Ўқинг...Фақат Ибрат Олинг
112 subscribers
270 photos
233 videos
1 file
658 links
Энг таъсирли ҳикоялар канали!

Илтимос, ушбу каналдан бирор фойда олсангиз канални очган мўмин ҳаққига бир марта:
"Аллоҳ рози бўлсин!" деб қўйинг))

Раҳмат!


Канал фаолиятини бошлаган сана 01.03.2022
Download Telegram
#58_qism
(Fahriya_Yaqub)
Oradan bir oy õtdi. Kelasi haftalar yiĝilib bir oy vaqtga chõzilgan. Juma kuni, Bilol tahorat olib, jomiyga shoshardi. Safning boshida Usmonga iqtido qilolmasa ham, Usmon uchun duo qilishga shoshardi. Oyoqlari, qalbi masjid tomon chopar, bugungi kunini masjidda õtkazmoqchi edi. Bilol ham kõrkam õsmir bõlgan, bõylari chõzilib, qiroati xuddi Usmonning qiroati kabi gõzal edi. Jomiyda juma namozini õqib, qõllari duoga ochildi:
«Ya Allohim õzingga hamd-u sanolar bõlsin. Maqtovlarga yolĝiz sen munosibsan. Õzing meni avf et duolarimni qabul et. Men sening bandangman. Qulingning õĝli, chõringning bolasiman. Sen qazoi-qadarning egasi. Sen yer-u kõkning sohibisan. Sen buyuksan men ĝaribman. Sen avf etuvchisan. Men tavba ila senga yuzlanuvchiman. Qullik qilolmadim, avfingga keldim. Qur'onni qalbimning bahori qilgin. Qabrda dõst, qiyomatda shafoatchi, sirot kõprigi ustida nur qilgin. Allohim bugun menga bir imkoniyat ber. Quling Usmonning mushkulini oson qil. Qalbini , Qur'onini qõri, yomon kimsalardan panohingda asra. To qiyomatgacha uundan rozi bõl. Mahbuslikdan qutqargan Yusuf a.s. dek qutqar uni. Uning va mening avlodlarimni jahannam olovidan omonda saqla. Qiyomatga qadar avlodlarimizdan ilmiga amal qiluvchi Hofizi Qur'onlarni aritma. Usmonning boshidan qora bulutlarni rahmat yomĝiri bilan tarqat. Ya Alloh duolarimni dargohingda qabul-u mukarram ayla, amiyn» deya duosini yakunladi. Masjidning hovlisiga chiqib Anas bilan kõrishdi.
—Assalomu aleykum, juma muborak bõlsin dedi Bilol.
Anas:
— Va aleykum assalom Bilol senmisan tanimabman. Õzgarib ketibsan. Ovozing ham, seni kõrmaganimda Usmon deb õylardim dedi.
Bilol kulib qõydi. Sevgan, xavas qilgan insonga õxshashlik kimga ham yoqmaydi axir.
Bilol:
—Alloh ularni panohida asrasin. Ular tufayli Qur'on Hofizi bõldim dedi.
—Sud kuni aniq bõlibdimi?! dedi.
Anas:
—InshaAlloh bugun bõladi. Alloh yuzimizni yoruĝ qilsin dedi.
Bilol:
—InshaAlloh, sabringizga yarasha mukofotlanasiz dedi.
Anas:
— InshaAlloh. Duo qilib turinglar dedi.
Bilol:
—Barcha duolarimiz sizlar uchun bõlsin dedi. Anas bilan xayrlashib, masjiddagi kutubxonaga kirib, soatlab Qur'on õqidi. Duolar qildi.
***
Sud soat 16:30 boshlanishi kerak edi. Yana sud zaliga hamma yiĝildi. Usmon ham olib kirildi. Bu safar uning yuzi sal kõkargan, labi yara edi. Anas uning yoniga keldi:
—Qaysi qõling singur urdi seni dedi.
Usmon:
—Qizishma. Õzing qanaqasan. Uydagilarim yaxshimi?! dedi.
Anas:
—Salom aytishdi. Ularning ham sabr kosasi tõlib bormoqda. InshaAlloh bugun chiqasan dedi.
Usmon:
—InshaAlloh dedi.
Sud boshlandi. Davogarlarning,soxta guvohlarning sudda aytgan sõzlari asabni buzardi.
Biri:
—Masjidda juma namozdan sõng, odamlarni yiĝib davlatga qarshi isyonga chaqirardi desa yana biri:
— Hech qayerda kõrmagan adabiyotlarni õqitardi dedi.
Usmon bu guvohlarning aytgan hamma gaplarini rad etardi. Navbat Usmonning advokatiga berildi.
U:
—Muhtaram sudya bularning barchasi bõxton. Isbot uchun yozib olingan video va audiolarni kõrib chiqishingizni sõrayman. Va sud zalida õtirgan Hikmat Aliyevni qamoqqa olishingiz va ma' muriy javobgarlikka tortishingizni sõrayman dedi. Sudya video va audiolarni qabul qildi. Butun sud Hikmatning tahdid tõla iqrorini eshitib, uning odamlari tomonidan qõyib ketilgan kitoblarning tasvirlarini kõrib, unga la'nat aytib õtirardi. Sudya sud kengashi qaror qabul qilishi uchun ikki soat vaqt sõrab, boshqa xonaga chiqib ketdi. Hammaning kõzi soatda edi. Hamma duo qilar, tezroq hal bõlishini sõrardi.


© Hayot_vasfi
👉 https://t.me/+T-wiygxPKGc1OWRh