Bir joyda ishlayatgan bo'lsangiz o'zingizga 2 ta savol bering:
- Yaxshi daromad qilyapmanmi?
- Yaxshi bilim olyapmanmi?
Agar ikkala savolga ham yo'q degan javob bergan bo'lsangiz demak ishlayatgan joyingiz sizga mos emas.
@huseyn_blog

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar YouTube'ga aniq maqsad bilan kirib, lekin bir necha soat o‘tgach, o‘zingizni butunlay boshqa mavzularga chalg‘igan holda topsangiz, ushbu videodagi qadamlarni bajaring. O‘zingizda Shorts va rekomendatsiyalarni o‘chirib qo‘ying.
@huseyn_blog
@huseyn_blog
Dasturchilar orasida eng mashhur forumlardan biri bo'lgan Stack Overflow'dagi savol-javoblar soni 25% ga kamaydi, va bunga sun'iy intellektlarning rivojlanishi sabab bo'ldi.
Sun'iy intellektlar paydo bo'lganidan beri dasturchilar soatlab javob kutib, forumlarda savol berishga ehtiyoj sezmayapti. Ular sun'iy intellektlardan tez va aniq javob olishmoqda.
Eng qiziq tomoni shundaki, agar dasturchilar forumlarda savol-javob qilishni kamaytirsa, sun'iy intellektlar ham sifatini yo'qotishi mumkin.

Chunki sun'iy intellektlar ham odamlar tomonidan yaratilgan ma'lumotlarga tayanib javob beradi :)
@huseyn_blog
Online ishlashning minuslaridan biri, atrofingizdagi ba’zi qarindoshlar sizni ishsiz yuribdi deb fikr yuritishlaridir
Bu aslida minus ham emas shunchaki kayfiyat uchun yozdim. Nima bo’lganda ham atrofingizdagilar nima deb o’ylashlariga siz javobgar emassiz
O'zbekistonga kelganimga yaqinda 3 oy bo'ladi. Hali ham ba'zi qarindoshlarim meni ishsiz yuribdi deb o'ylab yurishgan ekan😁
Bir do‘stim bilan biznes boshlagan edim, 2 haftaga yetmasdan biznesdan chiqib ketishga majbur bo‘ldim.
2 hafta mobaynida olgan saboqlarim:
• Biznes boshlamoqchi bo‘lsangiz, faqat va faqat qo‘lingizdagi naqd pul bilan ishni boshlang. Qarz yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bilan boshlangan biznesda qiyinchiliklar bo‘ladi.
• Biznes uchun bilimingiz va tajribangiz bor bo‘lgan sohani tanlang.
• Kamida 6 oylik shaxsiy xarajatlaringizni hisoblab, shuncha pulni ajratib qo‘ying. Biznes tezda daromad bermasligi mumkin.
• Bor fokusni biznesga ajratishga tayyor bo‘ling. Biznesni 2-3-o‘ringa qo‘ysangiz, katta natijaga erishmaysiz.
• Biznes o‘xshamagan taqdirda nima qilasiz, shuni ham hisobga oling.

Qora mehnat
6 kunlik safarimiz yakuniga yetdi. Safar davomida Moskva, Sankt-Peterburg va Kazan shaharlarida sayr qilishga muvaffaq bo‘ldim. Rossiyada o‘zbek va tojik millatiga mansub qora ko‘zlarni juda ko‘p uchratdim. Ammo meni hayratga solgan va chuqur o‘ylantirgan asosiy narsa – ularning aksariyati qora mehnat bilan shug‘ullanayotganligi bo‘ldi.
Taksichilik, ofitsiantlik, farroshlik, kuryerlik – bu kabi ishlarda yurtdoshlarimizning ko‘pligini ko‘rib, yuragim og‘ridi.
Shunday xulosaga keldim: biz yoshlar kelajak avlodni bu fojeadan asrash uchun ta’limga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur. Axir, qachongacha xalqimiz begona yurtda qora mehnat bilan kun kechiradi?

Aziz Rahimov, Muhammad Ali Eshonqulov, Temurbek Adhamov, Umidjon Ishmuhammedov kabi insonlarning ushbu muammoni bartaraf etish yo‘lida qo‘shayotgan ulkan hissalarini yana bir bor qadrladim va chuqur his qildim. Ularga bu xizmatlari uchun chin dildan minnatdorchiligimni bildiraman.
@huseyn_blog
Maqsad uchun emas, shaxsiyat uchun intiling
Ko'pincha o'zimizga qandaydir maqsad qo'yamiz va unga erishish uchun kunlik yoki haftalik vazifalarni bajaramiz. Masalan, "Men 10 kilogrammga ozmoqchiman" deb niyat qilamiz va shu sababli 6 oy davomida har ikkinchi kun fitnesga boramiz hamda dieta tutamiz.
Lekin 6 oydan keyin-chi? Yana fastfud yeyishga qaytish yoki umuman sport bilan shug'ullanmay qo'yish qanchalik to'g'ri?
Albatta, bu to'g'ri emas. Ammo agar biz maqsad uchun emas, balki shaxsiyat uchun intilsak, ya'ni "Men sog'lom turmush tarzini olib boradigan inson bo'lishni istayman" desak, sport va to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat 6 oy, balki butun hayotimiz davomida bizga hamroh bo‘ladi.
Shu sababli, maqsadlarga emas, balki o'zimizni kim sifatida ko‘rishimizga e’tibor beraylik. Maqsadga erishish vaqtinchalik, shaxsiyat esa umrboqiy!

