Huquqiy axborot | Lotin
6.27K subscribers
3.22K photos
143 videos
2 files
7.03K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi

Prezident qarori (PQ-4477-son, 04.10.2019-y.) bilan 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi.

“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan iborat.

Bunga texnologiyalarni modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali erishiladi.

Strategiyani amalga oshirish natijasida issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalari 2010-yildagiga nisbatan 10 foizga qisqartiriladi.

Shuningdek, 100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlari zamonaviy arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, ekologik jihatdan yaxshilangan motor yoqilgʻisi va avtomobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish kengaytiriladi, elektr transporti rivojlantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (842-son, 03.10.2019-y.).

Qaror bilan Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolashni tashkil etish tizimini takomillashtirish, narkologiya xizmati muassasalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Qarorga koʻra, jamoat joylarida mast holatda boʻlgan shaxslar, agar ularga tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlgan holatlarda (alkogoldan ogʻir zaharlanish holatlari bundan mustasno), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari huzuridagi tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib kelinishi kerak.

Qaror bilan 2019–2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq, jami 710 oʻrinli 8 ta obyekt qurilishi, 300 oʻrinli 3 ta obyekt rekonstruksiya qilinishi hamda 312 oʻrinli 3 ta obyekt kapital taʼmirlanishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi

Hukumat qarori (848-son, 05.10.2019-y.) bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi.

Qaror bilan Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, Tadbirkorlar kengashlari oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.

Kengash tarkibi faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillaridan iborat fuqarolar orasidan saylab olinadi.

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga, vakolatli davlat organlariga taqdim etish Kengashning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kengash tarkibi har uch yilda tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Eslatma

📌 Hafta davomida (30-sentyabr – 5-oktyabr kunlari) qabul qilingan muhim qonun hujjatlari: ⬇️

▫️ Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Prezident qarori bilan 2019-2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi tasdiqlandi. Batafsil.

▫️ Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Hukumat qarori bilan Aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Batafsil.

▫️ Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Batafsil.

▫️ Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Hukumat qarori bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi. Batafsil.

▫️ Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil.

▫️ Hukumat qarori bilan Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlari tashkil etildi. Batafsil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (850-son, 07.10.2019-y.) bilan Bosit Baxtiyarovich Taxirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Agentlik 2019-yil 9-sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

“Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi nizom

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

1000 nafar xodim xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuboriladi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4472-son, 03.10.2019-y.).

Qarorga muvofiq, Agentlik davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini oʻrganadi.

Qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining asosiy vazifalari belgilandi.

Qarorga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarining oʻrta va quyi boʻgʻinidagi eng istiqbolli xodimlarning kamida 1000 nafarini 3 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi.

Stajirovka oʻtayotgan shaxslarga stajirovka oʻtayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi elchisi mehnatiga haq toʻlash miqdorining 60 foizi miqdorida oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.

Xodim stajirovka tugagandan soʻng davlat organi va tashkilotiga kamida 2 yil ishlab berishi shart.

Qaror bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi

Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hukumat qarori (851-son, 07.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020-yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu jadvalga asoslangan takliflardan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berildi.

Qarorga muvofiq, zargarlik markazlari asosan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yoʻnalishlarida joylashtiriladi.

Shuningdek, zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar “nol” xarid qiymatida sotiladi.

Ushbu markazlarni tashkil etilishida hamda respublikada oʻtkaziladigan xalq amaliy sanʼati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga:

👉 kirish vizalari rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmaydi;

👉 koʻp martalik vizalar rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar belgilandi

Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–4484-son, 08.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

👉 davlat ulushi 50 % dan ortiq boʻlgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan oʻrnatiladigan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.

Shuningdek, quyidagilar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladi:
👉 texnik moy, omuxta yem, xoʻjalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi;
👉 mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar (respublikaning olis va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarida joylashgan isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida oʻz savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno);
👉 isitish yoqilgʻisi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi (maxsus isteʼmolchilarga oʻrnatilgan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno).

Qaror bilan birja faoliyatini amalga oshirishdagi quyidagi talab va shartlar bekor qilindi:
👉 birjada kamida 100 ta sotilgan (bepul taqdim etilgan) brokerlik oʻrinlari mavjudligi;
👉 birja faoliyatini amalga oshirishda tovar-xomashyo birjalari rahbarlari malaka talablariga muvofiqligi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Respublikadagi 10 ta OTM xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi OTMlar roʻyxatiga kiritiladi

Prezident Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga muvofiq, oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik rivojlantiriladi, hududlarda oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshiriladi.

Shuningdek, respublikadagi kamida 10 ta OTM xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi OTMlar roʻyxatiga, shu jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti birinchi 500 ta oʻrindagi OTM roʻyxatiga kiritiladi.

Bundan tashqari OTMlarda oʻquv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkaziladi.

Farmon bilan, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi negizida NNT shaklidagi Respublika oliy taʼlim kengashi tashkil etildi.

Kengashning asosiy vazifalaridan biri soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali oliy taʼlim sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shuningdek, Farmonga koʻra, respublika OTMlari rahbar xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishini boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idorani xabardor qilgan holda amalga oshirish tartibi joriy qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi

Hukumat qarori (846-son, 04.10.2019-y.) bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental sanʼat yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir.

Qaror bilan madaniyat vaziriga zarurat boʻlganda tegishli buyruq bilan, obyektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berildi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi asosli zarurat paydo boʻlganida milliy roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida Hukumatga taklif kiritib boradi.

Milliy roʻyxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Okrug va uchastka saylov komissiyalarini tuzish tartibi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻining ayrim tabiiy hududlari va obyektlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (853-son, 08.10.2019-y.).

Qarorga muvofiq, “Urungʻoch” koʻli va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb eʼlon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat oʻrmon xoʻjaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xoʻjalik tomonidan yerlari olib qoʻyilmasdan va obyektga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga koʻra, “Urungʻoch” tabiiy koʻli va unga tutash hududlarni oʻzgartirishlarsiz saqlash, togʻ ekotizimi oʻsimlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish “Urungʻoch” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi masʼul organ etib belgilandi.

2020-yil 1-martgacha tabiiy obyektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi

Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ-4486-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2020-yildan boshlab suv yetkazib berish boʻyicha xarajatlarning bir qismini suv isteʼmolchilari tomonidan qoplash mexanizmlari joriy etiladi.

Shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlaridagi byudjet mablagʻlari ulushi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Shu bilan birga:
👉 suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha kamida 10 ta ilmiy va innovatsion ishlanma amaliyotga joriy etiladi;
👉 suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmoli kamida 10 foizga qisqartiriladi;
👉 300 ta suv xoʻjaligi inshooti va gidrouzelda suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimi avtomatlashtiriladi;
👉 shoʻrlangan yer maydonlari ulushi 45 foizgacha kamaytiriladi.

Qarorga koʻra, Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tashkil etildi.

Agentlik suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni shakllantirish va ishlab chiqish hamda amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.

Shuningdek, qarorga koʻra, suv xoʻjaligi vazirligi idora va tashkilotlari xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga 2019-yil 1-noyabrdan 1,1 va 2020-yil 1-yanvardan 1,2 miqdorda tuzatish koeffitsiyentini qoʻllash hisobiga ularning ish haqi oshiriladi.

2019-yil 1-noyabrdan boshlab suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbarlari har chorakda tegishli tuman xalq deputatlari Kengashiga suv resurslarini boshqarish holati toʻgʻrisida hisobot kiritadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ–4485-son, 09.10.2019-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining muzey sohasida hamkorligi toʻgʻrisidagi bitim (31.05.2019-y. Ashxabod shahrida imzolangan) tasdiqlandi.

Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari koʻtarildi

Qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab qator tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari koʻtariladi.

Shu bilan birga, bojxona boji va aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlar ularning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qilinishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (856-son, 09.10.2019-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bogʻliq boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiquvchi kollegial organdir.

Apellyatsiya kengashi rais, uning oʻrinbosari, kengash aʼzolari va kotibdan iborat tarkibda faoliyat yuritadi. Adliya vaziri Apellyatsiya kengashi raisi hisoblanadi.

Kengash tarkibiga Vazirlik va Agentlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk agentligi – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Kengash majlislari zaruriyatga koʻra rais tomonidan, u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi.

Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va ish boʻyicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis boʻlishidan kamida 10 kun oldin majlis oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt toʻgʻrisida yozma ravishda Agentlik tomonidan xabardor qilinadi.

Kengash apellyatsiya yoki arizalarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Saylov_2019

Saylov kuniga qadar mamlakatimizda ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning umumiy soni taxminan yigirma million olti yuz ming nafar atrofida boʻlishidan kelib chiqib, har bir saylov okrugidagi oʻrtacha saylovchilar soni 137 ming 279 nafarni tashkil etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (859-son, 10.10.2019-y.) bilan Elmurat Sidikmatovich Xaitmetov Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentyabrdagi PF-5817-son Farmoniga asosan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Tezlikka rioya qiling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullandi

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasining chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.

Shuningdek, qonunga muvofiq, rezident yuridik shaxslar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida:
👉 oʻz mulkida valyuta qimmatliklariga ega boʻlishga;
👉 chet el valyutasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan oʻtkazishga haqli.

Shu bilan birga, faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish norezident yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida bank hisobvaraqlarini ochishi va ulardan foydalanishi uchun majburiy talabdir.

Qonunga, xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilishga oid normalar kiritildi.

❗️Maʼqullangan qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda eʼlon qilingach rasmiy kuchga ega boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin