SIRDARYO_ADLIYA BOSHQARMASI (Rasmiy kanal)
1.83K subscribers
17.4K photos
2.37K videos
74 files
10.6K links
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

Yoshlar Sirdaryo viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkil etilgan "Tarixiy xotira" fotogaleriyasida
.

Sir emaski, tarix insonga o‘zligini tanishga va kimligini anglashga yordam beradi. Ayniqsa kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarning milliy davlatchiligimiz va tariximizni chuqurroq anglashlari eng muhim omildir.

Shu maqsadda, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan boshqarmaga biriktirilgan yoshlar uchun Sirdaryo viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasida tashkil etilgan "Tarixiy xotira" fotogaleriyasida ishtirok etishdi.

Yoshlar arxiv zallaridagi tarixiy noyob suratlar hamda qo'lyozmalar bilan bilan yaqindan tanishdilar. Ularga arxiv boshqarmasi ma'sul xodimlari tomonidan hujjatlani saqlanishi ularga ishlov berish ishlari haqida batafsil hikoya qilib berdi.
Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olib, bir olam tassurot bilan uyga qaytdilar.

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGIYERDA 20 YILLIK SHAR'IY NIKOH QONUNIYLASHTIRILDI

Oila-muqaddas qoʻrgʻon. Jamiyatning bosh boʻgʻini boʻlmish oila erkak va ayol oʻrtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Er-xotin oʻrtasini mahkam bogʻlovchi rishta esa nikohdir.

Yangiyer shahrida istiqomat qilayotgan Baxodir Xamidov va Oʻgʻiloy Sharopova 20 yildan buyon sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan.

Shu sabab oʻtgan davr mobaynida oila koʻplab huquqiy muammolarga ham duch kelgan, idorama-idora sarson boʻlgan kunlari ham boʻlgan.

“Online-mahalla” platformasining ishga tushirilishi oilaning bu muammosi hal etilishiga zamin yaratdi.

Huquqiy muammolarni oʻrganish davomida Yangiyer shahar adliya boʻlimi hamda FHDY organi tomonidan ushbu muammo atroflicha oʻrganilib, hech qanday moneliklar boʻlmagani bois masalaga yechim topildi hamda ularning 20 yillik sharʼiy nikohi qonuniy qayd etildi.

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
“ADLIYA KUNI”DA HUQUQIY MUAMMOLAR O'RGANILDI

Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son farmoniga asosan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Aholining huquqiy muammolarini o‘rganish maqsadida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Yuksalish" mahallasida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazilib, fuqarolar bilan muloqot qilindi.

Jarayonda sayyor qabul o‘tkazilib, 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituvga olindi. Shuningdek, uyma-uy yurish orqali aholining yashah tarsi, huquqiy muammolari o‘rganildi.

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
Shirinda "Adliya kuni" o'tkazildi
Shirin shahar adliya bo'limi tomonidan shahar madaniyat bo'limida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Adliya mas’ullari madaniyat xodimlar bilan muloqot qilishdi ularga qonunchilikdagi yangiliklar hamda yurtimizda bo'layotgan islohotlar yuzasidan oddiy xalqchil tilda to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, uyma-uy yurib fuqarolar bilan suhbatlashildi hamda aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yuzma_yuz

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-976-son, 17.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

“Yuzma-yuz” ko‘rsatuvida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Shaxboz Ismoilov mazkur qonun mazmun-mohiyatini tushuntirdi


▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
#adliya_aralashgach

AKT xodimiga ustama pullari to‘lab berildi

Fuqaro B.Ismatulloyev 2023-yil 16-martdan Yangiyer shahar axborot-kutubxona markazi direktorining tegishli buyrug‘i bilan AKT xodimi lavozimiga ishga qabul qilingan. Biroq, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama pullari to‘lab berilmagan.

▶️Batafsil👈

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
#Adliya_aralashgach

AKT xodimiga ustama pullari toʻlab berildi


Fuqaro B.Ismatulloyev 2023-yil 16-martdan Yangiyer shahar axborot-kutubxona markazi direktorining tegishli buyrugʻi bilan AKT xodimi lavozimiga ishga qabul qilingan. Biroq unga toʻlanishi lozim boʻlgan ustama pullari toʻlab berilmagan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Firma nomini Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan.

Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish: 👉https://www.milliynom.uz

▶️ Kanalga ulanish:👉https://t.me/huquqiytargibot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Huquq Maktabi” юридик билимларни эгаллаш учун замонавий ва қулай мобил илова

Юкланг ва фойдаланинг!

📎 Android uchun;

📎 IOS uchun.