Муслим кундалиги 📘
49 subscribers
10 photos
12 videos
11 files
23 links
Бир кун келиб бу дунёда бўлмаганимда, жойлаган маълумотларим сизга Аллоҳни эслатса, ажр ниятида очилди, ИншааАллаҳ ✍️

Расулуллоҳ ﷺ айтадиларки:
«Ким бир яхшиликка бировни йўллаб қўйса унга ўша ишни қилганлик ажри бор»

Админ: https://t.me/Gafurali
Download Telegram
O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tasdiqlagan Ramazon oyi taqvimi.
19-fevral ramazonning birinchi kuni inshaaalloh. Alhamdulillah.

@iMusulman — Muslim kundaligi
Ассаламу алайкум. Рамазон муборак 🌙
Ҳар ким билан тортишманг!

Бир куни бўри билан эшак бир масалада тортишиб қолишди ва ҳал қилиб бериш мақсадида шернинг олдига боришди. Шер масалани эшитиши биланоқ бўрини жазолашни буюрибди. Бундан норози бўлган бўри шерга юзланиб:
– Ахир, мен ҳақ эдим-ку! Нимага мени жазолашга буюрдинг? – деди. Шунда шер:
– Тўғри, сен ҳақ эдинг. Бироқ эшак билан тортишганинг сенинг айбинг эди, – деб жавоб қилди!
Алҳосил, ҳаётимиз эшаксифатлар билан тўла. Ҳар бири билан тортишиб ўтирсак, умримиз зое кетади,  шаънимизга доғ тушиши ҳам ҳеч гап эмас. Уларга эътибор қилманг. Бундайлар ортингиздан ҳанграб-ҳанграб қолиб кетади!

«Қалбга таскин битиклар» китобидан.

@iMusulman — Muslim kundaligi
Har bir qariyaning so‘zini to‘g‘ri deb o‘ylama, ahmoqlar ham qariydi!
Bolalikda kun o‘tmasdi,
Endi yillar to‘xtamayapdi...
Gunoh qildingmi darrov tavba qil, istig‘for ayt va boshqa u gunohga qaytma.

Inson suvga tushgani uchun emas suvdan chiqmagani uchun cho‘kadi.
Narvonning tepasidagi pog'ona pastdagisiga kulib dedi:
Hamma oyog'ini senga artadi…

...Bir kuni narvonni teskarisiga aylantirishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo yaxshi bo‘ladi yoki yaxshilikka.
Har bir ishda hikmat bor.
Yo‘lga birga chiqqan insoningni, "yo‘ldan chiqqan" insonga almashmagin!

Ko'proq yigit kishilarga tegishli!
— Shuncha duo qildim, ijobat qani?

— Shuncha gunoh qilding, hijolat qani?
Erkak kishi qo‘lidan kelgan ishni emas, o'ziga yarashgan ishni qilishi kerak.
Yigitlar, ko‘chadagi nomahram ayollarga qarab katta ajr, savob olishni xohlaysizmi?

Bir marta ko'zingiz tushdi, begona ayolligini bildingiz, ko'zingizni olib qoching, boshqa tomongami, pastgami. Bu ishni Allohdan qo‘rqib, Alloh roziligi uchun qiling. Baribir qaraganingizdan nima foyda? Ha, ko‘z qara deydi, nafs qara deydi lekin bu ish zino (ko‘z zinosi) ekanligini unutmang. Zino esa qarzdir. Birovnikiga qaradingmi? Senikiga qarashadi! Bu dunyoda xotiningizdan, qizingizdan boringki sizning mahramlaringizdan qaytadi. Tavba qil birodar!
Sizni hamma eslaydigan, qadrlaydigan va yaxshi ko‘radigan kun bu — o‘lgan kuningiz.
Nega tug'ilgan kun boru, tuqqan kun yo‘q?
Nega tug'ilganlarni tabriklashib uzoq umrlar tilashadi, lekin onalar eslanmaydi u kuni?
Nega tug'ilganlar uchun oshlar damlanadi, tuqqanlar xizmatda yuradi?

Onalar qilgan xizmatni boshqa birov qilganda, umr bo‘yi uni xizmatida bo'lardingiz, kamiga minnat ham eshitardingiz. Onalarimizni borida qadriga yetaylik. O‘lganidan keyin qo‘y so‘yganda ko‘ra.
Balki, kafanligimiz sotuvga chiqqandir?

Odam - hech o‘lmaydigandek yashaydi, lekin hech yashamagandek o‘lib ketadi.

O‘limni kutib, unga tayyor bo'lib yashaylik.
Ushbu kitobchadagi 150 usulning, birinchi usuldan boshlab menga juda katta ta'sir qilib boshladi. Shu paytgacha onamga tug'ilgan kunidan boshqa kunda hadya bermagan ekanman (

Ushbu kitobchani sizlarga ham ilindim. Atigi 26 varaq, o'qib chiqing albatta.
Hayot 2 yoshingda gapirishni,
30 yoshda jim turishni o‘rgatib qo‘yarkan.