SUN'IY INTELLEKT VA GENOTSID
Hozirgi kunda hammamiz SI (sun’iy intellekt) texnologiyalarining hayotimizga olib kirayotgan yanglilklarni, qulayliklarini maqtamoqdamiz va hayratda qolmoqdamiz. Men bugun SI ning biroz boshqacha tarafi haqida yozmoqchiman.
1,5 yildan beri davom etayotgan G‘azo genotsidida 50 000 dan ortiq inson halok bo‘lgan. Isroil armiyasi ushbu genotsidida razvedka ma’lumotlarini to‘plashdan tortib, zarba beriladigan nishonni aniqlashgacha bo‘lgan barcha jarayonlarida SI ishlatmoqda.
Bu texnologiyalar Amazon, Google, Microsoft, OpenAI kabi yirik kompaniyalar tomonidan ta’minlanmoqda. Keling shularni ba'zilarini qanday ishlashiga nazar tashlaylik:
🔴 Habsora - Boshqacha qilib aytganda bu SI ommaviy qotillik fabrikasidir. Ilgari Isroil razvedkasi bir yilda o'rtacha 50 ta nishon belgilagan bo'lsa endilikda SI har kuni 100 dan ortiq nishon belgilab bermoqda. SI zarba natijasida qancha tinch aholi halok bo‘lishini ham taxmin qiladi. Isroil armiyasi SI belgilagan bir nishonni borbardimon qilganda 15-20 ta tinch aholi halok bo'lishini eng oddiy holat deb hisoblaydi.
🔴 Lavender - Bu SI G'azo sektoridagi aholining shaxsiy ma'lumotlarini (mobil aloqalar, ijtimoiy tarmoqlar, yashash joyi va h.k.) tahlil qilib, har bir kishiga 1 dan 100 gacha reyting beradi - reyting qanchalik baland bo'lsa uni "yo'q qilish" uchun shuncha ko'p resurs sarflashga va tinch aholini qurbon qilishga ruxsat beriladi. 1.5 yil ichida ko'plab tinch aholi aynan shu SI sababidan halok bo'lgan chunki qotil Isroil biron shaxsni qatl qilmoqchi bo'lsa uni yonida yuzlab, minglab tinch aholini qurbon qilishga rozi va shunday qilib kelmoqda ham.
🔴 Where's Daddy? - Bu SI o'z ichiga Lavanderdan tushgan royxatni qabul qiladi va royxatdagi har bir shaxsning qachon uyiga qaytishini taxmin qiladi. SI taxmin qilgan vaqtda shubhalining uyi havodan bombardimon qilinadi. Har bir bormardimonda eng kamida 1 butun oiladan boshlab bir butun bino aholisigacha halok bo'ladi.
Xulosani qog'ozga tushira olmadim, biroz o'ylang va xulosani o'zingiz qiling.

O'rinsiz kutuvlar
- Yaxshi mutaxassis, lekin intizomsiz
- Zo'r kitobxon, lekin muomalasiz
- Muvaffaqiyatli tadbirkor, lekin oilada beparvo
- Yaxshi hamkasb, lekin tartibsiz
- Sodiq do'st, lekin mas'uliyastiz hamkor bo'lishi mumkin.
"Lekin"lar ro'yxatini yana ko'p to'ldirish mumkin. Zero, inson ekanmiz kamchiliglarimiz bo'lishi tabiiy. Har taraflama mukammal bo'la olmaymiz. Shunday ekan biror kishining bir jihati yaxshiligini ko‘rib boshqa jihatlarda ham shuni kutish xato.
Kutuvlaringizni minimallashtiring, hechkimdan ideallik kutmang shunda atrofingizdagilardan kamroq zarba yeysiz.

