Huquqiy axborot | Lotin
6.15K subscribers
3.58K photos
179 videos
2 files
7.69K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi (737-son, 05.09.2019-y.)

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan atrof tabiiy muhitga taʼsir qilish xavfi yuqori boʻlgan yangi ishga tushiriladigan xoʻjalik subyektlarining havoni ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar majburiy tartibda oʻrnatiladi.

Qaror bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga atrof tabiiy muhit monitoringi sohasida barcha vazirlik va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi.

Shuningdek, 2021-yil 1-yanvargacha respublika va viloyat darajasidagi barcha idoraviy tahlil laboratoriyalari akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

Qarorga koʻra, atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasi 2021-yil 1-yanvardan toʻliq faoliyat koʻrsatishi belgilandi.

Shuningdek, 2021-yil 1-dekabrda respublikada atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatlashtiriladi.

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, monitoring boʻyicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan va kamida 5 yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladigan Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturiga asosan oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka ko‘ra, bolalarni maktabning 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari quyidagi hujjatlarni topshiradi:
👉 ariza;
👉 bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
👉 bolaning 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli 4 dona rangli fotosurati;
👉 ota-onaning pasporti nusxasi;
👉 bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Orfan va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlar registri tashkil etiladi

Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4440-son, 07.09.2019-y.).

Qaror bilan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasallikka chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Shuningdek, 2019–2024-yillarda ushbu bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq koʻrsatilgan kasalliklarni bolalarda tashxislash va davolash uchun jami 424,6 mlrd soʻm va 548,0 ming yevro ajratiladi.

Qarorga koʻra orfan kasalliklarni davolashda ishlatiladigan tibbiy buyumlarni import qilish davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida amalga oshiriladi.

2020-yil 1-yanvarga qadar kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlarning Milliy registri tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Tayinlov
Dilbar Muxamedxanovna Gʻulomova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita har bir shaxsning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga boʻlgan munosabatidan qatʼi nazar tengligini taʼminlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (744-son, 06.09.2019-y.) bilan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, xorijiy investorlarga Markaziy Bank roziligisiz, tijorat banklarining 5% gacha miqdordagi aksiyalarini sotib olishga ruxsat beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligidan yangi tashabbus: “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi

Loyiha haqida toʻliq maʼlumot olish uchun maxsus videorolikni tomosha qiling👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident Farmoni (PF-5814-son, 09.09.2019-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy boʻlinmalari negizida quyidagilar tashkil etildi:

👉 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari;

👉 Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.

Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan biri sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni taʼminlashdan iborat.

Yangi tashkil etilayotgan Agentlik esa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi.

Farmonga koʻra, Davlat inspeksiyasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya inspektori, Agentlik direktori esa bir vaqtning oʻzida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.

Shuningdek, Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan byudjetdan tashqari moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi

Soliq kodeksiga muvofiq, paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
Hurmatli tadbirkorlar! Sizningcha tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ortiqcha talablar, qarama-qarshiliklar yoki eskirgan normalar mavjudmi? Ular takomillashtirilishga muhtojmi?

Unda Siz bu qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok eting. Adliya vazirligi Sizga bu imkoniyatni taqdim etadi.

Ma’lumki, hozirda Adliya vazirligi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonasi bilan hamkorlikda “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasini amalga oshirmoqda.

Loyiha doirasida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlar nazarda tutilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur sohaga oid o‘z takliflaringizni telegram messenjeridagi @tadbirkor_adliyabot boti orqali yuborishingizni so‘raymiz.

Yuborilgan har bir taklif ko‘rib chiqiladi, asosli takliflardan qonun hujjatlarini takomillashtirishda foydalaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi agentlik tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni (PF–5815-son) hamda ushbu Agentlik faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident qarori (PQ–4444-son, 09.09.2019-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Quyidagilar Agentlikning idoraviy boʻysunuviga oʻtkazildi:
👉 Prezident maktablari;
👉 ijod maktablari;
👉 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati va Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari belgilandi.

Shunga koʻra, Agentlik Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Agentlikka Bosh vazir taqdimnomasiga koʻra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun oʻrnatiladigan davlat taʼlim standartlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Paxta hosilini terish uchun narxlar belgilandi

2019-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (752-son, 09.09.2019-y.).

Qaror koʻra:
👉 mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 soʻm xizmat haqi;
👉 qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1200 soʻmdan;
👉 mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln soʻmdan mehnat haqi toʻlanadi.

