziga xos imidjga ega.
✔️Namangan dunyoda “gullar shahri” sifatida o‘zini namoyon qilgan va unda har yili gul festivallari o'tkaziladi.
✔️Rishton Farg‘ona viloyatining mohir kulol ustalari bilan mashhur bo‘lgan qadimiy shahar bo‘lib, jahon miqyosida noyob kulolchilik markazi sifatida e’tirof etilgan.
✔️Konigil qishlog'i (Samarqand) o‘zining – sirti silliq, mustahkam va siyohni oz singdiruvchi noyob ipak qog‘oz turi bilan tanilgan.

🔰Shunga qaramay mintaqalarning ulkan sayyohlik salohiyati amalga oshmay qolmoqda.

Ko'pchilik Qizilqum cho'lida o'z davrining ozuqa zanjirida eng yuqori mavqega ega bo'lgan "Dinozavrlar qiroli" qoldiqlari topilganidan bexabar. Ular hattoki mashhur tiranozavrlardan ham yirikroq bo'lgan. Mazkur turning nomida "Ulughbegsaurus uzbekistanensis" mavjudligi dinozavrlarning mintaqamizga aloqadorligini aks ettiradi va ulardan marketing kampaniyasi sifatida foydalanishga imkon yaratadi. Ya'ni, Ulughbegsaurus aks etgan hudud logotipini ishlab chiqish, dinozavrlar mavzusidagi ko'ngilochar muassasalar (parklar, muzeylar va boshqalar)ni yaratish lozim. Shu bilan birgalikda, zamonaviy texnologik imkoniyatlardan foydalangan holda dinozavrlar shaklida dronlar shousini va rangli gologrammalar ko'rinishidagi vizual ko'rgazmalarni tashkil qilish mumkin.

Uchqizil suv omboridagi kabi Surxondaryoning go'zal tog' manzaralari mamlakatimizga tashrif buyuruvchilarning e'tiboridan chetda qolmoqda. Bunda "Yodel Ay Hee Hoo" kampaniyasi strategiyani qo'llash orqali Samarqand va Toshkent aeroportlaridagi infokiosk yonidan o'tayotgan chet ellik sayyohlarni Surxondaryoning qishloqlariga chaqirish mumkin. Ya'ni, qishloqdan turgan mahalliy aholi vakili kishilar bilan onlayn suhbatga kirishadi va real vaqt rejimida hudud manzarasini ko'rsatib ularni jalb qiladi. Bu usulni Surxandaryo qishloqlarida etnografik turizmni rivojlantirish yo'lida, sayyohlarni xonadonlarga mehmonga taklif qilish orqali madaniyat bilan tanishtirish uchun qo'llash mumkin.

Buxoro o'ziga hos me'moriy merosi tufayli o'zini "Yuz gumbazli shahar" sifatida tanitishi mumkin. Buxoroning eng diqqatga sazovor gumbazli inshootlari orasida Chor Minor madrasasi, Poi Kalon majmuasi, Mir Arab madrasasi va boshqalarni keltirish mumkin. Yaratilgan imidjni maqsadli auditoriyaga ijodiy usul bilan yetkazilish uchun "Islandiyadan ilhomlangan" kampaniyasi modelini qo'llash mumkin. Buxoro misolida aytilsa, shaharning Islom dunyosidagi yuqori ahamiyatini namoyish etuvchi bir qator videolarni suratga olish va samarali kanallar orqali uzatish orqali shaharga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish hamda mazkur manzilni har bir musulmon hayotida kamida bir marta qilishi kerak bo'lgan ziyoratga aylantirish mumkin.

👉 Batafsil

🌐| Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) direktori i.f.d. Umid Obidxo'jayev "O'zbekiston 24" telekanalining "Studiya 24" dasturi orqali qilgan chiqishi chog'ida birinchi yarim yillikdagi iqtisodiy natijalar va yil yakunigacha mo‘ljallangan ustuvor vazifalar haqida to'xtaldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) da Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish masalalari bo'yicha tuzilmasi (UN Women) bilan hamkorlikda mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan "Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish strategiyasi", xususan, tadbirkor ayollarning nuqtayi nazari va ular duch kelayotgan muammolarga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Директор Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ), д.э.н. Умид Абидхаджаев во время выступления в программе "Тахлилнома" на телеканале "O'zbekiston 24" рассказал об экономических итогах первого полугодия и приоритетных задачах до конца года.