International Agriculture University
1.32K subscribers
901 photos
153 videos
1 file
499 links
The 1st International Agriculture University in Uzbekistan and Central Asia🌍

📞 +998 99 981 09 19

📍Tashkent, Uzbekistan
Download Telegram
🤝 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti yurtimizda o’z faoliyatini 34 yildan buyon muvaffaqiyatli olib borayotgan “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki bilan o’zaro hamkorlik memorandumini imzoladi!

Ma’lumot o’rnida ta’kidlab o’tish joizki, ayni paytda “Turonbank” mijozlariga 21 ta bank xizmat ko‘rsatish markazi va 70 ta bank xizmat ko‘rsatish shoxobchalari xizmat ko‘rsatmoqda!

📝 Hamkorlikdan ko’zlangan asosiy maqsad universitet talabalarini kelajakda munosib ish o’rinlarini egallashi uchun sharoit yaratish hamda ularning amaliyot dasturlari va bank tomonidan ajratilishi ko’zda tutilgan bepul ta’lim grantlari haqida suhbat olib borildi!

‼️ Ushbu uchrashuv doirasida Agro Economics talabalarini bankda o'z amaliyotlarini o’tash imkoniyatini tashkil etish masalasi ham ko’rib chiqildi!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
📣 Bugun, 1-may kuni, Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida o’zbek tilidagi ta’lim dasturi asosida, kunduzgi ta’lim shakli uchun ilk “Kirish imtihoni” bo’lib o’tdi!

📝 Imtihonda 25ta mantiqiy fikrlashga asoslangan test savollariga javob berish uchun 60 daqiqa vaqt ajratildi!

Shu kunning o’zidayoq barcha imtihon javoblari e’lon qilindi!

‼️ Eslatib o’tamiz! Kelgusi imtihonlar har chorshanba, 11:00da bo’lib o’tadi!

📲 Batafsil ma’lumotlar uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📣 Bugun, 3-may kuni, Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti rektori Dr Munira Aminova va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Muxriddin Hamzayev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi!

Uchrashuv doirasida Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetida 2024-2025 o'quv yilida Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilotini tuzish bo’yicha fikr almashildi!

🤝 Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad: talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularning shaxsiy rivojlanishlari uchun loyihalar ishlab chiqish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash

📲 Batafsil ma’lumot uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩 Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetida yana bir hamkorlik memorandumi imzolandi!

📣 Bugun, 3-may kuni, Satbayev universiteti bir guruh xodimlari: R.Uskenbayeva, A.Kasimova, A.Anartayeva, S.Anigili, hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetiga tashrif buyurdi!

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash lozimki, Satbayev universiteti ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va yuqori aniqlikdagi ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlangan Qozogʻistondagi eng yirik ilmiy-taʼlim majmuasidir.

🤝 Uchrashuv davomida, yaratilgan innovatsion ekotizim universitetni yuqori texnologik rivojlanish sur'atlari bilan ta'minlashi haqida ta’kidlandi!


📲 Batafsil ma'lumotlar uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Polsha qishloq xo‘jaligi: tarix, rivojlanish bosqichlari, istiqbolli loyihalar

🇺🇿🇵🇱Kuni kecha Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetida “Polsha qishloq xo‘jaligi sektorini boshqarishni qanday o‘zgartirdi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

ℹ️Unda Polshaning taniqli iqtisodchisi, menejeri – doktor Vladislav Lukasik Polsha qishloq xo‘jaligi taraqqiyot bosqichlari, tarixiy tub burilishlar, Polsha aholisining qishloq xo‘jaligiga munosabati hamda O‘zbekiston-Polsha munosabatlarida qishloq xo‘jaligining ahamiyati borasida ma’lumotlar berib o‘tdi.

🗣Bundan tashqari ekspert o‘z ma’ruzasida Polsha qishloq xo‘jaligi tajribasini O‘zbekistonda joriy etish, xuddi shunday O‘zbekiston tajribasini ham Polshada joriy etish, bu orqali mamlakatlar qishloq xo‘jaligi sohasida yanada yangi bilimlar, innovatsion yondashuvlarga ega bo‘lishi, o‘z o‘rnida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini aytib o‘tdi.

Seminar konstruktiv muloqot tarzida, qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar qishloq xo‘jaligida hozirgi kundagi dolzarb muammolar hamda ularni yechish borasida o‘z takliflari hamda fikrlarini o‘rtaga tashladi. O‘z navbatida polshalik doktor Vladislav Lukasik tomonidan bu savol va takliflarga atroflicha javoblar berib o‘tildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM