Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishdagi istiqbolli vazifalar belgilab olindi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayogan XVI-Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abduraxmonovning Rossiya Federatsiyasi Federal baliqchilik agentligi rahbari Ilya Shestakov bilan baliqchilikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida baliqchilik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, muloqot asosini intensiv usulda baliq yetishtirishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va rag‘batlantirish, mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilish, baliqchilik tarmog‘ini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator taklif tashkil etdi. Tomonlar baliqchilikka ixtisoslashtirilgan klasterlar tashkil etish istiqboli haqida muloqot qildilar.
Bundan tashqari, Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
#qishloq_xojaligi #hamkorlik #baliqchilik
@Ibrokhim_Abdurakhmonov