Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
3.11K subscribers
15K photos
1.18K videos
179 files
4.42K links
Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining rasmiy telegram kanali

Institut rektoriga murojaat uchun:

Call-markazi: +998 (69) 239-50-51 

kanal admini:
Download Telegram
#test_2024

Kirish imtihonlari 11-kun davom etmoqda

NamDChTI targʻibot guruhi va volontyorlardan iborat jamoa kirish imtihonlari jarayonida tushuntirish va targʻibot ishlarini olib bordi. Ular abituriyentlar va ularning yaqinlariga institutning taʼlim yoʻnalishlari, imkoniyatlari va kelajakda taʼlim olishda beriladigan imtiyozlar haqida maʼlumot berdilar.

Shuningdek, 2024-2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridagi  oʻzgarishlar, yangicha tartib, Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida mavjud taʼlim yoʻnalishlari va qabul kvotalari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Institutning targʻibot guruhi va maslahatchilari abituriyentlarga yoʻnaltirilgan maslahatlar berib, ularga kerakli yordam koʻrsatdilar. Bu tadbirlar natijasida abituriyentlar hamda ularning ota-onalari  oʻzlarida mavjud barcha savollarga kerakli javoblar va NamDChTIda taʼlim olish imkoniyatlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻldilar.

Axborot xizmati!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
#Live

Ayni damda Namangan viloyatidagi Yangi O'zbekiston bog'ida "Qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi" uchun musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqada Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining talabalari ham ishtirok etishmoqdalar.

Batafsil👇
https://t.me/manaviyat_namSIFL
“Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz”

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Aziza Mirzanazarova tashabbusi bilan “Bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz” shiori ostida seminar tashkil etildi. Tadbirga Toʻraqoʻrgʻon tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Hayotxon Mahmudova hamda tuman markazida joylashgan MFY xotin-qizlar faollari taklif etildi.

Dastlab, H. Mahmudova soʻz olar ekan, tuman hokimligi va institut oʻrtasidagi doimiy hamkorlikka alohida urgʻu bergan holda, samarali natijalar xususida ham toʻxtalib oʻtdi. Shundan soʻng, tadbirning maqsadidan kelib chiqqan holda, A. Mirzanazarova tomonidan ishtirokchilarga prezentatsiya taqdim etildi va hamkorlikda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlarning rejalari bayon qilindi.

Xotin-qizlar faollari tomonidan yoshlar tarbiyasida oila va jamiyatda ayollarning roli, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish kabi jihatlarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi aytildi. Shuningdek, tadbirda yosh avlodni maʼnaviy va axloqiy tarbiyalash, ularni milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Ishtirokchilar bu yoʻnalishlarda hamkorlikda ish olib borishga kelishib oldilar. Seminarning yakunida oʻtgan yil davomida NamDChTI bilan namunali hamkorlik qilib kelgan faollar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati!