DI🤍
1.4K subscribers
538 photos
27 videos
44 links
Bor yoʻgʻi - yurakman!
Mahtal bir ishqqa…

Contact : @Durdona_Inomjonova
Download Telegram
Topilishi qiyin boʻlgan kitoblarni topish tugul sotishyapti shu kanalda!


Bir kirib koʻringlar, haqiqiy muzey kutubxonani tasavvur qilasizlar🌚:

https://t.me/+_GDcuL2f_ohiMzZi
7
Nimadir deyishga yaramaydi til,
Koʻzga tik qarashga yetmaydi jur’at.
Baxtlarim hammaga tegishli,
Dardim—
Meniki,
Meniki,
Meniki faqat…

Uddalab boʻlmasmi kuchli boʻlishni
“Mayli”lar ortidan yuragim ogʻrir.
Aytgin-ey, yelkamda qandayin yuk bor,
Shunchalar ogʻirdir, shunchalar ogʻir…


DI🤍


@IDurdonadan
59
— Ingliz tili ustozlari bormi bizda? Yoki oʻqituvchilarmi?

❤️” ?
84
Dunyoni agʻdar- toʻntar qilib tashlashingni istayman men uchun.

Nodira Nazar
73
Eslatma:

— E’tiborsiz qoldirilsa choy ham soviydi.


@IDurdonadan
61
#🕊️


Ko‘zlarim qop-qora, ishonasizmi?
Girdobga aylangan yomg‘irli, loyli.
Kulgingizda gullab boryotgan kuzmi?
Mening yig‘lashimam chiroyli...

Topmaysiz, ertaklar so‘ylasin qadim
Hammadan odobi eng go‘zal qizni.
Tunlari istig‘for aytib tiladim
Qaytishingizni...

Yaratiq edim men axir, betakror
Suluvlardan suluv etdi Xudoyim.
Sha'bon ro‘zasida, yog‘ganda yomg‘ir
Sizni hovuchiga oldi duoyim.

Sujudda yig‘ladim vujuddan qochib,
To arshga yog‘ildi ruh parchalarim.
Yomg‘ir yog‘gan payti bo‘ladi ochiq,
Bizni yaratganning darichalari.

Men shunday so‘rayman, ijobat aylar,
Ko‘nglim chashmidan suv ichgani toza
Siz qaytib kelasiz, ammo o‘sha kun
Sizli tuyg‘ularga tutaman ro‘za.

Siz qaytib kelasiz, ishonasizmi?...


Nozima Xabibullayeva


@IDurdonadan
30
Bookclubga qoʻshilishchun insta ochilgandi. Boshlavolek, like, follow bilan.👀?

https://www.instagram.com/reel/DdUA9xRMsPy/?stkn=M3ZmYXpmbmRhbG52
3
Oʻydek ogʻir qanotlari,
Armon boʻlgan osmon - vatan.
Suhbat qurmoq qanday ogʻir
Uchmaydigan qushlar bilan.

Uygʻonishni istashmas hech,
Tushlarida koʻproq baxtli.
Ular koʻkka intilgandi,
Yerga tortiq qildi taqdir.

Qayda qoldi tanish gala,
Qayda qoldi boshqa qushlar.
Ular uygʻoq uchmas ekan,
Tugamaydi shirin tushlar…

Unutilgan azal oʻzlik,
Osmon olis boʻlgan Vatan
Yerda yurmoq xijolatli,
Uchmaydigan qushlar bilan.

Durdona Inomjonova


@IDurdonadan
37
— Inter nation oʻz reklamasini joylagandan ozgina oʻtib Cambridge javob qaytardi)
49
#🕊️

— Bor vaqtida kitob oʻqishdan boʻshamaydigan odamlarni tushunaman-u, boʻsh vaqtida kitob oʻqimaydigan odamlarni tushunmayman.

@IDurdonadan
66
Eslatma:

— Va’dalaringiz uchun soʻralasiz.

@IDurdonadan
65
#🕊️

Hech narsaga majbur emasligimni his qildiradigan odamlar uchun hamma narsa qilib bergim keladi!


@IDurdonadan
64
55
«Ayol kishi uchun yaxshi oilaga turmushga chiqish muhim. Lekin undan ham muhimrog'i – oila a'zolari tomonidan bo'ladigan har qanday salbiy munosabatdan uni himoya qila oladigan erkakka turmushga chiqishdir. Shunda, hatto ular uni yoqtirishmasa ham, uning hayotini qiyinlashtira olmasliklarini bilishadi, chunki turmush o'rtog'i unga nisbatan yomon munosabatda bo'lishlariga yo'l qo'ymaydi.»
89
Va oʻsha tuygʻuni yashaysan qayta,
Yana oʻsha ogʻriq, yana oʻsha his.
Hech kimga bildirmay, sukutga choʻkib
Duolarda yigʻlab oladigan qiz.

Suyanmay yashamoq qiyinmi,
qiyin,
Ruhimga yengillik zavqini totdir.
Ustingdan kulganday yashashar, tagʻin
Kichik yuragingda katta xavotir!

Tunlarga singadi siniq umidlar,
Taqdir qizgʻondimi bir rahmatini?
Endi sen kutasan, boshqalarnimas,
Faqat
Yaratganning marhamatini…

Durdona


@IDurdonadan
59
Eslatma:


— Doim sen aytganing boʻlmaydi, tushun,
Qoʻlingdan ketganga kuyunaverma.
Keyin pushaymonlar boʻlmaslik uchun
Duch kelgan togʻlarga suyanaverma…

@IDurdonadan
52
Uyga 10 ta Gulchehrangizni taxlab qoʻysangiz ham foydasi yoʻq)

https://www.instagram.com/reel/DdjbkBuMeZ6/?stkn=aTBqZG9nb2w2c2ll
14