Huquqiy axborot | Lotin
6.29K subscribers
3.2K photos
143 videos
2 files
6.99K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat xizmatlarining yagona reyestri yangilandi

Davlat xizmatlarining yagona reyestri Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3181, 13.09.2019-y.).

Mazkur Reyestrda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan 716 ta davlat xizmati haqidagi maʼlumotlar oʻrin olgan (shu kungacha ushbu Reyestrda 693 ta davlat xizmatlari mavjud edi).

Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoniga (PF-5278-son 12.12.2017) muvofiq, 2018-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlarining yagona reyestriga kiritilmagan davlat xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-sentyabrdagi 768-son qaroriga asosan Sherzod Negmuratovich Batirov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (767-son, 13.09.2019-y.) bilan Nozima Alimjanovna Fayzibayeva Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Agentlik 2019-yil 9-sentyabrdagi Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Sunatulla Xusanovich Bekenov Prezident qarori bilan (13.09.2019y., PQ–4450) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, S.X.Bekenov shu kunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (765-son, 12.09.2019-y.)

Qaror bilan sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, malaka attestatini berish, attestat olish uchun oʻqitish va malaka oshirish tartiblari belgilandi.

Sud boshqaruvchisi – bankrotlik taomillarini oʻtkazish uchun iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs.

Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur: ⬇️

👉 oliy maʼlumotli boʻlishi;

👉 kamida ikki yil mehnat stajiga ega boʻlishi;

👉 Davlat aktivlarini boshqarish agentligida attestatsiyadan oʻtgan boʻlishi lozim.

Agentlik va uning hududiy boshqarmalari sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz vazifalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Sud boshqaruvchilarini tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:

👉 qisqa muddatli kurslar – 100 va undan ortiq oʻquv soatlari;

👉 qayta tayyorlash (malakasini oshirish) – 30 va undan ortiq oʻquv soatlari;

👉 sud boshqaruvchilarining oʻquv dasturiga muvofiq stajirovkalarini oʻtkazish.

Sud boshqaruvchisi har ikki yilda malakasini oshiradi va unga tegishli sertifikat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi

“Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Chiroqchi tumanida “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

Tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish ushbu EIZning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

“Chiroqchi” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va faoliyati davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

IIVning bogʻchalari Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazildi

Hukumatning 2019-yil 13-sentyabrdagi 769-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga asosan Ichki ishlar vazirligi (IIV) tasarrufidagi bolalar bogʻchalari istisno tariqasida, IIVning idoraviy mansubligida qoldirilgan holda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.

Qarorga koʻra, ushbu bogʻchalarning taʼlim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va metodik boshqarish Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

IIVning bolalar bogʻchalari rahbarlari Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

IIVning bolalar bogʻchalari xodimlariga davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari va imtiyozlari qoʻllaniladi.

2019-yil 1-oktyabrdan:

👉 IIV bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari umumiy oʻrinlari sonining 80 foizi ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun ajratiladi;

👉 20 foizi esa Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlariga muvofiq jamlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xizmat safarlari xarajatlarini qoplash tartibi oʻzgardi

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 1268-1, 13.09.2019-y.).

Endilikda yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmagan xizmat safarida boʻlgan byudjet tashkiloti xodimlariga har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)*ning 0,08 foiz miqdorida yoʻl xarajati toʻlanadi (ilgari bu masalani belgilangan talablar asosida korxona rahbarining oʻzi hal qilgan).

Boshqa tashkilot xodimlariga jamoa shartnomasi yoki mehnat shartnomasida belgilangan miqdorlarda biroq, har bir kilometrga BHMning 0,08 foizidan kam boʻlmagan miqdorda yoʻl haqi toʻlanadi.

Shuningdek, mehmonxonalarning lyuks-nomerlarida yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda, ushbu nomer qiymatining 70 foizigacha miqdori byudjet mablagʻlari hisobidan, qolgan qismi esa tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi (ilgari faqat 70 foiz miqdorida qoplab berilgan).

Xizmat safarida ijarada turganlik boʻyicha hujjatlar mavjud boʻlmagan hollarda, har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida (44 600 soʻm) xarajatlar qoplanadi (ilgari eng kam oylik ish haqining 2 foizi (4 460soʻm) miqdorida qoplangan).

Xodim xizmat safaridan qaytgan kundan eʼtiboran 3 ish kun mobaynida avans (boʻnak) hisobotini taqdim qilishi shart (ilgari 3 kun boʻlgan).

*Hozirda bazaviy hisoblash miqdori 223 000 soʻmni tashkil qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Senat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun maʼqullandi.

Maʼlumot uchun: Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va qoʻshnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Hozirda ushbu tuzilmaga Ozarbayjon, Turkiya, Qirgʻiziston va Qozogʻiston respublikalari aʼzo hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Xabaringiz bor, adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e’lon qilingan.

Bunda, Adliya vazirligi tizimidagi shu jumladan, adliya boshqarmalari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, yuridik ta’lim muassasalaridagi korrupsiya ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlarni telegramdagi @antikorbot boti orqali yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platforma orqali yuborish mumkin.

Bunda, yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maxsus platforma havolasiga o‘tish manzili: http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Banklar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarning oʻqishi uchun ularning oʻzlariga, ota-onalari yoki vasiylariga taʼlim kreditlari berilishi mumkin.

Taʼlim kreditlari talabalar uchun bakalavriatga oʻqishga qabul qilinganda 10 yilgacha va magistraturaga oʻqishga qabul qilinganda 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.

Banklar tomonidan berilgan taʼlim kreditlari boʻyicha:
👉 chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
👉 talabalarning qolgan toifalariga – Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalari belgilanadi.

Taʼlim krediti uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• ariza;
• toʻlov-kontrakt shartnomasi (kontrakt);
• kreditni qaytarishning taʼminlanishi toʻgʻrisida hujjat;
imtiyozli taʼlim kreditlari olish huquqiga ega boʻlgan chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam taʼminlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan koʻrsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur koʻchirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Maktab o'qituvchilar tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

👉 sinf jurnali;

👉 yillik taqvim-mavzuiy reja;

👉 kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.


Yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni elektron shaklda yuritilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Davlat chegarasi orqali quyidagilar birinchi navbatda oʻtkaziladi: ⬇️

👉 ogʻir bemorlar, homiladorligi va nogironligi yaqqol bilinib turgan shaxslar, 7 yoshgacha boʻlgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;
👉 xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari;
👉 tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot maqsadlari uchun xabarlar va boshqa materiallar;
👉 tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur boʻlgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, boshqa shunday tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib oʻtiladigan transport vositalari;
👉 Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
👉 Oʻzbekistonning oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.

Baʼzi hollarda shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara nazorati boʻlinmasi rahbarining qaroriga asosan bojxona organi boshligʻi bilan kelishilgan holda birinchi navbatda oʻtkazilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan Bitimini (Naxichevan, 2009-yil 3-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (OʻRQ-568-son, 14.09.2019-y.).

Eslatib oʻtamiz, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va qoʻshnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Dunyo” axborot agentligining vazifalari belgilandi

Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (770-son, 13.09.2019-y.).

Qaror bilan “Dunyo” axborot agentligining asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, sifatli axborot, tahliliy va keng qamrovli materiallar, videoroliklar, telekoʻrsatuvlar, shuningdek Oʻzbekistonda va xorijiy davlatlarda roʻy berayotgan voqealar joyidan reportajlar tayyorlash hamda ularni tarqatish orqali Oʻzbekistonning ishonchli va masʼuliyatli sherik sifatida xalqaro nufuzini mustahkamlashga koʻmaklashish mazkur axborot agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan Agentlik tuzilmasi va Ustavi tasdiqlandi.

Agentlikka tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (771-son, 15.09.2019-y.) bilan Xojakbar Sultanovich Daliyev Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz energetika tarmogʻi uchun malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash mazkur Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Hukumat qarori (772-son, 15.09.2019-y.) bilan Yulbarsxon Nabiyevich Mansurov Toshkent shahridagi “D.I.Mendeleyev” nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur Filial 2019-yil 7-iyundagi Prezident qarori bilan tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-sentyabrdagi 773-son qarori bilan Miryashin Mirxasilovich Sagatov “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisining qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi respublikada pillachilikning ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, ipak qurtini parvarish qilish va pilla yetishtirish jarayonlarini uzluksiz takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin