International Agriculture University
758 subscribers
878 photos
139 videos
1 file
470 links
The 1st International Agriculture University in Uzbekistan and Central Asia🌍

📞 +998 99 981 09 19

📍Tashkent, Uzbekistan
Download Telegram
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tizimidagi Oliy ta’lim muassasalarining talaba yoshlari o’rtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xo’jaligi” tanlovining Universitet bosqichi bo’lib o’tdi!

Tanlov 4 xil shartlar asosida o’tkazilib, unda 6 nafar ishtirokchidan tashkil topgan 5 ta jamoa o’z chiqishlari bilan ishtirok etishdi!

📌 Tanlovdan ko’zlangan maqsad: mamlakatimizda “Yangi O’zbekiston-yangicha dunyoqarash” g’oyasi asosida ta’lim va qishloq xo’jaligida bilim hamda ilm-fan yutuqlari, innovatsion va ilg’or texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga va ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat!

🎉 Tanlovda Shahriyor Sa’dullayev boshchiligidagi ”Agro-inqilob” jamoasi 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichi yo’llanmasini qo’lga kiritdilar!

‼️ Respublika bosqichida 1-o’rinni egallagan jamoaga rivojlangan davlatlarning biriga xorijiy tajribalarni o’rganishga borish sertifikati beriladi!
📣 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil topganining ikki yilligi munosabati bilan barcha talabalar va xodimlarni muborak etadi!

📈 Universitet bu qisqa vaqt ichida sezilarli yutuqlarga erishdi. Xususan, bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida ta’lim dasturlarini yo’lga qo’ydi. Dastur ingliz tilida bo‘lib, Buyuk Britaniyalik hamkorimiz Qirollik qishloq xo’jaligi universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

🤩 Bundan tashqari, Universitetda Germaniyalik hamkorlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot kafedrasi, xorijiy universitet va tashkilotlar bilan 30 dan ortiq hamkorlik shartnomalarini imzolashga erishildi.

‼️ Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetining asosiy maqsadi: Oʻzbekistonda zamonaviy qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun barqaror rivojlanish muhimligini anglaydigan, innovatsiyalarga ochiq va butun dunyo bilan hamkorlikni amalga oshirishga qodir boʻlgan biznes rahbarlarini va har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlashdan iborat 🌍

🎉 Bayram barchangizga muborak bo’lsin!
📣 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetiga 7-may kuni, Logo e. V. (Landwirtschaft und Oekologisches Gleichgewicht mit Osteuropa e. V) rahbari Hartwig Mennen tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida o’zaro ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, Hartwig Mennen tomonidan uchrashuv so’nggida tashkilot haqida talabalarga seminar o’tkazildi.

🌍 Kelishuvga asosan, har o’quv yilida 20 ga yaqin talabalarni Germaniyada amaliyot o’tashga va malaka oshirishga yuborish maqsad qilib olindi!

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🎉 Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti, 9-may “Xotira va qadrlash” kuni bilan barchangizni muborakbod etadi!
🔰 Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida, “Ma’rifat ulashib” haftaligi munosabati bilan bir guruh universitet talabari To’lepbergen Qayipbergenov hayoti va ijodini o’rganish maqsadida Adiblar hiyoboniga tashrif buyurishdi.

Bundan tashqari, “Ma’rifat ulashib” haftaligi doirasida iste’dodli ijodkor adiblar Abduqayum Yo’ldoshev, Bobur Hamroyev va Faxriddin Hayit universitetga ijodiy tashrifni amalga oshirib, talabalar bilan o’z ijodlari va hayot tajribalari bilan bo’lishdilar.

Uchrashuv so’nggida, ijodkorlar boshchiligida Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetiga biriktirilgan Chirchiq shahar “G’alaba” mahalla fuqarolar yig’ini a’zolari va 26-maktab o’quvchilari bilan “Adiblar va o’quvchilar uchrashuvi” ham tashkillashtirildi.

📲 Batafsil ma’lumotlar uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!


Vebsayt | Instagram | Telegram | Facebook | Youtube
🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlar tajribasi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti vakillari tomonidan o‘rganilmoqda.

👨‍🔬 “Ta'lim — Poliz, meva-sabzavot, o‘simliklarni sug‘orish" o‘quv dasturi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Washington shtatida bo‘lib turgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti professorlari Big Bend Community Collegeiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida, Big Bend Community Collegeida talabalar uchun tashkil etilgan sharoitlar, dars jarayonlari, kutubxona va laboratoriya imkoniyatlari, xalqaro loyihalar hamda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿 Shuningdek, B.Abdusattorov va A.Primovlar uchrashuv ishtirokchilariga Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Vebsayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube