Martin Iden
13 subscribers
2 photos
4 videos
4 links
Bir miyaning xulosalari
Download Telegram
Vijdon bilan yutqazish - vijdonsiz yutishdan ustun.

Suqrot

Ya'ni inson hayoti muvaffaqiyat va mag'lubiyat doirasida emas, vijdon va vijdonsizlik doirasida o'lchangandagina asl qiymatini ko'rsatadi. Vijdonsizlik ila muvaffaqiyatga erishganlar alal-oqibat o'z vijdonlari tomonidan jazolanadilar.
Kim tashqariga qarasa - tush ko‘radi, kim ichkariga qarasa - uyg‘onadi.

Karl Yung

Inson ichki olamining mohir tadqiqotchisi Karl Yung tomonidan aytilgan mazkur fikrning o'zi, olimning barcha ilmiy ishlari va faoliyatini o'zida mujassamlashtira oladi.

Bu yerda tashqariga qarash - boshqalarni kuzatish, omadi kelmaganlikda jamiyatni ayblash, olomon aytgan haqiqatlarga ergashish va o'zi bilan emas, atrofdagilar hayoti bilan yashash demakdir. Bu xuddi kino yoki instagramda reels ko'rishga o'xshaydi, sen boshqalar hayotini tahlil qilasan, ba'zida jahling chiqadi, ba'zida esa quvonasan. Ammo bu quvonch yoki g'azab seniki emas, ularning hayotidan olingan rang ekanligini anglamaysan. Hattoki his-tuyg'ularing ham bunda o'z hayotingdagi jarayonlar orqali yaralmaydi, sen birovlarning hayotidagi obyektga aylanasan.

Ichkariga qarash esa - juda og'riqli va azobli holat. Chunki sen o'z qalbingda o'zingni "niqobsiz" va atrofing yaratgan komplekslardan ayro holda ko'rasan. Ko'pchilik ichkarida o'z qo'rquvlarini, o'ziga beradigan chinakam bahosini, bolalikdagi travmalarini, erisholmagan orzularini ko'radi. Shu uchun ham ichkariga qarashga aksariyat odamlar botinolmaydi. Ammo ichkariga nazar solmaslik oqibatida odam bolasi asta-sekin tashqaridagi olam asiriga aylanadi. Ya'ni ongimiz ostidagi haqiqatlarga qo'rqmay nazar solib, ularni o'rganib, avvalo ularga yechim topsak, ularni qabul qilsak bir xil xatolarni doimiy takrorlamaymiz, insonlarni tanlashda xato qilmaymiz, o'zimizni haqqoniy baholab, qadrimizga avvalo o'zimiz yeta boshlaymiz.

Ichkariga qaragan odam o'z hayoti uchun mas'uliyatni o'z bo'yniga olib, "jamiyat menga shunday qildi" deb emas, "men qayerda xato qildim, kelasi safar bu xatoga yo'l qo'ymaslik uchun nima qilishim kerak?" degan savolni o'ziga bera oladi.

Agar ko'pchilik shunday qila olganda edi, insonlar o'zlari uchun berilgan eng qimmatli hayotlarini bema'ni va bekorchi narsalarga sarflamagan, o'zlarini yerga urdirmagan va hayot tuhfa etgan ham quvonchli ham azobli lahzalaridan birdek bahra ololgan bo'lishardi.

Lekin ichkariga qarash - yoqimli jarayon emas. Chunki u yerda boshqalar tugul hattoki o'zingga ham ko'rsatishni istamaydigan haqiqatlar bo'ladi.

Ammo hayotni tush ko'rib o'tkazish - unda yashamaslik bilan barobar emasmi?
Qayg'u ba'zida foydali bo'lishi mumkin


Qayg'uga tushish inson uchun ba'zida foydali bo'lishi mumkin. Sababi qayg'u kelganda odam bolasi zavqlanish va o'yin-kulgudan voz kechib, u bilan nega bu narsa sodir bo'lganini anglashga harakat qila boshlaydi. Buning ortida u o'z hayotida biroz tin olib, yashash uchun yangi rejalar tuzadi.

Qayg'u - insonni ma'lum bir vaziyatlarda psixologik moslashishiga yordam beradi.

Hayotdagi hech bir narsa bekor emas, hammasi go'yo bizga yordam berish uchun kodlashtirilgandek.

Deniel Goulman "Hissiy intellekt" kitobi xulosalaridan
💯2
Agar mashg'ulot uning kuch va qobiliyatini maksimal darajada qo'llashni talab qilsa, odam oqim holatiga tushadi. Shu sababli, mahorat o'sib borar ekan, oqim holatiga kirish uchun bizga har doimgidan yuqori darajadagi murakkablikdagi vazifalar kerak bo'ladi...


"Emotional intellect"
Aql-idrok insonga doimo shuni anglatadiki, odamzod bunga amal qilmasa ham, yer, havo va suv kabi tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan boshqalarni mahrum qilish - ularning hayotini tortib olish yoki shaxsiy erkinliklarini cheklash kabi jinoyatdan kam emas.


Gerbert Spenser. "Ijtimoiy Statika"
Inson hali mukammal emas, demak u yaratgan qonunlar ham mukammal bo'lolmaydi.

“Foydalilik” nazariyasi hukumatni doimiy zarurat sifatida ko‘radi. Ammo hukumat - bu faqat ma’lum tarixiy bosqich mahsuli. Jamiyat rivojlangan sari davlatning roli kengayib ketishi emas, aksincha, qisqarib, insonlarning o‘zini-o‘zi boshqarish darajasi oshishi kerak. Ortiqcha davlat aralashuvi esa erkinlikni cheklab, taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi.


Gerbert Spenser. "Ijtimoiy Statika"
👏1
Insonlarning sifatlari o'rtasida o'zaro mosliklar bo'lmaganida, ularning birlashuvi ham va jamiyat ham bo'lmas edi. Shu sababli, jamiyatni o'rganishni uning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan inson tabiatidan boshlash zarur.


G.Spenser
🔥1
Tabiiy adolat ishlaydimi?

Tarixan hukmdorlar, yirik amaldor va ta'sir doirasi keng institutsional tuzilmalar qisqa muddatda ko'p foyda qilish, muvaffaqiyatga erishish uchun axloq qonunlariga zid bo'lgan yo'ldan yurishni afzal bilganlar. Ammo qisqa muddatli foyda, uzoq muddatli mag'lubiyat va azob olib kelishi, ularning hayoliga kelmagan bo'lsa kerak. Bunga bir necha misollar keltirishimiz mumkin.

Dunyoni ekspluatatsiya qilish bo'yicha insoniyatning nafsi hakalak otgan 18-20-asrlardagi qullik tizimi. Mustamlakachilar uchun hech narsa qul mehnatidek arzon va foydali ko'rinmagan. Yangi egallangan yerlarni o'zlashtirish va foyda olishda millionlab qul qilingan insonlar o'z uylaridan majburan minglab kilometr uzoqlikdagi hududlarga olib borilgan. Qullarning xojalari bo'lganlar bu ishning adolatsizligini bilgan, ammo bu usulni farovon hayotga yetishishda eng yaxshi siyosat sifatida ko'rganlar. Natija qanday? Dastlab ularning orzulari ro'yobga chiqqandek bo'ldi, ammo vaqt o'tishi bilan qulchilik mavjud bo'lgan hududlar dunyoning qulchilik mavjud bo'lmagan joylariga nisbatan qashshoqlashib bordi. Masalan Lotin Amerikasi, Karib havzasi, Afrika va Hindistondagi ko'plab mustamlakalar bunga yaqqol misol bo'la oladi. Xatto Amerikaning janubiy shtatlari o'zlarining shimoldagi sheriklaridan ortda qolgan holda ularga mag'lub bo'lib, asta-sekin qullikdan voz kechishlariga to'g'ri keldi. Tizim kutilgan natijani bermadi. Aslida erkin mehnat qulchilikdan ko'ra foydaliroq va samaraliroq bo'lib chiqdi. Axloqsizlikning eng oliy namunasi sifatida ko'rilgan qulchilik nafaqat iqtisodiy, balki nosog'lom ijtimoiy tizim, o'zaro nafrat va qo'rquv, axloqiy tanazzul kabi zararlarni o'zi bilan olib keldi va insoniyatni jazoladi.

Fransiya qiroli Filipp Valua qarzlarini oson qaytarish va tez boyish maqsadida tangalardagi oltin va kumush miqdorini kamaytirishni buyurgan, ammo ushbu oltin tangalar avvalgi tangalar bilan bir xil qiymatga ega deb odamlarni aldagan. Oldiniga u chindan ham qarzlarini oson to'lagan, ammo mamlakatda inflatsiya kuchayib, narxlar balansi buzilgan, daromadlar ham shunga yarasha kamaygan. Eng yomoni qirol odamlar ishonchini yo'qotgani sababli keyinchalik juda yuqori foizlarda qarz olishga majbur bo'lgan. Umumiy ssenariyda axloq prinsplariga qarshi chiqqan qirol nafaqat xususiy, balki jamiyat uchun umumiy zararni yuzaga keltirgan.

Angliya mustamlakachilikning cho'qqisiga chiqqan, 19-20-asrlarda Sharqiy Hindiston kompaniyasi deb atalmish zolim tuzilma savdo ustidan monopoliya o'rnatdi. Lekin adolatsiz o'lponlar, eksklyuziv savdodan tushgan foyda, kuch resurslarini qo'llash orqali tortib olingan boyliklar ham bu kompaniyani qutqarib qololmadi. Hayot qonunlari inson insofsizligini jazoladi, kompaniya o'zining so'nggi kunlarida 5 mln funt sterling qarzga botdi. Iqtisodiy, ijtimoiy muammolar nafaqat mazkur kompaniyani balki uning onasi bo'lgan Britaniya imperiyasini ham qulatdi.

Xatto buyuk Napoleon ham bu haqiqatni kech bo'lsa-da tushunib yetib, shunday xulosaga kelgandi: "Adolatsiz kuch yo'q".

Bu holatlar go'yoki hayot tomonidan inson yo'l qo'ygan xatolari uchun jazolanishiga, kasal tanani kasallikdan qutqarish ilinjidagi immun tizimining haroratni ko'tarib, insonni behuzur qilish asnosida qiynashiga qiyoslash mumkin. Chindan ham insoniy munosabatlar asos bo'lgan jamiyat va jamiyatlar o'rtasidagi aloqalar hayotiy axloqiy tamoyillar orqali tartibga solinayotgandek xulosa beradi. Balki Gandi shu narsani nazarda tutib, vaqtida shunday degandir: "Atrofni qorong'ulik qoplab, adolat va haqiqat uchun zarracha umid qolmaganida tarixga boq, unda yaxshilik yomonlik ustidan hamisha g'alaba qozongan..." Faqat bu g'alabani bir inson hayoti davomiyligi bilan o'lchash qisqalik qiladi menimcha...

("Ijtimoiy statika" asari doirasida)
Har bir inson o'zi uchun to'g'ri deb bilgan ishini qilsa, jamiyat tartibsizlik iskanjasida qoladi. Shuning uchun axloqiy qoidalar aniq va universal bo'lishi kerak.


Gerbert Spenser
Har qanday yomonlik organizmning yashash sharoitlariga moslasha olmasligidan kelib chiqadi.

Bu barcha tirik mavjudotlarga taalluqli qonundir.


Gerbert Spenser
💯1
Insonlar ijtimoiy hayotga moslashmaganidan azob chekmoqdami?

Agar barcha yomonlik organizmning sharoitlarga mos kelmasligidan kelib chiqishini va bu mos kelmaslik asta-sekin moslashuv orqali kamayib borishini tan olsak, insoniyatning hozirgi holatini tushunishga tayyor bo‘lamiz.

Aholi soni oshgani sari, biz “ijtimoiy hayot” deb ataydigan yashash shakli zarur bo‘lib qolgan.

Ammo odamlar bu holatda juda ko‘p azob chekmoqda.

Bu nazariyaga ko‘ra, buning sababi shuki: inson tabiati hali to‘liq ijtimoiy hayotga moslashib ulgurmagan.

Qaysi jihatdan moslashmagan?

Jamiyat qanday sifatlarni talab qiladi?


Buning javobi oddiy.

Jamiyatda har bir inson o‘z istaklarini boshqalarning ham xuddi shunday istaklari borligini hisobga olgan holda qondirishi kerak.

Agar inson istaklari cheklanmagan bo‘lsa, u holda: boshqalarning istaklari buziladi yoki insonning o‘zi boshqalarning foydasi uchun qurbon bo‘ladi.
Insonning hayotdagi eng oliy burchi


Agar inson baxti ilohiy iroda bo‘lsa, unda avvalo baxt nima ekanini tushunish kerak. Baxt - bu ong holati. Ongdagi bu holat esa sezgilar va hissiyotlar orqali paydo bo‘ladi. Sezgilar esa insondagi qobiliyatlar - masalan ko‘rish, eshitish, his qilish, fikrlash kabi imkoniyatlar orqali ongga kiradi.

Baxt keltiruvchi hissiyotlar aynan shu qobiliyatlar faol va to‘laqonli ishlaganda yuzaga chiqadi. Chunki hech bir istak qobiliyat ishlatilmasdan qondirilmaydi. Insonning haqiqiy baxti - uning barcha qobiliyatlari sog‘lom, tabiiy va to‘liq ishlashidan tug‘iladi.

Shunday ekan, agar Xudo inson baxtini istasa va inson baxtga faqat o‘z qobiliyatlarini ishlatish orqali erisha olsa, demak insonning hayotdagi asosiy maqsadi va burchi - o‘z qobiliyatlarini to‘liq ishga solish, rivojlantirish va mukammallashtirib borishdir. Inson aynan shu jarayon orqali baxtni his qiladi.

"Social Statics" asari xulosalaridan
1
Inson o‘z oliy burchini bajarishi uchun unga nima kerak?


Agar insonning oliy burchi - o‘z qobiliyatlarini to‘liq rivojlantirish va ishga solish bo‘lsa, unda buning uchun unga eng avvalo erkinlik kerak.

Chunki inson faqat erkin bo‘lgandagina fikrlay oladi, his qiladi, izlanadi, mehnat qiladi, yaratadi, va o‘z salohiyatini namoyon etadi.

Erkinliksiz qobiliyatlar so‘nadi. Qobiliyatlar so‘ngan joyda esa na haqiqiy baxt, na haqiqiy taraqqiyot bo‘ladi.

Ammo haqiqiy erkinlik - boshqalarning ham erkinligini buzmaydigan erkinlikdir.

Shuning uchun adolatning eng sodda formulasi shudir:

Har bir inson o‘z qobiliyatlarini imkon qadar erkin rivojlantirishi mumkin - faqat boshqalarning ham xuddi shunday erkinligiga zarar yetkazmaslik sharti bilan.

"Social Statics" asari xulosalaridan
Odam o‘zgarmaydi, deyish oson; aslida ko‘pchilik o‘zgarish narxini to‘lashni istamaydi

Jeyms Bolduin
Insonning eng katta qamoqxonasi - boshqalar nima deydi degan qo‘rquvdir.

Devid Foster Uolles
1
Insonning haqiqiy fojiasi - azob chekishi emas, azobidan hech narsa o‘rganmasligidir.

Viktor Frankl
1
Eng og‘ir mag‘lubiyat - odamning o‘z vijdoni oldida jim qolishidir.

Mahatma Gandi
Inson qalbi qanchalik bo‘sh bo‘lsa, tashqi shovqinga shunchalik muhtoj bo‘ladi.

Artur Shopengauer
Vaqt hammani davolamaydi; ba’zilar faqat og‘riq bilan yashashni o‘rganadi.

Haruki Murakami
2
Qalbida tartib bo‘lmagan odam dunyoni tartibga solishga urinadi.

Konfutsiy
1