Rizq
Bir kishi quduqqa tushib ketdi. Najot so‘rab qichqirdi. Xaloyiq uning qichqirig‘ini eshitib, qutqarishga keldilar. Uni chiqarib oldilar. Bir kishi kelib unga qo‘rquvi, hayajoni ketishi uchun idishda sut berdi. So‘ng:
- Quduqqa qanday qilib tushib ketding? - deb so‘rashdi.
U kishi yiqilishining sababini batafsil tushuntirmoqchi bo‘lib, quduqning yuziga keldi. Lekin, oyog‘i toyib, unga tushib ketdi. Bu gal u halok bo‘ldi.
Shayx Mag‘omisiy bu qissani izohlab dedilar:
- Bu kishining shu birgina sut ichishidan bo‘lgan rizqi qolgan edi. U oxirgi rizqini ist’mol qilgandan so‘ng, unga yozilgan «rizq» nihoyasiga yetdi. Va ayni joyga yiqilib, vafot etdi!
Rizqingizdan xavotir olmang! Unga olib boradigan sabablarni qoim qiling, yetadi. Alloh - Razzoq! Hech bir nafs, uning qadariga yozilgan rizqni tugatmasdan oldin, bu dunyoni tark etmaydi.
🔥28❤20👍13🥰3🤩1
#Tabassum
Bir ayol turmush o‘rtog‘ini tekshirmoqchi bo‘libdi.
Turmush o‘rtog‘i ishdan kelishiga yaqin "ortiq u bilan yashay olmasligini, muhabbati ado bo‘lganini va uyni tashlab ketganini" ifodalovchi maktub yozibdi.
Maktubni xontaxtani ustiga qo‘yib, turmush o‘rtog‘i nima qilishini tomosha qilish uchun shkafni ortiga berkinib olibdi.
Turmush o‘rtog‘i kelib maktubni ko‘rib, uni o‘qib bo‘lgach, u ham bir maktub yozib xontaxtani ustiga qo‘yibdi ...
Va ortidan raqsga tushib, juda xursand kayfiyatda kimgadir telefon qilibdi.
«Alo, gulim qalesan? Senga xushxabar, u uyni tark etibdi. Ortiq oramizda hech qanday monelik yo‘q. Hozir tezda oldingga boraman» deya shoshilgancha uydan chiqib ketdi.
Shkafni ortida yashiringan ayol qalbi juda ham mahzun, ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqizgancha tashqariga chiqibdi va eri yozgan maktubni o‘qibdi.
Maktubda shunday so‘zlar yozilgan edi:
"Oyoqlaring ko‘rinib turibdiku, Humayro. Choy damlab tur, mashinadan ovqatni olib kelay..."

😅.
😁119❤33👍9
Forwarded from ⏰⏳
Ассаломи Алайкум
Азизлар
Халк банки виза 4097830085776306 хумо
Сарваржон дехконов
Агробанк 6262570205154935 узкард
Сарваржон дехконов
Халк банки 9860082585032285
Сарваржон дехконов
Хамма карта
📞+99891-155-03-15
Сарваржон Дехконов
ЕХСОННИ Мукофоти факаткина Ехсон 🤲🥹
t.me/BTower_Nedvijimost222
Азизлар
Халк банки виза 4097830085776306 хумо
Сарваржон дехконов
Агробанк 6262570205154935 узкард
Сарваржон дехконов
Халк банки 9860082585032285
Сарваржон дехконов
Хамма карта
📞+99891-155-03-15
Сарваржон Дехконов
ЕХСОННИ Мукофоти факаткина Ехсон 🤲🥹
t.me/BTower_Nedvijimost222
❤8👏2
Birovning haqi.
Muhammad ishdan keldi. Kechki ovqatni tanavvul qilganidan so'ng, o'z xonasiga kirib kechagi kitobni o'qishni davom ettirdi. Ko'zi kitobda, ovozini chiqarib o'qidi, lekin biron joyiga tushunmadi. Xayoli o'zidamas. Joyiga borib yotdi: uxlamoqchi edi. Yarim tun. Soat 02:17. Hali ham uxlayolmadi. Soat 03:49. Hali ham uxlamadi. Tong oldi ozroq qush uyqu qildi. Soat tongi 06:00 ga bong urdi. O'rnidan shahdamlik bilan turdi. Shoshib ko'chaga chiqdi. Bekat. 17-avtobus. 3 bekatdan keyin tushib qoldi. Qarasa, yopiq ekan. Kutdi. Ochildi:
- Aka, kecha sizga telefonimga 1.000 so'm tashlang degandim. 10.000 ming tashlab yuboribsiz. Mana, 9.000 so'm.
- ....
☕️ Кечки пайт чой ва кофе устида ўқиш учун сара ҳикоялар 👉 @hikoya007

🔥17❤11🥰3
Kibr kirgan boshga🧠 ilm kirmaydi
Ibn Sinoning ustozi Kushyorning huzuriga bir kishi yulduz ilmini o‘qish maqsadida kelibdi. 2-3 oy o‘tsa hamki, ustozi dars bermaganidan so‘ng aytibdi:
— Hazrat, endi menga javob bersangiz. Uch oy bo‘ldi hamki dars bermadingiz. Vaqtingiz yo‘q shekilli…
— Men senga bajonidil dars berardim-u, lekin sen huzurimga kelgandagi bu ilmda mening uncha-muncha xabarim bor degan kibr-havoing hali ham ketmadi. Men bir idishga qachonki u bo‘sh bo‘lsagina suv quyaman. Afsus, sening kallang havo bilan to‘lib qolgan ekan.
Xulosa: Kibr kirgan boshga ilm kirmaydi.
☕️Кечки пайт чой ва кофе устида ўқиш учун сара ҳикоялар 👉@ibratli_hikoyalar_telegramda

❤14👍13🔥7😢1
Forwarded from Kitobxon Millatmiz 📚
Меҳр
Кеч куз эди. Ҳавода қишнинг изғирини кезиб юрарди.
– Она, келинг оёғингизни ювиб қўяйлик, – деди ака-ука.
– Оббо, янами? – сўради онаси юраги увишиб. – Тирнет, деган бало чиқди, менинг тинчим бузилди.
– Келақолинг энди! – ялинишди ўғиллар. – Шу охиргиси!
Она ноилож кўнди, ҳовлига чиқиб, супага ўтирди. Ўғиллари дарров тоғорага кран жўмрагидан сув тўлридиб олиб келишди. Ака-ука бир олиб, бири қўйиб, онанинг оёғини “ювиб”, тўрт-беш мартадан суратга тушишди: энг яхшисини интернетга қўяди. “Фотосессия” тугагач, улар қилган ишидан мамнун, хоналарига шошилишди. Она ҳам гарчи совуқ сувда оёғи музлаган бўлса-да, хурсанд эди:
– Ҳаҳ, ўзимни меҳрибонларим-а!
✍ Байрам ОҒА
👉 @Kitobxon_Millatmiz

😢26❤5🥰2🤩2
Katta bir xalqaro bankda eng nufuzli lavozim uchun uchta nomzod qiz suhbatga chaqirildi. Birinchi qiz – o‘ta zamonaviy, qo‘lida eng qimmat smartfon, har bir so‘zini inglizcha atamalar bilan bezab gapirardi. Ikkinchi qiz – o‘ziga juda ishongan, diplomlari ko‘p, lekin kitob o‘qishni vaqt o‘g‘risi deb hisoblaydigan toifa edi.
Uchinchi qiz, Jasmina esa oddiy kiyingan, sumkasida esa hamma eskirgan deb hisoblaydigan qalin bir tarixiy-falsafiy kitob bor edi. U kutish zalida telefon titish o‘rniga o‘sha kitobni varaqlab o‘tirardi.
Kutilmaganda, kutish zaliga bir kishi kirib keldi va o‘zini yomon his qilayotgandek stulga o‘tirdi. U nomzodlardan yordam so‘radi. Birinchi qiz: Hozir, tez yordamga Google'dan raqam qidiryapman, deb telefondan boshini ko‘tarmadi. Ikkinchisi: Mening vaqtim kam, hozir suhbatga kirishim kerak, deb o‘zini chetga oldi. Jasmina esa darhol kitobini chetga qo‘yib, haligi kishiga yordam berdi, uni tinchlantirdi va sumkasidan doim o‘zi bilan olib yuradigan suvini berdi.
Suhbat boshlanganda ma’lum bo‘ldiki, o‘sha yordam so‘ragan kishi – bankning bosh direktori ekan! U qizlarga qarab shunday dedi:
– Bizga faqat algoritmlarni yodlagan robotlar kerak emas. Bizga insoniylikni saqlab qolgan va mantiqiy fikrlaydigan odam kerak. Jasmina kutayotganida kitob o‘qiyotganini ko‘rdim. Kitob o‘qiydigan odam diqqatini jamlay oladi va boshqalar telefon ichida yo‘qolib qolganida, u hayotni ko‘ra oladi.
@ibratli_hikoyalar_telegramda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤5🔥1🥰1👏1🤩1
✊O‘zingizga ishoning!
Bu bola nafaqat sinfdagi, balki butun maktabdagi eng kambag‘al oiladan edi. O‘qituvchini hayratlantirgani esa uning “Kelajakda kim bo‘laman?” mavzusida yetti betlik insho yozgani bo‘ldi. Inshoga qo‘shimcha qilib, u katta yilqichilik fermasining chizmasini ham ilova qilgandi.
Bir necha kundan so‘ng insho “0” baho bilan qaytarildi. Bola bunga tushunmadi va darsdan keyin o‘qituvchisining oldiga borib, sababini so‘radi. O‘qituvchi unga shunday dedi:
↪️“Orzularing haddan tashqari katta. Ahvolingni hisobga olib niyat qilishing kerak. Bunday fermani qurish uchun juda katta mablag‘ zarur: yer kerak, otlar kerak, yem-xashak kerak. Yaxshisi, inshoni qaytadan yoz va realroq maqsad tanla.”
Bola xafa holda uyiga qaytdi. U uzoq vaqt o‘ylanib chiqdi... Ertasi kuni esa o‘sha inshoni hech narsasini o‘zgartirmasdan o‘qituvchisiga qaytarib berdi va dedi:
“Bahoni o‘zgartirmang, men esa orzularimni o‘zgartirmayman.”
Oradan yillar o‘tdi. Endi qarib, nafaqaga chiqqan o‘qituvchi ulkan yilqichilik fermasi oldida turardi. Ichkarida esa bir vaqtlar orzusi uchun “0” baho olgan o‘sha bola muvaffaqiyatli inson bo‘lib yashardi. Devorda esa o‘sha eski insho bilan birga fermasining chizmasi ramkaga solib qo‘yilgandi...
☝️ Xulosa: Odamlarning fikri sizning kelajagingizni belgilamaydi. Agar o‘zingizga ishonsangiz, eng katta orzular ham bir kun kelib haqiqatga aylanadi.

👍7❤6👏2🔥1🎉1🤩1
Bir maktabda juda chiroyli va odobli muallima ishlardi. U nihoyatda latofatli bo‘lsa-da, hanuz turmush qurmagan edi. Hatto oila qurish niyati ham yo‘qdek tuyulardi.
– Bir kuni hamkasblari undan:
“Shunchalik go‘zal ekansiz, nega hali turmushga chiqmagansiz?” – deb so‘rashdi.
– Muallima biroz sukut saqlab, shunday hikoya qildi:
“Bir ayolning beshta qizi bor edi. Oltinchisiga homilador bo‘lganida eri unga:
‘Agar bu safar ham qiz tug‘ilsa, uni uydan haydab yuboraman’, – deb tahdid qilardi.
Afsuski, oltinchi farzand ham qiz bo‘lib tug‘ildi. Ota g‘azab bilan chaqaloqni olib, Xufton namozidan keyin masjid eshigi oldiga tashlab ketdi. Bomdoddan oldin qaytib kelib qarasa, chaqaloq hali ham o‘sha joyda yotardi. Uni hech kim olib ketmagan edi. Noiloj qizini uyga olib qaytdi.
Ammo kechasi yana o‘sha ishni takrorladi. Har safar Bomdodda qaytib kelganida qizaloq o‘sha joyda bo‘lardi. Bu hol yetti kun davom etdi.
Onasi esa shu yetti kun davomida tinmay Qur’on tilovat qilib, qizi uchun duo qilardi. Nihoyat ota ham bu ishidan charchab, qizni uyda qoldirishga rozi bo‘ldi. Onaning quvonchi cheksiz edi.
Oradan vaqt o‘tib ona yana homilador bo‘ldi va bu safar o‘g‘il tug‘ildi. Lekin katta qiz farzand vafot etdi. Keyin yana o‘g‘il tug‘ildi, ammo ikkinchi qiz olamdan o‘tdi. Shu tariqa har bir o‘g‘il tug‘ilganda, bir qiz bu dunyoni tark etardi.
Natijada ona besh o‘g‘ilni voyaga yetkazdi, ammo besh qizini tuproqqa qo‘ydi. Faqat otasi keraksiz deb bilgan kenja oltinchi qizgina hayotda qoldi.
Ko‘p o‘tmay onasi ham vafot etdi. Hozir esa o‘sha qiz ham, ukalari ham ulg‘aygan. Otasi qarib qolgan. Unga qaraydigan inson ham deyarli yo‘q.
Otamning barcha xizmatlarini men qilaman. Taomini tayyorlayman, parvarishiga qarayman. Turmush qurmaganimning asosiy sababi ham shu. Ukalarim esa gohida bir oyda, gohida ikki oyda bir kelib, otamdan xabar olib ketishadi xolos.
Otam esa menga yoshligimda qilgan ishlari uchun har kuni pushaymon bo‘lib yig‘laydi...
O‘sha otasi istamagan oltinchi qiz kimligini bilasizmi?
– O‘sha qiz menman...” 😔
@ibratli_hikoyalar_telegramda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤7😢3🔥1👏1🎉1🤩1
💼Eski jomadon va yosh menejer
Nufuzli xalqaro kompaniyada bo‘sh qolgan yuqori lavozim uchun suhbat e’lon qilindi. Oxirgi bosqichga ikki nomzod yetib keldi. Birinchisi – eng zamonaviy gadjetlar va diplomlar bilan qurollangan, o‘ziga juda ishongan yigit. Ikkinchisi – yonida faqat eski, bir oz titilgan jomadon ko‘tarib olgan kamtar yosh yigit edi.
Suhbat boshlanishidan oldin kompaniya rahbari kutilmaganda elektr chiroqlarini o‘chirtirib qo‘ydi va xonaga qorong‘ulik cho‘kdi.💡
– Bizda kichik texnik nosozlik, – dedi rahbar. – Keling, shu vaziyatda suhbatlashamiz. Ayting-chi, agar kompaniya barcha raqamli ma’lumotlaridan ayrilsa, ishni qanday tiklaysiz?
Birinchi nomzod shoshib qoldi:
– Bilasizmi, barcha rejalarim planshetimda edi... internet bo‘lmasa, tahlil qilolmayman, – deb duduqlandi.
Ikkinchi yigit esa xotirjamlik bilan eski jomadonini ochdi. Uning ichidan bir nechta fundamental kitoblar va o‘z qo‘li bilan yozilgan qaydlar chiqdi.✍
– Janob, – dedi u bosiqlik bilan. – Men har kuni klassik boshqaruv va mantiq kitoblarini o‘qiyman. Tizim o‘chishi mumkin, lekin kitoblardan olingan fundamental qoidalar miyamga muhrlangan. Mana bu kitobda inqirozdan chiqishning 10 ta asosiy prinsipi bor, men ularni hozirning o‘zida qog‘ozda chizib berishim mumkin.
Rahbar chiroqni yoqdi va jilmaydi:
– Bizga texnologiya xizmatkori emas, bilimning egasi kerak. Siz texnikasiz ham o‘ylay oladigan kam sonli odamlardan ekansiz.🧠

– Bizga texnologiya xizmatkori emas, bilimning egasi kerak. Siz texnikasiz ham o‘ylay oladigan kam sonli odamlardan ekansiz.
@ibratli_hikoyalar_telegramda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2👏2👍1🥰1🤩1
📚 Bir dasta qog‘oz va o‘zgargan taqdir
Qadimda bir boy savdogarning o‘g‘li bor edi. Ota o‘g‘lining bilimli bo‘lishini xohlardi, lekin o‘g‘li faqat boylik to‘plash va vaqtichog‘lik qilishni yaxshi ko‘rardi. Kunlarning birida ota vafot etdi va o‘g‘liga faqat bir dasta eski, sarg‘aygan qo‘lyozmalarni vasiyat qilib qoldirdi. O‘g‘il esa: Otam menga tilla emas, keraksiz qog‘oz beribdi d eb xafa bo‘ldi va ularni o‘qishga erinib, sandiqqa tashlab qo‘ydi.
Oradan yillar o‘tdi. Tajribasiz o‘g‘il barcha merosni sovurib, qashshoqlikka yuz tutdi. Chorasiz qolgan yigit sandiqdagi o‘sha qog‘ozlarni sotib, pul qilish maqsadida bir donishmandning huzuriga bordi. Donishmand qog‘ozlarni ko‘rib, hayratdan qotib qoldi va dedi:
– O‘g‘lim, sen bu qog‘ozlarning bahosini bilmaysan. Bularning har bir sahifasida qiyin vaziyatdan qanday chiqish, insonlar bilan qanday muomala qilish va savdoni qanday yuritish sirlari yozilgan ekan. Agar sen bularni avvalroq o‘qiganingda, hozirgi kunda dunyoning eng buyuk savdogari bo‘lar eding.
Yigit birinchi marta kitobning qadrini tushunib yetdi. U qog‘ozlarni sotishdan voz kechib, ularni qunt bilan o‘qishga kirishdi. Har bir sahifani tahlil qilib, undagi maslahatlarga amal qildi. Ko‘p o‘tmay, u o‘z bilimini ishga solib, yo‘qotgan boyligini qayta tikladi. U tushundiki, otasidan qolgan eng katta meros oltinlar emas, balki sahifalarga muhrlangan hikmatlar ekan.

👍6🔥3❤2👏1
Jannatdagi qo‘shni
Muso alayhissalom Alloh taologa jannatda o‘ziga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishni so‘rab, ko‘p yolvorar edi.
Bir kuni bunday nido keldi:
– Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi qo‘shning bo‘ladi…
Muso alayhissalom qiziqib, qaysi ibodati uchun u bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdi. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdi. Qassob Muso alayhissalomning haq payg‘ambar ekanini bilgan, imon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Muso alayhissalomni uyiga taklif qildi.
Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira madori qolmagan bir kampirni ko‘tarib olib, yerga yotqizdi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana joyiga qo‘ydi. Shunda kampir nimalardir deb shivirladi.
Keksa ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso alayhissalom qassobdan so‘radi:
– O‘g‘lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
Qassob musofirga:
– Bu ayol onam bo‘ladi. O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois uni yediraman, ichiraman va ust-boshini toza tutaman. Qo‘limdan kelganicha xushnud etishga harakat qilaman.
Muso alayhissalom so‘radi:
– Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
Qassob:
– Onam: “Ey Rabbim! Men o‘g‘limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Muso alayhissalomga qo‘shni qil”, deb duo etdi. Shunda Muso alayhissalom o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundi va:
– Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishni iltijo qilgan edim. Senga ro‘baro‘ qildi. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi, – dedi.

❤17👍2🔥2🥰2👏1🤩1
🎓 Yotoqxonadagi bitta chiroq
Talabalar yotoqxonasida to‘rt nafar yigit bir xonada yashardi. Ularning uch nafari kechasi serial ko‘rib, o‘yin o‘ynab tong ottirar, darslarga esa uyqu bilan borardi. Faqat birgina yigit – Kamol har kuni kechqurun stol chirog‘ini yoqib, jim o‘tirib dars qilardi.
Do‘stlari uni masxara qilishardi:
– Bunaqa o‘qib professor bo‘lib ketasanmi? Hayotdan zavqlanmayapsan, – deyishardi.
Kamol esa indamas, faqat kulib qo‘yardi.
Bir kuni universitetda katta tanlov e’lon qilindi. G‘olib talabaga xorijda o‘qish uchun grant berilishi aytildi. Hamma hujjat topshirdi, lekin imtihon juda qiyin bo‘ldi. Natijalar chiqqan kuni esa yotoqxonadagi eng sokin yigit – Kamol g‘olib bo‘ldi.
O‘sha kecha do‘stlari yana uning stoliga qarashdi. Eski chiroq yana yonib turardi. Faqat bu safar ular kulishmadi.
Kamol sekin dedi:
– Insonni bugungi qulayligi emas, ertangi orzusi uyg‘oq ushlab turadi.
Oradan yillar o‘tib, o‘sha yigitlar turli joylarda oddiy ish bilan band bo‘lib ketishdi. Kamol esa ota-onasining orzusini amalga oshirib, katta mutaxassis bo‘ldi.
☝️Ba’zan muvaffaqiyat baland shovqinda emas, tun yarmida jim yonib turgan bitta chiroqda yashirin bo‘ladi.

❤8👍2🔥2😢2👏1🤔1🎉1🤩1
👨🏻🎓Kech qolgan talaba
Universitetda Jamshid degan talaba bor edi. U aqlli edi, lekin vaqtning qadriga yetmasdi. Darslarga ko‘pincha kech qolardi, topshiriqlarni oxirgi kuni qilardi. “Hali ulguraman”, degan gap uning eng sevimli bahonasi edi.
Bir kuni universitetga yangi professor keldi. U birinchi darsdayoq talabalarni sinovdan o‘tkazdi. Hamma vaqtida kelgan, faqat Jamshid odatdagidek kechikdi. Eshikni sekin ochib kirganida professor unga qarab:
– Sen bugun faqat darsga emas, balki o‘z kelajagingga ham kech qolding, – dedi.
Bu gap Jamshidning yuragiga qattiq tegdi. O‘sha kuni u auditoriyada eng oxirida jim o‘tirib qoldi. Dars tugagach, professor uning yoniga kelib:
– Insonni iste’dodi emas, intizomi buyuk qiladi, – dedi.
Shu kundan keyin Jamshid o‘zgardi. Har kuni ertaroq turdi, darslarni vaqtida qildi, telefon va bekorchi suhbatlarga kamroq vaqt ajratdi. Oradan bir yil o‘tib, u universitetdagi eng faol va hurmatli talabalar qatoriga kirdi.
Bitiruv kuni professor uni tabriklab shunday dedi:
– Sen eng aqlli talaba bo‘lganing uchun emas, o‘zingni yenga olganing uchun muvaffaqiyatga erishding.

👍9❤5🔥1🥰1👏1🎉1
Qashshoq bir yigit bor edi. U doim boy va omadli insonlarga havas qilardi. “Nega meniki yurishmaydi?” deb kun bo‘yi nolirdi. Bir kuni u keksa bog‘bon bilan uchrashib qoldi. Bog‘bon unga kichkina urug‘ berib:
– Shu urug‘ni ek va har kuni parvarish qil, – dedi.
Yigit urug‘ni ekdi. Har kuni suv quydi, tuprog‘ini yumshatdi. Ammo oradan haftalar o‘tsa ham hech narsa unib chiqmasdi. Yigit jahli chiqib:
– Bekor vaqt sarflabman, – dedi.
Shunda bog‘bon kulib: – Yer ostida ildiz mustahkam bo‘lmasa, daraxt birinchi shamolda yiqiladi, – dedi.
O‘sha payt yigit bir haqiqatni tushundi: hayotdagi eng katta natijalar birdaniga kelmaydi. Insonning mehnati, sabri va har kuni qilgan kichik harakati oxiri katta muvaffaqiyatga aylanadi.
Shundan keyin u hech qachon o‘zini boshqalar bilan solishtirmadi. Chunki har bir insonning gullash vaqti har xil bo‘lishini anglab yetgandi.
@ibratli_hikoyalar_telegramda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3🔥1🥰1👏1🎉1🤩1
Bir kambag‘al yigit eski bozorda ishlardi. Kun bo‘yi yuk tashib, kechqurun charchab uyiga qaytardi. Bir kuni u axlat yonidan siniq, eski qo‘l soatini topib oldi. Soat ishlamasdi, oynasi ham darz ketgan edi. Yigit uni uyiga olib borib, tozaladi.
Onasi kulib: – Shu eski temirning nima keragi bor? – dedi.
Ammo yigit uni tashlamadi. Ertasi kuni shahardagi bir ustaga olib bordi. Usta soatni ko‘rib hayron bo‘ldi: – Bu oddiy soat emas. Juda noyob va qimmatbaho soat ekan, – dedi.
Yigit ishonmadi. Usta soatni tuzatib berdi. So‘ng uni kolleksioner juda katta pulga sotib oldi.
Yigit o‘sha kuni muhim haqiqatni tushundi: ba’zi narsalar tashqaridan qadrsiz ko‘rinsa ham, aslida juda qimmatli bo‘ladi. Xuddi inson kabi. Kimdir seni past ko‘rishi mumkin, ustingdan kulishi mumkin, lekin bu sening qadrsiz ekaningni bildirmaydi.
Shundan keyin yigit hech qachon o‘zini yomon ko‘rmadi. Chunki haqiqiy qiymatni hamma ham darrov ko‘ra olmasligini anglagandi.
@ibratli_hikoyalar_telegramda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3🔥1👏1😁1🎉1🤩1
Bir yigit hayotidan doim nolirdi. “Omadim yo‘q, hech narsaga erisha olmayman”, derdi. Bir kuni u eski bir ustaning yoniga bordi va: – Nega mening yo‘lim doim yopiq? – deb so‘radi.
Usta indamay unga zang bosgan katta qulf bilan kichkina kalit berdi. – Ochib ko‘r, – dedi.
Yigit bir necha bor urinib ko‘rdi, lekin qulf ochilmadi. Jahli chiqib: – Bu kalit mos emas ekan, – dedi.
Usta kalitni olib, sekin aylantirdi. Qulf darrov ochildi.
– Ko‘rdingmi? – dedi usta. – Sen kuch bilan ochmoqchi bo‘lding. Aslida esa sabr va to‘g‘ri yo‘l kerak edi.
So‘ng u davom etdi: – Hayot ham xuddi shu qulfga o‘xshaydi. Ba’zi eshiklar zo‘rlik bilan emas, vaqt, sabr va harakat bilan ochiladi.
Yigit o‘sha kuni uyiga boshqacha kayfiyatda qaytdi. Endi u muammo ko‘rsa, “Bu yopiq eshik” deb emas, “Hali kalitini topmadim” deb o‘ylaydigan bo‘ldi.
Oradan yillar o‘tib, u muvaffaqiyatli insonlardan biriga aylandi. Chunki u bir haqiqatni tushungandi: har bir qulfning kaliti bor, faqat uni topish uchun taslim bo‘lmaslik kerak.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍10👏4🥰2🤩2