Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.67K photos
228 videos
2 files
7.92K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🥇 Qonunchilikka ko'ra, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) bo'yicha jahon chempionatlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan rag'batlantirish miqdorlari tasdiqlangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_avgustdan

📝 Qonunchilikka ko'ra, Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo'yicha klasterlar ta'sischilarining shaxsiy kafilligi qo'shimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, belgilangan tartibda ishsiz deb e'tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

🗓 Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko'pi bilan 26 kalendar hafta davomida to'lanadi.

▶️ Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro'yxatga olingan birinchi kundan e'tiboran hisoblanadi va to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta'sir o'tkazish quyidagicha javobgarlikka sabab bo'ladi:

fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 2 mln 380 ming so'mgacha) jarima;

mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 380 ming so'mdan 3 mln 400 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_avgustdan

🏢 Qonunchilikka ko'ra, turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko'rsatish obyektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🏢 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi kollejlar negizida yengil sanoat korxonalari uchun o'rta maxsus professional ta'lim darajasida kadrlar tayyorlaydigan Dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumlari tashkil etilishi belgilangan.

Mazkur texnikumlarda tikuvchilik hamda to'qimachilik mahsulotlari dizayneri, modeler-konstruktor, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kabi yo'nalishlarda kadrlar tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

☑️ Qonunchilikka ko'ra, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya'ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo'lmagan holda to'liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo'yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo'jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 700 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, to'rt nafar va undan ortiq o'n sakkiz yoshga to'lmagan bolasi bo'lgan oila ko'p bolali oiladir.

📌 Bunda, agar to'rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko'prog'i ta'limning kunduzgi shaklida (o'rta maxsus va professional, oliy ta'lim) ta'lim tashkilotlarida o'qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to'lmagan bo'lsa, bu oila ham ko'p bolali oila deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensasiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo'lmagan yirik o'lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) ko'chatni ekish hamda ularni kamida 2 yil davomida parvarish qilish bo'yicha qo'shimcha majburiyat yuklatiladi.

❗️ Bunda daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig'imni to'laganlik yuridik va jismoniy shaxslarni kompensasiyaviy ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.

⚠️ Eslatma: Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima mavjud.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta'lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshirilishi belgilangan.

🗓 Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o'quv yili yakuniga qadar davom etishi nazarda titilgan.

📝 Shunga ko'ra, talabalar joriy yilning 1-avgustidan turar joyga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

🌐 Buning uchun talaba davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib yoki mustaqil ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.

🚫 Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lov undirilmaydi.

⚠️ Ma'lumot uchun, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Taʻlim #Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, xalqaro olimpiadalar g'oliblari va ularning o'qituvchilari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🔹1-o'rin (oltin medal) uchun — 500 (170 mln so'm), o'qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so'm);

🔹2-o'rin (kumush medal) uchun — 300 (102 mln so'm), o'qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so'm);

🔹3-o'rin (bronza medal) uchun — 200 (68 mln so'm), o'qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so'm).

📌 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar va ta'lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o'quv yili uchun direktor (rag'batlantirish) jamg'armasidan oltin, kumush va bronza medallari bo'yicha tegishincha qo'shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama to'lanishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Mehnat_huquqlari #Bilasizmi

🗓 Qonunchilikka ko‘ra, davlat organida davlat fuqarolik xizmatchisi uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Bunda ish vaqtining davomiyligi haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak.

Shuningdek, 3 yoshga to‘lmagan bolalari bor davlat fuqarolik xizmatchilari bo‘lgan ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) haftasiga 35 soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko‘ra, mayda bezorilik, yaʼni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi:

🔹BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 mln 20 ming so‘mdan 1 mln 700 ming so‘mgacha) jarima;

🔹15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM