Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
2.09K subscribers
12.1K photos
960 videos
167 files
3.66K links
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali

Institut rektoriga murojaat uchun:
@NamSIFL_rektorga_murojaat_bot

kanal admini: @mahliyo_teshabayeva
Download Telegram
📌 "Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz" shiori ostida sport tadbiri oʻtkazildi

🏛Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida oʻtkazilgan navbatdagi voleybol musobaqasi ayni shu shior ostida tashkil etilib, unda institut rahbariyati, ishchi-xodimlar va oʻqituvchilar faol qatnashdilar.

🎗Tadbirning asosiy maqsadi: sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, jamoaviy ishlash tartibini mustahkamlash hamda ishchi-xodimlarning yozgi taʼtil paytidagi boʻsh vaqtini mazmunli va maqsadli tashkil etishdan iboratdir.

Musobaqa davomida erkaklar va ayollardan iborat jamoalar bellashib, sportga xos mahoratlarini namoyish etdilar, bellashuvlar qiziqarli tus oldi.

Maʼlumot uchun: institutning sport zalida haftaning har dushanba, chorshanba va juma kunlari voleybol oʻyinlari davom etadi. Istovchilarni oʻz jamoalari bilan birga sport tadbirlariga taklif etamiz.

 NamDChTI Axborot xizmati!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
🎗“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shiori ostida Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi

  🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi oldidan Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti hamda Yoshlar ishlari agentligi Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbirga tumandagi  mahalla yoshlari jalb etildi.

  ♻️Ushbu Zakovat intellektual oʻyinlarini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad yoshlar qalbida vatanga muhabbat, sadoqat kabi tuygʻularni kamol toptirish, yigit-qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashgan holda bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda oʻzaro hamjihatlik, birdamlik kabi jihatlarni ham shakllantirishdan iboratdir.

  Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan muhim sana oldidan yoshlarni “Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” shoiri ostida yakdil maqsadlar sari odimlashlarini qoʻllab-quvvatlash nazarda tutilgan. Aynan oʻyin davomida berilgan savollarning mazmun-mohiyati ham mavzuga mos tartibda tanlangani tadbirdan koʻzlangan maqsadning mohiyatini aks ettira oldi.

NamDChTI Axborot xizmati!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARZANDLARIMGA O‘ZIM- PSIXOLOGMAN

🏛 Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillarida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.

💥💥 Seminar davomida ''Neyrografika-ichki hayqiriq'', ''Ong osti mo‘jizasi'' metodikalaridan foydalanildi.
Bolalar esa rang tasvir yordamida ''MENING OILAM'' mavzusida surat chizdilar. Seminar jarayonida 4 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar bilan orttirilgan qo‘rquv va uning oqibatlarini oldini olish yuzasidan individualni suhbatlar o‘tkazildi.

Ushbu seminar- trening o‘z qiziqishlari bilan murojaat qilgan shaxslarga o‘tib berildi.

📎 Seminardan ko‘zlangan maqsad: jamiyatda psixologik sog‘lom muhitni yaratish va yoshlarni kelajakda yetuk shaxs bo‘lib shakillanishlari uchun munosib hissa qo‘shishdan iboratdir.

Bizni kuzatib boriing👇👇👇

https://t.me/PSIXOLOG_VALIJONOVNA_NSIFL