Shuningdek, paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga koʻra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yigʻib olish, terimchilar bilan oʻz muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy notarial idoralar joriy etiladi

Notarial xizmat koʻrsatishning sifat jihatdan yuqori, tezkor boʻlishi fuqarolarda ishonchni mustahkamlaydi.

Prezident tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon ayni shu maqsadlarni nazarda tutadi.

Farmonda nimalar nazarda tutilgan?

Birinchidan, 2020-yil 1-yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Bu oʻzgarish aholining notarial idorada navbat kutib qolishi va idorama-idora sarson boʻlib yurishining oldini oladi.

Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar aʼzo boʻladi.

Ikkinchidan, mol-mulklar bilan bogʻliq bitimlarni tasdiqlashda ham bir qator talablar bekor qilinadi.

Xususan, kelayotgan yilning 1-yanvaridan eʼtiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.

Uchinchidan, bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

Xususan, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar oʻrtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab
korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Farmon haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi notarial harakatlar joriy etiladi

Farmonga koʻra, 2020-yil 1-yanvardan quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etiladi:

👉 fuqarolik-huquqiy munosabatlarda sudgacha boʻlgan jarayonda dalillarni taʼminlash;

👉 mulkiy va meros masalalarida mediator vazifalarini bajarish;

👉 mualliflik va turdosh huquq obyektining taqdim etilgan vaqtini tasdiqlash.

2020-yil 1-yanvaridan quyidagi qulayliklar yaratiladi:

👉 koʻchmas mulklar boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlashda MIBning vakolatlariga kiradigan kommunal xizmatlar boʻyicha qarzdorliklar haqida maʼlumotlar faqat Byuroning axborot tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi;

👉 agar taraflar turli hududlarda boʻlsa, oʻsha huddagi notarial idorada turib videokonferensaloqa orqali bitimlarni notarial tasdiqlashi mumkin;

👉 ochiq axborot tizimidagi ayrim hujjatlarning elektron shakli mulkni begonalashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakatlarni amalga oshirishda hujjatning qogʻoz shakli bilan teng huquqiy kuchga ega boʻladi;

👉 respublika hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar notariusga taqdim etilmasdan turib, ularni noyob raqam orqali tekshirish mumkin boʻladi;

👉 notariusga murojaat etishda elektron navbat olish va hujjatlarni oldindan tayyorlab qoʻyish xizmati joriy etiladi;

👉 notarial arxivda mavjud boʻlgan hujjatlar nusxasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoni yaratiladi.

Farmon haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Eksperimental notarial idoralar tashkil etiladi

Farmonga koʻra, 2020-yil 1-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.

Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:

👉 mol-mulkni tasarruf etish bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlarni tasdiqlash, ijro xatlarini yozish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi;

👉 arizalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib xizmat koʻrsatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kuryer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

2024-yil 1-yanvarga qadar notarial arxivda saqlanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli koʻrinishga oʻtkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (751-son, 09.09.2019-y.) bilan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, Roʻyxatda shu paytgacha 87 ta tashkilot mavjud edi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan hududlar roʻyxati belgilandi

Hukumat qarori (743-son, 06.09.2019-y.) bilan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq toʻlashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qoʻshimcha taʼtilning eng kam muddatini belgilash va qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Yillik ustama va yillik qoʻshimcha taʼtillar tabiiy-iqlim sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylar roʻyxatiga kiritilgan joylarda ishlarni bajaruvchi barcha xodimlarga qoʻllaniladi va beriladi.

Bunda ustama miqdori ushbu joy uchun belgilangan tegishli koeffitsiyentni ish haqi summasiga koʻpaytirish orqali belgilanadi.

Ustamalar xodim ushbu joyda yashashi yoki yashamasligidan qatʼi nazar ish joyi boʻyicha toʻlanadi.

Roʻyxatda koʻrsatilgan hududlarga bir oydan ortiq muddatga xizmat safariga yuborilgan xodimlarga ham mazkur hududda boʻlgan vaqti uchun ushbu joy uchun nazarda tutilgan miqdorda ustama toʻlanadi.

Bunda ustama mehnatga doir qonun hujjatlarida nazarda tutilgan safarlarda xarajatlarni qoplash uchun toʻlovdan qatʼi nazar toʻlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari
#tanlov_gʻoliblari_aniqlandi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi gʻoliblari aniqlandi!

Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamkorligida tashkil etilgan tanlov oʻz nihoyasiga yetdi.

Tanlovga 5 ta nominatsiya boʻyicha 70 nafar ishtirokchidan 400 ga yaqin material kelib tushdi.

Hakamlar hayʼati ushbu materiallarni tanlov nizomiga muvofiq oʻrganib chiqib baholadi.

Marhamat, gʻoliblar bilan tanishing: ⬇️

“Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasi gʻoliblari:
👉 1-oʻrin: Otabek Safarov – Huquqiy maʼlumotlar bilan toʻgʻri ishlangan va oʻziga xos uslubda yozilgan “Qayerda boʻlsa ham... Qancha boʻlsa ham... Kimdan boʻlsa ham” materiali uchun;
👉 2-oʻrin: Marusa Hosilova – Korrupsiyaning sabab va oqibatlarini ochib berishga qaratilgan “Beshikdan to qabrgacha... yoki korrupsiya “pillapoya”lari”, “Hech qachon ochilmaydigan jinoyatlar yoxud yopigʻliq qozonlar qachon ochiladi?” kabi turkum materiallari uchun;
👉 3-oʻrin: Ortiqboy Kurambayev – Korrupsiyaga qarshi kurashishni yoritishda yangicha yondashuvi – “Yigit omon boʻlsa” essesi uchun.

“Eng yaxshi blogpost uchun” nominatsiyasi gʻoliblari:
👉 1-oʻrin: Toʻlqin Eshbekov – Mavzuga yondashishda uzoq yillik tajribaga tayanilgani hamda korrupsiya holatlarini bartaraf etishda samarali takliflar bilan chiqilgani jihatdan “Qoch, korrupsioner kelyapti!” blogposti uchun;
👉 2-oʻrin: Nargiza Yunusova – “Befarq boʻlmang! Siz qay birini tanlaysiz?”, “Korrupsiyani tugatish uchun bizga nima toʻsqinlik qiladi?” blogpostlari orqali korrupsiya manzaralarini keng jamoatchilikka sodda va tushunarli ochib berganligi uchun;
👉 3-oʻrin: Azizbek Vafoyev – Korrupsiyaning jamiyat ravnaqiga, yetuk kadrlar shakllanishiga salbiy taʼsiri boʻyicha kuzatuvlar aks etgan “Talaba va rektor suhbati” materiali uchun.

“Eng yaxshi yumoristik asar (karikatura, hajviya va hokazo) uchun” nominatsiyasi gʻoliblari:
👉 1-oʻrin: Jahongir Ismoilov – Poraxoʻrlik, firibgarlik, taʼmagirlik, qonunni mensimaslik kabi illatlar qalamga olingan hamda oʻziga xos shakl va uslubda aks ettirilgan hajviy hikoyalar toʻplami uchun;
👉 2-oʻrin: Bobur Rasulov – Korrupsiya oqibatlari taʼsirchan va tushunarli talqin qilingan turkum karikaturalari uchun;
👉 3-oʻrin: Feruza Rahmonqulova – Materialning til va uslub jihatdan oʻqishliligi bilan “Men pora olmayman!” hajviyasi uchun.

“Eng yaxshi videorolik ssenariysi uchun” nominatsiyasi gʻoliblari:
👉 1-oʻrin: Shokir Holiqov – Holatni ifodalashda badiiy yuksak, taʼsirchan yondashilgani jihatdan “Korrupsiya boʻlmaganida hammasi boshqacha boʻlardi!” ssenariysi uchun;
👉 2-oʻrin: Nurmuhammad Jumagʻulov – Kelajak avlodni yomon illatdan himoyalashga, ularni asrab-avaylashga qaratilgan “Kichkinaga katta tarbiya” turkum ssenariylari uchun;
👉 3-oʻrin: Neʼmatjon Atamuratov – Voqeliklar qiyosan talqin etilgan “Kelajagingni korrupsiyaga almashtirma!” ssenariysi uchun.

“Eng yaxshi flayer, buklet, banner, plakat uchun” nominatsiyasi gʻoliblari:
👉 1-oʻrin: Jasurbek Tojiboyev – Dizayn va maʼlumotlar uygʻunligi jihatdan “Farzandlaringiz quvonchini poraga almashtirmang!” flayer, buklet, banner namunalari uchun;
👉 2-oʻrin: Asliddin Abduvoitov – Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashishni targʻib qiluvchi plakat (rassomlik ishi) uchun;
👉 3-oʻrin: Bekzod Usanov – “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” flayer, buklet, banner namunalari uchun.

Tanlovning har bir nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblar quyidagi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

• 1-oʻrin – Samsung Galaxy S10;
• 2-oʻrin – Notebook;
• 3-oʻrin – televizor.

❗️Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 2019-yil 13-sentyabr kuni Adliya vazirligida (Toshkent shahri, Sayilgoh, 5) boʻlib oʻtadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
#Saylov_2019

Deputatlik odobi qoidalari

Qonunchilikda deputatlarning odob qoidalariga qatʼiy rioya etishi belgilab qoʻyilgan. Ushbu qoidalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yoki mahalliy Kengashlarda faoliyat yuritishidan qatʼi nazar, har bir deputatga taalluqli.

Ushbu qoidalar deputatning oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida majburiy boʻlgan xulq-atvori, maʼnaviy va axloqiy prinsiplarini, shuningdek xulq-atvor qoidalarini belgilaydi.

Masalan, mahalliy Kengash deputati oʻz maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Xuddi shunday, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ommaviy axborot vositalarida, matbuot konferensiyalarida, boshqa jamoat tadbirlaridagi chiqishlarida, omma oldidagi bayonotlarida davlat organlari va boshqa organlarning, tashkilotlarning, mansabdor shaxslarning va fuqarolarning faoliyatini sharhlaganda oʻz nutqida ularning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan qoʻpol, haqoratomuz ibora va soʻzlarni qoʻllashga, asossiz ayblovlarga yoʻl qoʻyishga, bila turib yolgʻon va notoʻgʻri axborotdan foydalanishga, qonunga xilof xatti-harakatlarga daʼvat etishga haqli emas.

Deputatlik odobi buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisida Qonun qabul qilindi

Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi Qonun (OʻRQ–565-son, 09.09.2019-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Ushbu Qonunga koʻra, atom energiyasidan foydalanish obyektlari davlat mulki yoki Prezident tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulki hisoblanadi.

Mazkur obyektlar roʻyxati Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

Energetika vazirligi ushbu sohadagi vakolatli organ hisoblanadi va atom energetikasini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi esa atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, fuqarolar yadroviy qurilmalar xavfsizligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlaridan axborot soʻrash va olish, tanishish, yadroviy qurilmalar punktlariga belgilangan tartibda tashrif buyurish huquqiga ega.

Shuningdek, Qonunga koʻra, yadroviy qurilma zonalarida ruxsat etilmagan yigʻilishlar va boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazish taqiqlanadi.

Qonun bilan radioaktiv chiqindilarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish va olib chiqish masalasi ham tartibga solingan boʻlib, unga koʻra respublika hududiga faqat ilgari olib chiqib ketilgan radioaktiv chiqindilar va qayta ishlash mahsulotlari olib kirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (743-son, 06.09.2019-y.) bilan Koʻchma va qatnash tusidagi ishlar bilan bogʻliq ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, koʻchma yoki qatnash tusidagi ishlarning xususiyati va ustamalar miqdori ish beruvchi va xodim oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomasida koʻrsatiladi.

Ishning koʻchma xususiyati uchun ustama tashkilot joylashgan joydan ish (obyekt) joyiga muntazam xizmat safarlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishni, biroq har kuni yashash joyiga yoki tashkilot joylashgan joyga qaytib kelish mumkin boʻlgan obyektlarda ishni bajaruvchi xodimlarga, shuningdek, doimiy ishi yoʻlda oʻtadigan xodimlarga belgilanadi.

Ishning qatnash xususiyati uchun ustama ishlab chiqarish zarurati tufayli har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kela olmaydigan xodimlarga ularning doimiy yashash joyidan uzilganligi bilan bogʻliq oshgan xarajatlarni qoplash maqsadida belgilanadi.

Bunday ishlar uchun ustamalar belgilanadigan xodimlar kasblari va lavozimlari roʻyxati, shuningdek, ustamalar miqdori ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda belgilanadi va jamoa shartnomasida koʻrsatiladi.

Bunda ustama miqdori respublika hududida belgilangan bir oylik eng kam ish haqi miqdoridan oshmasligi kerak.

Shuningdek, belgilangan miqdorlardan oshmaydigan koʻchma va qatnash tusidagi ishlar uchun toʻlangan ustamalarga daromad soligʻi solinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin