Huquqiy axborot | Lotin
6.28K subscribers
3.67K photos
228 videos
2 files
7.92K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog'liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

📌 Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo'lgan shaxslar sonidan qat'i nazar, BHMning 100 baravarigacha (34 mln so'mgacha) miqdorda bir martalik to'lov ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarining yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi 56 kalendar kun etib belgilangan.

📁Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta'tili davomiyligi me'yorlari.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Ishsiz va band bo'lmagan aholini, shuningdek tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo'li bilan xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun ketayotgan va “labor-migration” dasturiy majmuasida ro'yxatga olingan fuqarolarni tadbirkorlik ko'nikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ketishdan oldin davlat yoki nodavlat kasb-hunarga o'qitish muassasalariga, ishlab chiqarishning o'zida o'qitish uchun tashkilot hamda “usta-shogird” maktablariga har bir ta'lim oluvchi uchun bir oyda BHMning 4 baravarigacha (1 mln 360 ming so'mgacha) grantlar ajratilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qabul2024

✔️Bugun 20 iyundan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.C.Vosiqova nomidagi hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o'quv yili uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan https://litsey.uzbmb.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirish jarayoni boshlandi.

📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:

Ariza;
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
3.5x4.5 o'lchamdagi rangli rasm (oq fonda).

▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10 iyulga qadar (shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.

➡️ Ayni paytda akademik litseyda o'qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan bo'lib, quyidagi telefon raqamlar orqali o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin:

☎️ Murojaatlar uchun:

▪️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey +998 71 241-72-44;

▪️Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;

▪️Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a'zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta'qib etish:

BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Amal_qiling

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to'sgan holda bo'lish, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Bundan tibbiy ko'rsatmaga asosan yoki yo'l-transport harakatida xavfsizlikni ta'minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog'liq hollarda yuzini to'sgan holda bo'lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o'tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to'sgan holda bo'lishi, shuningdek qonunchilikda to'g'ridan-to'g'ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to'sgan holda bo'lish mustasno.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

⚡️Qonunchilikka ko'ra, sotuvchi o'z faoliyati ixtisosi va ixtisoslashuvini hisobga olgan holda davlat standartlarida, sanitariya, veterinariya qoidalarida, yong'inga qarshi qoidalarda va boshqa normativ hujjatlarda (standartlarda) belgilangan majburiy talablarga rioya qilishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyuldan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko'rsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:

Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;

huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur bo'ladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝 Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:

1️⃣ kam ta'minlangan shaxslar, agar ular:

fuqarolik ishlari bo'yicha da'vogar yoki javobgar;
ma'muriy ishlar bo'yicha arizachi;
ma'muriy qamoq tarzidagi ma'muriy jazo nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs;
jinoyat ishlari bo'yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek mahkum bo'lsa;

2️⃣ ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to'g'risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko'rsatilayotganda;

3️⃣ o'z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

4️⃣ jinoyat ishi bo'yicha advokat ishtirok etishi shart bo'lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#2024_yil_1_iyuldan

🔍Qonunchilikka ko'ra, 2026-yil 1-iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo'lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️ Bezorilik, sovuq qurol yoki kishining sog'lig'i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo'lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo'llash bilan qo'rqitib yoxud qo'llab sodir etilgan bo'lsa 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM