IMRS Research
2.3K subscribers
2.1K photos
921 videos
3 files
3.42K links
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: press@imrs.uz

Sayt: https://imrs.uz/
Download Telegram
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Xo'jalik ishlari bo'limi boshlig'i lavozimiga tanlov e'lon qiladi.

Vazifalar:
Institut faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddiy resurslar va texnik vositalar bilan bilan taʻminlash, xo‘jalik shartnomalarini tuzish;
xizmat ko‘rsatuvchi va taʻminotchi korxonalar bilan xo‘jalik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘rish,
omborlar ish faoliyatini tashkil etish, omborlarga qabul qilingan moddiy tovar boyliklarini saqlash choralarini ko‘rish, ularni qayd qilish va hisobotlarni olib borish, ushbu mollar bilan institut bo‘linmalarini taʻminlash;
avtotransport vositalarining tegishli ravishda foydalanilishi, yoritish, isitish, sovutish, shamollatish va boshqa tizimlarning ishga yaroqliligini taʻminlash;
Institutning asosiy vositalarining (binolar, suv taʻminoti, isitish, sovitish, shamollatish va boshqa tizimlar) joriy va kapital taʻmirlash rejalarini ishlab chiqish va xo‘jalik xarajatlari smetasini tuzishni tashkillashtish;
moddiy boyliklar hamda institut xizmat xonalaridagi jihozlarni har yili inventarizаsiyadan o‘tkazish
Institut hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish;
yong‘inga qarshi tadbirlar bajarilishi va yong‘in o‘chirish vositalarining ishga yaroqli holatda bo‘lishini taʻminlash.

Talablar:
🔰 Xo'jalik ishlaridagi хizmat vazifalari bo‘yicha, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo'lishi;
🔰 Ish jarayonlarini to'liq raqamlashtirishga moyillik, shaffoflik va burchga sadoqat;
🔰 Daxldorlik hissi, toza niyat, jamoada sog'lom muhitni ta'minlash sifatlariga ega bo'lishi.

Tashkilot taklif qiladi:
• Oylik maoshi
• Qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish (choraklik qo‘shimcha maoshlar)
• Do‘stona jamoa
• Eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan shinam ofis

• Martabaviy o'sish imkoniyatlari

Talabgorlardan o‘zlari va mehnat faoliyati bo‘yicha barcha ma’lumotlar aks ettirilgan rezyumeni HR@imrs.uz manziliga elektron yuborilishi so’raladi.

📞 Aloqa uchun: (71) 244-02-93; 244-02 -15
📍Manzil: Toshkent sh. Xadra maydoni, 33A-uy.
🗓 Aprel oyiga belgilangan maqsadlar

📘 «O‘zbekiston — 2030» strategiyasidan kelib chiqib 2024-«yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi.

Shu bilan birga Strategiyani 2024-yilda amalga oshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlanishi nazarda tutilgan.

🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan ushbu davlat dasturining aprel oyiga belgilangan maqsadlari o'rganildi.

📝 Bunda 4ta yo'nalishga bo'lingan umumiy maqsadlar soni - 25, vazifa va chora tadbirlar soni - 37tani tashkil etgan.

👨‍💻 1-Yo'nalish.
📈
2-Yo'nalish.
🚰 3-Yo'nalish -
aprelda maqsadlar va vazifalar belgilanmagan
📗
4-Yo'nalish.
❇️
5-Yo'nalish.
🟥Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda sement sanoatining rivojlanish dinamikasi o‘rganildi.

2017-yilda mamlakatimizning 5 ta hududida joylashgan 12 ta korxonada 8,9 million tonna sement ishlab chiqarilgandi. Sementga talabning yuqoriligi, bozorni rivojlantirishning katta salohiyati va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan davlat siyosati sohaga yangi investorlar e’tiborini tortdi.

📈2017-2023 yillarda turli hududlarda energiya tejovchi “quruq” texnologiyalar asosida 25 ta yangi sement ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi va ularning umumiy quvvati 26,6 million tonnaga yetdi.

📊2023-yilda O‘zbekistonda 15,5 million tonna sement ishlab chiqarildi va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sement miqdori 431 kg ga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda dunyo miqyosida 510 kilogrammni, Xitoyda 1490 kilogrammni, Saudiya Arabistonida 1460 kilogrammni, Vyetnamda 1220 kilogrammni, Turkiyada 980 kilogrammni, Rossiyada 420 kilogrammni, AQShda 280 kilogrammni tashkil qilgan.

🔖2023-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagiga nisbatan 74,1 foizga, aholi jon boshiga ishlab chiqarish esa 55,6 foizga oshdi. Bu esa bozordagi talab va ehtiyojlar to‘liq ta’minlanmaganligini ko‘rsatmoqda.

📑"O‘zbekiston - 2030" strategiyasida 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobarga ko‘paytirish, shu jumladan mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish, texnologik va infratuzilma investitsiyalarini amalga oshirish belgilangan.

📌Ushbu vazifalarni bajarish uchun sement sanoatida quyidagilarni ta’minlash ko‘zda tutilgan:
🔹mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
🔹 “yashil”, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish;
🔹ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan maxsus sement turlarini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish;
🔹xarajatlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Xo'jalik ishlari bo'limi boshlig'i lavozimiga tanlov e'lon qiladi.

Batafsil
🟥 Samaradorlik zaxiralari haqida o’ylagan tashkilotlar, faoliyati va maqsadlaridan qat’i nazar, konstruktiv teskari aloqaga va xolis nazarga ehtiyoj sezadi.

📝 Bu o’rinda taniqli ekspertlarning mustaqil sharhlari tashkilot uchun ish amaliyotini baholash va takomillashtirishda juda foydali imkoniyat yaratadi.

💬 Ushbu xolis va professional sharhlar har qanday tashkilotga xos bo‘lgan nazardan chetda qolgan jihatlarni ochib berishi va ko'zlangan maqsadga erishishni ta’minlashi mumkin.

📈 Aniqlangan masalalar va solishtirilgan ilg‘or yondashuvlar orqali tashkilotlar o‘z faoliyatini yanada takomillashtirishi mumkin.

🏛 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan “Аngliya bankida pul-kredit siyosati qarorlari va kommunikatsiya uchun prognoz: ko‘rib chiqish” sharhi o‘rganildi.

🏦 Ushbu mustaqil baholash jarayonini o‘tkazish uchun amerikalik iqtisodchi, 2006-2014 yillarda Federal zaxira tizimining 14-raisi bo‘lib ishlagan Ben Bernanke taklif qilingan.

Baholash jarayonida Аngliya bankining yuqori lavozimli xodimlari, moliyaviy bozor ishtirokchilari, jurnalistlar, iqtisodchi olimlardan iborat individual va kichik guruhlarda 60 ga yaqin intervyu olingan.

Shuningdek, Bankning prognozlash jarayonlari shu darajadagi boshqa 6 markaziy banklar: АQSh Federal zaxira tizimi, Yevropa Markaziy banki, Yangi Zelandiya zaxira banki, Kanada banki, Norges Bank (Norvegiya) va Sveriges Riksbank (Shvetsiya) bilan taqqoslangan.

📌 Ushbu sharhda quyidagi asosiy masalalar o‘rganilgan:

✔️ Bankning amaldagi prognozlash yondashuvi, jumladan prognozlash infratuzilmasi (maʼlumotlar bazasi, dasturiy taʼminot va modellar);
✔️ choraklik prognozni ishlab chiqish jarayonida xodimlar va Pul-kredit siyosati qo‘mitasi (MPC) o‘rtasidagi o‘zaro munosabat;
✔️ yuqori noaniqlik (COVID-19, neft, gaz va boshqa xomashyo narxlarining, ayniqsa dunyodagi geosiyosiy vaziyat sharoitida oshishi, global taʼminot zanjirlaridagi uzilishlar) va tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolar;
✔️ MPCning qaror qabul qilishda prognozdan foydalanishi va jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari hamda moliya bozori ishtirokchilari bilan aloqalarda prognozning tutgan o‘rni.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalarini tahlil qildi.

📈 2017-2023 yillarda davlat byudjetidan sog‘liqni saqlash tizimi uchun ajratilayotgan mablag‘lar qariyb 3,9 barobar oshdi. Agar xarajatlar 2017-yilda 7330 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 28 426 milliard so‘mga yetdi, davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 22 foizni tashkil qildi.

🏥 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan davlat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2017-yildagiga nisbatan 1,9 barobar oshdi va 11031 taga yetdi.

✔️ Faoliyat yuritayotgan davlat ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni 2696 tani tashkil etadi. Ular bir smenada 354738 qatnov quvvatiga ega. Har 10 000 kishiga 98,5 qatnov to‘g‘ri keladi.

✔️ Davlat tasarrufidagi shifoxonalar soni 573 taga yetdi. Ularda 124101 ta o‘rin mavjud. Har 10 000 kishiga 33,7 qatnov to‘g‘ri keladi. Bir bemor o‘rtacha 6,3 kun ichida davolanib chiqadi.

👨‍⚕️Sohaning mutaxassislar bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanib bormoqda. Bugun har 10 000 kishiga 22,3 nafar shifokor va 99,4 nafar o‘rta tibbiyot xodimi to‘g‘ri keladi.

🩺 O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2017-yildagi 73,7 yoshdan 2022-yilda 74,7 yoshga ko‘tarildi. 2017-2023 yillar oralig‘ida o‘limning umumiy koeffitsiyenti 5,0 promilledan 4,7 promillega, yuqumli va parazitar kasalliklar tufayli o‘lim darajasi 1,7 foizdan 1,3 foizga, ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari tufayli o‘lim darajasi 5,7 foizdan 4,1 foizga, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshdagilar o‘limi 27,6 foizdan 24,6 foizgacha kamaydi.

⚕️O‘zbekistonda tibbiyot turizmining rivojlanishi sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning sezilarli natijasi bo‘ldi. Agar 2017-yilda O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan sayyohlar soni 28,7 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 63,3 ming nafarga yetdi.

📝Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish doirasida mamlakatimizda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi. Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urta tizimi joriy etildi.

🗒 Aholi salomatligini ta'minlash maqsadida "O'zbekiston - 2030" strategiyasida bir qator chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan:
tibbiy sug‘urta tizimi bilan aholini 100 foiz qamrab olish;
2023–2025 yillarda “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish;
sanatoriylarga yo‘llanma olish;
navbatni kuzatish va bo‘sh o‘rinlarni ko‘rish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish;
onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron ro‘yxatini yuritish uchun mo‘ljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish;
ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish rejalashtirilgan.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning mart oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

🏠Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024-yil mart oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida fevral oyiga nisbatan o‘rtacha 0.61%ga, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa o’rtacha 0.76%ga tushish kuzatildi.

📉O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi. 2024-yil mart oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o’tgan fevral oyiga nisbatan o'rtacha 0.6% ga pasayib, $391 ni tashkil etgan bo’lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 1.2% ga arzonlab, o’rtacha $436 gacha tushdi. Shuningdek, o’rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari mos ravishda 0.2% va 0.4% ga pasayib, o’rtacha narxlar $513 va $591 ni tashkil etdi.

❗️O'rtacha ta'mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $354, 2 xonali - $386 ,3 xonali - $435, 4 xonali - $441), Olmazor (1 xonali - $359, 2 xonali - $414, 3 xonali - $454, 4 xonali - $489) tumanlarida taklif etilgan bo'lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $463, 2 xonali - $518, 3 xonali - $620, 4 xonali - $819) va Shayhontohur (1 xonali - $437, 2 xonali - $456, 3 xonali - $537, 4 xonali - $624) tumanlarida kuzatildi.

🏡 To’liq ta’mirlangan uylar ijara narxlari. Mart oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $472 ni tashkil etib, o’tgan fevral oyiga nisbatan 0.8%ga tushgan bo’lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko’rsatkichlar mos ravishda $644 va 1.1% ni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o’rtacha ijara narxlarida ($788) ham biroz (0,3%) tushish kuzatildi. Shuningdek, to’liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o'rtacha ijara narxlari ham 0.9% tushib, $909 gacha pasaygan.

❗️
To'liq ta'mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $394, 2 xonali - $449, 3 xonali - $556, 4 xonali - $646) va Uchtepa (1 xonali - $396, 2 xonali - $496, 3 xonali - $622, 4 xonali - $646) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali - $567, 2 xonali - $844, 3 xonali - $1024, 4 xonali - $1097) va Shayxontohur (1 xonali - 556$, 2 xonali - $845, 3 xonali - $1050, 4 xonali - $1024) tumanlarida kuzatildi.

📎 Ijara narxlari to'g'risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to’plandi. Bunda 2024 yil fevral oyi uchun 51.5 ming va mart oyi chun 52.2 mingta ma'lumotlardan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastgi 5% lik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriligan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda tomorqa yerlariga sifatli autsorsing xizmati ko‘rsatish qanday darajada?

🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari Buxoro, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridagi 239 nafar tomorqa egasi ishtirokidagi so‘rovnoma orqali yerlarga autsorsing xizmat ko‘rsatish darajasini tahlil qildi.

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy


"Bir kuni Xoja Muzaffar Navqonda aytardi:
- Bir kosa to‘la tariqdan bir donasi Shayx Abusaid Abulxayrdir, qolgan barchasi men.

Shayx Abusaidning bir muridi ham bu majlisda hozir edi. Bu so‘zdan achchig‘i kelib, turib shayxning huzuriga bordi va bo‘lib o‘tgan so‘zni aytdi.

Shayx dedi:
- O‘sha bir dona ham ulardirlar. Biz hech nima emasmiz."

«Nasoyim ul-Muhabbat»
Alisher Navoiy
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023 yillarda O’zbekiston hududlari bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotning o’sishini tahlil qildi.

📊 2017-2023 yillarda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 137,3 foizga (1,4 barobar) oshib, 2023-yilda 1066,6 trln. so'mni tashkil etdi. Mamlakatimizning 8 ta hududi, jumladan Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Andijon, Farg'ona, Navoiy, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida mahalliy tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hisobiga yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) jadal o’sishi (139-170 foiz) ta'minlandi.

📈 Pandemiyadan keyingi davrda Аndijon, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida qisqa muddatda iqtisodiy rivojlanishda barqarorlik ta’minlandi (2020-yilda o’rtacha 102 foizdan, 2022-2023 yillarda – o’rtacha 105-106 foizgacha).

⤴️ 2017-2023 yillarda hududlarda YaHMning o‘sishiga quyidagi tarmoqlar sezilarli hissa qo’shdi:
🔎 Аndijon, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida YaHM o’sishini ta‘minlashda sanoat sektori (hududda YaHMning o‘rtacha yillik o‘sishida 1,6-3,7 foiz) sezilarli ahamiyatga ega bo’ldi;
🔎 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida YaHM o’sishini ta’minlashda xizmat ko‘rsatish sohasi (YaHMning o‘rtacha yillik o‘sishida 1,8-4,9 foiz) yetakchi tarmoq sifatida qayd etildi.

✒️ YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hajmi 2023-yilda 29,3 mln. so‘mni tashkil etib, iqtisodiy rivojlangan hududlarning mavqei mustahkamlandi. Bu Navoiy (2017-yildagi 2,0 barobardan 2023-yilda 2,6 barobarga), Toshkent (1,0 barobardan 1,2 barobarga) viloyatlari va Toshkent shahri (1,6 barobardan 2,1 barobarga) va respublika koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farq oshganligida namoyon bo’ldi.

2017-2023 yillarda mamlakatning iqtisodiy rivojlangan hududlarini hisobga olmagan holda 6 ta hududda (Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari) YaHMning aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ulushi oʼrtacha respublika ko’rsatkichiga (Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlari bundan mustasno) yaqinlashgani qayd etildi.

🇺🇿 "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida «drayver» sohalarni rivojlantirish va hududlar salohiyatidan to‘liq foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish rejalashtirilgan. Bunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish borasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
tuman va shaharlarning master rejalarini aholi va tadbirkorlar fikrini inobatga olgan holda ishlab chiqish;
hududning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy va demografik rivojlanishini inobatga olgan holda joylarda qulay muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni yaratish;
aholi farovonligini ta‘minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi «tayanch ko‘prik»ka aylantirish va boshqalar.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Britaniya O'zbekistonda yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor

Oksfordda O'zbekiston va Britaniya hamkorligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Batafsil
Батафсил

Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
🟥 Aloqa:
☎️ +99855 520-00-17 (139)
📧 HR@imrs.uz

Batafsil
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari uchun joriy yilning 28-mart kunlari o‘tkazilgan tanlovda nomzod sifatida ishtirok etgan Adashaliyeva Ibodatxon Xusanboy qizi test sinovi (63 ball) va Tanlov komissiyasi a’zolari suhbatidan (31 ball - maksimal ballning 88 foizi) muvaffaqiyatli o‘tib Bozor konyunkturasi va eksportni rag‘batlantirish loyihasiga yetakchi mutaxassis lavozimiga ishga qabul qilindi.

💠 Adashaliyeva Ibodatxon 1995-yil Namangan viloyati, Namangan tumanida tug‘ilgan.

🎓 2017-yilda Toshkent Xalqaro Vestminster universitetini tamomlab bakalavr darajasini va 2023-yilda magistr darajasini olgan.

📚 Uning “Mahalliy mahsulotlarga bo’lgan talab darajasini o’zgarishi: Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotiga (OECD) a’zo mamlakatlar misolida” (“The Change in the level of home bias over time: OECD countries”) mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi Iqtisod va moliya fakulteti talabalari tomonidan himoya qilingan malakaviy ishlar o‘rtasida eng yaxshi bitiruv malakaviy ish deb baholangan.

🌐 I.Adashaliyeva ingliz tilidan 7.5 ball darajadagi IELTS xalqaro sertifikatiga ega.

💻 U iqtisodiy tahlilda ishlatiladigan Stata va R statistik dasturiy ta’minotlarida yaxshi ishlaydi.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish bo'yicha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribasini o‘rgandi.

🇪🇺 Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tijorat banklari tomonidan anʼanaviy kreditlashdan tashqari bir qancha muqobil moliyalashtirish manbalari ham mavjud.

🏦 Kooperativ banklar ko‘pincha qishloq aholisiga yaqinroq bo‘lib, nisbatan yaxshiroq shartlarni taqdim etadi (past foiz stavkalari, garovga qo‘yiladigan talablarni kamaytirish).

🇸🇮 Shunday qilib, Sloveniyada dastlab kooperativ banklarning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan Sloveniya Yer banki (Deželna Banka Slovenije) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatiga ixtisoslashgan eng yirik moliya instituti hisoblanadi.

💠 Kredit uyushmalari fermerlarga tijorat banklari ma'qullashdan unchalik manfaatdor bo'lmagan kichik kreditlar beradi. Uyushmalari moslashuvchanlik va mijozlarga individual yondashuv bilan ajralib turadi.

🇷🇴 Ruminiyada kredit uyushmalari kichik fermerlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jami 3 millionga yaqin aʼzo boʻlgan 3 mingga yaqin kredit uyushmalari mavjud.

🔰 Ruminiya va Bolgariyada mikrokredit tashkilotlari kichikroq fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatadi. Ular mikrokreditlar qisqa muddatga beradi (aylanma mablag‘lar, investitsiyalar). Shu bilan birga, ular qishloq joylarda keng filiallar tarmog‘iga ega bo‘lib, kreditlashning soddalashtirilgan tartiblariga ega.

📋 Ipoteka assotsiatsiyalari va pensiya jamg‘armalari ham qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Bunga Shvetsiya va Daniya misol bo'la oladi.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) изучили опыт стран ЕС в области доступа сельского хозяйства к финансированию.

🇪🇺 В странах ЕС помимо традиционного кредитования коммерческими банками существует ряд альтернативных источников финансирования.

🏦 Кооперативные банки часто ближе к сельскому сообществу и предоставляют более выгодные условия (низкие процентные ставки, сниженные требования к залогу).

🇸🇮 Так, Земельный банк Словении (Deželna Banka Slovenije), первоначально возникший в результате развития кооперативных банков, является крупнейшим финансовым учреждением, специализирующимся на сельском хозяйстве и пищевой промышленности.

💠 Кредитные союзы предоставляют фермерам кредиты на малые суммы, в одобрении которых коммерческие банки менее заинтересованы. Союзы отличаются гибкостью и индивидуальным подходом к клиентам.

🇷🇴 В Румынии для мелких фермерских хозяйств кредитные союзы имеют решающее значение. Существует около 3 тысяч кредитных союзов, насчитывающих в общей сложности около 3 миллионов членов.

🔰 Микрокредитные организации обслуживают небольшие фермерские хозяйства, например, в Румынии и Болгарии. Они предоставляют микрозаймы на короткие сроки (оборотные средства, инвестиции). При этом имеют широкую сеть отделений в сельской местности и упрощенные процедуры кредитования.

📋 Ипотечные ассоциации и пенсионные фонды также играют важную роль в финансировании сельскохозяйственного сектора, например, в Швеции и Дании.

👉 Подробнее

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn