IMRS Research
2.29K subscribers
2.03K photos
879 videos
3 files
3.36K links
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: press@imrs.uz

Sayt: https://imrs.uz/
Download Telegram
Birodar, yashayber, yig'lab va kulib,
Chayir bilagingda oqar quvvating.
Qayta turolmasang bir kun yiqilib,
Achinma, boshqaga qolar niyating.

Boraver g'ovlarga achchiqma-achchiq,
Tilka-pora bo'lsin, o'rtansin yurak.
Birodar, dunyoda, gapirsam ochiq-
Faqat yaxshi niyat yashashi kerak...
~ Shavkat Rahmon

🟥 Mart oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari O‘zbekistonda tomorqa yerlariga sifatli autsorsing xizmati ko‘rsatish darajasini tahlil qildi.

🍀 Tomorqa autsorsingi - bu tomorqadan foydalanishda ishlab chiqarishning bir qismini boshqa ixtisoslashgan tashkilotga berish orqali sifatga erishish bo‘lib, bunday tizim rivojlangan mamlakatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

🔶 Germaniyada qariyb 500 mingta kichik tomorqa (Kleingarten) mavjud bo‘lib, ularga ko‘rsatiladigan autsorsing xizmati hajmi 15 milliard yevroni tashkil qiladi. Autsorsing xizmati an’anaviy bog‘lar va sabzavotchilik yo‘nalishida ommalashib bormoqda.

National Allotment Society London Branch – Angliyadagi yirik tomorqa xo‘jaliklari uyushmasining filiali, asosan tabiiy xilma-xillikni asrashga xizmat qiladi. Ushbu uyushma Londondagi 740 dan ortiq kichik yer egalari hamda 40 mingta alohida tomorqaga xizmat ko‘rsatadi.

📊 O‘zbekistonda 4,9 millionta tomorqa xo‘jaligida 741,2 ming gektar yer resursi mavjud bo‘lib, buning 402,1 ming gektari bevosita hovlida joylashgan. Bu tomorqa yerlarida yalpi dehqonchilik mahsulotlarining 37,9 foizi, yalpi chorvachilik mahsulotlarining 88,4 foizi yetishtiriladi. Tomorqa xo‘jaliklarining 766,8 mingtasi (15,4 foiz) shaharlarda joylashgan bo‘lib, ularning tasarrufida 48 ming gektar (6,5 foiz) yer resursi bor.

🟥 MHTI ekspertlari aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish uchun qay darajada ko‘mak va maslahat shaklidagi xizmatlar ko‘rsatilayotganini o‘rganish maqsadida so'rov o‘tkazdi va unda Buxoro, Jizzax, Sirdaryo viloyatlaridagi 239 nafar tomorqa egasi ishtirok etdi.

❇️ So‘rov natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1️⃣ Tomorqadan qancha daromad olasiz, degan savolga respondentlarning 33,4 foizi 3-4 mln. so‘mgacha, 16,4 foizi 5-7 mln. so‘mgacha, 16,5 foizi 8-10 mln. so‘mgacha, 24,1 foizi 15-25 mln. so‘mgacha, deb javob bergan.

2️⃣ Tomorqa xizmatini ko‘rsatish (yer haydash, ekin ekish, mevali daraxt ekish, chorva boqish) uchun pul to‘lay olasizmi, degan savolga repondentlarning 63,2 foizi ha, 27,1 foizi yo‘q, 9,7 foizi tomorqadan sherikchilik asosida hosil olmoqchiman, deb javob bergan.

3️⃣ Tomorqa xizmatini ko‘rsatish uchun qancha pul to‘lay olasiz, degan savolga respondentlarning 48,1 foizi 200 ming so‘mgacha, 11,8 foizi 300 ming so‘mgacha, 6,8 foizi 500 ming so‘mgacha, 13,9 foizi 1 mln. so‘mgacha, deb javob bergan. So‘rovda qatnashganlarning 11,3 foizi olingan hosilning bir qismini berish orqali autsorsing xizmatidan foydalanishi mumkinligini bildirgan.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | X | Instagram | LinkedIn
🗓 Aprel oyiga belgilangan maqsadlar

📘 «O‘zbekiston — 2030» strategiyasidan kelib chiqib 2024-«yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi ishlab chiqildi.

Shu bilan birga Strategiyani 2024-yilda amalga oshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan barcha tadbirlarning borishi va natijalari to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini ta’minlanishi nazarda tutilgan.

🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan ushbu davlat dasturining aprel oyiga belgilangan maqsadlari o'rganildi.

📝 Bunda 4ta yo'nalishga bo'lingan umumiy maqsadlar soni - 25, vazifa va chora tadbirlar soni - 37tani tashkil etgan.

👨‍💻 1-Yo'nalish.
📈
2-Yo'nalish.
🚰 3-Yo'nalish -
aprelda maqsadlar va vazifalar belgilanmagan
📗
4-Yo'nalish.
❇️
5-Yo'nalish.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📊2017-2023-yillarda meva-sabzavotlar eksporti qiymati 1,8 barobar oshganligini ko‘rsatdi, ya’ni 2017-yilda eksport hajmi 645,6 million AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2023-yilda 1180,8 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

🟥Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2017-2023-yillarda meva-sabzavotlar eksporti dinamikasini tahlil qildi.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning aprel oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o'zgarishini ko'rib chiqdi.

🟢 Monitoring natijalari 6 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko'rsatdi*. Shunday qilib, limonning narxi 18,8 foiz, bodringning narxi 17,6 foiz, tuxumning narxi 17,3 foiz, bananning narxi 13,5 foiz, tovuq go‘shtining (file) narxi 6,8 foiz, sariq piyozning narxi 5,4 foiz pasaygan.

🟡 8 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, shakar, karam, margarin, kungaboqar yog‘i.

🔴 7 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha pomidor yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.

*tahlil 6-mart va 4-aprel kunlari oʻtkazilgan monitoring maʼlumotlari asosida qilindi.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) в апреле 2024 года провели очередной мониторинг цен на продовольственную продукцию по 21 позиции в крупнейших сетях супермаркетов г. Ташкента.

🟢 Результаты мониторинга показали, что по 6 позициям минимальные цены снизились в сравнении с предыдущим месяцем*. Снижение цен на лимон составило 18,8%, огурец - 17,6%, яйцо куриное - 17,3%, банан - 13,5%, мясо курицы (филе) - 6,8%, лук желтый - 5,4%.

🟡 По 8 позициям минимальные цены остались без изменений. Среди них пшеничная мука, рис, гречка, макароны, сахар, капуста, маргарин, подсолнечное масло.

🔴 По 7 позициям цены возросли. Лидером роста цен является томат. Данный рост обусловлен сезонным фактором.

*анализ выполнен по данным мониторинга, проведенного 6 марта и 4 апреля.

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalarining sotilishi tahlil qilindi.

🇺🇿 Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha jami 766 ta sanoat zonasi faoliyat yuritayapti. Ularning 24 tasi erkin iqtisodiy zona, 210 tasi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi va 532 tasi kichik sanoat zonasi. Sanoat zonalarida investitsiya loyihalari uchun jami ajratilgan 11,9 ming gektar yerning 6,4 ming gektariga ishlab chiqarish loyihalari joylashtirilgan.

💠 Sanoat zonalarida yer uchastkalarining ijara huquqi asosidagi elektron onlayn auksion savdosi tahlili qo‘yidagi natijalarni berdi:

Erkin va maxsus iqtisodiy zonalarda: 2023-yil mobaynida jami 213 lotdan iborat maydoni 778,4 gektar bo‘lgan yer uchastkalari 81,5 mlrd. so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdolariga chiqarilgan va 101,2 mlrd. so‘mga (boshlang‘ich narxga nisbatan 1,24 marotaba ko‘p) sotilgan. Eng ko‘p yer uchastkalari Toshkent - 64 ta (30 foiz), Samarqand - 58 ta (27,2 foiz) viloyatlarida sotilgan bo‘lsa, Andijon viloyatida yer auksion savdolariga chiqarilmagan.

⤴️ Kichik sanoat zonalarida: respublika bo‘yicha mavjud 532 ta KSZ hududidan 2 821 ta lotdan iborat, maydoni 604,2 gektar bo‘lgan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan. Shundan, 1 541 ta lot (54,6 foiz) 85,8 mlrd. so‘mga (boshlang‘ich narxga nisbatan 1,34 marotaba ko‘p) auksionda sotilgan. Auksion savdolariga eng ko‘p lotlar Farg‘ona - 586 ta (20,7 foiz), Sirdaryo - 343 ta (12,1 foiz), Navoiy - 292 ta (10,3 foiz) viloyatlarida chiqarilgan bo‘lsa, eng ko‘p yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 169 ta (10,9 foiz) va Farg‘ona - 257 ta (16,7 foiz), Navoiy - 236 ta (15,3 foiz) viloyatlarida sotilgan.

🔶 Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida: 2023-yil mobaynida jami 1 071 ta lotdan iborat, maydoni 82,6 gektar bo‘lgan yer uchastkalari 23,2 mlrd. so‘m boshlang‘ich narx bilan auksion savdolariga chiqarilgan va 527 ta (49,2 foiz) lot 15,3 mlrd. so‘mga (boshlang‘ich narxga nisbatan 1,34 marotaba ko‘p) sotilgan. Auksion savdolariga eng ko‘p yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 165 ta (15,4 foiz), Xorazm - 226 ta (21,1 foiz), Buxoro - 177 ta (16,5 foiz) viloyatlarida chiqarilgan bo‘lsa, Andijon va Namangan viloyalarida yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridan yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilmagan.

💠 Sanoat zonalariga ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirish maqsadida yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotishni yanada jadallashtirish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:

💰 Yagona direksiyalarning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini me’yoriy-huquqiy hujjat bilan tartibga solish uchun Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qaroriga o‘zgartirish kiritish;

▶️ Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi ishtirokchilar uchun ularning o‘ziga biriktirilgan yer uchastkalarida qurilgan bino va inshootlarni garov ta’minoti sifatida banklarga taqdim etish va kredit olish imkoniyatini yaratish;

Kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida 3 va 5 yillik faoliyati davomida muqaddam yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajargan tadbirkorlik sub’ektlariga o‘ziga biriktirilgan bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini xususiylashtirish yuzasidan alohida tartibi ishlab chiqish.

👉 Batafsil

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
🟥 Эксперты Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) провели исследования объемов продаж земельных участков в промышленных зонах субъектам предпринимательства.

🇺🇿 В республике создано 766 промышленных зон. Из них: свободные экономические зоны - 24, молодежные индустриально-предпринимательские зоны – 210 и малые промышленные зоны - 532. На сегодняшний день из общей площади в 11,9 тыс. га земель, выделенных в промышленных зонах под инвестиционные проекты, производственные объекты размещены на 6,4 тыс. га.

💠 По итогам анализа объемов продаж земельных участков посредством электронных онлайн торгов в промышленных зонах (на правах аренды) получены следующие результаты:

Свободные и особые экономические зоны: в течение 2023 года земельные участки общей площадью 778,4 га, состоящие из 213 лотов, были выставлены на торги с первоначальной ценой 81,5 млрд. сумов и реализованы за 101,2 млрд. сумов (в 1,24 раза превышала заявленную стоимость). Наибольшее количество участков было продано в Ташкентской – 64 (30%) и Самаркандской – 58 (27,2%) областях, при этом, в Андижанской области земельные участки на электронные торги не выставлялись.

⤴️ Малые промышленные зоны: из 532 МПЗ по республике на торги выставлены 2 821 земельных участков площадью 604,2 га. Из них 1 541 земельных участков (54,6%) проданы на аукционе за 85,8 млрд. сум (в 1,34 раза выше заявленной стоимости). Наибольшее количество земельных участков выставлено на торги в Ферганской - 586 (20,7%), Сырдарьинской - 343 (12,1%), Навоийской - 292 (10,3%) областях. Наибольший показатель реализации зафиксирован в Республике Каракалпакстан - 169 (10,9%), Ферганской - 257 (16,7%) и Навоийской - 236 (15,3%) областях.

🔶 Молодежные промышленные и предпринимательские зоны: в 2023 году земельные участки в количестве 1 071 лотов с общей площадью 82,6 га были выставлены на торги с первоначальной стоимостью 23,2 млрд. сум., из которых реализовано 527 лотов (49,2%) на сумму 15,3 млрд. сум (в 1,34 раза выше заявленной стоимости). Наибольшее количество земельных участков было выставлено на торги в Республике Каракалпакстан – 165 (15,4%), Хорезмской – 226 (21,1%) и Бухарской – 177 (16,5%) областях. В Андижанской и Наманганской областях за отчетный период земельные участки в молодежных промышленных и предпринимательских зонах на торги не выставлялись.

💠 В целях эффективного использования земель в промышленных зонах, а также дальнейшего ускорения процессов реализации земельных участков на электронных торгах для размещения производственных объектов предлагается:

💰 В целях регулирования полномочий, прав и обязанностей Единых дирекций нормативно-правовыми актами необходимо внести изменения в постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 9 марта 2020 года № 134;

▶️ Предоставить для участников малых промышленных, молодежных промышленных и предпринимательских зон право предоставления в залог объектов недвижимости (без учета прав на землю) для получения кредитных ресурсов;

Разработка специального регламента, регулирующего порядок приватизации зданий, сооружений и земельных участков в малых промышленных, молодежных промышленных и предпринимательских зонах, закрепленных за субъектами предпринимательства, выполнивших обязательства по созданию производств и успешно осуществляющих деятельность в течении 3-5 лет.

👉 Подробнее

🌐 | Facebook | Twitter | Instagram | LinkedIn
Хамса: Садди Искандарий. Насрий табдил / Алишер Навоий

"Бу хат мендан, жони азобда қолган, ажал қўлида пажмурда ҳолига келган Искандардандир. Бузилган танамнинг жони, вужудим бебаҳо лаълисининг кони бўлмиш Онамга сўзим шуки, мен сени кўпдан-кўп айрилиқларга ташлаб юрдим, сендан йироқ кетиб сени қийнадим. Бошимга беҳуда андиша ва орзулар тушиб, оламни бошдан-оёқ фатҳ этишни ўзимга ният қилиб олдим.

Нимани ўйлаган ва хаёл қилган бўлсам, ҳаммаси хом ва ҳаммаси ҳавасга ичилган май каби бефойда экан.

Аслида эсимни таниган, ақл миямга ҳарорат берган кунидан бошлаб сенга ўғиллик қилсам бўлар экан; аслида сенинг остонанг тупроғига айлансаму, унинг отини мен шоҳлик деб билсам бўлар экан.

Лекин сен жаҳон кишиларининг энг доноси ва эл-улус васиятларини бажо келтирувчи бўлганинг туфайли, қазо пешанамга нимани ёзган бўлса, сен ҳам менга ўхшаб, шу тақдирга рози бўлгил! Мендан умидингни узиш чорасини кўргил, умидингни узгач эса, дилингни Тангри иродасига боғла!

Бошқа оналар каби ўғлинг мотамида юзларингни юлма! Агар сабр этишга тоқатинг бўлмаса, бундай ишга қувватинг вафодорлик қилмаса, ҳиммат билан катта маърака тузиб, унда турли-туман ноз-неъмат ва овқатларни муҳайё қилиб, ҳамма ёққа жар солдириб, катта-кичик одамларнинг барчасига хабар етказдириб, мамлакат кишиларими хонадонинг айвонига йиғиб, у меҳмонларни дастурхонингга таклиф эт. Уларнинг ҳаммаси даврада ҳозир бўлғач, олдиларига ош тортишни буюр. Халқ олдига овқатлар тортилгач, улар энди ёйишга қўл узатай деб турган пайтларида, бир жарчи жар солиб, бу одамларга айтсинки: "Бу ошлардин шундай одамлар есинки, бу кўҳна дунёнинг эски биносида унинг тупроққа кўмилган кишиси бўлмасин!" Бу гапларни айтгач, дастурхонингга қараб кўр-чи, биронта одам нон-ошингга қўл узатармикин?

Агар шу вақтда бирон кимса шу овқатларингдан тановул айласа, унда сен ҳам менинг мотамим билан азият чекавер. Агар бордию ҳеч ким ҳеч нарсага қўл урмай, овқат ёйишдан бош тортса, маълум бўладики, ҳеч кимнинг ўлмаган ва тупроққа қўмилмаган кишиси йўқ. Бу дунёдаги ҳаёт ўзи шунақа эканлигини билгач, бу ишдан ўзингга хулоса чиқазиб ол-да, менинг ғамимда алам тортишни, оҳ тортишни бас қил, дунё кишилари билан ҳамдард бўлиб, ўзингни овунтир."

Искандар онасига айтмоқчи бўлган васиятларини ёзиб тамомлаб, хатнинг охирини "вассалом" сўзи билан тугатди. Сўнгра қоғозни тахлаб, мактубни элчига топширгач, яна кўнглида қолган муддаоларини ҳам баён айлади: "Ҳеч қаерда тўхтамай, кечаси-кундузи демай юриб, онамга шу мактубни элтиб беринг.

Иккинчидан, ҳозир менинг офтобим сўниб, қўёшим юзига қора булут ёпилгач, бошим устида кўп-йиғи сиғи, дод-вой қилиб, жаҳонни мотамзадалик билан ҳароб айламанг. Менинг танимни тобут ичига солиб, кеча-кундуз демай жаҳлу жадал билан юриб, Искандария шаҳрига олиб боринг. Лекин мени тобутга ётқизган пайтингизда, ёқут тешигидан ипни чиқазиб қуйилгани каби албатта бир қўлимни тобутдан чиқазиб қуйинг.

Токи халойиқ бу қўлга ҳайрат кўзи билан эмас, балки ибрат кўзи билан боқиб: "Бу панжалар саф тортиб, ер юзини ўз қўлига олган эди; бутун дунёдаги мамлакатларнинг ҳаммасини қуруқликда ва сувда бўлган барча лаълу гавҳарларни шу кафтига киритиб олган эди. Энди ажал қўли бу дунёдан кўчиш ноғорасини қоқиб бўйнига абадийлик томон жўнаш бошвоғини солгач, мана энди бу қўллар дунёдан шол кишининг қўлидай қуруқ, чинорнинг япроқсиз бутоғидай бўм-бўш кетаётир", - десинлар. Бу ҳол одамлар учун бир ибрат мактаби бўлиб, дунёни эгаллаш машғулотидан қўлларни тортсинлар".

Хамса: Садди Искандарий. Насрий табдил / Алишер Навоий
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) vakillari 12-13 aprel kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan “Tojikiston va O‘zbekiston: strategik sheriklik va ittifoqchilikning yangi istiqbollari” deb nomlangan konferensiyada ishtirok etdi.

📈 Konferensiya doirasida o'zaro iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati muhokama qilindi va bundan keyin uni yanada chuqurlashtirishda ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan yo‘nalishlar taklif etildi.

MHTI direktorining birinchi o‘rinbosari Zamon Xaldarov o’z nutqida ikki mamlakat uchun hisoblangan hamkorlik indeksi misolida o'zaro strategik sheriklikni chuqurlashtirish yo'lida erishilgan yutuqlar haqida to'xtalib o'tdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning bundan keyingi rivoji va eksport salohiyatidagi dolzarb yo‘nalishlar qayd etildi.
🟥 Представители Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) приняли участие в конференции "Таджикистан и Узбекистан: новые перспективы стратегического партнёрства и союзничества", которая состоялась 12-13 апреля в г. Душанбе, Таджикистан.

📈 В рамках конференции обсуждалось текущее состояние экономической кооперации, а также были предложены приоритетные направления его дальнейшего укрепления.

Первый заместитель директора ИМРИ Замон Халдаров в своей речи упомянул последние достижения двух стран в углублении стратегического партнёрства на примере индекса кооперации, рассчитанного для двух стран. Также были отмечены актуальные направления дальнейшего экономического сотрудничества и экспортного потенциала между Узбекистаном и Таджикистаном.