Ertaga o'lishingiz ma'lum bo'lib qolsa nima qilmaganingizga afsuslangan bo'lar edingiz?
O'ylang va harakatga o'ting.
@huseyn_blog
O'ylang va harakatga o'ting.
@huseyn_blog
Texnik bilim yetarli emas
Dasturchining saviyasi oshgani sari uning mas’uliyati ham oshadi. Avval faqat teamlead’dan vazifa olgan bo‘lsa, endi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri project manager, product manager, analitiklar va product ownerlar bilan ishlay boshlaydi.
Ana shu bosqichlarda dasturchining soft skill’larining ahamiyati karra-karra oshadi. Endilikda u nafaqat kod yozish, balki biznes jarayonlarini tushunish, tinglash, tushuntirish, to‘g‘ri va tez qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak.
Agar hali yo'lning boshida bo'lsangiz, ertaga qiynalmaslik uchun hozirdanoq soft skill’laringiz ustida ishlang)
@huseyn_blog
Dasturchining saviyasi oshgani sari uning mas’uliyati ham oshadi. Avval faqat teamlead’dan vazifa olgan bo‘lsa, endi u to‘g‘ridan-to‘g‘ri project manager, product manager, analitiklar va product ownerlar bilan ishlay boshlaydi.
Ana shu bosqichlarda dasturchining soft skill’larining ahamiyati karra-karra oshadi. Endilikda u nafaqat kod yozish, balki biznes jarayonlarini tushunish, tinglash, tushuntirish, to‘g‘ri va tez qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak.
@huseyn_blog
Aksar holatlarda kuchli shaxsiyatning ortida kuchli shaxsiyatli ustoz turadi.
Ustozsiz inson - dengizda yelkansiz kemaga o'xshaydi, shamol qaysi tomonga essa, o'sha tomonga og'ib ketaveradi.

Xaritalar
Tasavvur qiling: 20-asr, New-york shahriga keldingiz. Sizga begona bo'lgan bu shaharda kerakli manzilga yetib olish uchun o'zingiz bilan xarita olib kelgan edingiz. Ammo e'tibor bersangiz, qo'lingizdagi xarita butunlay boshqa shaharga tegishli ekan.
Endi siz xoxlaganingizcha mehnat qiling, kuch va vaqt sarflang, qat'iyat bilan harakat qiling, lekin baribir kerakli manzilga yetib bora olmaysiz. Chunki muammo harakat qilsihingizda emas, muammo xaritada. To'g'ri manzilga yetib olish uchun esa avvalo xaritani almashtirishingiz kerak shunday emasmi?
Hayotda ham xuddi shunday: har bir jabha (din, qadriyatlar, oila, karyera, biznes va boshqalar) uchun biz o'z olamimizda xaritalar chizib olganmiz.
Ba'zan shu jabhalarda manzilga yetish uchun juda ko'p harakat qilamiz, lekin baribir manzilga yetib bora olmaymiz. O'ylaymizki, muammo intizomda, kam kuch sarflaganimizda yoki umuman boshqa narsada.
Lekin balki, muammo o'z olamimizda chizib olgan xaritamizdadir?
Balki, xaritalarimzni to'g'irlashimiz kerakdir?
Shu haqida o‘ylab ko‘rganmizmi?

Yaqinda xalqaro IT kompaniyasida ishlayatganimga bir yarim yil bo'ladi. Shu vaqt mobaynida olgan bir xulosam bilan bo'lishmoqchiman:
Musulmon bo'lmagan insonlarni ichida ishlar ekansiz, siz o'sha insonlarni ichida Islom dini vakili bo'lasiz, sizning hatti harakatingiz - gaplaringiz ularni ongida "Islomda shunaqa ekan" degan xulosaga oboradi.
Juda xavfli mas'uliyat va shuningdek yaxshi imkoniyat. Shunday muhitda ishlayotgan odam har bir harakatida - gapida shu mas'uliyatni ham his qilishi lozim.

Yaxshining sharofati, yomonning kasofati
Do'stingni ayt - kimligingni aytaman
Kitobdan topmaydigan narsangizni atrof muhitdan topasiz
Qadriyatli insonlardan - qadriyati yuqadi, so'kinadiganlardan - so'kinishi yuqadi
Atrofingizni kimlar bilan o'rab olganingiz - kimga aylanayotganingizni ko'rsatadi

O'zingizni hurmat qiling, hamma narsaga ham "Ha" deb javob beravermang
"Yo'q" deyish har doim ham yangi imkoniyatlardan voz kechish emas, balki ko'p boshqa imkoniyatlarga yangi eshik ochishdir
Har bir "Ha" - vaqtingiz, energiyangiz va e'tiboringizdan bir bo'lak. Ularni kimlargadir berishdan oldin, o'zingizga kerakmi o'ylab ko'ring.

Uzoq muddatga maqsadlar qo'yib, ularga erisha olmayotgan bo'lsangiz, qisqa muddatga maqsadlar qo'ying (3 kunlik, 1 haftalik, 1 oylik) va bosqichma bosqich ularning muddatini oshiring.
@huseyn_blog
@huseyn_blog
Jazo va qo'rquv intizom yo'lidagi eng samarali uslublardir, garchi ular juda yoqimsiz bo'lsa ham.
@huseyn_blog
@huseyn_blog