MAGIC TRADES | UZB ️
174 subscribers
900 photos
27 videos
172 files
258 links
MAGIC TRADES | UZB📈🔰O'zbekistondagi yagona barchasi bittada umumlashgan treyderlikka oid kanal.

💥Jaxondagi va O'zbekistondagi ko'plab professional treyderlar bilimlari.
💥Eng tezkor texnik va fundamental analizlar.

@Magic_trades1
Download Telegram
Kun daxshatli boldi köpchilik uchun his qildim 🥷🥷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Kuzatamizadeee…….🧐
Profitable trading is boring deganlaridek sabr ila kutib savdoga kirish kerak. Profitable trader bolish uchun kunlik tradeni kamaytirish kerak….
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2026-yildagi 1-savdoyim 🥷🥷🥷
2
Forwarded from Aziz Halikov (Aziz Halikov)
Nega odamlar signalchilarga ishonadi?
Va nega “kam pips ovlash” — bu aldov
Ko‘pchilik signalchilarga ishonadi.
Sababi oddiy: ular kichik pipslar bilan odamni ishontiradi.
5 pips.
7 pips.
10 pips.
Skrinshotlar chiroyli. Statistikalar “yashil”.
Ammo bu — savdo emas, bu psixologik manipulyatsiya.
1️⃣ Kam pips — bu ustunlik emas, bu niqob
Signalchilar ko‘pincha shunday deydi:
“Biz ko‘p emas, aniq olamiz”
Aslida esa:
TP juda kichik
SL esa ko‘rinmaydi yoki yashiriladi
📌 5–10 pipslik foyda — riskni yashirish uchun qulay.
Bitta real stop esa 10–20 ta winni o‘chiradi.
Bu treyding emas.
Bu vizual aldov.
2️⃣ Winrate bilan ommani aldatish
Signalchilar sevimli raqam:
“80–90% winrate”
Ammo savdoda muhim savol:
1 ta loss nechta winni o‘chiradi?
Agar:
8 marta +5 pips
1 marta −50 pips
Natija: minus.
📌 Winrate yuqori bo‘lishi mumkin,
lekin matematik kutilma baribir manfiy.
3️⃣ Signal biznesi nega aynan XAUUSD’da gullaydi?
Chunki XAUUSD:
Juda volatil
Impulsli
“Tasodifiy win” berishga moyil
Bu signalchiga qulay:
Bugun 10 ta win ko‘rsatadi
Ertaga bitta katta lossni yashiradi
📌 Ommaga esa faqat yashil skrinshotlar yetib boradi.
4️⃣ Kam pips ovlash — statistik hiyla
Kam pips strategiyasi:
Ko‘p kirish
Tez yopish
Yo‘qotishlarni surib borish
Bu martingale’ga yaqin model.
📌 Statistikada bu shunday ishlaydi:
Kichik foydalar ketma-ket keladi
Katta loss esa hammasini yutib yuboradi
Bu savol:
“Yutamanmi?”
emas.
Bu savol:
“Qachon topshiraman?”
5️⃣ Nega odamlar baribir ishonadi?
Chunki:
Odam tez natija xohlaydi
Kichik foyda xavfsizdek ko‘rinadi
Boshqalar yutayotgandek tuyuladi
📌 Bu — dopamin savdosi, treyding emas.
Signalchi pulini obunadan oladi.
Risk esa — senda.
6️⃣ Eng oddiy, lekin eng kuchli savol
Agar signalchi:
Barqaror foydali bo‘lsa
Kam risk bilan ishlasa
Matematik ustunlikka ega bo‘lsa
Nega u lotini oshirmayapti?
Nega signal sotyapti?
📌 Chunki signal sotish — risk-free.
Savdo esa — yo‘q.
7️⃣ Yakuniy haqiqat
Kam pips ovlab ommani ishontirish —
bu treyding emas.
Bu: Statistik manipulyatsiya
Psixologik aldov
Riskni senga yuklash
Agar signal ishlaganida —
signalchi treyder bo‘lardi, sotuvchi emas.
Bozorni aldab bo‘lmaydi.
Matematikani esa — hech qachon.
2
Treyderning uch muammosi

1. Zarar kuni 🔽
2. Zararsiz kun ▶️
3. Foydali kun 🔼

01. Zarar kuni → Qo'rquv. Har bir treyder yo'qotishlar muqarrar ekanini biladi, lekin ularni qabul qila oladiganlar ancha kam.
🔴Siz tez-tez xato qilasiz — noto'g'ri harakat qilish sizni qo'rqitmasin. Salbiy hislardan ko'ra, undan foyda olishni o'rganing — bu muvaffaqiyatga olib boradigan yagona to'g'ri yo'l.


02. Zararsiz kun → Zerikish. Ko'pchilik uchun bunday kun samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun ular ko'pincha asossiz bitimlar ochishadi, shunchaki o'zini oʻynatish uchun 🕺
🔴Bitimsiz kun — bu ham natijadir. Bozorda aniq  imkoniyatlar bo'lmaganda, undan tashqarida qolishni va o'zingizning rejangizga rioya qilishni o'rganing.


03. Foydali kun → Ochko'zlik. Foyda olganlikdan kelib chiqadigan eyforiya ko'pincha o'z imkoniyatlarini haddan tashqari yuqori baholashga olib keladi. O'ziga ishonch impulssiv bitimlar va yo'qotishlarga sabab bo'ladi.
🔴Bir muvaffaqiyatli kun sizni mutaxassis qilmaydi, lekin uzluksiz va uzoq muddatli natijalar — sizni haqiqiy mutaxassisga aylantiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
💹 Dastlabki g‘alabalar yo‘ldan ozdiradi.

Dastlabki muvaffaqiyatlarning xavfi nimada ?
🔥Ular qarashni xiralashtirib, bozordagi muvaffaqiyatning oson va oldindan aytib bo‘ladigan narsa ekanligi haqida illüziya yaratadi.
——————

Muammo nimada ?
🔥Dastlabki muvaffaqiyatli bitimlardan keyin bozorni o‘zlashtirib olgandek his paydo bo‘ladi.

🔥Bu haddan tashqari ishonch, risklarni e‘tiborsiz qoldirish va treyderlikni qimor o‘yiniga aylantirishga olib keladi.
——————

Haqiqat qanday ?
🔥 Qimor va tez pul orqasidan quvish depozitni yo‘qatishga olib kelishi muqarrar.

🔥Aniq strategiyasiz treyderlik qimor o‘yiniga aylanadi, va baxt vaqti-vaqti bilan sizga qarshi o‘ynaydi.

• Oson muvaffaqiyat keltiradigan bitimlar bo‘ladi
• Murakkab qararlar talab qiladigan bitimlar bo‘ladi
• Sizning zaif tomonlaringizni ko‘rsatadigan bitimlar bo‘ladi
• Bozor sizni o‘z joyiga qo‘yadigan bitimlar bo‘ladi
——————

🖍 Yechim

🔢Dastlabki g‘alabalar tasodif ekanini tan oling. His-tuyg‘ularga qarorlaringizni boshqarishga imkon bermang.

🔢Muvaffaqiyat intizom ustida ishlaydiganlarga keladi, oson pul orqasidan quvadiganlarga emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1
O`zini qutqarmayotgan oziga ozi yordam bermayotgan odamga qanaq qib qaysi kallang bn yordam beryappsan
1🔥1
Hojatxona.

Eshik oldida o’tirgan bolakay e'tiborimni tortdi.

Bu ishda rozi bo'lib ishlab o'tirish oson emas. Ammo u norozi ko’rinmaydi.

Olgan puliga ham qaramadi.
Qog'oz berishni ham unutdi.

Ikki ko'zi ko'rayotgan qisqa videolarida. Shu qadar berilib u yerning hidini ham, qayoqdaligini ham unutgan ko'rinadi.

Biz ham ba'zida "hojatxona"da bo'lsak ham, chiqmay o'tiraveramiz. Ovunish uchun doim nimadir topiladi.

Zo’rg’a yetayotgan oylik.
Bir joyda qotib qolgan yoqimsiz ish.

Atrofga boqing.
1🎉1
⚠️ Treydingda zarar ko'rayotganingiz yoki foydaga chiqa olmayotganingizning 5 ta asosiy sababi :

1⃣. Noto'g'ri vaqtda savdo qilish

Bozorning faol bo'lmagan (past likvidli) vaqtlarida yoki muhim iqtisodiy yangiliklar chiqayotgan, bozor bashorat qilib bo'lmaydigan holatga kelgan paytlarda savdoga kirish.

2⃣. Ma’lumotlarning yo‘qligi

O'z savdo tarixi (journal), statistikasi va tahliliy ma'lumotlariga ega emaslik. Qayerda xato qilayotganini raqamlar orqali ko'rmaslik.

3⃣. Qoidalarning yo‘qligi (haddan tashqari erkinlik)

Aniq strategiya va tartib-intizomning mavjud emasligi. Treydingda cheklovlarning yo'qligi ko'pincha tartibsiz (xaotik) qarorlar qabul qilishga olib keladi.

4⃣. Tezda katta foyda kutish

Treydingga qisqa vaqt ichida boyib ketish yo'li deb qarash. Sabrsizlik va real bo'lmagan maqsadlar qo'yish ko'p hollarda bor mablag'ni ham yo'qotishga sabab bo'ladi.

5⃣. Mehnat talab qiladigan ishlardan qochish

Grafiklarni tahlil qilish, backtest (strategiyani o'tmishda sinab ko'rish) o'tkazish va o'z ustida ishlash kabi "og'ir" tuyulgan jarayonlardan qochib, faqatgina "oson pul" topishni istash.


🤔 Sizningcha, ushbu ro'yxatga yana qanday psixologik omillarni qo'shish mumkin?
1👏1
1👍1
MAGIC TRADES | UZB ️
Photo
1️⃣ Birinchi ikki doira Asia (X) skip para shuning uchun qora 🖤
2️⃣ Ikkinchi ikki doira Londan (A) 🌍
3️⃣ Uchinchi ikki doira NYAM (M) 🗽
4️⃣ To'rtinchi ikki doira PM (D/R) biri oq, biri qora ⚪️⚫️ davom etish yoki burilish 🔄
1👍1