IMRS Research
2.3K subscribers
2.09K photos
904 videos
3 files
3.4K links
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

🟥 Институт макроэкономических и региональных исследований

Kanalga ulanish:
https://t.me/ifmr_public

Aloqa uchun: press@imrs.uz

Sayt: https://imrs.uz/
Download Telegram
🟥 APREL oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
🟥 MHTI tadqiqotlari Kembrijda taqdimot qilinadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) katta ilmiy xodimi Nilufar Safarova joriy yilning 26-may kuni Kembrijda O'zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va buning aholi turmush farovonligiga ta'sirini o'rganish borasida taqdimot qiladi.
📚 Kembrij - Markaziy Osiyo forumi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur taqdimotni onlayn kuzatish imkoniyati uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting va 26-may sanasidagi seminarni tanlang.
👉🏻 Ro'yxatdan o'tish
Forwarded from IMRS Economists Club
🟥 MHTI Iqtisodchilar klubining navbatdagi sessiyasida ishtirok etishni xohlaysizmi?

U holda quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va 12-may kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan muhokama jarayonida ishtirok eting.

📚 Unda quyidagi tadqiqotlar ko'rib chiqiladi:

Suhrob Mahmudov:
🏙 "Hududiy rivojlanish strategiyasi tuzish: hududlarni toifalarga ajratish uslubiyoti”,

Dilyara Sultanova:
⚡️ “Energiyani tejash iqtisodiyotning samaradorligini oshirish usulidir”,

Ilxom Ikromov:
🏫 "O'zbekistondagi maktab ta'lim reformasi va uning turmush tendensiyasiga ta'siri".
Forwarded from IMRS Economists Club
🟥 MHTI Iqtisodchilar klubining 2023-yil 11-May kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan navbatdagi sessiyasida ishtirok etishni xohlaysizmi?

U holda quyidagi
havola orqali ro'yxatdan o'ting.

🎙 Ma’ruzachi: Valijon Turakulov, PhD

🪧 Mavzu
: Ko'p tomonlama va mintaqaviy savdo bitimlarining O'zbekiston iqtisodiyotiga makroiqtisodiy ta'siri
🟥 «Qo'ng'iroq huquqi»ning iqtisodga ta’siri qanday?

💠 Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy sharoitidagi asosiy muammolardan biri bu korrupsiyadir. U nafaqat pul mablag'larini o'zlashtirish va pora olishda, balki “qo’ng’iroq huquqi” kabi shaklda ham o'zini namoyon qilishi mumkin. Batafsil
🟥 APREL oyida olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.
🟥 MHTI ekspertlari oxirgi haftada O’zbekiston supermarketlarida iste'mol tovarlari narxlari o'zgarish holatini tahlil qildi: tadbirkorlar berilgan imtiyozni iste'molchiga o'tkazishda davom etmoqda.

🖋O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 mart PF-41-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining vaqtinchalik nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati e'lon qilindi.

❗️Tahlil uchun supermarketlardagi 102 turdagi 6726 ta iste’mol tovarlari bo’yicha statistika web-scraping yo’li bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi bo’yicha narxlar 2023 yil 20, 28-aprel va 5-may sanalari uchun solishtirildi.

🔍 Natijalar shuni ko’rsatadiki, masalan, 28 turdagi sabzavot mahsulotlari – 28 aprelda 20 aprelga nisbatan o'rtacha 5821 so'm va 5 mayda 28 aprelga nisbatan 1107 so'mga, 110 turdagi yogurt mahsulotlari tegishli ravishda 5 va 36 so'mga, hamda 61 turdagi ko'k choy mahsulotlari 25 va 139 so'mga arzonlagan.
🟥 Dunyodagi har bir xalq tarixi avvalo xotiradan iborat. Milliy qadriyatlarni mustahkamlash, ma’naviy dunyoni boyitish va taraqqiyot sari intilish zamirida ham xotira yotadi.

9-may mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlab kelinadi. Bu kunda biz nafaqat fashizmga qarshi kurashda, balki Vatan ozodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidoyilik namunalarini ko‘rsatgan barcha mard va jasur yurtdoshlarimizni xotirlaymiz. Ularning hayot yo‘li biz uchun muhabbat va sadoqat timsolidir.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) jamoasi ham Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.
🟥 MHTI tadqiqotlari Kembrijda taqdimot qilinadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) katta ilmiy xodimi Nilufar Safarova joriy yilning 26-may kuni Kembrijda O'zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va buning aholi turmush farovonligiga ta'sirini o'rganish borasida taqdimot qiladi.
📚 Kembrij - Markaziy Osiyo forumi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur taqdimotni onlayn kuzatish imkoniyati uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting va 26-may sanasidagi seminarni tanlang.
👉🏻 Ro'yxatdan o'tish
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan milliy qadriyatlarning jamiyat hayoti va mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil qilindi.
 
👉 Batafsil MHTI direktori Umid Obidxo'jayev materialida.

#qadriyatlar
#ценности
#values
🟥 Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar (MHTI) ekspertlari tomonidan suv tanqisligini qurg‘oqchil hududlarning qishloq xo'jaligi tarmog'iga qanday ta’sir ko'rsatishi o‘rganildi.

🌐 Yer yuzida qariyb 1,1 milliard kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Kelgusi o‘n yillikda, iqlim o‘zgarishlari va qo‘shni mamlakatlarda suv iste’molining ortishi O‘zbekistonda Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolardan suv olinishini kamaytiradi. Buning natijasida qurg‘oqchilik va cho‘llanish jarayoni yanada kuchayib ketishi hamda aholi turmush darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

💦 2030-yilga borib, O‘zbekistonda 7 milliard kub metr suv tanqisligi kuzatilishi va oqibatda mamlakat dunyodagi suv tanqis bo‘lgan 33 ta davlat qatoriga tushib qolishi ehtimoldan yiroq emas.

🌏 Bunday sharoitda Amudaryo va Sirdaryo havzalari quyi oqimida joylashgan hududlardagi eng ko‘p suv sarflanadigan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i (jami suvning 90 foizi) katta zarar ko‘radi.

🍀 Shu sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlarni bosqichma-bosqich suvni kam talab qiladigan ekinlarga almashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

🚰 Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 tonna soya ishlab chiqarish uchun 4124 kub metr va shuncha qoramol go‘shtini etishtirish uchun 15500 kub metr, 1 tonna guruch yetishtirish uchun 3082 kub metr, 1 tonna bug‘doy yetishtirish uchun esa 2375 kub metrgacha suv sarflanadi.

🌾 Suv tanqisligi ta'sirini yumshatish maqsadida qurg‘oqchilikka chidamli ekinlarning suv iste’moli darajasi o‘rganib chiqildi. Jumladan, suvni kam talab qiluvchi 1 tonna kovul (kapers) yetishtirish uchun 500 kub metr, cho‘l jo‘xorisi (helictotrichon desertorum, yem-xashak) yetishtirish uchun 700 kub metr, 1 tonna qo‘y va echki go‘shtini ishlab chiqarish uchun esa 1500 kub metrgacha suv sarflanadi. Demak, ular suvni yuqorida qayd etilgan suvni ko'p talab qiluvchi ekinlarga nisbatan 10 baravar kam iste’mol qiladi. Shuningdek, mosh, loviya, no‘xat va qizil loviya (fasol) kabi qurg‘oqchilikka chidamli dukkakli don ekinlarini ekish maqsadga muvofiq.

O‘zbekistoning sug‘orilmaydigan cho‘l hududlarida qurg‘oqchilikka chidamli va bozorbop kovul (kapers) yetishtirib, uning eksportini keskin oshirish imkoniyatlari mavjud.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ushbu mahsulotning eksporti hajmi 2,3 ming tonnadan (3,8 mln. doll.) 3,3 ming tonnaga (5,3 mln. doll.) ortgan. Kapersning qariyb 80 foizi Jizzax viloyatining lalmi maydonlarida yetishtirilmoqda.

Tadqiqot natijasida, qurg‘oqchil hududlarda kam suv talab qiluvchi kovul (kapers, ozuqabop va farmatsevtikada foydalaniladi), tipchoq (Festúca valesiáca, yem-xashak uchun), qo‘ng‘irbosh (myatlik, yem-xashak uchun), cho‘l jo‘xorisi (helictotrichon desertorum, yem-xashak uchun) cho‘l-dasht solyankasi (salsola collina, farmatsevtikada foydalaniladi), soyali sparja (fuchju, ozuqabop ekin) kabi ekinlarni joylashtirish imkoniyatlari borligi aniqlandi.
🟥 "Помимо законов и постановлений важным фундаментальным фактором в достижении консенсуса по тому или иному вопросу служит и поле ценностей. Самое главное, это помогает молодым людям закончить школу и быть готовыми влиться в общество современного и нового Узбекистана. То есть решать проблему гармонизации общества.

❗️Другой аспект проблемы заключается в том, что, если мы не можем определить собственный список ценностей, то кто-то другой попытается сделать это за нас. В этом случае обществу придется творить свою судьбу в соответствии с ценностями, навязанными чуждыми нам личностями.

‼️Другой вариант — сделать вывод, что «ценности — это слишком сложное абстрактное понятие, которое не может быть точно определено, и попытки его определить не сработают, оно останется искусственной конструкцией».

🌐 Но зачем тогда другим странам нужно было определять и фиксировать свои ценности?

🌐 Почему они были выявлены в Великобритании и опубликовано отдельное руководство по продвижению британских ценностей в школах?

Потому что это позволяет решить ряд важных задач для каждой страны: сохранить ДНК в переносном смысле, рассказать миру и самим, кто мы есть и кем мы будем, создать гармонию, донести из прошлого в будущее полезные уроки, наследие, фундаментальные основы и критерии.

📌 Всесторонне обсуждаемые и подтверждаемые ценности так же необходимы, как воздух и вода. Чем раньше мы их сформулируем, тем лучше.

📙 Следующий шаг – поделиться этими ценностями с молодежью и предложить им опираться и придерживаться установленных ценностей, объяснить, что они – не бремя, а убежище во время бури, не камень под ногой, а опора, дающая им силу.

🖍 Если молодые люди сочтут необходимым подумать об этом, сознательно примут идентифицируемые ценности и поверят, что в них заключена великая мудрость поколений, то эти ценности будут жить.

👉
Подробнее
🟥 MHTIning BUNNI indeksi: G'alla yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini joriy etish islohotlari ulgurji narxlarni tushirishga muvaffaq bo'ldi, keyingi bosqich ta'minot zanjirida raqobatni kuchaytirish lozim.

📝 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 maydagi PQ-262-sonli Qaroriga asosan 2022 yil 1 iyundan g'alla yetishtirish va sotishda bozor tamoyillariga o'tildi va “O‘zdonmahsulot” AJ korxonalari tomonidan bug'doy uni ochiq birja savdolariga
qo'yilishi va sotilishi boshlandi.

Mazkur islohotlar samaradorligini doimiy ravishda baholab borish maqsadida MHTI tomonidan "Bug'doy uni ulgurji narxlari indeksi" (BUNNI indeksi) ishlab chiqildi. Bug’doy uni ulgurji narxlaridagi tebranishlar yakuniy iste'mol tovarlari narxlariga va umumiy inflyatsiya darajasiga ta'sir qiladi.

Ulgurji narxlar o’zgarishining chakana bozor narxlariga biroz kechikish bilan ko’chib o’tishi va iste’mol narxlari to’g’risida ma’lumot to’plash ma’lum vaqt talab etishini inobatga olinsa, BUNNI indeksi inflyasiyani jilovlashda yetakchi indikator (leading indicator) va erta ogohlantirish tizimi (early warning system) sifatida xizmat qiladi.

📌 Mahalliy bug’doy uni uchun BUNNI indeksi 2022 yil avgust oyida o’rtacha 107.4 ni tashkil etdi (01.06.2022 = 100). Avgust oylari oxiriga borib, g'alla narxlarini erkinlashtirish bo‘yicha islohotlarning samara bera boshlashi va 2022 yil hosilining bozorga katta hajmlarda kirib kelishi hamda bug'doy importi bo'yicha imkoniyatlarning kengayishi bug'doy uni birja narxlarining pasayishida o‘z aksini topdi. Natijada, BUNNI indeksi 2022 yil sentyabr oyida 106.62 gacha, dekabr oyida 105.07 gacha kamaydi.

2023 yil mart-aprel oylarida mahalliy bug'doy uni narxlari pasayishi tezlashdi va ushbu oylarda BUNNI indeksi mos ravishda o’rtacha 102.13 va 99.24 ni tashkil etdi. Umuman olganda, 2022 yil avgust oyidan 2023 yil aprel oyi oralig’ida mahalliy un narxlari 7.6%ga arzonladi.

✏️ 2022 yil fevral oyida dunyoning eng yirik bug’doy yetishtiruvchi mamlakatlari bo’lgan Rossiya-Ukraina mojarosining boshlanishi natijasida jahon bozorida bug’doy va un narxlari sezilarli darajada oshdi. 2022 yil fevral oyida import bug’doy uni uchun hisoblangan BUNNI indeksi o’rtacha 88.6 bo’lgan bo’lsa, iyul oyida 107.75 gacha (+21.6%) ko’tarildi.

2022 yil avgust oyidan boshlab, jahon bozorida bug’doy narxining muvozanatga kelishi va Qozog’iston tomonidan bug’doy va un eksportiga qo’yilgan kvotalar muddatining tugashi natijasida import un narxlarida ham sezilarli pasayish kuzatildi. 2022 yil dekabr oyiga kelib, import bug’doy uni uchun BUNNI indeksi 98.3 gacha tushgan bo’lsa, 2023 yil aprelida 91.22 ni tashkil etdi. Bu esa import bug’doy uni o’rtacha narxlarining 2023 yil aprel oyida 2022 yil iyul oyiga nisbatan 15.3%ga arzonlaganidan dalolat beradi.

Ma'lumot uchun:
2022 yil Rossiya-Ukraina mojarosi ortidan bug'doy narxlari ko'tarilishi sababli bug'doy va un importi bo'yicha asosiy savdo hamkorimiz Qozog'iston 2022 yil 15 apreldan 15 iyungacha bug'doy (1 mln tonna) va un (300 ming tonna) eksportiga kvota belgilagan edi.

🔍
Mamlakatimiz un bozorida bug'doy uni chakana narxlari ulgurji narxlar o’zgarishiga faqatgina bir tomonlama reaksiya ko’rsatmoqda. Ya’ni, bug’doy uni chakana narxlari ulgurji narxlar ko’tarilganda ko’tarilmoqda, lekin ulgurji narxlar pasayishi chakana narxlarda namoyon bo’lmayapti. Masalan, 2022 yil iyul oyidan 2023 yil mart oyigacha bo’lgan davrda birjada import oliy navli un o’rtacha narxlari 11.4%ga, mahalliy oliy navli un o’rtacha narxlari 13.7%ga tushgan bo’lishiga qaramasdan, dehqon bozorlari va do’konlarda oliy navli un o’rtacha narxlari 28.3%ga oshgan.

‼️Ushbu raqamlar bug’doy unining birjadan tashqari ta’minot zanjirida raqobatni kuchaytirish imkoniyati borligini ko'rsatadi. Xususan, ulgurji xaridorlar o’rtasida raqobat darajasining pastligi, foyda marjasining yuqoriligi, chakana savdogarlarning inflyatsion kutilmalarining yuqoriligi, transport xarajatlarining qimmatligi chakana narxlarning oshib borishiga sabab bo’layotgan bo’lishi mumkin.

Batafsil quyida...
🟥 MHTI kiyim uslubining xona harorati sovutish tizimiga ta'sirini tahlil qildi: kostyum va bo'yinbog'lar o'rniga qulay kundalik kiyimga o'tishni mavsumiy tartibga solish ichki energiya iste'moliga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin, xarajatlarni kamaytirishda va iqlim uchun foydalidir.

📉 Oʻzbekiston miqyosida maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatdiki, binolardagi konditsionerlar haroratini 2 darajaga pasaytirish 293 million kVt-soat elektr energiyasini tejash va СО2 ajralishini 155,8 ming tonnaga kamaytirish imkonini beradi.

‼️Binolarni sovutish global elektr energiyasi iste'molining 10% (2000 TVt-soat) va yillik issiqxona gazlari ajralmasining deyarli 4 foizi (1,950 million tonna)ni tashkil qiladi.

❇️ Konditsionerda o'rnatilgan haroratni (sovutish rejimida) 1°C ga oshirish iste'mol qilinadigan elektr energiyasining 7 foizini tejaydi, yengil kiyim kiyish esa xonadagi ideal yuqori harorat chegarasini 2 darajaga oshiradi.

📊Ideal harorat oralig'i 23,5°C dan (kostyumdagi ishchi uchun) 29°C gacha (yozgi kiyimdagi kishi uchun) tashkil qiladi. Ammo ko'p hollarda termostat ko’rsatkichi eng quyi chegaraga o'rnatiladi va natijada ishchilarning katta qismi hatto yilning jazirama kunlarida ham ko'p qavatli kiyim kiyishadi.

Ba'zi mamlakatlarda kostyum va bo'yinbog'li ishchilar uchun qulay harorat yaratish uchun konditsionerlardan foydalanishdan qochishga harakat qilinmoqda va qulay kundalik kiyimlar kiyishni rag'batlantirilmoqda. Jumladan:

🇯🇵 Yaponiya hukumati tomonidan har yili o'tkaziladigan "Cool Biz" tadbiri orqali ofislarda ruxsat etilgan kiyim uslubini o'zgartirishni rag'batlantiriladi hamda energiyani tejashga erishiladi.

🇰🇷 Janubiy Koreya ham shu kabi "Cool Biz" tadbirini 2006 yilda joriy qilgan.

🇺🇸 BMT Bosh kotibi energiya sarfini kamaytirish va BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasining uglerod izini kamaytirishga qaratilgan "Cool UN" tashabbusini amalga oshirgan.

🇨🇳Shanxayning Lujiazui tumani 32 ta ofis binosida kostyum va bo’yinbog’lar yengil kiyimlarga almashtirilgan hamda xonalardagi harorat ikki darajaga, ya'ni 26°C ga ko'tarilgan.

🔰 "Mavsumga ko'ra kiyinish" ob-havo omilini inobatga olgan holda va qulaylik darajasidan kelib chiqib kiyinishni anglatadi. Bu nafaqat ichki energiya iste'molini qisqartiradi, balkim xarajatlar kamayishi va iqlim uchun foydali ta'sirga egadir.

Batafsil
🟥 ИМРИ провел анализ влияния стиля одежды на кондиционирование помещений: регламентированный сезонный переход от пиджаков и галстуков в пользу повседневной одежды может оказать заметное влияние для внутреннего потребления энергии, полезно для климата и снижения расходов.

📉 Анализ данных по Узбекистану показал, что снижении температуры кондиционеров на 2 градуса в помещениях позволило бы сэкономить 293 млн кВт-ч электроэнергии и сократить выбросы парниковых газов на 155,8 тыс тонн СО2.

‼️На охлаждение помещений приходится 10% (2 000 ТВт-ч) мирового потребления электроэнергии и почти 4% ежегодных выбросов парниковых газов (1 950 млн. тонн).

❇️ Повышение температуры кондиционера (в режиме охлаждения) на 1°C экономит 7% потребляемой электроэнергии, а ношение легкой одежды повышает идеальную температуру в помещении на два градуса Цельсия.

📊Диапазон комфортной температуры, варьируется от 23,5°С (для работника в костюме) до 29°C (летней одежде). Но часто регулятор термостата устанавливается на нижний предел, в результате чего значительная часть работников одевают теплые одежды даже в самые жаркие дни года.

В некоторых странах пытаются избежать необходимости использования кондиционеров для создания комфортной температуры для работниках в костюмах и галстуках и отказаться от пиджаков и галстуков в пользу повседневной одежды. Ярким примером могут быть:

🇯🇵Япония ежегодно проводится правительственная кампания Cool Biz, способствующая экономии энергии путем поощрения изменения допустимого стиля одежды в офисах.

🇰🇷Южная Корея тоже начала внедрять подобную кампанию Cool Biz с 2006 года.

🇺🇸Генеральный секретарь ООН выступил с инициативой "Cool UN", направленной на снижение энергопотребления и уменьшение углеродного следа штаб-квартиры ООН в Нью-Йорке.

🇨🇳В Шанхайском районе Луцзяцзуй в 32 офисных зданиях, участвующих в акции, деловые костюмы и галстуки были заменены на легкие одежды и температура в помещениях была повышена до 26°C.

🔰 Одеваться "по сезону" - значит одеваться по погоде и одеваться соответственно комфорту. Выгоды от этого будут особенно заметны для внутреннего потребления энергии, а также это будет полезно как для климата, так и для снижения расходов.

Подробнее
🟥 26-may kuni MHTI tadqiqotlari Kembrijda taqdimot qilinadi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) katta ilmiy xodimi Nilufar Safarova joriy yilning 26-may kuni Kembrijda O'zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va buning aholi turmush farovonligiga ta'sirini o'rganish borasida taqdimot qiladi.
📚 Kembrij - Markaziy Osiyo forumi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur taqdimotni onlayn kuzatish imkoniyati uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting va 26-may sanasidagi seminarni tanlang.
👉🏻 Ro'yxatdan o'tish
Forwarded from IMRS Media
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥 Старший научный сотрудник Института макроэкономических и региональных исследований (ИМРИ) Одилжон Назаров в интервью программе "Тахлилнома" телеканала "O'zbekiston 24" рассказал о сотрудничестве Узбекистана с Европейским банком реконструкции и развития.